So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka Go’da Ramazon oyi munosabati bilan LEGO va Hasbro Nerf o'yinchoqlari o'yini” REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI

Aksiyalar

15 mart 2024

“Korzinka Go’da Ramazon oyi munosabati bilan LEGO va Hasbro Nerf o'yinchoqlari o'yini” REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI

Aksiyalar

15 mart 2024

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida (keyingi o‘rinlarda – Korzinka) “Korzinka Go’da Ramazon oyi munosabati bilan LEGO va Hasbro Nerf o'yinchoqlari o'yini”

REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI

(KEYINGI O‘RINLARDA – “QOIDALAR”)

 

1. “Korzinka Go’da Ramazon oyi munosabati bilan LEGO va Hasbro Nerf o'yinchoqlari o'yini” reklama aksiyasi (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya”) noma’lum shaxslar doirasida Korzinka chakana savdo tarmog‘iga qiziqish uyg‘otish va uni qo‘llab-quvvatlash, unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, shuningdek, “Korzinka” supermarketlar tarmog’i mahsuloti savdo hajmini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Aksiya lotereya, qimor hisoblanmaydi, Ishtirokchilardan aksiyada qatnashish uchun to‘lov talab etilmaydi.

 

2. AKSIYA TASHKILOTCHISI VA HAMKORI HAQIDA MA’LUMOTLAR

2. 1. Aksiya Tashkilotchisi (keyingi o‘rinlarda – “Tashkilotchi”):

“ANGLESEY FOOD” MCHJ XK, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan yuridik shaxs, STIR: 202 099 756, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 120-uyda joylashgan, pochta indeksi: 100015.

 

3. AKSIYA O‘TKAZILISH MUDDATI

3. 1. Aksiya (keyingi o‘rinlarda – 2024-yil 14-martdan 2024 – yil 12-aprelgacha (shu jumladan) (keyingi o'rinlarda "aksiya muddati" yoki "aksiya davri"deb yuritiladi).

3. 2. Aksiya doirasidagi mahsulotni xarid qilish muddati: 2024-yil 14-martdan 2024 – yil 11-aprelgacha (shu jumladan) soat 09: 00 dan 16: 00 gacha bo'lgan vaqt oralig'ida.

3. 3. Aksiya G‘oliblarini aniqlash muddati: amaldagi Aksiya Qoidalarining 9. 2. bandida ko‘rsatilgan Sovrinlar yutuqli o‘yinlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq 2024-yil 11-aprel ohirigacha.

3. 4. Amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqtiga muvofiq belgilanadi.

 

4. HUDUDLAR, PROMO-SAYT VA MA’LUMOTLARNI YETKAZISH TARTIBI

4. 1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri hududida (keyingi o‘rinlarda O‘zbekiston Respublikasi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi hududida, Toshkent shahrida joylashgan Korzinka Go onlayn supermarketida buyurtma berishda o‘tkaziladi.

4. 2. Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar), Aksiya qoidalari to‘g‘risida Ishtirokchilarni xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

Aksiya Hamkorining https: //korzinka. uz/ rasmiy internet-sahifasida (yuqorida, shu yerda va keyingi o‘rinlarda – “Sayt”);

Tashkilotchi belgilagan boshqa yo‘llar orqali.

Aksiya bo‘yicha savollar uchun elektron pochta: info@korzinka. uz

4. 3. Tashkilotchi, Buyurtmachi va Texnik hamkor Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma yoki boshqa turda muloqotga kirmaslik huquqini saqlab qoladi. Amaldagi Qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va munozarali vaziyatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.

 

5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

5. 1. Aksiyada o‘zini-o‘zi boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan 18 va undan yuqori yoshdagi: Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi, Korzinka supermarketlar tarmog‘i karta dasturida ro‘yxatdan o‘tgan, Korzinka supermarketlar tarmog‘ining amaldagi/faol kartasi (keyingi o‘rinlarda – “Korzinka Plus kartasi”) egasi bo‘lgan jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin, (shu yerda, yuqorida va keyingi o‘rinlarda birgalikda – “Ishtirokchilar”, alohida – “Ishtirokchi”).

Aksiya doirasidagi mahsulotlar Ishtirokchi tomonidan Aksiya Qoidalarining 3. 2. bandida ko‘rsatilgan muddatda, Aksiya Qoidalarining 4. 1. bandiga muvofiq Korzinka Go yetkazish xizmati orqali, shuningdek Aksiya Qoidalarining 8. 2. bandida ko‘rsatilgan Sovrinlar yutuqli o‘yinlarini o‘tkazish jadvaliga (“Aksiya doirasidagi mahsulotni xarid qilish davri” bo‘limi) muvofiq xarid qilinishi kerak.

