So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
"Garnier" yutuqli o‘yini ommaviy ofertasi!

Aksiyalar

21 oktyabr 2022

"Garnier" yutuqli o‘yini ommaviy ofertasi!

Aksiyalar

21 oktyabr 2022

OMMAVIY OFERTA

TABDIR (AKSIYA) O‘TKAZILISH TARTIBI

1. UMUMIY QOIDALAR

Garnier brendining Yutuqli O‘YINI O‘zbekiston Respublikasi (keyino o‘rinarda – O‘Zr) hududida “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining Instagram akkaunti (@korzinkauz) orqali ‘Garnier” mahsulotlariga bo‘lgan qiziqishni oshirish, mahsulot uchun ijobiy imidj va iste’mol talablarini hosil qilish, shu bilan birga ushbu mahsulot savdo hajmini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlarda o‘tkaziladi.

 

Tadbir Tashkilotchisi haqida ma’lumot - Tadbir (Aksiya) Tashkilotchisi:

Nomlanishi: “EASY PRO SOLUTIONS” MCHJ

Yuridik manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Miobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi, 22-uy.

Aksiya axborot hamkori (keyingi o‘rinlarda – “Axborot hamkori”): “Anglesey Food” MCHJ XK, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan yuridik shaxs hisoblanadi, STIR 202 099 756, O‘zbekiston Respublikasi, 100066, Toshkent shahri, Turob To‘la ko‘chasi, 57-uyda joylashgan. Beshyog‘och bozori hududi.

2. AKSIYA O‘TKAZILISH MUDDATI

2.1. Aksiya o‘tkazilish muddati: 2022-yil 21-oktabrdan 2022-yil 27-oktabrgacha (shu kunni ham hisobga olganda).

2.2    Aksiya g‘oliblarini aniqlash muddati: 29.10.2022-yil.

2.3    Aksiya g‘oliblariga sovrinlarni taqdim etish muddati: 2022-yil 30-noyabrgacha (shu kunni ham hisobga olganda).

2.4    Amaldagi qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri vaqtiga ko‘ra hisoblanadi.

3. MA’LUMOT YETKAZISH HUDUDI VA TARTIBI

3.1    Aksiya O‘zbekiston Respublikasining (keyingi o‘rinlarda O‘zR) barcha hududlarida “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining Instagram akkaunti orqali (@korzinkauz) o‘tkaziladi;

3.2    Aksiyada ishtirok etish tartibi, aksiya shartlari (shu jumladan, o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar) va qoidalari haqidagi barcha ma’lumotlar Instagram ijtimoiy tarmog‘ida @korzinkauz akkaunti orqali amalga oshiriladi.

3.3    Tashkilotchi va (yoki) buyurtmachi aksiya o‘tkazilish davrining har qaysi qismida aksiya shartlariga o‘zgartirishlar kiritish, muddatidan oldin aksiyani yakunlash, qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Aksiya o‘tkazilish tartibi va shartlari bo‘yicha kiritiladigan o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) buyurtmachi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 3 (uch) ish kuni ichida rasmiy sahifaga joylashtirilishi lozim. Buyurtmachi, tashkilotchi va texnik hamkorlar aksiya ishtirokchilari bilan yozma muloqot yoki boshqa turdagi aloqaga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Amaldagi tartib-qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar hamda kelishmovchilik holatlari bundan mustasno.

3.4    Tashkilotchilar Aksiya o‘tkazilishi va natijalari bo‘yicha to‘liq javobgar hisoblanadilar.

3.5    “Anglesey Food” MCHJ XK, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i va do‘konlari Aksiyaga oid murojaat va shikoyatlarni qabul qilmaydilar hamda Aksiya o‘tkazilishi va natijalari bo‘yicha javobgar hisoblanmaydilar.

4. AKSIYA DOIRASIDAGI TOVAR

4.1 Aksiya “Garnier” savdo belgisi ostidagi Matoli yuz niqoblari uchun amal qiladi. Aksiyada quyidagi turdagi niqoblar ishtirok etadilar: Akva Bomba, Yashil musaffolik, Pushtirang qulaylik, Lavanda, Gialuron Aloe, Qora choy, Tozalash, C vitamini.

