So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
Rud Pedersen “Korzinka” supermarketlari tarmog‘i moliyaviy direktori lavozimiga tayinlandi

Korzinka hayotidan

5 sentyabr 2022

Rud Pedersen “Korzinka” supermarketlari tarmog‘i moliyaviy direktori lavozimiga tayinlandi

Korzinka hayotidan

5 sentyabr 2022

Yirik xalqaro kompaniyalarda 27 yillik tajribaga ega moliya sohasidagi mutaxassis Rud Pedersen “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining moliyaviy direktori lavozimida o‘z ish faoliyatini boshladi.

 

Rud o‘zining yangi lavozimida departament samaradorligini oshirish maqsadida moliya bo‘limining jarayonlar va tuzilma nuqtai nazaridan transformatsiyasi, shuningdek kompaniya rivojlanishi bo‘yicha maqsadli strategik rejalariga muvofiq biznes-vazifalarni amalga oshiradi.

 

Rud tajribasiga ko‘ra yuqori o‘sish sur’atli bozorlarda moliyaviy boshqarish va strategik rejalashtirishning barcha jihatlari bo‘yicha ixtisoslashadi. U rivojlanayotgan bozorlarda chakana savdo, kundalik tovarlar va farmatsevtika sohalaridagi ko‘p millatli kompaniyalarda katta tajribaga ega.

 

So‘nggi uch yil davomida Rud Pedersen Rossiyadagi yirik “Лента” gipermarketlar tarmog‘ida moliyaviy direktor lavozimida faoliyat yuritib kelgan. Undan avval esa “Carlsberg Eastern Europe” kompaniyasida moliyaviy direktor bo‘lib, beshta MDH davlatlarida kompaniyaning operatsion faoliyatiga rahbarlik qilgan. Shuningdek, u “Cadbury” (Rossiya), “AstraZeneca” (Belgiya), “Levi Strauss” (Belgiya), “IC Group” (Daniya) va “Deloitte” (Daniya) kabi hududiy kompaniyalarda rahbarlik darajasida ish tajribasiga ega.

 

Rud “Aarhus School of Business” (Daniya)ning xalqaro biznes-boshqaruvi va korporativ huquq yo‘nalishida magistrlik darajasiga ega. Shu bilan birga, u Buyuk Britaniyadagi “London Business School”ning EMBA dasturini tamomlagan.