So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
Ommaviy oferta “Korzinka & Объединённые кондитеры” reklama aksiyasini o‘tkazish tartibi

Aksiyalar

21 noyabr 2022

Ommaviy oferta “Korzinka & Объединённые кондитеры” reklama aksiyasini o‘tkazish tartibi

Aksiyalar

21 noyabr 2022

OMMAVIY OFERTA

“Korzinka & Объединённые кондитеры” REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH TARTIBI

(KEYINGI O‘RINLARDA – “QOIDALAR”)

1. “Korzinka & Объединённые кондитеры” REKLAMA AKSIYASI noma’lum odamlar doirasida РотФронт, Бабаевский, Красный октябрь va ECO BOTANICA savdo belgilari ostidagi mahsulotlarga nisbatan ijobiy munosabat va iste’mol talabini oshirish, shuningdek ushbu mahsulotlar savdosini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Aksiya lotoreya, qimor hisoblanmaydi, Ishtirokchilardan aksiyada qatnashish uchun to‘lov talab etilmaydi.


2. AKSIYA TASHKILOTCHILARI HAQIDA MA’LUMOTLAR

2.1. Aksiya tashkilotchisi (keying o‘rinlarda – “Tashkilotchi”): “ANGLESEY FOOD” MCHJ XK, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan yuridik shaxs, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 120-uyda joylashgan, pochta indeksi: 100015.


3. AKSIYA O‘TKAZILISH MUDDATI

3.1. Askiya o‘tkazilish muddati: 2022-yil 21-noyabrdan 2022-yil 31-dekabrgacha (shu kunni ham hisobga olganda) (keying o‘rinlarda – “Aksiya muddati” yoki “Aksiya davri”).

3.2. Aksiya doirasidagi mahsulotlarni xarid qilish muddati: 2022-yil 21-noyabrdan 2022-yil 31-dekabrgacha (shu kunni ham hisobga olganda).

3.4. Aksiya G‘oliblarini aniqlash muddati: 2022-yil 29-noyabrdan 2023-yil 04-yanvargacha (shu kunni ham hisobga olganda), amaldagi Aksiya o‘tkazilish tartibi 9.2. bandida ko‘rsatilgan Sovrinlar o‘yinlarini o‘tkazish jadvaliga asosan.

3.5. Amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqtiga muvofiq belgilanadi.


4. HUDUDLAR, PROMO-SAYT VA MA’LUMOTLARNI YETKAZISH TARTIBI

4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, “Korzinka” DISKONT va “Smart” do‘konlarida doirasida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uyda joylashgan, franshiza asosida faoliyat yurituvchi “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno.

4.2. Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar) Ishtirokchilarni xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

1) Aksiya Tashkilotchisi rasmiy internet sahifasida https://korzinka.uz/ (yuqorida, shu yerda va keyingi o‘rinlarda – “Sayt”)

2) Tashkilotchi belgilagan boshqa yo‘llar orqali

3) Aksiya bo‘yicha savollar yuborish uchun elektron pochta: info@korzinka.uz.

4.3. Tashkilotchi istalgan vaqt Aksiya shartlarini o‘zgartirish va/yoki qo‘shimcha kiritish, muddatidan oldin tugatish, Aksiya haqida qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilish huquqiga ega. Aksiya ma’lumotlari va uning shartlarini o‘zgartirish va/yoki qo‘shimcha kiritirilishi Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi saytida e’lon qilingan taqdirdagina amal qiladi.

4.5. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma yoki boshqa turda muloqotga kirmaslik huquqini saqlab qoladi. Amaldagi Qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi, va munozarali vaziyatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.


5. AKSIYA DOIRASIDAGI MAHSULOT

5.1. Aksiya РотФронт, Бабаевский, Красный октябрь va ECO BOTANICA savdo belgilari ostidagi quyidagi mahsulotlarga nisbatan o‘tkaziladi (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya mahsuloti”):

Mahsulot nomi

1.

Бабаевский gорький shokoladli plitkasi 100g.

2.

Бабаевский элитный shokoladli plitkasi 75% 100g.

3.

Бабаевский o‘rmon yong‘og‘ili qora shokoladli plitkasi 100g.

4.

Алёнка sutli shokoladli plitkasi 200g.

5.

К&О Алёнка bodom 100g. (plitka)

6.

Аленка o‘rmon yong‘og‘ili shokolad 1/200

7.

Алёнка o‘rmon yong‘og‘ili sutli shokolad 90g.

8.

АЛЁНКА sutli shokoladli plitkasi 90g.

9.

Алёнка sutli stikli shokoladi 100g.

10.

К&О Аленка k/b gumbaz 250(pak)

11.

Фея karamel 250g.

12.

Мечта karamel 250g.

13.

Лимончики mevali asosda 250g.

14.

Лимонная karamel 250g.

15.

Аленка sutli asosda karamel 250g.

16.

Фрукты-Яgодки miks karamel 250g.

17.

Эвкалипт mentol karamel 250g.

18.

Эвкалипт mentol karamel 200g.

19.

РотФронт №1 batonchalari konfetlari 250g.

20.

Красная шапочка konfetlari 250g.

21.

Коровка sutli vaflili konfetlari 250g.

22.

Коровка shokoladli vaflili konfetlari 250g.

23.

Золотой ключик iris 250g.

24.

Кис-Кис iris 250g.

25.

Алёнка shokoladli konfetlari 250g.

26.

Мишка косолапый shokoladli konfetlari 200g.

27.

Бабаевский shokoladli konfetlari, o‘rmon yong‘og‘i va kakao 200g.

28.

Красный Октябрь jeleli konfetlari, barbaris ta’mli 250g.

29.

Мишка Косолапый konfetlari, asalli grilyaj 200g.

30.

Р&Ф Qush suti 225g.(pak)

31.

P&Ф Qush suti 200g.

32.

Красный октябрь konfetlari sovg‘a to‘plami 200g.

33.

Золотой ключик iris, o‘lchanadigan

34.

Кис-кис iris, o‘lchanadigan

35.

Мечта karamel, o‘lchanadigan

36.

Аленка karamel, sutli asosda, o‘lchanadigan

37.

Лимонная, karamel, o‘lchanadigan

38.

Рот Фронт barbaris, karamel, o‘lchanadigan

39.

Jeleli konfetlar, barbaris ta’mli, o‘lchanadigan

40.

Toffee Original konfetlari, o‘lchanadigan

41.

Toffee de Luxe шок konfetlari, o‘lchanadigan

42.

Toffee de Luxe konfetlari, o‘rmon yong‘og‘i, o‘lchanadigan

43.

Рот Фронт Москвичка karamel, o‘lchanadigan

44.

Рот Фронт Gусиные лапки karamel, o‘lchanadigan

45.

Qora-qum shokoladli konfetlari, o‘lchanadigan

Tovar nomi

46.

