So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
Sodiqlik dasturi endi o‘zining nomiga ega — Korzinka Plus. Mobil ilovamizda esa katta yangilanishlar!

Korzinka dasturi

9 sentyabr 2022

Sodiqlik dasturi endi o‘zining nomiga ega — Korzinka Plus. Mobil ilovamizda esa katta yangilanishlar!

Korzinka dasturi

9 sentyabr 2022

Korzinkalarimiz yuqori sur'atlarda o‘sib bormoqda. Biz esa ikki muhim yangiliklarimizni siz bilan bo‘lishmoqchimiz.

Endi sodiqlik dasturi — chinakam mustaqil va o‘z nomiga ega dastur — Korzinka Plus. Bu yerda siz o‘zingiz uchun faqatgina afzalliklarni topasiz. Bu yerda biz sizga kafolatlangan va yig‘ilib boradigan bonuslar, sevimli tovarlaringiz uchun keshbeklar, chegirmalar, aksiyalar, va yana sizni shodlantirish hamda yoqimli hayratga solishga qaratilgan qiziqarli yangiliklarni taqdim etib boramiz.

Korzinka Plus sodiqlik dasturida siz 3%gacha keshbek olishingiz mumkin. Bonuslardan tarmog‘imizda amalga oshirgan xaridlaringiz uchun to‘lovlar qilishda foydalanishingiz mumkin, bu o‘z o‘rnida xarajatlaringizning iqtisod qilinishiga xizmat qiladi.

Va bu hali hammasi emas! Biz ilovamizni butkul yangiladik va sizga uning barcha imkoniyatlari haqida so‘zlab berishga oshiqamiz. Yangi talqinda biz siz uchun ko‘plab ajoyib yechimlar taqdim etishga, interfeysni qulayroq, dizaynni esa yorqinroq qilishga harakat qildilk.

▫️Odatdagidan qulayroq xarid uchun ilovada so‘nggi yangiliklar, mavsumiy chegirmalar va zo‘r aksiyalarga boy onlayn-katalogimizni taqdim etdik.
▫️Shuningdek, vaucher va sovg‘a kartalari hisobini tekshirish imkoniyatini ham qo‘shdik. Shtrix-kodni skanerlash orqali siz amaldagi hisobingiz haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
▫️Biz ilovamizdan foydalanishdagi qulaylik masalasiga o‘ta mas'uliyat bilan yondashdik. Interfeys dizayni MAX agentligi jamoasi bilan birgalikda ishlab chiqildi. Ishonchli hamkorlarimiz saytimiz rebrendingida bizga ko‘maklashishgan va ko‘plab yirik xorijiy riteyllar uchun ilg‘or yechimlar ishlab chiqishda katta tajribaga ega.
▫️Qator muhim ishlanmalar va yangilanishlarga qaramay, biz siz uchun tanish imkoniyatlar to‘plamini saqlab qoldik, aynan:

• Yangi Korzinka kartani bepul ro‘yxatdan o‘tkazish: Korzinka ilovamizda siz yangi kartani mutlaqo bepul ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin.
• Yangi karta uchun Salom-bonuslar: mobil ilovamizda yangi virtual karta ochish orqali siz bonus-hisobingizga 5 000 salom-bonuslar olasiz.
• UZCARD / HUMO bank kartalarini qo‘shish imkoniyati: birgina harakat orqali to‘lov qilish. Korzinka kartani bank kartangizga biriktiruvchi QR-kod orqali siz bonuslar va pul mablag‘larini o‘tkazish va yechib olishingiz mumkin. Bank kartasi orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati Korzinka supermarketlar tarmog‘ida, DISKONT va Smart'larda mavjud.
• Dinamik QR-kod: yaratilgan QR-kod har 30 soniyada yangilanadi, shu orqali siz bonuslaringiz va pul mablag‘laringiz haqida qayg‘urishingizga hojat qolmaydi.
• Do‘konlar bo‘ylab navigatsiya: qulay navigator sizga yaqin oradagi Korzinka supermarketini topishga yordam beradi va u tomon yo‘nalishni belgilaydi.

Mobil ilovaning interfeysini ishlab chiqishda va dizaynini yangilashda biz o‘tkazgan maxsus tadqiqotimizda kelib tushgan haqiqiy mijozlarimiz takliflariga tayandik. Har bir qabul qilingan qaror odamlarning chinakam istaklari va foydalanishda kutilayotgan qulayliklardan kelib chiqib amalga oshirildi.

Yangilangan Korzinka ilovamizni havola orqali yuklab oling va doim afzalliklarimizdan foydalaning!