So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
Korzinka Telegram-botni yangiladi: yangi interfeys va boshqa ko‘plab qulay funksiyalar

Barcha

4 iyul 2023

Korzinka Telegram-botni yangiladi: yangi interfeys va boshqa ko‘plab qulay funksiyalar

Barcha

4 iyul 2023

Biz Korzinkada rasmiy Telegram-botimizni yangiladik, unga ko‘plab yangi foydali funksiyalarni qo‘shdik va interfeysni yanada qulayroq etdik. Korzinka Plus dasturining barcha imkoniyatlari va boshqa foydali jihatlar eng ommabop Telegram messenjerida.

 

Unda qanday yangiliklar va yangi imkoniyatlar borligi haqida hikoya qilib beramiz:

 

Chegirma va supernarxlar

Korzinkada har kun xilma-xil toifadagi tovarlar uchun chegirma va aksiyalar amal qiladi. Xaridlarda tejashingiz uchun saytimizdan faol takliflarni tekshirib olishingiz mumkin. Tezda o‘tish uchun botning “Chegirma va takliflar” bo‘limidan foydalaning.

 

Qimmatbaho sovrinli aksiyalar

Biz Korzinkada sizni o‘zimizning va mashhur hamkor savdo belgilarimizning turli yutuqli o‘yinlari bilan xursand qilishni sevamiz. Botda endi “Sovrinli aksiyalar” bo‘limi mavjud va u orqali o‘yin qoidalari va g‘oliblar bilan tanishish mumkin. 

 

Yoningizdagi do‘konlar

Bot menyusidagi “Yoningizdagi do‘konlar” tugmasi yordamida ikki klik bilan o‘zingizga eng yaqin supermarketlarni topishingiz mumkin. Geojoylashuvingizni jo‘nating va bot siz uchun yaqin-atrofdagi uch do‘konni topib beradi. 

 

Aloqaga chiqish

Siz hamon avvalgidek bot orqali xabar jo‘natish va o‘zingizni qiziqtirgan savolga qo‘llab-quvvatlash xizmatidan 24 soat davomida javob olishingiz mumkin. Shuningdek, biz ko‘p beriladigan savollarga javoblarni, sizga qulay bo‘lishi uchun, “Yordam” bo‘limiga mixlab qo‘ydik.

 

Botdan qanday foydalansa bo’ladi

Jismoniy yoki virtual Korzinka kartangizni Korzinka Telegram-botiga ulash uchun quyidagi yo‘riqnomani ko‘zdan kechirib chiqing:

 

1. Telegram ilovasini oching va qidiruvda bot nomini (@korzinka_uzbot) kiriting
2. /start tugmasini bosib, botni ishga tushiring
3. Mos tilni tanlang: o‘zbek, rus yoki ingliz
4. Menyudan “Korzinka Plus kartasi” bandini tanlang va “Korzinka Plus kartasini qo‘shish”ni bosing
5. Kartangiz raqamini kiriting – uni jismoniy kartaning ichki tomonidan topish yoki mobil ilovadagi karta sozlamalaridan nusxalab olish mumkin
6. Tasdiq kodli SMSni kuting va uni botga jo‘nating – kod sizning Korzinka Plus kartangizga biriktirilgan raqamga keladi

 

Tayyor! Endi siz Korzinka Plus kartangizdan Telegram’ning o‘zidayoq foydalansangiz bo‘ladi.

 

Korzinkadan uch ajoyib vosita – Telegram-bot, mobil ilova va sayt kundalik xaridlaringizni osonroq va qulayroq etishda yordam beradi.

 

Korzinkaning rasmiy Telegram-botidan havola orqali o‘tib foydalanish mumkin.