5. 2. Aksiyada quyidagilarning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

  • Tashkilotchi yoki Texnik hamkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan ishchilar;
  • Aksiya tashkilotchisi bilan affillangan deb topilgan shaxslar;
  • Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatda bo‘lgan va Aksiyani tashkillashtirish va (yoki) o‘tkazish, aksiya mahsuloti savdosi bilan bog‘liq ishchi va uchinchi shaxs vakillari;
  • Yuqoridagi shaxslarning yaqin qarindoshlari, to‘laqonli va to‘laqonli bo‘lmagan (umumiy otasi yoki onasi bo‘lgan) aka-uka va opa-singillari;
  • Amaldagi Aksiya Qoidalari shartlarini bajarmagan shaxslar;

5. 3. Aksiyada Amaldagi Qoidalarning 7. 1. bandi va Amaldagi Qoidalarning boshqa bo‘limlari shartlariga mos kelmaydigan shaxslarning ishtirok etish fakti aniqlangan hollarda, Tashkilotchi ushbu shaxslarga Aksiyada ishtirok etishda va/yoki sovrinni olishda rad etish huquqiga ega.

6. AKSIYA SOVRINLAR JAMG‘ARMASI

6. 1. Aksiya sovrinlar jamg‘armasi Tashkilotchi pul mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi, 29 ta Bosh sovrindan tashkil topadi.

Aksiya umumiy sovrinlari soni cheklangan.

6. 2. Bosh sovrinlar:

LEGO Creator Vintaj mototsikli

(3 tasi 1 da)

2 dona

Anna va Elzaning sehrli karuseli LEGO Disney

2 dona

LEGO City tadqiqotchi sho'ng'in qayig'i

2 dona

LEGO Ninjago Ajdaho Qiruvchisi

2 dona

LEGO Pastel ranglarda ijodiy shodonligi

2 dona

Раса LEGO Ninjago Kay mashinasi va mototsikli

2 dona

LEGO Friends Dengiz samolyotlari qutqaruvchisi

2 dona

LEGO Friends Otlarni tayyorlash

2 dona

LEGO Creator ajoyib kuchuklari (3 tasi 1da)

2 dona

LEGO Friends LEGO Friends Sohil baggisida o'yin-kulgi

2 dona

LEGO DUPLO Qayta ishlash yuk mashinasi

1 dona

LEGO Friends Quymoq uyi

1 dona

Hasbro Nerf blasteri E6748

1 dona

Hasbro Nerf blasteri E9952

1 dona

Hasbro Nerf blasteri E9954

1 dona

Hasbro Nerf blasteri F0496

1 dona

Hasbro Nerf blasteri F6352

1 dona

Hasbro Nerf blasteri F6356

1 dona

Hasbro Nerf blasteri F6367

1 dona

 

Lego va Hasbro Nerf o'yinchoqlari-aksiyaning to'liq muddati davomida sovrinlar umumiy miqdori 29 dona;

6. 3. Aksiya sovrinlari tashqi ko‘rinishi, o‘lchami, surati, qadoq rangi va boshqa jihatlari reklama materiallarida ko‘rsatilgan rasmlardan, yoki Ishtirokchilarning shaxsiy tasavvuridan farq qilishi mumkin. Aksiya Sovrinlari sifatida taqdim etiladigan tovarlar sifati uchun javobgarlik ushbu tovarni ishlab chiqaruvchilar zimmasida.

 

7. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

7. 1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi Amaldagi Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiya o‘tkazilish Muddatida quyidagi harakatlar ketma-ketligini bajarishi zarur:

Xaridor amaldagi qoidalarning 3. 2. bandida ko‘rsatilgan muddat ichida bir fiskal chekda 70. 000 (yetmish ming) so‘m va undan yuqori summaga quyidagi yo‘llar orqali xarid amalga oshirishi kerak:

Korzinka’dan mahsulotlarni yetkazib berishga mo‘ljallangan Korzinka Go mobil ilovasida buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin foydalanuvchi o‘z profiliga Korzinka Plus kartasini qo‘shganda.

7. 2. Xaridor chekdagi summani ishtirok etishda ruxsat etilganidan kamayishiga olib keluvchi tovarlarni supermarketga qaytargan taqdirda, u aksiyada ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotadi. Ishtirokchida shunday chek bo‘yicha yutib olingan sovrin mavjud bo‘lsa, ushbu sovrin bekor qilinadi va foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

7. 3. Ishtirokchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan xaridlar soni cheklanmagan.

7. 4. Ishtirokchi tomonidan Qoidalarning 8. 2. bandida (“Aksiya doirasidagi mahsulotni xarid qilish muddati” bo‘limi) ko‘rsatilgan muddatlarga mos keladigan davrda Aksiya sovrinlari yutuqli o‘yinida qatnashish uchun qancha ko‘p arizalar topshirilgan bo‘lsa (turli fiskal cheklarda xaridlar amalga oshirilgan bo‘lsa), Aksiya g‘olibiga (Aksiya Sovrini/Sovrinlari sohibi) aylanish uchun uning imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi.

 

8. AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASH

8. 1. Butun Aksiya Muddati davomida Tashkilotchi tomonidan quyidagilar o‘tkaziladi:

Amaldagi Qoidalarning 8. 2 – bandda belgilangan Aksiya sovrinlari o'yini jadvaliga (keyingi o'rinlarda "Sovrinlar yutuqli o‘yini jadvali" deb yuritiladi) muvofiq Bosh sovrin o'yini (keyingi o'rinlarda "Bosh sovrinlar o'yini" deb yuritiladi).