К&О Мишка косолапый konfetlari, o‘lchanadigan

47.

Коровка sutli vaflili konfetlari, o‘lchanadigan

48.

К&О Аленка vaflili konfetlari, o‘lchanadigan

49.

Аленка krem-bryule konfetlari, o‘lchanadigan

50.

РотФронт №1 batonchalar konfetlari, o‘lchanadigan

51.

Бабаевский konfetlari, o‘lchanadigan

52.

Бабаевский shokoladli konfetlari, findiq va kakao, o‘lchanadigan

53.

Рот Фронт Оgни Москвы konfetlari, o‘lchanadigan

54.

К&О Красная шапочка konfetlari, o‘lchanadigan

55.

Бабаевский Визит konfetlari, o‘lchanadigan

56.

Алёнка shokoladli plitkasi, karamel va pechenyeli asosda 87g.

57.

Алёнка shokoladli plitkasi, sutli 87g.

58.

Алёнка shokoladli plitkasi, sutli 20g.

59.

Красный Октябрь shokoladli plitkasi, yong‘oqli qora 75g.

60.

Алёнка shokoladli plitkasi, sutli asosdagi stik 100g.

61.

Алёнка shokoladli plitkasi, sutli uch karra desert 85g.

62.

Qush suti konfetlari, sut va kapuchino, o‘lchanadigan

63.

Qush suti konfetlari, qaymoqli vanil, o‘lchanadigan

64.

Рот Фронт karamel, olcha, o‘lchanadigan

65.

Эвкалипт karamel, mentol, o‘lchanadigan

66.

Apelsinli karamel, mevali asosda, o‘lchanadigan

67.

Qush suti konfetlari, shokolad, o‘lchanadigan

68.

Ласточка konfetlari, o‘lchanadigan

69.

Рот Фронт Москвичка karamel, o‘lchanadigan

70.

АЛЁНКА biskvit, sutli shokolad 175g.

71.

АЛЁНКА biskvit, plombir 175g.

72.

АЛЁНКА biskvit, shokoladli krem 200g.

73.

АЛЁНКА biskvit, qaymoqli krem 200g.

74.

АЛЁНКА biskvit, quyultirilgan sut 200g.

75.

Алёнка pirojnoye, Qaymoqli krem ta’mli, 240g.

76.

Алёнка pirojnoye, Shokoladli krem ta’mli, 240g.

77.

Алёнка pirojnoye, Quyultirilgan sut ta’mli, 240g.

78.

Коровка rulet, quyultirilgan sut 200g.

79.

АЛЁНКА rulet, sutli shokolad 200g.

80.

ЧУДО ЯГОДА olchali rulet 270g.

81.

Алёнка mini-ruletlari, Qaymoqli karamel ta’mli, 210g.

82.

Рот Фронт Qush suti rulet, qaymoqli ta’m, 200g.

83.

АЛЁНКА vaflili tort, qaymoqli 250g.

84.

МИШКА КОСОЛАПЫЙ vaflili tort, assorti 250g.

85.

КОРОВКА vaflili tort, assorti 200g.

86.

КОРОВКА glazurli pechenye 115g.

87.

АЛЁНКА pechenye, sutli shokolad 190g.

88.

АЛЁНКА sutli pechenye 190g.

89.

КОРОВКА pechenye, quyultirilgan sut 375g.

90.

Коровка sutli pechenye 375g.

Tovar nomi

91.

Коровка sutli pechenye 92g.

92.

КОРОВКА pechenye, топленое молоко 375g.

93.

КОРОВКА pechenye, kaka ova glazur 115g.

94.

Коровка pechenye, quyultirilgan sutli 92g.

95.

ТУЛЬСКИЙ pryanik, mevali asosda 140g.

96.

ТУЛЬСКИЙ pryanik, quyultirilgan sutli asosda 140g.

97.

ТУЛЬСКИЙ pryanik, Lakomla, limon, laym 140g.

98.

ТУЛЬСКИЙ pryanik, Лакомка с фрукт. нач.140g.

99.

Коровка pryanik, quyul. sut. 300g.

100.

Коровка pryanik, shok. sut 300g.

101.

Бабушкины сказки pryanik, mevali asosda 300g.

102.

Душистый колосок pryanik, shok. ta’mli 300g.

103.

КОРОВКА vafli, shok. asosda 150g.

104.

Аленка vafli 40g.

105.

КОРОВКА vafli, топ. молоко 150g.

106.

Р&Ф Коровка vafli 300g.

107.

КОРОВКА vafli, shok. asosda300g.

108.

Коровка vafli, топ. молоко 50g.

109.

Сладкие истории zefir, vanil ta’mli 250g.

110.

Сладкие истории zefir, glazurda qora qorag‘at 180g.

111.

Сладкие истории zefir, qulupnayli 250g.

112.

Чудо яgода marmelad, malina, reza 250g.

113.

Чудо яgода marmelad, olma, apelsin 250g.

114.

ECO BOTANICA vafli, pistali 145g.

115.

ECO BOTANICA vafli, kako va chia urug‘ili 145g.

116.

Galetlar, Grechka unidan 160g.

117.

Galetlar, zig‘ir urug‘ili 160g.

118.

ECO BOTANICA zefir, van., vat. 250g.

119.

ECO BOTANICA zefir, zira va vitamin 250g.

120.

ECO BOTANICA zefir, КАРК И МАЛ 135g.

121.

ECO BOTANICA karamel, dengiz itshumurt asali 150g.

122.

ECO BOTANICA karamel, shipovnik asali 150g.

123.

ECO BOTANICA konfetlari, reza-moroshka 200g.

124.

ECO BOTANICA kreker 200g.

125.

Kreker qalampir va ko‘kat 175g.

126.

ECO BOTANICA kreker, tomat va rayhon 175g.

127.

ECO BOTANICA kreker, ko‘katli 175g.

128.

ECO BOTANICA kreker, ismaloq va o‘tlar 200g.

129.

ECO BOTANICA marmelad, bodom 150g.

130.

ECO BOTANICA marmelad, anor – apelsin – olma 150g.

131.

ECO BOTANICA marmelad, qora olxo‘ri 200g.

132.

ECO BOTANICA marmelad, qorag‘at chia 200g.

133.

ECO BOTANICA pechenye, choy va tolalar 200g.

134.

ECO BOTANICA pechenye, jo‘xor uni, kunjut 280g.

135.

ECO BOTANICA pechenye, jo‘xor uni, moroshka 280g.

Tovar nomi

136.

ECO BOTANICA pechenye, jo‘xor uni, mayiz 280g.

137.

ECO BOTANICA pechenye, jo‘xor uni, qora olxo‘ri 280g.

138.

ECO BOTANICA yumshoq pechenye, meva va 4 don 195g.

139.

ECO BOTANICA yumshoq pechenye, butun donli 4 don 195g.

140.