5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

5.1    Aksiyada aqliy imkoniyati cheklanmagan, 16 yosh va undan yuqori bo‘lgan yoshdagi jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin: O‘zR fuqarolari va O‘zR da doimiy yashash uchun guvohnomaga ega bo‘lgan, O‘zR hududida doimiy yashab kelayotgan xorij fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

5.2    16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar ota-onalari, mas’ul shaxs, va boshqa shaxslarning roziligi asosida, ularning aqliy imkoniyati cheklanmaganligi shartida, ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

5.3    Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi:

-        Buyurtmachi va (yoki) Tashkilotchi, Texnik hamkorlarning ishchi xodimlari;

-        Tashkilotchi, Texnik hamkor va (yoki) Buyurtmachi tomonidan yakuniy natijaga ta'sir ko‘rsatish kuchiga ega deb topilgan shaxslar;

-        Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarga ega bo‘lgan, tashkilot va (yoki) yutuqli o‘yin o‘tkazilishi, Buyurtmachi mahsuloti aylanmasi bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi shaxslar;

-        Yuqorida qayd etilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari;

-        Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zR da doimiy yashash uchun givohnomaga ega bo‘lmagan xorij fuqarolari.

5.4    Aksiyada yuqorida sanab o‘tilgan bandlarga nomutanosib bo‘lgan shaxslarning ishtiroki qayd etilgan taqdirda, tashkilotchi ushbu shaxslarga o‘yinda ishtirok etish va (yoki) sovrinni olishda rad javobini berish huquqiga ega.

 

6. AKSIYA SOVRINLAR JAMG‘ARMASI

YUTUQLI O‘YIN sovrinlar jamg‘armasi Garnier Tissue masks liniyasi mahsulortlarini uch to‘plamini o‘z ichiga oladi.

6.1    Garnier Tissue masks liniyasi mahsulotlarining to‘plami: Akva Bomba, Yashil musaffolik, Pushtirang qulaylik, Lavanda, Gialuron Aloe, Qora choy, Tozalash, C vitamini har biri 5 donadan.

6.2    Aksiya sovrinlari miqdori cheklangan va amaldagi Qoidalardagi miqdorni tashkil etadi. O‘yin ishtirokchisi sovrin evaziga hech qanday boshqa tovar, shu jumladan pul talab qilish huquqiga ega emas.

6.3    Buyurtmachi sovrinlarning miqdori, to‘plami, ko‘rinishi va boshqalarni o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bu holatda, almashtirilgan sovrinlar oldingilari narxiga teng bo‘lishi lozim.

6.4    Aksiya doirasidagi sovrinlar tashqi ko‘rinishi, o‘lchami, sur’ati, qadoq rangi va boshqalar reklama materiallaridagi rasmlar va ishtirokchilarning shaxsiy tasavvuridan farq qilishi mumkin. Aksiyada sovrin sifatida taqdim etiladigan ovarlar sifati bo‘yicha mas’uliyat, ushbu tovarlar ishlab chiqaruvchisi zimmasida.

6.5    Aksiya sovrinlarini pul va boshqa ekvivalentlarga almashtirishga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar qaytarib olinmaydi.
 

7. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

7.1 Aksiyada ishtirok etish uchun:

·         Instagram ijtomiy tarmog‘ining @korzinkauz akkauntida e’lon qilingan yutuqli o‘yin ma’lumotli postiga layk bosish

·         @korzinkauz akkauntidagi yutuqli o‘yin posti ostidagi izohlarda do‘stlarni belgilash (izohlar soni chegaralanmagan)

·         Instagramdagi @korzinkauz akkauntiga obuna bo‘lish

 

8. AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASH VA SOVRIN OLISH SHARTLARI/TARTIBI

8.1    Aksiya g‘oliblari 29.10.2022-yilda, 7.1 bandda ko‘rsatilgan shartlarni bajargan barcha ishtirokchilar orasidan aniqlanadi.