8. 2. Ro‘yxatdan o‘tish to‘liq muddati davomida Korzinka Plus kartasi raqamlari bazasiga Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari (FISH, telefon raqami) mavjud Aksiya ishtirokchilarining Korzinka Plus kartalari raqamlari kiritiladi. *

*Shaxsiy ma’lumotlar (FISH, telefon raqami) mavjud bo‘lmasa, Ishtirokchi sovrinlar o‘yinida ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

8. 3. Bosh sovrin g‘olibi ishtirokchilar orasida random. org onlayn servisi yordamida aniqlanib, Korzinka chakana savdo tarmog‘i va Korzinka Go ilovasining YouTube, Instagram, Facebook’dagi rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi

Mahsulot sotib olish davri

(Toshkent shahri vaqti bilan)

G'oliblarni aniqlash sanasi (Toshkent shahri vaqti bilan)

Sovrinlar soni va turi

13.03.2024-y 00:00 dan 14.03.2024-y 14:00 gacha

15.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini —

LEGO Creator Vintaj mototsikli

(3 tasi 1 da)

Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

14.03.2024-y 00:00 dan 15.03.2024-y 14:00 gacha

18.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — Anna va Elzaning sehrli karuseli LEGO Disney Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

15.03.2024-y 00:00 dan 16.03.2024-y 14:00 gacha

18.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — 

LEGO City tadqiqotchi sho'ng'in qayig'i
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

16.03.2024-y 00:00 dan 17.03.2024-y 14:00 gacha

18.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — LEGO Ninjago Ajdaho Qiruvchisi
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

17.03.2024-y 00:00 dan 18.03.2024-y 14:00 gacha

19.03.2024-y.

Kunning bosh sovrini —LEGO Pastel ranglarda ijodiy shodonligi
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

18.03.2024-y 00:00 dan 19.03.2024-y 14:00 gacha

20.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — Раса LEGO Ninjago Kay mashinasi va mototsikli Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

19.03.2024-y 00:00 dan 20.03.2024-y 14:00 gacha

21.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — LEGO Friends Dengiz samolyotlari qutqaruvchisi
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

20.03.2024-y 00:00 dan 21.03.2024-y 14:00 gacha

22.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — LEGO Friends Otlarni tayyorlash
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

21.03.2024-y 00:00 dan 22.03.2024-y 14:00 gacha

25.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — (3tasi 1 da) LEGO Creator ajoyib kuchuklari
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

22.03.2024-y 00:00 dan 23.03.2024-y 14:00 gacha

25.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — LEGO Friends Sohil baggisida o'yin-kulgi
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

23.03.2024-y 00:00 dan 24.03.2024-y 14:00 gacha

25.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — LEGO DUPLO Qayta ishlash yuk mashinasi
 Aksiyaning butun davri uchun 1 dona

24.03.2024-y 00:00 dan 25.03.2024-y 14:00 gacha

26.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — LEGO Friends quymoq uyi
 Aksiyaning butun davri uchun 1 dona

25.03.2024-y 00:00 dan 26.03.2024-y 14:00 gacha

27.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — Hasbro Nerf blasteri E6748
 Aksiyaning butun davri uchun 1 dona

26.03.2024-y 00:00 dan 27.03.2024-y 14:00 gacha

28.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — Hasbro Nerf blasteri E9952
 Aksiyaning butun davri uchun 1 dona

27.03.2024-y 00:00 dan 28.03.2024-y 14:00 gacha

29.03.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — Hasbro Nerf blasteri E9954
Aksiyaning butun davri uchun 1 dona

28.03.2024-y 00:00 dan 29.03.2024-y 14:00 gacha

01.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — Hasbro Nerf blasteri F0496
 Aksiyaning butun davri uchun 1 dona

29.03.2024-y 00:00 dan 30.03.2024-y 14:00 gacha

01.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — Hasbro Nerf blasteri F6352
 Aksiyaning butun davri uchun 1 dona

30.03.2024-y 00:00 dan 31.03.2024-y 14:00 gacha

01.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — Hasbro Nerf blasteri F6356
 Aksiyaning butun davri uchun 1 dona

31.03.2024-y 00:00 dan 01.04.2024-y 14:00 gacha

02.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — Hasbro Nerf blasteri F6367
 Aksiyaning butun davri uchun 1 dona

01.04.2024-y 00:00 dan 02.04.2024-y 14:00 gacha

03.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini —LEGO Creator LEGO Creator Vintaj mototsikli

(3 tasi 1 da)
Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

02.04.2024-y 00:00 dan 03.04.2024-y 14:00 gacha

04.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — Anna va Elzaning sehrli karuseli LEGO Disney Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

03.04.2024-y 00:00 dan 04.04.2024-y 14:00 gacha

05.04.2024-y.