ECO BOTANICA sutli shokolad, shakarsiz 90g.

141.

ECO BOTANICA sutli shokolad, shakarsiz, apelsin va vitamin 90g.

142.

ECO BOTANICA shokolad, shakarsiz, zanjabil 90g.

143.

ECO BOTANICA shokolad, o‘rik, klyukva 85g.

144.

ECO BOTANICA shokolad, olcha va qora qorag‘at 85g.

145.

ECO BOTANICA qora shokolad, shakarsiz, vanilin 85g.

146.

ECO BOTANICA shokolad, shakarsiz, findiq va steviya 90g.

147.

ECO BOTANICA konfetlari, zanjabil va vitaminlar 200g.

148.

ECO BOTANICA konfetlari, ko‘k choy va vitaminlar 200g.

149.

ECO BOTANICA vaflili non, tvorogli pishloq 75g.

150.

ECO BOTANICA vaflili non, pishloq, tomat, rayhon 75g.

151.

ECO BOTANICA vaflili non, pishloq-ko‘kat 75g.

152.

ECO BOTANICA pechenye, beta-karantin va turshak bo‘lakchalari bilan 200g.

153.

Какао золотой ярлык 100g.

154.

MINI DESSERTS konfetlar to‘plami, вдохновение 165g.

155.

Волшебный замок sovg‘a to‘plami1500g.

156.

Обожайка sovg‘a to‘plami 900g.

157.

Vaznелая карусель sovg‘a to‘plami 800g.

158.

Аленка Матрешка sovg‘a to‘plami 300g.

159.

Звездочетик sovg‘a to‘plami 800g.

160.

Чемпион sovg‘a to‘plami 1000g.

161.

Затейливые узоры sovg‘a to‘plami 450g.

162.

Кузя друg Алёнки sovg‘a to‘plami 500g.

163.

Неженка sovg‘a to‘plami 700g.

164.

Зайка-зазнайка sovg‘a to‘plami 500g.

165.

Чик Чирик sovg‘a to‘plami 1000g.

166.

Праздничный sovg‘a to‘plami 1000g.

167.

Любимые с детства Ярмарка чудес sovg‘a to‘plami 550g.

168.

Любимые с детства Туба sovg‘a to‘plami 501g.

169.

Любимые с детства У самовара sovg‘a to‘plami 300g.

170.

Красная стрела sovg‘a to‘plami 600g.

171.

Любимые с детства Лакомка sovg‘a to‘plami 400g.

172.

Ажурный sovg‘a to‘plami 1000g.

173.

МАСКА sovg‘a to‘plami 701g.

174.

ФОНАРИК sovg‘a to‘plami 250g.

175.

VAZNЕЛЫЕ НОТКИ sovg‘a to‘plami 450g.

176.

Аттракцион календарь sovg‘a to‘plami 360g.

177.

Любимые с детства БАШНЯ sovg‘a to‘plami 701g.

178.

Любимые с детства ЁЛКА sovg‘a to‘plami 500g.

179.

Любимые с детства МАСКАРАД sovg‘a to‘plami 185g.

180.

Любимые с детства карнавал железная банка sovg‘a to‘plami 550g.

Tovar nomi

181.

Вдохновение sovg‘a to‘plami 212g.

182.

Алёнка Vaznелая девочка sovg‘a to‘plami 400g.

183.

Вдохновение mini cupcakes konfetlar to‘plami 165g

184.

Вдохновение пралине с орех konfetlar to‘plami 170g

185.

АЛЁНКА МАСКАРАД sovg‘a to‘plami 185g.

186.

К&О Золотой ключ vazn (iris)

187.

Карамель Апельсиновая, vazn

188.

РотФронт №1 batonchalari konfetlari shokolad, vazn

189.

Восточный Шейх shokoladli konfetlari 200g

190.

К&О Кара-Кум 250g (pak)

191.

Karamel, feyxoa ta’mli, vazn

192.

Чудо яgода marmelad, assorti 200g

193.

Коровка konfetlari, glazurlanmagan, vazn

194.

Восточный Шейх shokoladli konfetlari, vazn

195.

Фея karamel, vazn

196.

Karamel, anorli, mevali asosda, vazn

197.

Karamel, apelsinli 250g

198.

Красный Октябрь konfetlari, van.qaym.ta’mli, vazn

199.

Вдохновение с дроб фундуком konfetlar to‘plami 400g

200.

Лимончики karamel, vazn

201.

Красный Октябрь konfetlari, shokolad ta’mli, vazn

202.

Чудо яgода marmelad, abrikos ta’mli 200g

203.

К&О Алёнка piroj. qay.krem. 40g 

204.

Любимые vafli, qaymoqli 225g

205.

Красный Октябрь plitka, sutli 85g

206.

ЛЮБИМОЕ pechenye, quyul.sut 347g

207.

Karamel, qulupnayli, meva-rezali asosda, vazn

208.

K&О konfetlari, yumshoq grilyaj. vazn

209.

ЛЮБИМОЕ biskvit, qulupnay 210g

210.

ЛЮБИМОЕ biskvit, shok va abrikos 210g

211.

ЛЮБИМОЕ rulet, apelsin 175g

212.

Зимняя сказка sovg‘a to‘plami 500g

213.

Чудо яgода rulet, olchali 200g

214.

ЛЮБИМОЕ pechenye, karamel 347g

215.

ЛЮБИМОЕ pechenye, vanil ta’mli 347g

216.

Вдохновение тем яgодное парфе zefir 245g

217.

Аленка konfetlari, sutli shok.  185G

218.

Бабаевские konfetlari, DARK CREAM COLLECTION 200

219

Choco Chimba karamel, yalpiz va shok. 200g

220.

Алёнка shok.plit., quy.sut. 48g



5.2. Aksiya mahsuloti amaldagi Qoidalarning 3.2. bandida ko‘rsatilgan muddat ichida O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Korzinka” supermarketlarida, “Korzinka” DISKONT, Smart do‘konlarida xarid qilinishi shart. Bunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uyda joylashgan, franshiza asosida faoliyat yurituvchi “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno.


6. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

6.1. Aksiyada Ishtirokchilari (bu yerda, yuqorida va keyingi o‘rinlarda – “Ishtirokchilar”, alohida esa – “Ishtirokchi”) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab keyatogan, 16 (o‘n olti) yoshga to‘lgan, Tashkilotchi Korzinka dasturida ro‘yxatdan o‘tgan va amaldagi/faol “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i va “Smart” jismoniy yoki virtual Korzinka kartasi sohibi (virtual Korzinka kartasi Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi shart), amaldagi Qoidalarning barcha shartlarini bajargan va O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq Aksiyada ishtirok etish uchun hech qanday cheklovlarga ega bo‘lmaganlar Ishtirokchiga aylanishlari mumkin.

