So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
YUTUQLI O‘YIN O‘TKAZISH TARTIBI

Aksiyalar

14 aprel 2022

YUTUQLI O‘YIN O‘TKAZISH TARTIBI

Aksiyalar

14 aprel 2022

“Растишка” dan «Samokat yutib ol!» yutuqli o‘yini “Korzinka.uz” savdo tarmog‘ining korzinka kartasi egalari orasida “Растишка” mahsulotiga bo‘lgan qiziqishni orttirish va qo‘llab-quvvatlash, mahsulotga bo‘lgan ijobiy munosabat va iste’mol talablarini shakllantirish, shuningdek ushbu mahsulot savdo hajmni oshirish maqsadida o‘tkaziladi.

Aksiya tashkilotchisi haqida ma’lumot – Yutuqli o‘yin tashkilotchisi:
Nomlanishi: ООО “ADLER GROUP DISTRIBUTION” (keying o‘rinlarda – “Tashkilotchi”)
Yuridik manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Safdosh ko‘chasi, 5-uy.
“Anglesey Food” MCHJ XK axborot hamkori hisoblanadi, yutuqli o‘yin o‘tkazilishi bo‘yicha mas’uliyat Tashkilotchi zimmasida.


AKSIYA O‘TKAZILISH MUDDATI

Yutuqli o‘yin o‘tkazilish muddati: 2022-yil 15-apreldan 2022-yil 15-may oxirigacha (shu kunni ham hisobga olganda).

Yutuqli o‘yin doirasidagi mahsulotni xarid qilish muddati: 2022-yil 15-apreldan 2022-yil 15-maygacha (shu kunni ham hisobga olganda).

Rasmiy sahifada korzinka kartadagi noyob kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati: 2022-yil 15-aprel, soat 00:01 dan 2022-yil 15-may, soat 23:59 gacha (shu vaqtni ham hisobga olganda).

Yutuqli o‘yin g‘oliblarini aniqlash muddati – har hafta: 2022-yil 26-apreldan 2022-yil 22-maygacha.


Mahsulotni xarid qilish davri (Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

15.04.2022-yil, soat 00:00 dan 21.04.2022-yil, soat 23:59 gacha
22.04.2022-yil, soat 00:00 dan 28.04.2022-yil, soat 23:59 gacha
29.04.2022-yil, soat 00:00 dan 05.05.2022-yil, soat 23:59 gacha
06.05.2022-yil, soat 00:00 dan 15.05.2022-yil, soat 23:59 gacha


G‘oliblarni aniqlash sanasi (Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

26.04.2022
03.05.2022
10.05.2022
20.05.2022


Sovrinlar miqdori va turi

Har haftalik sovrin – bolalar samokati: 10 dona
Har haftalik sovrin – bolalar samokati: 10 dona
Har haftalik sovrin – bolalar samokati: 10 dona
Har haftalik sovrin – bolalar samokati: 10 dona


Yutuqli o‘yin g‘oliblariga sovrinlarni taqdim etish muddati: 2022-yil 30-iyungacha (shu kunni ham hisobga olganda).

Amaldagi qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent vaqtiga ko‘ra hisoblanadi.


MA’LUMOT YETKAZISH HUDUDI VA TARTIBI

    Yutuqli o‘yin O‘zbekiston Respublikasining (keyingi o‘rinlarda O‘zR) barcha hududlarida joylashgan “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘ida o‘tkaziladi.

    Yutuqli o‘yinda ishtirok etish tartibi, o‘yin shartlari (shu jumladan, o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar) va qoidalari haqidagi barcha ma’lumotlar axborot hamkorining https://korzinka.uz/ rasmiy sahifasi orqali amalga oshiriladi;

    Tashkilotchi va (yoki) buyurtmachi yutuqli o‘yin o‘tkazilish davrining har qaysi qismida o‘yin shartlariga o‘zgartirishlar kiritish, muddatidan oldin o‘yinni yakunlash, qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Yutuqli o‘yin o‘tkazilish tartibi va shartlari bo‘yicha kiritiladigan o‘zgartirishlar (qo‘shimchalar) buyurtmachi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 3 (uch) ish kuni ichida rasmiy sahifaga joylashtirilishi lozim. Buyurtmachi, tashkilotchi va texnik hamkorlar yutuqli o‘yin ishtirokchilari bilan yozma muloqot yoki boshqa turdagi aloqaga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Amaldagi tartib-qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan holatlar hamda kelishmovchilik holatlari bundan mustasno.