Kunning bosh sovrini — 

LEGO City tadqiqotchi sho'ng'in qayig'i
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

04.04.2024-y 00:00 dan 05.04.2024-y 14:00 gacha

08.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — LEGO Ninjago Ajdaho Qiruvchisi
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

05.04.2024-y 00:00 dan 06.04.2024-y 14:00 gacha

08.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini —LEGO Pastel ranglarda ijodiy shodonligi
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

06.04.2024-y 00:00 dan 07.04.2024-y 14:00 gacha

08.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — Раса LEGO Ninjago Kay mashinasi va mototsikli Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

07.04.2024-y 00:00 dan 08.04.2024-y 14:00 gacha

09.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — LEGO Friends Dengiz samolyotlari qutqaruvchisi
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

08.04.2024-y 00:00 dan 09.04.2024-y 14:00 gacha

10.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — LEGO Friends Otlarni tayyorlash
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

09.04.2024-y 00:00 dan 10.04.2024-y 14:00 gacha

11.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini —LEGO Creator ajoyib kuchuklari (3tasi 1 da)
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

10.04.2024-y 00:00 dan 11.04.2024-y 14:00 gacha

12.04.2024 -y.

Kunning bosh sovrini — LEGO Friends Sohil baggisida o'yin-kulgi
 Aksiyaning butun davri uchun 2 dona

 

Aksiya o‘tkazilish davri

*Yutuqli oʻyinni oʻtkazish va Asosiy gʻolibni aniqlash kunida Tashkilotchi Asosiy Gʻolib va Zaxira (Muqobil) Gʻolibini (keyingi oʻrinlarda – “Muqobil Gʻolib”) aniqlaydi.

Bosh sovrin o‘yini doirasida Muqobil g‘oliblar soni quyidagicha bo‘ladi:

- Bosh sovrin o‘yini - 2 (ikki) ishtirokchi.

Tashkilotchi Aksiya shartlari Asosiy G‘olib tomonidan buzilganida yoki G‘olib Aksiya shartlariga boshqa sabablar bilan mos kelmagan taqdirda, Asosiy G‘olibni ehtimoliy almashtirish uchun Muqobil g‘oliblarni aniqlaydi.

Aksiya Tashkilotchisi bunday Zaxira (Muqobil) g‘oliblar ro‘yxatiga kirgan Ishtirokchilarning ismlarini oshkor qilishga majbur emas.

Muqobil g‘oliblar sovrindan bosh tortgan yoki ular bilan boshqa sabablar oqibatida aloqaga chiqishning imkoni bo‘lmagan, ro‘yxatda Muqobil g‘oliblar qolmagan hollarda aksiyaning barcha ishtirokchilari orasida sovrin takroran o‘ynaladi.

*Korzinka supermarketlar tarmog‘ining rasmiy saytida, “Aksiya g‘oliblari” bo‘limida https: //korzinka. uz/news o‘tkazilgan o‘yin haqida ma’lumot e’lon qilinadi.

8. 4. Har bir Asosiy G‘olib Aksiya Tashkilotchisining +998 71 230 70 86, yoki +998 78 113 04 57 raqamidan Korzinka supermarketlar tarmog‘ining Korzinka jismoniy kartasi va Korzinka, Korzinka Go ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Korzinka Plus virtual kartasiga biriktirilgan Asosiy G‘olibning telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali xabardor qilinadi.

Aksiya Asosiy G‘olibining telefoni xizmat ko‘rsatish doirasidan tashqarida bo‘lsa, yoki Aksiya Asosiy G‘olibi Tashkilotchi tomonidan Asosiy G‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab 2 kun davomida qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, yoki Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan har qanday texnik sabablarga ko‘ra aloqaga chiqmasa, shuningdek, Bosh G‘olib shaxsiy ma’lumotlarini Aksiya Tashkilotchisi tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bildirmasa, Asosiy G‘olib g‘oliblikni qo‘lga kiritish imkoniyatidan, Aksiya Tashkilotchisining qaroriga e’tiroz bildirish imkoniyatisiz, mahrum etiladi, Ishtirokchining g‘olib deb topilgan arizasi esa Tashkilotchi tomonidan bekor qilinadi. Bunday vaziyatda Sovrin Muqobil G‘olibga taqdim etiladi. Muqobil G‘olib bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan yoki Muqobil G‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilgan yoki Muqobil G‘olibning Aksiya shartlariga boshqa jihatdan mos kelmagan taqdirda, Sovrin keyingi Muqobil G‘olibga o‘tadi. Muqobil g‘oliblar sovrindan bosh tortgan yoki ular bilan boshqa sabablar oqibatida aloqaga chiqishning imkoni bo‘lmagan, ro‘yxatda Muqobil g‘oliblar qolmagan hollarda aksiyaning barcha ishtirokchilari orasida sovrin takroran o‘ynaladi.