6.2. Aksiyada 18 yoshga toʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va roʻyxatdan o‘tgan, Tashkilotchining Korzinka dasturida roʻyxatdan oʻtgan hamda amaldagi/faol jismoniy yoki virtual (virtual) sodiqlik kartasi Korzinka ilovasida ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak) "Korzinka" supermarketlari tarmog'i va "Smart" do‘konlari Korzinka kartalari sohiblari ishtirok etishlari mumkin.

6.3. Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi:

• Tashkilotchi ishchilari;

• Aksiya Tashkilotchisi ishonchli vakillari;

• Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatda bo‘lgan va Aksiyani tashillashtirish va (yoki) o‘tkazish, aksiya mahsuloti savdosi bilan bog‘liq ishchi va uchinchi shaxs vakillari;

• Yuqoridagi shaxslarning yaqin qarindoshlari, to‘laqonli va to‘laqonli bo‘lmagan (umumiy otasi yoki onasi bo‘lgan) aka-uka va opa-singillari;

• Amaldagi Aksiya shartlarini bajarmagan shaxslar;

• Chet el fuqarolari (boshqa davlatlar fuqarolari) va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar.

6.4. Aksiyada amaldagi Qoidalarning 6.1.,6.2. va boshqa bandlariga mos kelmaydigan shaxslarning ishtirok etish fakti aniqlangan hollarda, Tashkilotchi ushbu shaxslarga Aksiyada ishtirok etishda va/yoki sovrinni olishda rad etish huquqiga ega.


7. AKSIYA SOVRINLAR JAMG‘ARMASI

7.1. Aksiya sovrinlar  jamg‘armasi Tashkilotchi pul mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi, o‘z ichiga Haftalik sovrinlar, Asosiy sovrin (shu yerda, yuqorida va keyingi o‘rinlarda – “Aksiya sovrinlari”)ni o‘z ichiga oladi.

Aksiya umumiy sovrinlar soni cheklangan.

7.2. Haftalik sovrin:

  • “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i 1 000 000 (Bir million) so‘mli sovg‘a sertifikati – Butun Aksiya muddati davomida umumiy 41 (qiriq bir) dona;

7.3. Asosiy sovrin:

  • Volkswagen e-Bora rusumli avtomobil (Standart to‘plamda, 2020-yil, yangi, avval foydalanilmagan) – Butun Aksiya muddati davomida 1 (bir) dona.

7.5. Tashkilotchi Aksiya Sovrinlar jamg‘armasini, jumladan soni, to‘plami, turi va sovrinlarning boshqa jihatlarini o‘zgartirish, shuningdek Aksiyaga amaldagi Qoidalarda (Oferta)keltirib o‘tilmagan sovrinlarni qo‘shish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

7.6. Aksiya sovrinlari tashqi ko‘rinishi, o‘lchami, sur’ati, qadoq rangi va boshqa jihatlari reclama materiallarida ko‘rsatilgan rasmlardan, yoki Ishtirokchilarning shaxsiy tasavvuridan farq qilishi mumkin. Aksiyada taqdim etiladigan mahsulotlarning sifatliligi ishlab chiqaruvchi zimmasida.

7.7. Tashkilotchi tomonidan sovrin o‘rniga pul ekvivalenti berilmaydi, Boshqa sovringa almashtirib berilmaydi.


8. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

8.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi amaldagi Qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan Aksiya muddati davomida quyidagi amallar ketma-ketligini bajarishi lozim:

Amaldagi qoidalarning 5.1. bandida ko‘rsatilgan aksiya o‘tkaziladigan hududlarda, 3.2. bandida ko‘rsatilgan muddat ichida, 4.1. bandda ko‘rsatilgan istalgan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, “Korzinka” DISKONT, va “Smart” do‘konlaridan birida Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Korzinka virtual kartasi (keyingi o‘rinlarda – “Korzinka kartasi”)dan foydalangan holda, bir fiskal chekda 50 000 (Ellik ming) so‘m va undan yuqori summaga xarid amalga oshirishi kerak. Fiskal chekdagi aksiya mahsuloti amaldagi Qoidalarning 5.1. bandida keltirib o‘tilgan nomga mos kelishi, shuningdek, xarid vaqtida mijoz Korzinka ilovasida roʻyxatdan oʻtkazilgan Korzinka jismoniy yoki virtual kartasidan foydalanishi kerak.

8.2. Amaldagi Qoidalarning 8.1. bandiga muvofiq aksiya mahsulotini xarid qilgandan so‘ng, Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Korzinka jismoniy yoki virtual kartasi orqali Aksiya mahsulotini xarid qilgan shaxsning Korzinka kartasiga bog‘langan telefon raqamiga amaldagi Qoidalarning 8.1. bandiga muvofiq Aksiya mahsulotini xarid qilgan shaxsning Aksiya Ishtirokchisiga aylanganligi va unga unikal kod biriktirilganligi haqida sms-xabarnoma keladi.

8.3. Amaldagi Qoidalarning 8.1. bandiga muvofiq 50 000 (Ellik ming) so‘m va undan yuqori summaga, amaldaig Qoidalarning 9.2. bandiga muvofiq muddat ichida, 4.1. bandda ko‘rsatilgan istalgan “Korzinka” supermarketlari tarmog‘i, “Korzinka” DISKONT va “Smart” do‘konlarida, Korzinka mobil ilovasida ro‘yxatadan o‘tkazilgan Korzinka jismoniy yoki virtual kartasi orqali xarid amalga oshirgan Shaxsga biriktirilgan 1 (bir) unikal kod 9.2. bandda ko‘rsatilgan Aksiya Sovrinlari o‘yini (“G‘oliblarni aniqlash muddati” va “Sovrinlar soni va turi”)da ishtirok etish uchun 1 (bir) dona Ariza (keyingi o‘rinlarda – “Ariza” hisoblanadi.

Xarid qilgan Shaxsga biriktirilgan 1 (bir) unikal kod =  Aksiya Sovrinlari o‘yinida ishtirok etish uchun 1 (bir) dona Ariza.

8.4. Amaldagi qoidalarning 8.1. bandiga muvofiq bir fiskal chekda 50 000 (Ellik ming) so‘m va undan yuqori summaga Aksiya mahsulotini xarid qilgan shaxsga ushbu shaxsga bir unikal kod biriktiriladi, va ushbu kod Aksiya sovrinlari o‘yinida ishtirok etish uchun bir dona Ariza hisoblanadi.

8.5. Ishtirokchi tomonidan Aksiya mahsulotlari xarid qilish soni cheklanmagan.

8.6. Ishtirokchi tomonidan amaldagi Qoidalarning 9.2. bandida (“Aksiya mahsulotini xarid qilish muddati” bo‘limi) ko‘rsatilgan muddatlarda Aksiya sovrinlari o‘yinida ishtirok etish uchun qancha ko‘p Arizalar kelib tushsa (turli fiskal cheklarda Aksiya mahsulotlari xarid qilinsa), uning Askiya g‘olibi (Sovrin/Aksiya Sovrinlari egasi)ga aylanish imkoniyati shuncha oshib boradi.

