So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
«Alpen Gold: Xush kayfiyat sari parvoz eting» REKLAMA AKSIYASI QOIDALARI

Aksiyalar

9 oktyabr 2023

«Alpen Gold: Xush kayfiyat sari parvoz eting» REKLAMA AKSIYASI QOIDALARI

Aksiyalar

9 oktyabr 2023

1. UMUMIY QOIDALAR

1.1. «Alpen Gold: Xush kayfiyat sari parvoz et» reklama aksiyasi (keyingi o‘rinlarda Aksiya deb yuritiladi) Alpen Gold® savdo belgisi ostidagi mahsulotlarga qiziqishni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash, ijobiy imidj va iste’molchilar talabini shakllantirish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni sotishni ko‘paytirish maqsadida oldindan ma’lum bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladi.

1.2. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq Aksiya lotereya, garov o‘yash, totalizator, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yin hisoblanmaydi.

1.3. Ushbu Aksiyada ishtirok etish taklifi cheklanmagan miqdordagi shaxslar doirasiga mo‘ljallangan.

 

2. AKSIYA BUYURTMACHISI, TASHKILOTCHISI, TEXNIK HAMKORI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR

2.1. Aksiya Buyurtmachisi: «Mondelis Kazaxstan» MChSh (keyingi o‘rinlarda «Buyurtmachi» deb yuritiladi), Qozog'iston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda «QR» deb yuritiladi) qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs, BIR 080240015871, joylashgan manzili: A05B8Y6, Qozog‘iston Respublikasi, Olmaota sh., Tole bi k., 101-uy.

2.2. Aksiya Tashkilotchisi: Aksiya Ijrochisi Buyurtmachining topshirig‘iga asosan harakat qiluvchi «Urban Media» MChSh (Урбан Медиа) yuridik shaxs boʻlib (keyingi o‘rinlarda «Tashkilotchi» deb yuritiladi), Qozogʻiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, BIR 050840004119, joylashgan manzili: Qozogʻiston Respublikasi, 050004, Olmaota sh., Jibek Joli keng ko‘chasi, 135-uy, «Jibek Joli» ATK, 2-blok, 10-qavat, 2104-ofis.

2.3. Aksiya Operatori: «Urban Media Alliance» (keyingi o‘rinlarda «Operator» deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs, joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 10000, Toshkent sh., Bobur ko‘chasi, 77 uy, «Bobur77» BM, 1-qavat, 116-xona, STIR 306708505.

2.4. Aksiyaning Axborot hamkori (keyingi o‘rinlarda «Axborot hamkori» deb yuritiladi): «ANGLESEY FOOD» XK MChJ, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs, STIR 202099756, joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Turob To‘la k., 57-uy. Besh Yog‘och bozori atrofi.


 

3. AKSIYA O‘TKAZILISH MUDDATI

3.1. Aksiya o‘tkazilishi muddati: 2023-yil 09-oktabrdan 2023-yil 05-noyabrgacha (o‘sha sanada ham) (keyingi o‘rinlarda «Aksiya Muddati» deb yuritiladi).

3.2. Aksiya mahsulotlarini sotib olish muddatlari: 2023-yil 09-oktabr soat 00:01 dan 2023-yil 05-noyabr soat 23:59 gacha (o‘sha sanada ham) (keyingi o‘rinlarda «Aksiya Davri» deb yuritiladi).

3.3. Aksiya G‘oliblarini aniqlash muddati: 2023-yil 18-oktabrdan 2023-yil 08-noyabrgacha (o‘sha sanada ham) Aksiya qoidalarining 9.2-bandida ko‘rsatilgan sovrin o‘yinlarini o‘tkazish Taqvimiga muvofiq.

3.4. Aksiya G‘oliblariga sovrinlarni topshirish muddati: 2023-yil 25-noyabrgacha (o‘sha sanada ham).

3.5. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqti bo‘yicha hisoblanadi.