8. 5. Ishtirokchi tomonidan Korzinka supermarketlar tarmog‘ining Korzinka jismoniy kartasi va Korzinka, Korzinka Go ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Korzinka Plus virtual kartasini ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida unga birinkitilgan Ishtirokchining telefon raqami amaldagi Qoidalarning 3-bo‘limida keltirilgan butun Aksiya o‘tkazilish muddati davomida Ishtirokchida saqlanib qolinishi kerak. Raqam yo‘q bo‘lsa, uchinchi shaxslarga berib yuborilgan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqami o‘zgargan bo‘lsa, G‘olib Aksiya sovrinini qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum etiladi. Boshqa raqamdan qaytadan ro‘yxatdan o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

9. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI/TARTIBI

9. 1. Sovrin G‘olib shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasini (amaldagi fuqarolik pasporti yoki ID-karta) taqdim etganda, G‘olib tomonidan Korzinka supermarketlar tarmog‘ining Korzinka jismoniy kartasi va Korzinka, Korzinka Go ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Korzinka Plus virtual kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda kiritgan barcha ma’lumotlarning to‘liq mos kelishi, shuningdek G‘olib tomonidan Aksiya mahsulotini xarid qilishda foydalanilgan Korzinka Plus jismoniy yoki virtual kartasining mos kelishi sharti bilan taqdim etiladi. G‘olib pasportida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (PINFL), G‘olibning amaldagi doimiy (vaqtinchalik) yashash to‘liq va aniq manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. G‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjatda (amaldagi fuqarolik pasporti yoki ID-karta) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (PINFL) va/yoki G‘olibning amaldagi doimiy (vaqtinchalik) yashash to‘liq va aniq manzili haqida ma’lumotlar bo‘lmasa, G‘olibning amaldagi doimiy (vaqtinchalik) yashash to‘liq va aniq manzili haqidagi ma’lumotnoma G‘olib tomonidan qo‘shimcha tarzda topshiriladi.

9. 2. Agar G‘olib Aksiya sovrinlari o‘yinlari tugagandan so‘ng 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida olib ketmasa, Tashkilotchi ushbu Sovrinni bekor qilish huquqiga ega.

9. 3. Sovrinni rasmiylashtirish / olish vaqtida G‘olib o‘zining shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan (Sovrinni rasmiylashtirish / olish bilan bog‘liq) kerakli hujjatlarni imzolash, shuningdek, Tashkilotchiga G‘olibning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan (Sovrinni rasmiylashtirish / olish bilan bog‘liq) barcha hujjatlarning asli va/yoki nusxasini taqdim etishi talab etiladi.

9. 4. Aksiya G‘olibining kerakli hujjatlarni imzolashdan va/yoki yuridik jihatdan muhim bo‘lgan amallarni bajarishdan bosh tortishi, jumladan, sovrinni olishda talab etiladigan hujjatlar, jumladan, lekin shu bilan cheklanib qolmay, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning Sovrinni olishdan bosh tortganligi bilan tenglashtiriladi.

9. 5. Tashkilotchi G‘olib tomonidan amaldagi Qoidalarning sovrinni olish tartibida keltirib o‘tilgan barcha talab va shartlarni bajarilmaganligi holatida, G‘olibga sovrinni topshirishdan bosh tortish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

9. 6. Sovrinlar Aksiya sovrinlari o‘yinlari o‘tkazilgandan so‘ng, 10 (o‘n) ish kunidan kech bo‘lmagan muddat ichida taqdim etiladi. Ish kunlari deb dushanbadan jumagacha, shu kunni ham hisobga olganda, bo‘lgan kunlar hisoblanadi. Sovrinlar dushanbadan jumaga qadar 9: 00dan 13: 00gacha va 14: 00dan 18: 00gacha taqdim etiladi (O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan dam olish va bayram kunlari bundan mustasno).

9. 7. Haftalik sovrinlar taqdim etilish joyi va manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi 4/1 4-blok. O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida istiqomat qiluvchi g‘oliblarga sovrinlarni taqdim etish Aksiya Tashkilotchisining yetkazish xizmati orqali amalga oshiriladi.

9. 8. Aksiya Haftalik Sovrinlari, Asosiy Sovrinini pul yoki boshqa ko‘rinishda almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar almashtirib berilmaydi va qaytarib olinmaydi.

9. 9. Amaldagi Qoidalarda keltirilgan shartlarni bajarmagan Aksiya G‘olibi Sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum etiladi. Bunday vaziyatda Aksiya Tashkilotchisi Sovrindan o‘z xohishiga ko‘ra foydalanadi.

9. 10. Aksiya G‘olibi quyidagi hollarda, bunday hollarning qachon ma’lum bo‘lganligidan qat’i nazar, tegishli sovrinni hech qanday kompensatsiya, jumladan pul mukofotisiz, olish huquqini yo‘qotadi:

9. 10. 1. agar Aksiya G‘olibi unga tegishli sovrinni topshirishdan avval amaldagi Qoidalarni buzgan deb topilsa;

9. 10. 2. agar Aksiya G‘olibi og‘zaki yoki yozma tarzda elektron va boshqa aloqa vositalari yordamida sovrinni olishdan bosh tortishini ma’lum qilsa;

9. 10. 3. Aksiya G‘olibini identifikatsiyalashning imkoni bo‘lmagan taqdirda;

9. 10. 4. G‘olib bilan 2 kun ichida bog‘lanishning imkoni bo‘lmasa;

9. 10. 5. G‘olib Tashkilotchiga shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishda bosh tortsa;

9. 10. 6. Aksiya doirasidagi mahsulotni xarid qilishda foydalanilgan Korzinka savdo tarmog‘ining Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka ilovasidagi Korzinka Plus virtual kartasi Aksiya G‘olibiga tegishli bo‘lmasa;

9. 10. 7. G‘olib amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan kerakli hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortsa.