8.7. Agar Ishtirokchi Aksiya g‘olibi (istalgan Sovrin/Aksiya Sovrinlari egasi)ga aylansa, G‘oliblikni qo‘lga kiritgan Ariza avtomatik tarzda bekor qilinadi. Aksiyaning keyingi o‘yinlarida ishtirok etish uchun amaldagi Qoidalar shartlariga muvofiq Ishtirokchi tomonidan qayta Aksiya mahsuloti xarid qilinishi kerak.


9. AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASH

9.1. Butun aksiya o‘tkazilish muddati davomida Tashkilotchi tomonidan amaldagi Qoidalarning 9.2. bandida ko‘rsatilgan Aksiya sovrinlari o‘yinlari jadvali (keyingi o‘rinlarda – “Sovrinlar o‘yinlari jadvali”)ga muvofiq:

- 6 (olti) marta Har haftalik sovrinlar o‘yini (keyingi o‘rinlarda – “Har haftalik o‘yin”), va

- 1 (bir) marta Asosiy sovrin o‘yini ( keyingi o‘rinlarda – “Asosiy o‘yin”) o‘tkaziladi.

9.2. Har haftalik sovrinlar g‘oliblari “Sovrinlar o‘yinlari jadvali”da ko‘rsatilgan muddatlarda amaldagi Qoidalarning 8 bo‘limida keltirib o‘tilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar orasida, kompyuter dasturi yordamida random tarzda aniqlanadi, Asosiy sovrin g‘olibi esa quyida ko‘rsatilgan “Sovrinlar o‘yinlari jadvali”da ko‘rsatilgan muddatlarda amaldagi Qoidalarning 8 bo‘limida keltirib o‘tilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar orasida, kompyuter dasturi yordamida onlayn random tarzda aniqlanadi:

Aksiya mahsulotini xarid qilish muddati

(Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

G‘oliblarni aniqlash sanasi (Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

Sovrinlar soni va turi

21.11.2022-yil soat 00:00 dan 28.11.2022-yil soat 23:59 gacha

(shu vaqtni ham hisobga olganda)

29.11.2022-yil

Har haftalik sovrin – “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i 1 000 000 (Bir million) so‘mli sovg‘s sertifikati - 7 (yetti) dona

29.11.2022-yil soat 00:00 dan 05.12.2022-yil soat 23:59 gacha

(shu vaqtni ham hisobga olganda)

06.12.2022-yil

Har haftalik sovrin – “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i 1 000 000 (Bir million) so‘mli sovg‘s sertifikati - 7 (yetti) dona

06.12.2022-yil soat 00:00 dan 12.12.2022-yil soat 23:59 gacha

(shu vaqtni ham hisobga olganda)

13.12.2022-yil

Har haftalik sovrin – “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i 1 000 000 (Bir million) so‘mli sovg‘s sertifikati - 7 (yetti) dona

13.12.2022-yil soat 00:00 dan 19.12.2022-yil soat 23:59 gacha

(shu vaqtni ham hisobga olganda)

20.12.2022-yil

Har haftalik sovrin – “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i 1 000 000 (Bir million) so‘mli sovg‘s sertifikati - 7 (yetti) dona

20.12.2022-yil soat 00:00 dan 31.12.2022-yil soat 23:59 gacha

(shu vaqtni ham hisobga olganda)

27.12.2022-yil

Har haftalik sovrin – “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i 1 000 000 (Bir million) so‘mli sovg‘s sertifikati - 7 (yetti) dona

21.12.2022-yil soat 00:00 dan 31.12.2022-yil soat 23:59 gacha

(shu vaqtni ham hisobga olganda)

04.01.2023-yil

Har haftalik sovrin – “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i 1 000 000 (Bir million) so‘mli sovg‘s sertifikati - 60 (olti) dona 

Asosiy sovrin - Volkswagen e-Bora rusumli avtomobil (Standart to‘plamda, 2020-yil, yangi, avval foydalanilmagan - dona


*Aksiya sovrinlari o‘yini Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarning yuzaga kelishi hollarida o‘zgartirilishi mumkin.

9.3. Istalgan sovrinlar o‘yinlari Aksiyada ro‘yxatdan o‘tkan Ishtirokchilar soni O‘yin o‘tkaziladigan kunda o‘ynalayotgan Sovrinlar sonidan 4 kamida (to‘rt) karra ko‘p bo‘lgan taqdirdagina o‘tkaziladi.

9.4. G‘oliblarni aniqlash muddati nihoyasiga yetsa, ammo Har haftalik o‘yinlar va/yoki Asosiy o‘yin o‘tkazilish kuni ro‘yxatdan o‘tgan Ishtirokchilar soni amaldagi Qoidalarning 9.3. bandiga mos kelmasa, G‘oliblarni aniqlash Jadvalga ko‘ra keyingi G‘oliblarni aniqlash muddatiga ko‘chiriladi, keyingi g‘oliblarni aniqlash muddatidagi Sovrinlar umumiy soni esa o‘tgan o‘yin sonidagi sovrinlar soniga oshiriladi.

9.5. Har haftalik va/yoki Asosiy sovrinlar o‘yini o‘tkaziladigan kun Tashkilotchi Asosiy G‘oliblar (keyingi o‘rinlarda - “Asosiy G‘olib” va/yoki “G‘olib”) va Zaxiradagi (Alternativ) g‘oliblar (keyingi o‘rinlarda – “Zaxiradagi g‘olib”)larni aniqlaydi.

Asosiy g‘oliblar soni har bir o‘yin doirada o‘ynalayotgan Sovrinlar soniga mos bo‘lishi kerak;

Har bir o‘yinda zaxiradagi g‘oliblar soni quyidagilarni tashkil etadi:

- Har haftalik o‘yin – 14 (o‘n to‘rt) nafar ishtirokchilar;

- Asosiy o‘yin – 2 (ikki) nafar ishtirokchilar.

Tashkilotchi Asosiy g‘olib bilan bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan yoki Asosiy g‘olib tomonidan Aksiya shartlarining buzilishi yoki Asosiy g‘olibning Aksiya shartlariga boshqacha mos kelmasligi hollari uchun Zaxiradagi g‘oliblarni aniqlaydi.

Aksiya tashkilotchisi Zaxiradagi g‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan Ishtirokchilar ismini oshkor qilishga majbur emas.

9.6. Har bir Asosiy g‘olib Korzinka ilovasidan ro‘yxatdan o‘tgan Korzinka jismoniy yoki virtual kartasiga bo‘glangan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali xabardor qilinadi.

