So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
KORZINKA.UZ SUPERMARKETLAR TARMOGʻIGA ISO 9001 VA 22000 SERTIFIKATLARI TOPSHIRILDI

Barcha

28 sentyabr 2018

KORZINKA.UZ SUPERMARKETLAR TARMOGʻIGA ISO 9001 VA 22000 SERTIFIKATLARI TOPSHIRILDI

Barcha

28 sentyabr 2018

SGS Tashkent (Shveysariya) kompaniyasi tomonidan poytaxtimizda tashkil etilgan tadbirda korzinka.uz supermarketlar tarmogʻiga ISO 9001 va 22000 milliy va xalqaro sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

ISO 9001 – xaridorlarning yuqori sifatli mahsulot va xizmatlardan foydalanayotganini kafolatlasa, ISO 22000 oziq-ovqat mahsulot xavfsizligining Xalqaro menejment tizimi sertifikatlari sanaladi. Ushbu sertifikatlar tarmogʻimizning (“Anglesey Food” ShK kompaniyasi) mijozlar ishonchi va mahsulotlarga boʻlgan talablarga jiddiy yondashishidan darak beradi.

IMG_9915-1-521x347.jpg

korzinka.uz tarmogʻi asoschisi Zafar Hoshimovning bu boradagi fikrlari fikrimizning yorqin dalilidir:

  • Faoliyatimizning ilk kunidanoq sifat nazoratiga katta urgʻu berdik. Ushbu masalani hal etish uchun 20 yil mobaynida ter toʻkdik: jarayonlarni mukammalashtirdik, xato va kamchiliklardan tegishli xulosalar qildik. Ushbu ildam va izchil harakatlarimiz bizni sifat nazorati tizimini ISO standartlari asosiga qurish gʻoyasiga boshlab keldi. Mijozlarimiz uchun buning qanday afzallik taraflari bor? Ular, birinchi galda xarid qilayotgan mahsulotlari sifatiga ishonch bildirishlari mumkin boʻladi. Supermarketda mijoz barcha jarayonlarning yakuniy qismiga guvoh boʻladi. Aslida esa, tovarlarni qabul qilish, joylashtirish, saqlash va qayta ishlash, sotish kabi ulkan hajmdagi ish bor. Bugun bizga topshirilgan sertifikatlar ularning nigohidan holi boʻlgan barcha jarayonlarda ham mahsulotlarning sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlariga amal qilinishiga boʻlgan ishonchni ifodalaydi.”

IMG_9922-1-521x347.jpg

Endilikda tarmogʻimiz Oʻzbekistonda oʻz faoliyatida mazkur standartlarni joriy qilgan ilk chakana savdo korxonasiga aylangani e’tiborga molik dalil sanaladi. Agar tarixga nazar soladigan boʻlsak, 1996-yilda tashkil etilgan korzinka.uz savdo tarmogʻi faoliyatining ilk kunlaridanoq chakana savdo sohasidagi xizmat koʻrsatish sifati hamda peshtaxtalardagi mahsulotlarning xavfsizligini xalqaro darajaga olib chiqishni oʻz oldiga birlamchi vazifa sifatida qoʻygan edi. Iste’molchilar va mahsulotlar sifati, tarmoqning faol kengayib borishi kompaniya rahbariyatini hisob-kitobning ilgʻor tizimlari hamda ISO 9001 va ISO 22000 xalqaro standartlarini joriy etishga undagan. Shu tariqa, 2016-yildayoq Xalqaro Moliya korporatsiyasining konsultativ koʻmagida ISO 9001:2015 va ISO 22000:2005 standartlarini joriy etish harakatlari boshlab yuborilgan.

IMG_0026-1-521x347.jpg

Ayni damdagi natijaga erishish silsilasida amaldagi va ishlab chiqilishi kerak boʻlgan sanitariya hamda gigiyenaning samarali chora-tadbirlari, ishlab chiqarish monitoringi, nazorati, hujjatlashtirish, ta’minotchilar boshqaruvi, mijozlar bilan ishlash kabi jihatlar ustida uzoq, mashaqqatli mehnat olib borilgan. Xalqaro standartlarni joriy etish oson boʻlmadi, biroq kompaniya xodimlarining birdamligi, rahbariyat tanlagan strategiya tufayli koʻzlangan maqsadga alal oqibat erishildi. Buni bugun Shveysariyaning SGS kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ikkala sertifikat ham isbotlab turibdi.

Xalqaro standartlarning kiritilishi korzinka.uz tarmogʻiga ta’minotchilar va xodimlar bilan izchil ishlash vositasida kelgusida amaldagi hamda yangi ochiladigan savdo nuqtalarida sotiladigan mahsulotlarining xavfsizligini kafolatlash orqali xaridorlar ishonchini mustahkamlash ustunligini beradi.

Ta’kidlash kerakki, Oʻzbekistondagi mahalliy korxonalarni rivojlantirish uchun xalqaro standartlarni joriy etish mavzusidagi mazkur biznes-nonushta tashkilotchilari – SGS kompaniyasi (Shveysariya) sifat hamda professional etika boʻyicha dunyo etaloni, deb tan olingan. Uning asosiy faoliyati iqtisodiyotning barcha sohalarini qamrab olgan hamda butun dunyo iste’molchilari har kuni foydalanadigan tovar va xizmatlarda ifodasini topadi.

IMG_9998-1-521x347.jpg