9. 11. Sovringa egalik qilish huquqi G‘olibga ushbu sovrin taqdim etilgan vaqtdan boshlab o‘tadi, Aksiya G‘olibi unga taqdim etilgan Aksiya sovrini bilan kelgusida amalga oshiriladigan barcha choralarni mustaqil tarzda belgilaydi.

9. 12. Aksiya G‘olibi tomonidan Aksiya sovrinlari o‘yinlari yakunlangandan so‘ng 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra, jumladan, lekin shu bilan cheklanib qolmay:

- G‘olibning elektron pochta manzilini o‘chirib yuborishi yoki elektron pochta manziliga kirish imkoniyatini yo‘qotishi;

- g‘olib noto‘g‘ri elektron pochta manzilini kiritganligi;

- Korzinka supermarketlar tarmog‘ining Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka ilovasidagi Korzinka Plus virtual kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda biriktirilgan telefon raqamidan foydalanish huquqini yo‘qotishi;

- kompyuter tizimlari, pochta serverlari, internet-provayderlar tarmog‘ida uzilishlar, texnik nosozliklar xatoliklar bo‘lishi;

- Internet tarmog‘ida uzilishlar, texnik nosozliklar xatoliklar bo‘lishi;

- Internetning, elektr quvvatining yo‘qligi/bloklanganligi;

- Aksiya G‘olibining pochta manzillari va(yoki) pochta manzili kiritilgan saytlarining davlat hokimiyati tomonidan ularning ekstremistik va(yoki) terroristik deb topilishi sababli bloklanishi;

yuborish/olishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, bunday Aksiya sovrini da’vo qilinmaydigan deb topiladi va tegishli G‘olib tomonidan qayta talab etilishi taqiqlanadi hamda Aksiya Tashkilotchisi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalaniladi.

9. 13. Aksiya Tashkilotchisi, Buyurtmachisi va Texnik hamkori internet-provayderlar, aloqa operatorlari, har qanday turdagi pochta, kuryerlik yoki boshqa xizmatlarning xatoliklari tufayli pochta va elektron jo‘natmalar yetib kelmagan toki kech yetib kelgan, yo‘qolgan yoki zararlanganligi uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi.

9. 14. Aksiya ishtirokchilari zimmasiga butun Aksiya o‘tkazilishi, shuningdek Sovrinlar taqdim etilishi Davrida o‘zlarining mobil telefonlariga kirish qo‘ng‘iroqlari va kiruvchi yozma xabarlar qabul qilinishini ta’minlay mas’uliyati yuklatiladi.

9. 15. Aksiya sovrinini olish huquqi Aksiya G‘olibi tomonidan uchinchi shaxsga berilishi mumkin emas.

9. 16. Aksiya sovrinlari soni cheklangan va amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan raqamni tashkil etadi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinni topshirish mas’uliyati amaldagi Qoidalarning 6. 2. va 6. 3. bandlarida ko‘rsatilgan Sovrinlar umumiy soni bilan cheklangan. Shu sababli Aksiya ishtirokchisi hech qanday kompensatsiya, jumladan, pul talab etishi mumkin emas.

9. 17. Amaldagi Aksiya bo‘yicha jismoniy shaxs daromadi uchun belgilanadigan soliq to‘lovi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Aksiya Tashkilotchisi tomonidan amalga oshiriladi.

9. 18. Boshqa to‘lovlar, O‘zbekiston Respublikasi g‘aznasiga to‘lovlar, komissiyalar va Aksiya sovrinini olish, unga egalik qilish va unga nisbatan harakatlarni bajarish bilan bog‘liq G‘olibda yuzaga keladigan boshqa qo‘shimcha to‘lovlar G‘olib tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

 

10. XARAJATLAR. MAS’ULIYATNI CHEKLASH

10. 1. Tashkilotchi, Buyurtmachi va Texnik hamkor quyidagilar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi:

10. 1. 1. Ishtirokchilarning Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinni olish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmasligi (vaqtida bajarmasligi);

10. 1. 2. Ishtirokchilarning Aksiya Qoidalari va Aksiya o‘tkazish natijalari bilan tanishib chiqmaganligi;

10. 1. 3. Ishtirokchilar tomonidan turli sabablarga ko‘ra, jumladan pochta xizmati, aloqa tashkiloti xatoligi, Aksiya o‘tkazishda foydalanilayotgan internet tarmog‘i va/yoki aloqa kanallaridagi nosozlik va/yoki firibgarliklar natijasida xat, qo‘ng‘iroq va/yoki elektron xabarlarning kelib tushmasligi;