Asosiy g‘olib telefoni aloqadan tashqarida bo‘lsa, yoki Asosiy g‘olib Tashkilotchi tomonidan Asosiy g‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab 48 soat ichida qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, yoki Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan istalgan turdagi texnik muammolar yuzaga kelsa, shuningdek Asosiy g‘olib Tashkilotchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bermagan hollarda, Asosiy g‘olib hech qanday baxs va munozaralarsiz sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum etiladi, g‘olib Ariza esa Tashkilotchi tomonidan bekor qilinadi. Bunday hollarda Sovrin Zaxiradagi g‘olibga o‘tkaziladi. Zaxiradagi g‘olib bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, yoki Zaxiradagi g‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilgan yoki boshqa nomuvofiq hollarda Sovrin keyingi Zaxiradagi g‘olibga o‘tkaziladi.

9.7. Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan virtual kartani ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘rsatib o‘tilgan Ishtirokchining telefon raqami amaldagi Qoidalarning 3 bo‘limida ko‘rsatilgan Butun Aksiya o‘tkazilish muddati davomida Ishtirokchida saqlanishi kerak. Ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tkazgan telefon raqamining uchinchi shaxslarga berishi, ro‘yxatdan o‘tkazgan telefon raqamini o‘zgartirishi hollarida G‘olib sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum etiladi. Boshqa telefon raqam orqali qayta ro‘yxatdan o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi.

9.8. Bir ishtirokchi amaldagi Qoidalarning 8.6. va 9.2. bandlarida ko‘rsatilgan shartlarni bajargan holda Har haftalik o‘yinlarda bir martadan ko‘proq marta ishtirok etishi mumkin. Ammo Bir Ishtirokchi Har haftalik o‘yinning har bir o‘yini doirasida bir donadan sovrin, va butun Aksiya o‘tkazilish muddati davomida 6 (olti) martadan ko‘p bo‘lmagan Har haftalik sovrinlar, shuningdek Bir Ishtirokchi butun Aksiya o‘tkazilish muddati davomida 1 (bir) dona Asosiy sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin. Bunda G‘oliblikni qo‘lga kiritgan Ariza avtomatik tarzda bekor qilinadi va keyingi o‘yinlarda ushbu Arizaning ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


     10. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI/TARTIBI

10.1. G‘olib shaxsini tasdiqlovchi hujjat (amaldagi fuqarolik pasporti/ID)ning asl nusxasi taqdim etilib, hujjatdagi ma’lumotlarning Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka ilovasida virtual kartani ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga to‘liq mos kelishi, shuningdek Aksiyamahsuloti xarid qilingan Korzinka jismoniy yoki virtual kartasining taqdim etilgandagina G‘olib Sovrinni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.G‘olib pasportida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), G‘olibning hozirda amaldagi doimiy (vaqtinchalik) istiqomat qilish manzilining to‘liq manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. G‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (amaldagi fuqatolik pasporti/ID-karta)da STIR va/yoki amalda istiqomat qilayotgan doimiy (vaqtinchalik) manzili haqida to‘liq ma’lumotlar bo‘lmasa, G‘olib STIR va amalda istiqomat qilayotgan doimiy (vaqtinchalik) manzili haqidagi ma’lumotnoma/tasdiqlovchi hujjatni alohida taqdim etadi.

10.2. G‘olib Aksiya sovrinlari o‘yinlari yakunlangan kundan boshlab 7 (yetti) ish kuni ichida Sovrinni olib ketmasa, Tashkilotchi ushbu Sovrinni bekor qilish huquqiga ega.

10.3. G‘olib rasmiylashtirish/sovrinni olish vaqtida g‘olibning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan barcha hujjatlarni (rasmiylashtirish / Sovrinni olish uchun talab etiladigan) imzolashi, shuningdek Tashkilotchiga (rasmiylashtirish / Sovrinni olish uchun talab etiladigan) barcha talab etiladigan hujjatlarning nusxalari yoki aslini taqdim etishi talab etiladi. 

10.4. Aksiya g‘olibining sovrinni olish vaqtida talab etiladigan hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan talab etiladigan harakatlarni bajarishdan, jumladan talab etiladigan hujjatlarni, jumladan ammo shu bilan cheklanibgina qolmay, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning Sovrinni olishdan bosh tortganligiga tenglashtiriladi.

10.5. G‘olib amaldagi Qoidalardagi Sovrinni olish tartibida keltirib o‘tilgan barcha shart va talablarni bajarmaganligi taqdirda Tashkilotchilar G‘olibga sovrinni taqdim etishda rad javobini berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

10.6. Sovrin G‘olibga Aksiya sovrinlari o‘yinlari o‘tkazilgandan so‘ng, 2 (ikki) ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda va G‘olib tomonidan amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan zaruriy hujjatlar taqdim etilganidan so‘ng beriladi. Ish kunlari dushanbadan jumagacha, shu kunni ham hisobga olganda, bo‘lgan kunlar hisoblanadi. Sovrinlar dushanbadan juma kuni oxirigacha, soat 09:00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha (dam olish kunlari va O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan davlat bayramlari kunlaridan tashqari) taqdim etiladi. 

10.7. Har haftalik sovrinlarni taqdim etish joyi va manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 120-uy.

Asosiy sovrinni taqdim etish joyi va manzili: Olmazor tumani, Farobiy va Universitet ko‘chalari kesishmasida joylashgan Korzinka Beruniy supermarket.

10.8. Har haftalik sovrinlar va Asosiy sovrinni pul yoki boshqa ekvivalentga almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar almashtirib berilmaydi va qaytarib olinmaydi.

10.9. Amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilgan talablarni bajarmagan Aksiya g‘oliblari Sovrinni qo‘lga kiritish huquqidan mahrum etiladilar. Bunday hollarda Aksiya Tashkilotchisi ushbu Sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi.

10.10. Aksiya g‘olibi quyidagi holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu holatlarning qachon va qaysi vaqt yuzaga kelganligidan qat’iy nazar hech qanday, jumladan pul ko‘rinishidagi kompensatsiya to‘lovisiz sovrinni qo‘lga kiritish huquqidan mahrum etiladi:

10.10.1. Aksiya g‘olibi unga sovrinni taqdim etishdan oldin amaldagi Qoidalarni buzgan deb topilsa;

10.10.2. Aksiya g‘olibi yozma yoki og‘zaki tarzda electron yoki boshqa aloqa vositalari yordamida sovrinni olishdan bosh tortishi / rad etishini ma’lum qilsa;

10.10.3. Aksiya g‘olibini identifikatsiya qilishning imkoniyati bo‘lmasa;

10.10.4. G‘olib bilan 3 (uch) marta bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan bo‘lsa;

10.10.5. G‘olib shaxsiy ma’lumotlarini Tashkilotchiga taqdim etishdan bosh tortsa;

10.10.6. Aksiya mahsulotini xarid qilishda foydalanilgan Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan virtual karta Aksiya G‘olibiga tegishli bo‘lmasa;

10.10.7. G‘olib amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilgan ma’lumot va hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etishdan bosh tortsa.