8.2    G‘oliblarni aniqlash random yordamida tasodifiy tanlash yo‘li orqali aniqlanadi Verifyshare (https://verifyshare.com/) kompyuter dasturi yordamida amalga oshiriladi. Dastur tomonidan tasodifiy tanlangan hamda 7.1 bandda ko‘rsatilgan barcha shartlarni bajargan uch nafar ishtirokchilar sovrinlar sohiblari etib topiladilar (keying o‘rinlarda – “G‘oliblar”.

8.3    G‘oliblarni aniqlash jarayoni Instagramdagi @korzinkauz akkauntida storis formatida e’lon qilinadi. G‘oliblar ro‘yxati va natijalar Instagramdagi @korzinkauz akkauntida e’lon qilinadi.

8.4    Sovrinni olish uchun G‘olib ishtirokchi Tashkilotchiga quyidagi hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni taqdim etishi lozim:

-        G‘olibning familiya, ismi, otasining ismi;

-        G‘olibning hozirgi vaqtda yashayotgan aniq va to‘liq manzili;

-        Amaldagi shaxsni tasdiqlovchi hujjat/pasport/doimiy yashash uchun guvohnomaning 2 tomonlama nusxasi;

-        Sovrinni olganlik bo‘yicha imzolangan akt;

8.5    G‘olibga sovrin taqdim etilishi Tashkilotchi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki yetkazib berish xizmati orqali amalga oshiriladi (G‘olib bilan kelishilgan holda).

8.6    Aksiya asosiy sovrini pul yoki boshqa istalgan ko‘rinishdagi tovarga almashtirib berilmaydi. Sovrinlar qaytarib olinmaydi.

8.7    Aksiya ishtirokchilari Yutuqli o‘yin davom etayotgan davr mobaynida kirish qo‘ng‘iroqlari va xabarlarining imkoni bo‘lishi uchun javobgar hisoblanadi.

8.8    Sovrinni olish huquqi G‘olib ishtirokchi tomonidan Uchinchi shaxsga o‘tkazilmaydi. Yutib olingan sovrin boshqasiga almashtirib berilmaydi. Sovrinlarni pulli ko‘rinishda olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

9. JAVOBGARLIKNI CHEKLASH

9.1 Tashkilotchi ham, Buyurtmachi ham quyidagilar uchun javobgar hisoblanmaydi:

1)       Ishtirokchi tomonidan Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinlarni olish bilan bog‘liq vazifalarni bajarmaganliklari (vaqtida bajarmaganliklari);

2)       Ishtirokchining yutuqli o‘yin o‘tkazilishi tartibi, shuningdek Aksiya o‘tkazilishi natijalari bilan tanishib chiqmaganliklari;

3)       Ishtirokchi tomonidan xababr, qo‘ng‘iroq va/yoki elektron xabarlarlarning yetib kelmasligi, shu jumladan, Aksiya davomida foydalaniladigan pochta xizmati, aloqa tashkiloti aybiga ko‘ra, texnik nosozlik sababli va/yoki Internet va/yoki aloqa kanallaridagi firibgarlik natijasida;

4)       Ishtirokchi tomonidan Sovrinni olish uchun kerakli bo‘lgan hujjat va/yoki guvohnomalarni yetkazmaslik (vaqtida yetkazmaslik);

5)       Aksiyani o‘tkazish va sovrinni olish uchun kerakli bo‘ladigan kontaktlar va/yoki boshqa ma’lumotlarning Ishtirokchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etishi yoki umuman taqdim etilamasligi;

6)       Mobil aloqa operaorlari, Internet-provayderlarning istalgan turdagi, yutuqli o‘yin Tashkilotchisiga aloqasi bo‘lmagan texnik nosozliklar, uzilishlar, profilaktik ishlar va boshqalar;

7)       Aksiay ishtirokchisi tomonidan Yutuqli o‘yinda ishtirok etish va (yoki) sovrinni olishda keltirilgan istalgan turdagi xarajatlar va (yoki) yo‘qotishlar.