YUTUQI O‘YIN TOVARI 4.1


Yutuqli o‘yin “Растишка” savdo belgisi ostidagi mahsulotlar uchun amal qiladi. Yutuqli o‘yin tovari ishtirokchi tomonidan “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘idan aksiya o‘tkazilishi davrida xarid qilinishi kerak (2022-yil 15-apreldan 2022-yil 15-maygacha).

 

Yutuqli o‘yinda ishtirok etadigan “Растишка” savdo belgisi ostidagi mahsulotlar ro‘yxati:

    “Растишка” asl olm ava nokli yogurt (100g.)

    “Растишка” asl qulupnayli yogurt (100g.)

    “Растишка” asl bananli yogurt (100g.)

 

AKSIYA ISHTIROKCHILARI

    Yutuqli o‘yinda aqliy imkoniyati cheklanmagan, 16 yosh va undan yuqori bo‘lgan yoshdagi jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin: O‘zR fuqarolari va O‘zR da doimiy yashash uchun guvohnomaga ega bo‘lgan, O‘zR hududida doimiy yashab kelayotgan xorij fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

    16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar ota-onalari, mas’ul shaxs, va boshqa shaxslarning roziligi asosida, ularning aqliy imkoniyati cheklanmaganligi shartida, ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.


    Yutuqli o‘yinda ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi:

    Buyurtmachi va (yoki) Tashkilotchi, Texnik hamkorlarning ishchi xodimlari;

    Tashkilotchi, Texnik hamkor va (yoki) Buyurtmachi tomonidan yakuniy natijaga ta’sir ko‘rsatish kuchiga ega deb topilgan shaxslar;

    Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarga ega bo‘lgan, tashkilot va (yoki) yutuqli o‘yin o‘tkazilishi, Buyurtmachi mahsuloti aylanmasi bilan bog‘liq bo‘lgan uchinchi shaxslar;

    Yuqorida qayd etilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari;

    Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zR da doimiy yashash uchun givohnomaga ega bo‘lmagan xorij fuqarolari.

    Yutuqli o‘yinda yuqorida sanab o‘tilgan bandlarga nomutanosib bo‘lgan shaxslarning ishtiroki qayd etilgan taqdirda, tashkilotchi ushbu shaxslarga o‘yinda ishtirok etish va (yoki) sovrinni olishda rad javobini berish huquqiga ega.

 

YUTUQLI O‘YIN SOVRINLAR JAMG‘ARMASI

Yutuqli o‘yin sovrinlar jamg‘armasi har haftalik sovrinlarni o‘z ichiga oladi.

    Har haftalik sovrinlar:

    Bolalar samokati – Yutuqli o‘yin umumiy davri uchun 40 (qirq) dona;

    Yutuqli o‘yin sovrinlari miqdori cheklangan va amaldagi Qoidalardagi miqdorni tashkil etadi. O‘yin ishtirokchisi sovrin evaziga hech qanday boshqa tovar, shu jumladan pul talab qilish huquqiga ega emas.

    Buyurtmachi sovrinlarning miqdori, to‘plami, ko‘rinishi va boshqalarni o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bu holatda, almashtirilgan sovrinlar oldingilari narxiga teng bo‘lishi lozim.

    Yutuqli o‘yin tashqi ko‘rinishi, o‘lchami, sur’ati, qadoq rangi va boshqalar reklama materiallaridagi rasmlar va ishtirokchilarning shaxsiy tasavvuridan farq qilishi mumkin. Yutuqli o‘yinda sovrin sifatida taqdim etiladigan ovarlar sifati bo‘yicha mas’uliyat, ushbu tovarlar ishlab chiqaruvchisi zimmasida.