 

HUDUD, PROMO-SAYT VA XABARDOR QILISH TARTIBI


4.1 Aksiya franshiza asosida faoliyat yurituvchi va quyidagi manzillarda joylashgan «Korzinka» DISKONT supermarketlaridan tashqari O‘zbekiston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda «Aksiya o‘tkazilishi hududi» deb yuritiladi) hududi bo‘yicha joylashgan barcha «Korzinka» chakana savdo tarmog‘i, «Korzinka» DISKONT va «Smart» supermarketlarida o‘tkaziladi: Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus sh. Yernazar Alakuz k., 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz sh. Maftunkor k., 35-uy.

4.2 Ishtirokchilarni Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan, ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar), Aksiya qoidalari to‘g‘risida xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

1) Aksiyaning Axborot hamkori rasmiy veb-sahifasida https://korzinka.uz/ (yuqorida, bu yerda va keyinchalik – «Sayt»)

2) Operator, Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachining tanloviga ko‘ra boshqa usullar bilan.

3) Aksiya bo‘yicha savollar uchun elektron pochta manzili: consumercareeua@mdlz.com.

4.3. Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi istalgan vaqtda Aksiya shartlarini oʻzgartirishga, uni muddatidan oldin tugatishga, Aksiya haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni eʼlon qilishga haqli. Aksiya va uning shartlari bo‘yicha yangilangan (qo‘shimcha) ma’lumotlar Buyurtmachi tomonidan bunday o‘zgartirish (yangilash) ma’qullangan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida Saytda joylashtiriladi.

4.4. Buyurtmachi, Tashkilotchi, Operator va Axborot hamkori Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, bundan ushbu Qoidalarda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar va yuzaga keladigan nizoli vaziyatlar mustasno.

4.5. Tashkilotchi va Buyurtmachi Aksiyani o‘tkazish bo‘yicha to‘liq javobgardirlar.

4.6. «ANGLESEY FOOD» XK MChJ hamda «Korzinka» savdo tarmog‘i do‘konlari Aksiya bo‘yicha murojaat va shikoyatlarni qabul qilmaydi va Aksiyani o‘tkazish va uning natijalari bo‘yicha javobgar hisoblanmaydi.

 

AKSIYA MAHSULOTI

  

5.1   Aksiya Alpen Gold® tovar belgisi ostidagi barcha mahsulotlarga (keyinchalik - «Aksiya mahsuloti») nisbatan o‘tkaziladi:

Mahsulot nomi

Shok. plitkasi Alpen Gold yery.makkaj.yorma 85g

Shok. plitkasi Alpen Gold maydalangan fund. 85g

Shok. plitkasi Alpen Gold funduk, mayiz85g

Shok. plitkasi Alpen Gold MaxFun caramel mar. pech. 150g

Shok. plitkasi Alpen Gold MaxFun mango-ananas-marak 150g

Shok. plitkasi Alpen Gold MaxFun qlup.xo‘jag‘at 150g

Shok. plitkasi Alpen gold kokos, anjir 85g

Shok. plitkasi Alpen Gold sutli mer.va pech.150g

Shok. plitkasi Alpen Gold sut. yong‘.va pech.150g

Shok. plitkasi Alpen Gold sut. olm. va pech.150g

Shok. plitkasi Alpen Gold sut. oreo chizkeyki 95g

Shok. plitkasi Alpen Gold oreo мол.шок 95g

Shok. plitkasi Alpen Gold Oreo shok. masalliqli

Shok. plitkasi Alpen Gold oq g‘ovakli 80g

Shok. plitkasi Alpen Gold sutli85g

Shok. plitkasi Alpen Gold shok. ikkita shokolad 85g

Shok. plitkasi Alpen Gold sutli g‘ovakli 80g

Shok. plitkasi Alpen Gold qulupnay yogurt 85g

Shok. plitkasi Alpen Gold chernika yogurt 90g

Alpen Gold qora shok. 80g

 

5.2. Aksiya mahsulotlari Ishtirokchi tomonidan Aksiya qoidalarining 3.2-bandida ko‘rsatilgan muddatda«Korzinka» chakana savdo tarmoqlarida va/yoki Korzinka Go onlayn supermarketi orqali, shuningdek, Aksiya qoidalarining 9.2-bandida ko‘rsatilgan Sovrin o‘yinlarini o‘tkazish Taqvimiga muvofiq sotib olinishi kerak («Aksiya mahsulotini sotib olish muddati» bo‘limi).



6. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

6.1. Aksiyada 16 va undan yuqori yoshdagi muomala layoqatidagi jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin, ya’ni: Sodiqlik dasturida (keyinchalik «Sodiqlik Dasturi» deb yuritiladi) ro‘yxatdan o‘tgan va joriy/faol Korzinka sodiqlik kartasiga (keyinchalik «Korzinka Kartasi» yoiki «Korzinka sodiqlik Kartasi» deb yuritiladi) ega, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi O‘R fuqarolari va yashash guvohnomasiga ega chet el fuqarolari (yuqorida, bu yerda va keyinchalik birgalikda «Ishtirokchilar», alohida esa «Ishtirokchi», deb yuritiladi).

6.2. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning Aksiyada ishtirok etishiga faqat ota-onalarning, vasiylarning, Qoidalarning ushbu bandida ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning roziligi bilan, ular to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

6.3. Quyidagilar Aksiyada ishtirok etishi mumkin emas:

Buyurtmachi va (yoki) Tashkilotchi, Axborot hamkorning ishchilari;

· Aksiya Tashkilotchisi, Axborot hamkori va (yoki) Buyurtmachisi, Operatori bilan affillangan deb tan olingan shaxslar;

· Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi bilan fuqarolik va boshqa munosabatlarni o‘rnatgan hamda Aksiyani tashkil etish va (yoki) o‘tkazish, Buyurtmachi mahsulotini sotish bilan bog‘liq uchinchi shaxslarning xodimlari va vakillari;

· yuqoridagi shaxslarning yaqin qarindoshlari;

· fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari.

6.4. Agar ushbu Qoidalarning 6.1., 6.2., 6.3-bandlari va boshqa boʻlimlari shartlariga javob bermaydigan fuqarolarning Aksiyada ishtirok etish holati aniqlansa, Tashkilotchi va/yoki Operator bunday shaxslarni Aksiyada ishtirok etishini va (yoki) sovrin olishini rad etishga haqli.


 

7. SOVRIN JAMG‘ARMASI

7.1. Aksiyaning Sovrin jamg‘armasi Buyurtmachining mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi va Haftalik va Asosiy sovrinlarni o‘z ichiga oladi (yuqorida, bu yerda va keyinchalik - «Aksiya sovrinlari»).

7.1.1.   Haftalik sovrinlar: (keyingi o‘rinlarda “Haftalik sovrinlar” deb yuritiladi):

§ Apple Iphone 14 Pro max 128GB Black – butun Aksiya davrida 4 (to‘rt) dona;

§ 300 000 (uch yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» Sertifikati – butun Aksiya davrida 112 (bir yuz o‘n ikki) dona;

7.1.2.        Bosh sovrin:

§ «Tailandga 55 000 000 so‘mlik ikki kishilik sayohat» (keyingi o‘rinlarda “Bosh sovrin” deb yuritiladi) – butun Aksiya davrida 1 (bir) dona.

* Tailandga 55 000 000 so‘mlik ikki kishilik sayohat – Tailand Qirolligiga ikki kishilik sayohat uchun 55 000 000 so‘m miqdoridagi sertifikat hisoblanib, ushbu tur Aksiya Operatori tomonidan sotib olish yo‘li bilan sertifikat sifatida taqdim etish orqali amalga oshiriladi. Ushbu sertifikat faqat ikki kishining Tailand Qirolligiga sayohat qilish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, boshqa har qanday tarzda foydalanish ushbu sertifikatning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.

7.2. Butun Aksiya davri uchun sovrinlar soni cheklangan va Qoidalarning ushbu bo‘limida ko‘rsatilgan miqdordir.

7.3. Buyurtmachi Aksiyaning Sovrin jamg‘armasini o‘zgartirish, shu jumladan sovrinlar soni, komplektatsiyasi, turi va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunday holda, sovrinlar almashtirilganlari bilan mutanosib narxda bo‘lishi kerak.