10.11. Sovrin G‘olibga taqdim etilgan kundan boshlab ushbu sovrindan foydalanish huququqi to‘liq g‘olibga o‘tadi. Aksiya g‘olibi unga taqdim etilgan Aksiya sovrinidan foydalanish uchun harakatlarni mustaqil belgilaydi.

10.12. Aksiya sovrinlari o‘yinlari yakunlangan kundan boshlab 7 (yetti) ish kuni ichida Aksiya g‘olibi tomonidan sovrinni yuborish/olishning imkoni bo‘lmagan, Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan, quyidagi ammo shu bilan chegaralanib qolmay, hollarda:

- G‘olibning elektron pochta manzilini o‘chirib yuborganligi yoki elektron pochtaga kirish imkoniyatini yo‘qotganligi;

- G‘olibning noto‘g‘ri elektron pochta manzilini ko‘rsatganligi;

- Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka ilovasida Korzinka virtual kartasini ro‘yxatga olish vaqtida Ishtirokchi/G‘olibga biriktirilgan mobil telefon raqamga bo‘lgan huquqdan mahruh etilganligi;

- kompyuter tizimlari, pochta serverlari, internet-provayderlari tarmoqlarida uzilish, nosozlik va xatoliklar yuzaga kelganligi;

- Internet, elektroquvvatning yo‘qligi/chegaralanganligi;

- Aksiya g‘olibining pochta xizmatlari va( yoki) pochta manzillari mavjud saytlarning davlat hokimiyati tomonidan bloklanganligi, ularning ekstrmistik va(yoki) terroristik deb topilganligi;

Ushbu Aksiya g‘olibining sovrini da’vo qilinmaydi deb hisoblanadi va ushbu G‘olib tomonidan qayta da’vo qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi va Aksiya Tashkilotchisining o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etiladi.

10.13. Tashkilotchi internet-provayderlarning faoliyati pochta, kuryer va boshqa xizmatlarning istalgan turdagi xatoliklari natijasida pochta va elektron xabarlarning kelmasligi, kechikib kelishi, yo‘qotilganligi yoki zararlanganligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

10.14. Aksiya ishtirokchilari butun Aksiya o‘tkazilishi davrida ularning mobil telefon raqamlari kirish qo‘ngiroqlari va kirish xabarlari qabul qilishini ta’minlash uchun javobgarlar.

10.15. Aksiya G‘olibi Aksiya Sovrinini olish huquqini uchinchi shaxsga taqdim eta olmaydi. Qo‘lga kiritilgan sovrinni boshqa sovringa almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinni pul ekvivalentiga almashtirish mumkin emas.

10.16. Aksiya sovrinlari soni cheklangan va amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan raqamni tashkil etadi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinni topshirish mas’uliyati amaldagi Qoidalarning 7.2. va 7.3. bandlarida ko‘rsatilgan Sovrinlar umumiy soni bilan cheklangan, Shu sababli Aksiya ishtirokchisi hech qanday kompensatsiya, jumladan pul talab etishi mumkin emas.

10.17. Aksiya sovrinini qo‘lga kiritgan g‘olibda yuzaga keladigan shaxsiy daromad solig‘i to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga muvofiq Tashkilotchi tomonidan o‘z hisobidan soliq agenti sifatida mustaqil to‘lab beriladi. Sovrinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarni soliqqa tortish O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi talablari asosida amalga oshiriladi.

10.18. G‘olibda sovrinni qo‘lga kiritish, egalik qilish va foydalanish bilan bog‘liq yuzaga keladigan boshqa turdagi: O‘zbekiston Respublikasi g‘aznasiga yig‘im, komissiya va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar G‘olib tomonidan mustaqil to‘lanadi.


11. XARAJATLAR. MAS’ULIYATNI CHEKLASH

11.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi:

11.1.1. Ishtirokchilarning Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinni olish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmasligi (vaqtida bajarmasligi);

11.1.2. Ishtirokchilarning Aksiya Qoidalari va Aksiya o‘tkazish natijalari bilan tanishib chiqmaganligi;

11.1.3. Ishtirokchilar tomonidan turli sabablarga ko‘ra, jumladan pochta xizmati, aloqa tashkiloti xatoligi, Aksiya o‘tkazishda foydalanilayotgan internet tarmog‘I va/yokialoqa kanallaridagi nosozlik va/yoki firibgarliklar natijasida xat, qo‘ng‘iroq va/yoki elektron xabarlarning kelib tushmasligi;

11.1.4. G‘oliblardan sovrinni olish uchun talab etiladigan hujjat va/yoki ma’lumotlarning kelib tushmasligi (vaqtida kelib tushmasligi);

11.1.5. Aksiyani o‘tkazish va Sovrinni taqdim etish uchun zaruriy kontakt va/yoki boshqa ma’lumotlarning noto‘liq va/yoki noto‘g‘ri taqdim etilishi;

11.1.6. Aksiya Tashkilotchisi aybi bilan yuzaga kelmagan, uyali aloqa operatorlari, Internet- provayderlarining istalgan turdagi texnik uzilishlari, nosozliklar, profilaktik ishlash va boshqalar;

11.1.7. Ishtirokchi tomonidan Aksiyada qatnashish va(yoki) Sovrinni olishi bilan bog‘liq xarajat va yo‘qotishlar;

11.1.8.  Yengib bo‘lmas kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelgan taqdirda, jumladan COVID-19 bilan bog‘liq favqulodda holat va/yoki sanitar-epidemiologik cheklov/taqiqlarning joriy etilishi;

11.2. Aksiya barcha ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va istalgan xarajatlarni mustaqil qoplaydilar (jumladan va shu bilan cheklanib qolmay, mobil aloqa operatorlar, Internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanganlik, Aksiya haqida istalgan ma’lumotni olish, aksiya mahsulotini xarid qilish va h.k. bilan bog‘liq xarajatlar).

11.3. Tashkilotchi Aksiya sovriniga bo‘lgan huquq bo‘yicha hech qanday baxs va munozaralar bo‘yicha javobgar emas. Barcha vaziyatlarda so‘nggi qaror Tashkilotchi tomonidan qaror qabul qilinadi va bunday qaror ustidan shikoyatlar qabul qilinmaydi.

Tashkilotchi hech kimning mobil telefon raqami, elektron manzili, Aksiya mahsuloti, Ishtirokchi unikal kodi, Korzinka jismoniy yoki virtual kartasi, cheki yuzasidan baxsga kirishmaydi. Bunday baxslarning barchasi ziddiyat yuzaga kelgan tomonlar orasida o‘zaro mustaqil va o‘z hisobidan hal qilinadi.

11.4. Tashkilotchi internet-provayder, uyali aloqa operatorlari faoliyati, pochta, yetkazib berish va boshqa xizmatlarning xatoliklari natijasida pochta va elektron jo‘natmalar yetib bormaganligi, kech yetib borganligi, yo‘qotilganligi yoki zararlanganligi uchun javobgar emas.