8)       Oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) yozaga kelganda, shu jumladan, COVID-19 sababli favqulotda vaziyat va/yoki sanitar-epidemiologik cheklovlar kiritilishi
 

10. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

10.1 Ishtirokchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ko‘rish, to‘plash, tizimlashtirish, yig‘ish, saqlash, aniqlash, chiqarish, foydalanish, tarqatish, shaxsini yashirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish, chegara hududidan chiqarishga o‘z roziligini beradi.

10.2 Aksiyada qatnashishga rozilik berib, Ishtirokchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini Tashkilotchi, Buyurtmachi, Texnik hamkor va ular tomonidan ushbu huquq taqdim etilgan shaxslar tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bildiradi. Shaxsiy ma’lumotlar Tashkilotchi, Buyurtmachi, Texnik hamkor va ular tomonidan ushbu huquq taqdim etilgan shaxslar tomonidan avtomatlashtirilga vositalar yordamida qayta ishlanadi.

 

11. BOSHQA SHARTLAR

11.1 Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchi quyidagilarni tasdiqlaydi:

·         Aksiya o‘tkazilishi tartibi va shartlari bilan to‘liq tanishib chiqqanligi.

·         O‘zining tasviri bo‘lgan fotomateriallar, intervyu va uning ishtirokidagi boshqa materiallarni “Garnier” savdo belgisini reklama qilish yoki Aksiyani anons qilish maqsadlarida, Ishtirokchiga to‘lov amalga oshirmagan holda Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi tomonidan foydalanilishiga rozilik bildirishi. Ishtirokchi Tashkilotchiga Aksiyani reklama va/yoki anons qilish, shuningdek “Garnier” savdo belgisini reklama qilish maqsadlarida omaviy chiqishni efirga berish, va shunga teng bo‘lgan mualliflik huquqlarini taqdim etadi.

·         O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 377-moddasi – yutuq, sovrin, pul ko‘rinishidagi sovrinlar G‘olibning turar-joyidagi davlat soliq inspeksiyasida deklaratsiyadan o‘tkazilishi shartligi bilan tanishligi.

·         O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga ko‘ra G‘olib 01.04.2023-yilgacha Sovrin narxining 12%i miqdorida QQS to‘lashi shart.

11.2. Tashkilotchi Ishtirokchiga oid bo‘lgan ma’lumotlarni OAV, internet sahifasi, internet tarmog‘iga joylashdan avval, Ishtirokchi bilan oldindan kelishmasdan o‘zgartirishi mumkin.

11.3. Diqqat! Sovrinlarning umumiy miqdori 6-bo‘limda ko‘rsatilgan miqdor bilan cheklangan va hech qanday sharoitda ushbu miqdordan oshishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

11.4. Sovrinning Aksiya Ishtirokchisi xohish va tilaklariga mos kelmasligi uchun Tashkilotchi javobgar emas.

11.5. Hech qanday sharoitda ham Sovrinlar pul ko‘rinishidagi ekvivalentga almashtirib berilmaydi.

11.6. 18 yoshdan kichik bo‘lgan Sovrindorlar o‘z sovrinlarini ota-onalari, yoki qonuniy vakillari ishtirokida olishlari mumkin.

11.7. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchilar amaldagi qoidalar bilan diqqat bilan tanishib chiqqanliklari va hech qanday shikoyat yoki e’tirozlarsiz, to‘liq rozi ekanliklarini anglatadi.

11.8. Amaldagi qoidalarning turlicha tushunilishi natijasida yuzaga keladigan holatlarda, istalgan kelishmovchilik, tushunarsizlik holatlarida oxirgi qaror Tashkilotchi tomonidan amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablaridan kelib chiqqan holda qabul qilinadi. Barcha shikoyat va e’tirozlar Tashkilotchi tomonidan qabil qilinadi.

11.9. Amaldagi qoidalarda ko‘rib o‘tilmagan barcha vaziyatlarda Tashkilotchi/Buyurtmachi/Axborot hamkori, Aksiya ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra yo‘l tutadi.