7.4. Aksiya sovrinlarining tashqi ko‘rinishi, ularning o‘lchami, naqshi, o‘rami rangi va boshqa xususiyatlari reklama materiallarida taqdim etilgan rasmlarga hamda Ishtirokchilarning shaxsiy kutilmalariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

7.5. Aksiya sovrinlari sifati taqdim etiladigan tovarlar (xizmatlar) sifati uchun javobgarlik ushbu tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchisi (yetkazib beruvchisi) zimmasiga yuklanadi.

 

8. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

8.1     Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi ushbu Qoidalarning 3.2-bandida ko‘rsatilgan Aksiya o‘tkazilish muddati ichida bilvosita quyidagi harakatlar ketma-ketligini bajarishi kerak:

1) Korzinka.uz mobil ilovasida va veb-saytda joylashtirilgan ushbu dastur qoidalariga muvofiq, Korzinka Plus sodiqlik dasturida ro‘yxatdan o‘tish yoki ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lish;

2) Ushbu qoidalarning 5.1-bandida ko‘rsatilgan Aksiya mahsulotlaridan ushbu Qoidalarning 3.2. va 9.2-bandlarida (“Aksiya mahsulotlarini xarid qilish muddati” bo‘limi) keltirilgan muddat davomida, har qanday «Korzinka» chakana savdo do‘konlarida va/yoki Korzinka Go onlayn supermarketi orqali Korzinka Plus sodiqlik kartalarini qo‘llagan holda 1 (bir) fiskal chekda kamida 1(bitta) dona mahsulot xarid qilish;

8.2. Ishtirokchi tomonidan sotib olinadigan Aksiya mahsulotlari soni cheklanmagan;

8.3. Ushbu Qoidalarning 9.2-bandida ko‘rsatilgan tegishli muddatda («Aksiya mahsulotlarini xarid qilish muddati» bo‘limi) xarid qilingan, unda kamida 1 (bir) dona Aksiya mahsuloti ko‘rsatilgan 1 (bitta) fiskal chek Qoidalarning 9.2-bandida qayd etilgan tegishli sovrin o‘yinlarida ishtirok etish («G‘oliblarni aniqlash sanasi» va «Sovrinlarning miqdori va turi» bo‘limlari) uchun topshirilgan 1 (bir) dona Ariza (keyinchalik - «Ariza») hisoblanadi.

1 (bir) yoki undan ortiq Aksiya mahsuloti ko‘rsatilgan 1 (bir) fiskal chek = Aksiyaning sovrin o‘yinlarida ishtirok etish uchun 1 (bir) Ariza.

8.4. Agar 1 (bir) fiskal chekda 1 (bir) birlikdan ortiq Aksiya mahsuloti ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu fiskal chek Aksiyaning sovrin o‘yinlarida ishtirok etish uchun 1 (bitta) Ariza sifatida ko‘rib chiqiladi;

8.5. Ishtirokchi Qoidalarning 9.2-bandida ko‘rsatilgan tegishli muddatlarda («Aksiya mahsulotlarini xarid qilish muddati» bo‘limi) o‘yinda qatnashish uchun qancha ko‘p ariza topshirsa (Aksiya mahsulotlarini sotib olsa), uning Aksiya G‘olibi (Aksiya Sovrini/Sovrinlari egasi) bo‘lish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

8.6. Agar Ishtirokchi Aksiyaning G‘olibi (har qanday Haftalik Aksiya Sovrini egasi) bo‘lsa, Sovrin yutib olingan ariza avtomatik ravishda bekor qilinadi, keyinchalik, Aksiya qoidalari shartlariga muvofiq, Aksiyaning Haftalik, Bosh o‘yinlarida ishtirok etish uchun Ishtirokchi mahsulotlarni qayta sotib olishi shart.