11.5. Tashkilotchi Sovrinni g‘olibga topshirgandan keyingi undan foydalanilishi, Aksiya g‘olibining istalgan sababga ko‘ra foydalanish imkoniyatining mavjud emasligi yuzasidan javobgar emas. Sovrin sifati va xizmat qilish kafolati (agar bu nazarda tutilgan bo‘lsa) yuzasidan mas’uliyat ishlab chiqaruvchi zimmasida.

11.6. Sovrindan faqatgina Ishtirokchilargina foydalanishlari mumkin. Sovrin kelishuv yoki to‘lov vositasiga aylantiriladigan vaziyatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

11.7. Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilganlarni hisobga olgan holda, Aksiyada ishtirok etish uchun hujjatlarni soxtalashtirgan yoki soxtalashtirishdan foyda olgan, yoki Aksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsni bezovta qilish, haqorat qilish, tahdid qilish yoki boshqa shaxslarga noqulayliklar keltirib chiqarish maqsadida to‘g‘ri kelmaydigan harakatlarni amalga oshirib, amaldagi Qoidalarni buzgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzgan istalgan shaxsning ishtirok etish uchun arizalarini bekor qilishi, shuningdek amaldagi Aksiyada ishtirok etishni taqiqlash huquqiga ega.

11.8. Tashkilotchi istalgan vaqt Aksiyada firibgarlikni oldini olish maqsadida qo‘shimcha texnik cheklovlar o‘rnatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Biror ishtirokchi tomonidan amaldagi Qoidalarga zid ravishda, vijdonsizlik bilan harakatlar amalga oshirganligi aniqlangan taqdirda, ushbu Ishtirokchining g‘olibligi bekor qilinadi va keyingi aksiya o‘yinlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.

11.9. Tashkilotchi aksiyada vijdonan ishtirok etilishini mustaqil, o‘zida mavjud texnik imkoniyatlardan kelib chiqib va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va amaldagi Qoidalarga asosan baholaydi.

11.10. Tashkilotchi tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, istalgan turdagi harbiy holatlar, blokada, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari kabi fors-major holatlari, Aksiya o‘tkazilayotgan hududda qonunchilikning o‘zgarishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda javobgar hisoblanmaydi.


12. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

12.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi aniq va amaldagi (ishonchli) ma’lumotlarni taqdim etishga majbur, o‘z xohishi va qiziqishlariga ko‘ra Tashkilotchiga va uning ishonchli vakiliga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, jumladan O‘zR 2019-yil 21-iyundagi ЗРУ-547-sonli “Shaxsiy ma’lumotlar haqida”gi qonuniga muvofiq Ishtirokchi taqdim etgan shaxsiy va boshqa ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish, jumladan transchegaraviy, foydalanish, saqlashga rozilik beradi.

12.2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida sovrinni qo‘lga kiritish uchun Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda Tashkilotchiga amaldagi Oferta (Qoidalar)da keltirib o‘tilgan ma’lumotlar (jumladan shaxsiy ma’lumotlar)ni taqdim etishi shart.

12.3. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, jumladan ammo shu bilan chegaralanib qolmay, shaxsiy ma’lumotlardan Tashkilotchining hech qanday to‘lovlarsiz, hech qanday hududiy, vaqt va foydalanish uslubida cheklovlarsiz O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan, jumladan Ishtirokchining ismi, familiyasi, rasmi, intervyu va u haqidagi boshqa materiallardan Sovrinni qo‘lga kiritgan taqdirda, shuningdek ma’lumot, xabar (jumladan, reklama turdagi) va h.k. uchun reklama/marketing, jumladan OAV (ismi va rasmi), istalgan bosmaxonalar, audio- va video-materiallar, OAV bilan intervyu marketing va/yoki istalgan boshqa reklama faoliyatida foydalanishiga rozilik beradi va bunday foydalanish hech qanday holatda Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi.

12.4. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlari, jumladan ammo shu bilan chegaralanib qolmay, rasmlar, intervyu, telefon raqam, e-mail va (yoki) o‘zi haqidagi boshqa ma’lumotlardan Tashkilotchining hech qanday to‘lovlarsiz, hech qanday hududiy, vaqt va foydalanish uslubida cheklovlarsiz reklama va (yoki) marketing maqsadlarida foydalanish, Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari va materiallarini OAV,  istalgan bosmaxonalar, Internet tarmog‘ida foydalanish huquqini beradi va bunday foydalanish hech qanday holatda Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi.

12.5. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining mobil telefon raqami, e-mailga Tashkilotchi va uning ishonchli vakili tomonidan muddatlarda cheklovlarsiz SMS xabarlar, yangilik va boshqa ma’lumot/reklama xabarlari (yuborilgan) yuborilishiga rozilik beradi.


13. BOSHQA SHARTLAR

13.1. LeBazar.uz internet do‘koni orqali xarid qilingan aksiya mahsuloti shuningdek Tashkilotchi tomonidan Aksiyada ishtirok etish uchun ariza deb qabul qilinadi va hisobga olinadi.

13.2. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi o‘zining amaldagi Qoidalar bilan to‘liq tanishib chiqqanligi va to‘liq, hech qanday baxs va munozaralarsiz Aksiya o‘tkazilish qoidalari va ishtirok etish shartlari bilan o‘z roziligini bildiradi.

13.3. Aksiya o‘tkazilish qoidalari butun aksiya o‘tkazilishi muddati davomida Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi va /yoki qo‘shimcha kiritilishi mumkin. Tashkilotchi istalgan vaqt bir tomonlama Aksiya shartlari, qoidalari va muddatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek Aksiyani muddatidan oldin yakunlash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalariga kiritiladigan o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi saytida e’lon qilingan taqdirda amal qiladi.

13.4. Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra, unda Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi va istalgan soxtalashtirilgan ma’lumotlardan foyda olayotganligi haqida shubxa-guman paydo bo‘lgan taqdirda, Ishtirokchilarga sababini tushuntirmay va ular bilan yozishmagan holda, Aksiya Ishtirokchilarining istalgan harakatlarini haqiqiy emas deb topishi, shuningdek Aksiyada ishtirok etishda davom etishni taqiqlashi, istalgan shaxsga Sovrinni olishda rad etishi mumkin.

13.5. Amaldagi Qoidalarning bir tomonlama talqin qilinishida muammolar, tushunmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, so‘nggi qaror Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq qabul qilinadi.

13.6. Amaldagi Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlar Tashkilotchi va Aksiya Ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq harakat qiladilar.

13.7. Tomonlar mas’uliyati, shuningdek baxslarni hal qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

13.8. Amaldagi Ommaviy oferta amal qilish muddati – Aksiya o‘tkazish muddati yakunlanguncha.