    Yutuqli o‘yin sovrinlarini pul va boshqa ekvivalentlarga almashtirishga aslo yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar qaytarib olinmaydi.


YUTUQLI O‘YINDA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI 7.1


Yutuqli o‘yinda ishtirok etish uchun, Ishtirokchi Yutuqli O‘yin o‘tkazilishi davrida quyidagi amallar ketma-ketligini bajarishi lozim:

    Bir chekning o‘zida istalgan ta’mdagi 3 dona “Растишка” (100g.) yogurtini istalgan “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘idan xarid qilish;

    Yutuqli o‘yin doirasidagi mahsulot xarid miqdori cheklanmagan;

    “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i kassa xodimiga korzinka kartasini ko‘rsatish;

 

YUTUQLI O‘YIN G‘OLIBLARINI ANIQLASH VA SOVRIN OLISH SHARTLARI/TARTIBI

    Yutuqli o‘yin g‘oliblari ishtirokchilar ro‘yxatiga ko‘ra har hafta aniqlanadi. Ishtirokchilar ro‘yxati va xaridlar tarixi “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘I korzinka kartasi bazasida saqlanadi

    G‘oliblarni aniqlash random yordamida tasodifiy tanlash yo‘li orqali aniqlanadi – “Растишка” (100g) yogurt mahsulotlari barcha xarid cheklari raqamlari to‘planadi, kompyuter dasturi (randomayzer) yordamida sovrin g‘oliblari avtomatik tarzda aniqlanadi (keying o‘rinlarda – “Ishtirokchini G‘olib deb topilishi”).


Mahsulotni xarid qilish davri (Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

15.04.2022-yil, soat 00:00 dan 21.04.2022-yil, soat 23:59 gacha
22.04.2022-yil, soat 00:00 dan 28.04.2022-yil, soat 23:59 gacha
29.04.2022-yil, soat 00:00 dan 05.05.2022-yil, soat 23:59 gacha
06.05.2022-yil, soat 00:00 dan 15.05.2022-yil, soat 23:59 gacha


G‘oliblarni aniqlash sanasi (Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

26.04.2022
03.05.2022
10.05.2022
20.05.2022


Sovrinlar miqdori va turi

Har haftalik sovrin – bolalar samokati: 10 dona
Har haftalik sovrin – bolalar samokati: 10 dona
Har haftalik sovrin – bolalar samokati: 10 dona
Har haftalik sovrin – bolalar samokati: 10 dona


*Yutuqli o‘yin o‘tkazilish dasturiga Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan dam olish va bayram kunlari, shuningdek Tashkilotchi hamda Buyurtmachiga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

 

    G‘oliblar har hafta @rastishka.uzbekistan instagram sahifasida onlayn talqinda aniqlanadi (sanalar yuqorida ko‘rsatilgan.

    G‘oliblar ro‘yxati va natijalar @korzinkauz va @rastishka.uzbekistan sahifalarida e’lon qilinadi.

    G‘oliblarni aniqlash kunlari Texnik hamkor tomonidan, unga bog‘liq bo‘lmagan vaziyatlarda o‘zgartirilishi mumkin (masalan, mamlakatda favqulotda vaziyat, milliy motam kunlari, chegaralangan chora-tadbirlar e’lon qilinishi), va (yoki) Buyurtmachi qaroriga ko‘ra.

    Har haftalik yutuqli o‘yin g‘olibi deb topilgan ishtirokchilar keyingi ushbu yutuqli o‘yinlarda ishtirok etolmaydilar.

    Tashkilotchi Asosiy Sovrinlar G‘oliblari aniqlangan kundan 3 (uch) ish kuni davomida, ishtirokchi korzinka karta rasmiylashtirayotgan vaqtda ko‘rsatgan telefon raqami orqali bog‘lanadi va Asosiy sovrinni yetkazib berish bo‘yicha barcha ma’lumotlarni aniqlshtiradi.