 

9. AKSIYA O‘YINLARI G‘OLIBLARINI ANIQLASH

9.1          Tashkilotchi tomonidan butun Aksiya Davrida:

- 4 (to‘rt) marta Haftalik sovrinlar o‘yini (keyinchalik - «Haftalik o‘yin»);

- 1 (bir) marta Bosh sovrin o‘yini (keyinchalik - «Bosh o‘yin»)

ushbu Qoidalarning 9.2-bandida belgilangan Aksiya sovrin o‘yinlari Taqvimiga (keyinchalik - «Sovrin o‘yinlari Taqvimi») muvofiq o‘tkaziladi.

9.2          Haftalik sovrinlar va Bosh sovrin G‘oliblari quyida keltirilgan «Sovrin o‘yinlari Taqvimi»da ko‘rsatilgan tegishli davrlar (keyinchalik- «Aksiya mahsulotlarini xarid qilish muddati») davomida Qoidalarning 8-bo‘limida ko‘rsatilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar o‘rtasida kompyuter dasturi yordamida tasodifiy tarzda aniqlanadi:

 

Sovrin turi

Sovrinlar miqdori

G‘oliblarni aniqlash sanasi (Toshkent sh. vaqti bilan)

Aksiya mahsuloti sotib olinishi davri

(Toshkent sh. vaqti bilan)

Haftalik sovrin – Apple Iphone 14 Pro max 128GB Black

1

18.10.2023 y.

09.10.2023 y. soat 00:00 dan 15.10.2023 23:59 gacha

Haftalik sovrin – 300 000 so‘m nominaldagi «Korzinka» Sertifikati

28

18.10.2023 y.

09.10.2023 y. soat 00:00 dan 15.10.2023 23:59 gacha

Haftalik sovrin – Apple Iphone 14 Pro max 128GB Black

1

26.10.2023 y.

09.10.2023 y. soat 00:00 dan 22.10.2023 23:59 gacha

Haftalik sovrin – 300 000 so‘m nominaldagi «Korzinka» Sertifikati

28

26.10.2023 y.

09.10.2023 y. soat 00:00 dan 22.10.2023 23:59 gacha

Haftalik sovrin – Apple Iphone 14 Pro max 128GB Black

1

01.11.2023 y.

09.10.2023 y. soat 00:00 dan 29.10.2023 23:59 gacha

Haftalik sovrin – 300 000 so‘m nominaldagi «Korzinka» Sertifikati

28

01.11.2023 y.

09.10.2023 y. soat 00:00 dan 29.10.2023 23:59 gacha

Haftalik sovrin – Apple Iphone 14 Pro max 128GB Black

1

08.11.2023 y.

09.10.2023 y. soat 00:00 dan 05.11.2023 23:59 gacha

Haftalik sovrin – 300 000 so‘m nominaldagi «Korzinka» Sertifikati

28

08.11.2023 y.

09.10.2023 y. soat 00:00 dan 05.11.2023 23:59 gacha

Bosh sovrin –

«Tailandga 55 000 000 so‘mlik ikki kishilik sayohat»

1

08.11.2023 y.

09.10.2023 y. soat 00:00 dan 05.11.2023 23:59 gacha

 

 

*Aksiya Sovrin o‘yinlarini o‘tkazish Taqvimi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek Aksiya Tashkilotchisi, Buyurtmachisi va Operatoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda Tashkilotchi, Operator, Axborot hamkori tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.

9.3     Har qanday oʻyin, oʻtkaziladigan sanaga koʻra (Qoidalarning 9.2-b. qng.), Aksiyaning roʻyxatdan oʻtgan Ishtirokchilari soni oʻynaladigan Sovrinlar sonidan kamida 2 (ikki) baravar koʻp boʻlgan taqdirdagina oʻtkaziladi.