10. 1. 4. G‘olibdan Sovrinni olish uchun kerakli hujjatlar va/yoki guvohnomalarning olinmaganligi (vaqtida olinmaganligi);

10. 1. 5. Ishtirokchilar tomonidan Aksiyani o‘tkazish va Sovrinlarni taqdim etish bilan bog‘liq aloqa va/yoki ma’lumotlarning, shaxsiy ma’lumotlarning to‘liq va/yoki to‘g‘ri taqdim etilmasligi;

10. 1. 6. Aksiya Tashkilotchisi aybi bilan yuzaga kelmagan uyali aloqa operatorlari, Internet- provayderlarining istalgan turdagi texnik uzilishlari, nosozliklar, profilaktik ishlash va boshqalar;

10. 1. 7. Ishtirokchi tomonidan Aksiyada qatnashish va(yoki) Sovrinni olishi bilan bog‘liq xarajat va yo‘qotishlar.

10. 1. 8. Yengib bo‘lmas kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelgan taqdirda, jumladan COVID-19 bilan bog‘liq favqulodda holat va/yoki sanitar-epidemiologik cheklov/taqiqlarning joriy etilishi.

10. 1. 9 Aksiya barcha ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va har qanday xarajatlarni mustaqil qoplaydilar (jumladan va shu bilan cheklanib qolmay, mobil aloqa operatorlar, Internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanganlik, Aksiya haqida istalgan ma’lumotni olish, aksiya mahsulotini xarid qilish va h. k. bilan bog‘liq xarajatlar).

10. 1. 10 Tashkilotchi Aksiya Sovrinlariga bo‘lgan huquq bo‘yicha hech qanday baxslar yuzasidan mas’uliyatni zimmasiga olmaydi. Har qanday holatda ham baxslar yuzasidan yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi va uning ustidan shikoyat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tashkilotchi mobil telefon raqami, elektron manzil, Aksiya mahsuloti, Ishtirokchi yagona raqami, Korzinka Plus jismoniy yoki virtual kartasi, chekning u yoki bu shaxsga tegishliligi bo‘yicha baxs yuzaga kelganda ushbu baxsga kirishmaydi. Shu turdagi barcha baxslar o‘zaro tomonlar o‘rtasida mustaqil va o‘z hisoblaridan hal etiladi.

 

11. Tashkilotchi internet-provayder, uyali aloqa operatorlari faoliyati, pochta, yetkazib berish va boshqa xizmatlarning xatoliklari natijasida pochta va elektron jo‘natmalar yetib bormaganligi, kech yetib borganligi, yo‘qotilganligi yoki zararlanganligi uchun javobgar emas.

11. 1. Tashkilotchi va texnik hamkor Sovrinni g‘olibga topshirgandan keyingi undan foydalanilishi, Aksiya g‘olibining har qanday sababga ko‘ra foydalanish imkoniyatining mavjud emasligi yuzasidan javobgar emas. Sovrin sifati va xizmat ko‘rsatish kafolati (agar ko‘zda tutilgan bo‘lsa) yuzasidan javobgarlik ishlab chiqaruvchi zimmasida.

11. 2. Yutib olingan Sovrindan faqat Ishtirokchi bo‘lgan shaxslar foydalanishiga yo‘l qo‘yiladi. Sovrin kelishuv yoki to‘lov vositasi sifatida qatnashadigan har qanday harakat, operatsiya, kelishuvlar amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

11. 3. Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilganlarni hisobga olgan holda, Aksiyada ishtirok etish uchun hujjatlarni soxtalashtirgan yoki soxtalashtirishdan foyda olgan, yoki Aksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsni bezovta qilish, haqorat qilish, tahdid qilish yoki boshqa shaxslarga noqulayliklar keltirib chiqarish maqsadida to‘g‘ri kelmaydigan harakatlarni amalga oshirib, amaldagi Qoidalarni buzgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzgan istalgan shaxsning ishtirok etish uchun arizalarini bekor qilishi, shuningdek amaldagi Aksiyada ishtirok etishni taqiqlash huquqiga ega.

11. 4. Tashkilotchi istalgan vaqt Aksiyada firibgarlikni oldini olish maqsadida qo‘shimcha texnik cheklovlar o‘rnatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Biror ishtirokchi tomonidan amaldagi Qoidalarga zid ravishda, vijdonsizlik bilan harakatlar amalga oshirganligi aniqlangan taqdirda, ushbu Ishtirokchining g‘olibligi bekor qilinadi va aksiyadagi ishtirokini davom ettirishi taqiqlanadi.

11. 5. Tashkilotchi Aksiyada vijdonan ishtirok etilishini Tashkilotchining mavjud texnik imkoniyatlari asosida, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidagi holatlar va amaldagi Qoidalarni hisobga olgan holda mustaqil baholaydi.

11. 6. Tashkilotchi va texnik hamkor tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, istalgan turdagi harbiy holatlar, blokada, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari kabi fors-major holatlari, Aksiya o‘tkazilayotgan hududda qonunchilikning o‘zgarishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda javobgar hisoblanmaydi.