    Tashkilotchi Ishtirokchi korzinka karta rasmiylashtirayotgan vaqtda ko‘rsatgan aloqa vositalari orqali bog‘lanishi mumkin: electron pochta yoki mobil telefon.


    Sovrinni olish uchun G‘olib ishtirokchi Tashkilotchiga quyidagi hujjatlar va (yoki) ma’lumotlarni taqdim etishi lozim:

G‘olibning familiya, ismi, otasining ismi;

G‘olibning hozirgi vaqtda yashayotgan aniq va to‘liq manzili;

Amaldagi shaxsni tasdiqlovchi hujjat/pasport/doimiy yashash uchun guvohnomaning 2 tomonlama nusxasi;

JSHSHIR;

Sovrinni olganlik bo‘yicha imzolangan akt;

Quyidagi hollarda Sovrin g‘olibi sovrinni olish huquqini yo‘qotadi, va Buyurtmachi/Tashkilotchi/Texnik hamkor Ishtirokchilarning umumiy reytingidan 1 (bir) pog‘ona pastga tushish orqali Yangi G‘olibni aniqlaydi. Bunda Sovrin Umumiy ro‘yxatda G‘olib bo‘lgan, ammo sovrinni olish huquqini yo‘qotgan shaxsdan keying o‘rinda turuvchi Ishtirokchiga taqdim etiladi:

G‘oliblar aniqlangan kundan boshlab Tashkilotchi 3 (uch) ish kuni davomida G‘olib bo‘lgan ishtirokchiga korzinka kartani ro‘yxatdan o‘tkazayotganda ko‘rsatgan raqam orqali 5 (besh) marta qo‘ng‘iroq qilish natijasida bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan taqdirda;

G‘olib ishtirokchi Tashkilotchiga so‘ralgan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra taqdim etmasligi hollarida

Yutuqli o‘yin sosiy sovrini pul yoki boshqa istalgan ko‘rinishdagi tovarga almashtirib berilmaydi. Sovrinlar qaytarib olinmaydi.

Yutuqli o‘yin ishtirokchilari Yutuqli o‘yin davom etayotgan davr mobaynida kirish qo‘ng‘iroqlari va xabarlarining imkoni bo‘lishi uchun javobgar hisoblanadi.

Sovrinni olish huquqi G‘olib ishtirokchi tomonidan Uchinchi shaxsga o‘tkazilmaydi. Yutib olingan sovrin boshqasiga almashtirib berilmaydi. Sovrinlarni pulli ko‘rinishda olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

JAVOBGARLIKNI CHEKLASH 9.1


Tashkilotchi ham, Buyurtmachi ham quyidagilar uchun javobgar hisoblanmaydi:

    Ishtirokchi tomonidan Yutuqli o‘yinda ishtirok etish va (yoki) sovrinlarni olish bilan bog‘liq vazifalarni bajarmaganliklari (vaqtida bajarmaganliklari);

    Ishtirokchining yutuqli o‘yin o‘tkazilishi tartibi, shuningdek Yutuqli o‘yin o‘tkazilishi natijalari bilan tanishib chiqmaganliklari;

    Ishtirokchi tomonidan xababr, qo‘ng‘iroq va/yoki elektron xabarlarlarning yetib kelmasligi, shu jumladan, Yutuqli o‘yin davomida foydalaniladigan pochta xizmati, aloqa tashkiloti aybiga ko‘ra, texnik nosozlik sababli va/yoki Internet va/yoki aloqa kanallaridagi firibgarlik natijasida;

    Ishtirokchi tomonidan Sovrinni olish uchun kerakli bo‘lgan hujjat va/yoki guvohnomalarni yetkazmaslik (vaqtida yetkazmaslik);

    Yutuqli o‘yinni o‘tkazish va sovrinni olish uchun kerakli bo‘ladigan kontaktlar va/yoki boshqa ma’lumotlarning Ishtirokchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan holda taqdim etishi yoki umuman taqdim etilamasligi;

    Mobil aloqa operaorlari, Internet-provayderlarning istalgan turdagi, yutuqli o‘yin Tashkilotchisiga aloqasi bo‘lmagan texnik nosozliklar, uzilishlar, profilaktik ishlar va boshqalar;

    Yutuqli o‘yin ishtirokchisi tomonidan Yutuqli o‘yinda ishtirok etish va (yoki) sovrinni olishda keltirilgan istalgan turdagi xarajatlar va (yoki) yo‘qotishlar.

    Oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) yozaga kelganda, shu jumladan, COVID-19 sababli favqulotda vaziyat va/yoki sanitar-epidemiologik cheklovlar kiritilishi


SHAXSIY MA’LUMOTLAR

Ishtirokchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ko‘rish, to‘plash, tizimlashtirish, yig‘ish, saqlash, aniqlash, chiqarish, foydalanish, tarqatish, shaxsini yashirish, bloklash, o‘chirish, yo‘q qilish, chegara hududidan chiqarishga o‘z roziligini beradi.

Yutuqli o‘yinda qatnashishga rozilik berib, Ishtirokchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini Tashkilotchi, Buyurtmachi, Texnik hamkor va ular tomonidan ushbu huquq taqdim etilgan shaxslar tomonidan qayta ishlanishiga rozilik bildiradi.


BOSHQA SHARTLAR 11.1


Yutuqli o‘yinda ishtirok etib, Ishtirokchi quyidagilarni tasdiqlaydi:

    Yutuqli o‘yin o‘tkazilishi tartibi va shartlari bilan to‘liq tanishib chiqqanligi.

    O‘zining tasviri bo‘lgan fotomateriallar, intervyu va uning ishtirokidagi boshqa materiallarni “Растишка” savdo belgisini reklama qilish yoki Yutuqli o‘yinni anons qilish maqsadlarida, Ishtirokchiga to‘lov amalga oshirmagan holda Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi tomonidan foydalanilishiga rozilik bildirishi. Ishtirokchi Tashkilotchiga Yutuqli o‘yinni reklama va/yoki anons qilish, shuningdek “Растишка” savdo belgisini reklama qilish maqsadlarida omaviy chiqishni efirga berish, va shunga teng bo‘lgan mualliflik huquqlarini taqdim etadi.

    O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 377-moddasi – yutuqlar, sovrinlar, pulli sovrinlar jismoniy shaxsning boshqa tushumi hisoblanadi va g‘olib shaxs yashash joyiga ko‘ra davlat soliq inspeksiyasi majburiy deklaratsiyasiga kiritiladi – bilan tanishib chiqqanligi va o‘z qoziligini bildiradi.

O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksiga binoan g‘olib ishtirokchi sovrin qiymatidan 12%ini soliq sifatida 01.04.2023-yilga qadar to‘lashi shart.

    Tashkilotchi Ishtirokchiga oid bo‘lgan ma’lumotlarni OAV, internet sahifasi, internet tarmog‘iga joylashdan avval, Ishtirokchi bilan oldindan kelishmasdan o‘zgartirishi mumkin.


    Diqqat! Sovrinlar miqdori 2-bandda ko‘rsatilgan miqdor bilan chegaralangan. Hech qanday holatda Sovrinlarning umumiy miqdori 2-bandda ko‘rsatilgan miqdordan ko‘proq ko‘rsatilmaydi.

    Tashkilotchi yutuqli o‘yin ishtirokchilarining kutgan sovrinlariga nomutanosibligi bo‘yicha javobgar emas.

    Hech qanday holatda Sovrinlar pulli ekvivalentga almashtirib berilmaydi.

    18 yoshga to‘lmagan g‘oliblar sovrinni faqat ota-onalari, qaramog‘idagi shaxslar va qonuniy vakillari oldidagina olishlari mumkin.

    Yutuqli o‘yinda ishtirok etib, barcha ishtirokchilar amaldagi rasmiy qoidalar bilan diqqat bilan tanishib chiqqanliklari va rasmiy qoidalar shartlari bilan to‘liq, hech qanday cheklov yoki istisnolarsiz roziliklarini bildiradilar.