9.4     Agar sovrinlar Gʻolibini aniqlash muddati tugagan boʻlsa va Kunlik/Haftalik oʻyin oʻtkaziladigan sanaga koʻra Roʻyxatdan oʻtgan Ishtirokchilar soni ushbu Aksiya qoidalarining 9.4-bandiga mos kelmasa, potensial Sovrin G‘oliblarini aniqlash keyingi Sovrin G‘oliblarini aniqlash davriga o‘tkaziladi va keyingi Sovrin G‘oliblarini aniqlash davrida taqsimlanadigan Sovrinlarning umumiy soniga oldingi davrda taqsimlanmagan Sovrinlar soni qo‘shiladi.

9.5. Haftalik va bosh o‘yin o‘tkaziladigan sanada va G‘oliblarni aniqlashda Tashkilotchi Asosiy G‘oliblarni (keyinchalik - «Asosiy G‘olib» va/yoki «G‘olib») va Zaxira (Muqobil) G‘oliblarni (keyinchalik - «Muqobil G‘olib») aniqlaydi.

9.6. Har bir Haftalik va Bosh oʻyinda Asosiy Gʻoliblar soni Sovrinlar Haftalik va Bosh oʻyinda beriladigan sovrinlar soniga teng boʻlishi kerak;

Har bir o‘yinda Muqobil G‘oliblar soni quyidagilarni tashkil etadi:

          - Haftalik o‘yin – 29 (yigirma to'qqiz) Muqobil g‘oliblar,

          - Bosh sovrin – 2 (ikki) Muqobil g‘oliblar.

Tashkilotchi Asosiy G‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilganda yoki G‘olib Aksiya shartlariga boshqa tarzda mos kelmagan taqdirda, Asosiy G‘olibni almashtirish uchun Muqobil G‘oliblarni aniqlaydi.

9.7. Aksiya Tashkilotchisi, Buyurtmachisis va Axborot hamkori Zaxira (Muqobil) G‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan Ishtirokchilarning ismlarini oshkor qilishga majbur emas.

9.8. Sovrin G‘oliblari aniqlangan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida Operator G‘olibning Korzinka Plus sodiqlik kartasida qayd etilgan telefon raqamiga +998900074433 mobil raqami orqali qo‘ng‘iroq qilib, Sovrin yetkazib berishga doir ma’lumotlarini aniqlaydi. Agar Aksiya G‘olibining telefoni xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa, Aksiya G‘olibi 72 soat ichida qo‘ng‘iroqqa javob bermasa yoki Aksiyaning Tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa texnik sabablarga ko‘ra aloqa bog‘lashning imkoni bo‘lmasa, G‘olib, Aksiya Tashkilotchisi qaroriga e’tiroz bildirish imkoniyatisiz, g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi va Sovrin Muqobil nomzodga qayta tayinlanadi. Muqobil Ishtirokchi bilan aloqa bo‘lmasa, Sovrin keyingi Muqobil Ishtirokchiga o‘tkaziladi va h.k.

9.9. Tashkilotchi va Operator o‘yin g‘oliblari bilan mobil telefon raqami va ularning Sodiqlik kartasida qayd etilgan elektron pochta orqali bog‘lanish huquqiga ega.

9.10. Korzinka Plus sodiqlik kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda Ishtirokchi tomonidan qayd etilgan telefon raqami ushbu Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiyaning butun muddati davomida saqlanishi kerak. Mobil telefon raqami uchinchi shaxslarga o‘tkazilganda, ro‘yxatdan o‘tgan mobil telefon raqami va (yoki) elektron pochta manzili o‘zgartirilganda, elektron pochta manzili o‘chirilganda va (yoki) bloklanganda G‘olib (va/yoki Muqobil nomzod) Aksiya Sovrinini olish huquqini yo‘qotadi.

9.11. 1 (bir) ishtirokchi butun Aksiya davrida ko‘pi bilan 1 (bir) dona Haftalik o‘yin Sovrini «Apple Iphone 14 Pro max, 128GB Black»ni qo‘lga kiritishi mumkin.

9.12. 1 (bir) ishtirokchi butun Aksiya davrida faqat 1 (bir) dona Bosh o‘yin Sovrini «Tailandga ikki kishilik sayohat» ni qo‘lga kiritishi mumkin.