 

12. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

12. 1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi aniq va amaldagi (ishonchli) ma’lumotlarni taqdim etishga majbur, o‘z xohishi va qiziqishlariga ko‘ra Tashkilotchiga va uning ishonchli vakiliga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, jumladan O‘zR 2019-yil 21-iyundagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsiy ma’lumotlar haqida”gi qonuniga muvofiq Ishtirokchi taqdim etgan shaxsiy va boshqa ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish, jumladan transchegaraviy, foydalanish, saqlashga rozilik beradi.

12. 2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida sovrinni qo‘lga kiritish uchun Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda Tashkilotchiga amaldagi Oferta (Qoidalar)da keltirib o‘tilgan ma’lumotlar (jumladan shaxsiy ma’lumotlar)ni taqdim etishi shart.

12. 3. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, jumladan ammo shu bilan chegaralanib qolmay, shaxsiy ma’lumotlardan Tashkilotchining hech qanday to‘lovlarsiz, hech qanday hududiy, vaqt va foydalanish uslubida cheklovlarsiz O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan, jumladan Ishtirokchining ismi, familiyasi, rasmi, intervyu va u haqidagi boshqa materiallardan Sovrinni qo‘lga kiritgan taqdirda, shuningdek ma’lumot, xabar (jumladan, reklama turdagi) va h. k. uchun reklama/marketing, jumladan OAV (ismi va rasmi), istalgan bosmaxonalar, audio- va video-materiallar, OAV bilan intervyu marketing va/yoki istalgan boshqa reklama faoliyatida foydalanishiga rozilik beradi va bunday foydalanish hech qanday holatda Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi.

12. 4. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlari, jumladan, ammo shu bilan chegaralanib qolmay, rasmlar, intervyu, telefon raqam, e-mail va (yoki) o‘zi haqidagi boshqa ma’lumotlardan Tashkilotchining hech qanday to‘lovlarsiz, hech qanday hududiy, vaqt va foydalanish uslubida cheklovlarsiz reklama va (yoki) marketing maqsadlarida foydalanish, Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari va materiallarini OAV, istalgan bosmaxonalar, Internet tarmog‘ida foydalanish huquqini beradi va bunday foydalanish hech qanday holatda Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi (to‘lov amalga oshirilmaydi).

12. 5. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining mobil telefon raqami, e-mailga Tashkilotchi va uning ishonchli vakili tomonidan muddatlarda cheklovlarsiz SMS xabarlar, yangilik va boshqa ma’lumot/reklama xabarlari (yubormalar) yuborilishiga rozilik beradi.

 

13. BOSHQA SHARTLAR

13. 1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ariza sifatida Tashkilotchi tomonidan, shuningdek, Korzinka GO onlayn-yetkazib berish xizmati orqali amalga oshirilgan xaridlar ham qabul qilinadi. Buning uchun shaxsiy kabinetga Korzinka Plus kartasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqam biriktirilgan bo‘lishi kerak.

13. 1. 2 Aksiyada ishtirok etish uchun Ariza sifatida Tashkilotchi tomonidan Zoodpay muddatli to‘lov xizmati orqali, Korzinka sovg‘a kartalari yordamida, shuningdek, Korzinka Plus kartasida to‘plangan bonuslar bilan to‘langan cheklar hisobga olinmaydi va qabul qilinmaydi.

13. 2. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi o‘zining amaldagi Qoidalar bilan to‘liq tanishib chiqqanligi va to‘liq, hech qanday baxs va munozaralarsiz Aksiya o‘tkazilish qoidalari va ishtirok etish shartlari bilan o‘z roziligini bildiradi.

13. 3. Aksiya o‘tkazilish qoidalari butun aksiya o‘tkazilishi muddati davomida Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi va /yoki to‘ldirilishi mumkin. Tashkilotchi istalgan vaqt bir tomonlama Aksiya shartlari, qoidalari va muddatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek Aksiyani muddatidan oldin yakunlash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalariga kiritiladigan o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi saytida e’lon qilingan taqdirda amal qiladi.

13. 4. Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra, unda Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi va istalgan soxtalashtirilgan ma’lumotlardan foyda olayotganligi haqida asosli shubxa-guman paydo bo‘lgan taqdirda, Ishtirokchilarga sababini tushuntirmay va ular bilan yozishmagan holda, Aksiya Ishtirokchilarining istalgan harakatlarini haqiqiy emas deb topishi, shuningdek Aksiyada ishtirok etishda davom etishni taqiqlashi, istalgan shaxsga Sovrinni olishda rad etishi mumkin.

13. 5. Amaldagi Qoidalarning bir tomonlama talqin qilinishida muammolar, tushunmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, so‘nggi qaror Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq qabul qilinadi.

13. 6. Amaldagi Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlar Tashkilotchi va Aksiya Ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq harakat qiladilar.

13. 7. Tomonlar mas’uliyati, shuningdek baxslarni hal qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

13. 8. Amaldagi Ommaviy ofertaning amal qilish muddati – Aksiya o‘tkazish muddati yakunlanguncha.