 

10. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI VA TARTIBI

 

10.1. Haftalik sovrinni olish uchun (“Apple Iphone 14 Pro max, 128GB Black” va/yoki “300 000 (uch yuz ming) so‘m nominaldagi Korzinka sertifikati”) G‘olib Operatordan bildirishnoma olgan kundan boshlab 2 (ikki) kalendar kundan kechiktirmay (ushbu Qoidalarning 9.8-bandi) Operatorga quyidagi hujjatlarni va o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart:

10.1.1. Operatorning elektron pochta manziliga Operatoruz@urbanmedia.uz quyidagilarni jo‘natish orqali taqdim etiladi:

1) Familyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa);

2) G‘olibning Joriy yashash manzili haqidagi aniq va to‘liq ma’lumot.

10.1.2. Haftalik sovrinni Operator vakilidan G‘olibga topshirish uchun G‘olib quyida keltirilgan hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishi kerak.

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-karta asl nusxasi, unda egasining shaxsiy identifikatsiya raqami (ID) ko‘rsatiladi, yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amal qilish muddati tugamagan biometrik pasporti bo‘lishi kerak.

- O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun:

Chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasini tasdiqlovchi amaldagi hujjatning asl nusxasi.

Chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasida yashash uchun guvohnomasida uning egasining individual identifikatsiya raqami (STIR) bo‘lishi kerak.

Chet el fuqarosida STIR bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini tasdiqlovchi hujjatda STIR ma’lumotlari qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladi.

2) “Korzinka” chakana savdo tarmog‘i Sodiqlik kartasi;

Operator yoki uning vakili O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini (har ikki tomonini) yoki amal qilish muddati tugamagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti/yashash guvohnomasi (har ikki tomonini) va sodiqlik kartasini (har ikki tomonini) suratga oladi.

10.1.3. Haftalik sovrinni Operator vakilidan G‘olibga topshirish uchun G‘olib shaxsan quyidagi hujjatlarni to‘ldirishi va imzolashi kerak:

1) G‘olibga Operator vakili tomonidan namunasi taqdim etiladigan Sovrinni topshirish dalolatnomasining (keyingi o‘rinlarda “Sovrinni topshirish dalolatnomasi” deb yuritiladi) asl nusxasi;

2) G‘olibga Operator vakili tomonidan namunasi taqdim etiladigan Shaxsga doir ma’lumotlarni berishga Rozilik (keyingi o‘rinlarda “Shaxsga doir ma’lumotlarni berishga Rozilik” deb yuritiladi) asl nusxasi.

10.2. Bosh sovrin - «Tailandga 55 000 000 so‘mlik ikki kishilik sayohat» G‘olibga Sayohat uchun sertifikat (keyingi o‘rinlarda “Sayohat uchun sertifikat” deb yuritiladi) ko‘rinishida beriladi, bundan tashqari, Operator G‘olibni Operator yoki Tashkilotchi (keyingi o'rinlarda “Agentlik” deb yuritiladi) bilan tuzilgan shartnoma asosida G‘olib va unga hamrohlik qiluvchi shaxs uchun Tailandga sayohatni bevosita tashkil etadigan sayyohlik agentligining aloqa ma’lumotlari haqida xabardor qiladi.

10.2.1. Sayohat uchun sertifikat g‘olib tomonidan 2023-yil 15- dekabr kuni kechiktirmay faollashtirilishi kerak.

10.2.2. Sayohat uchun sertifikatni faollashtirish uchun g‘olib Agentlik bilan sayohat xususiyatlari (sana, sayohat kunlari soni, mehmonxona, ovqatlanish, parvoz sanasi va vaqti, aviakompaniya va boshqalar) bo‘yicha kelishib olishi, shuningdek, sayohatni tashkil etish bilan bog‘liq boshqa rasmiyatchiliklarni hal qilishi kerak.

10.2.3. Agentlik bilan kelishilgan sayohat narxi 55 000 000 (ellik besh million) so‘mdan oshsa, g‘olib mustaqil ravishda va o‘z hisobidan Agentlikka Sayohat uchun sertifikati summasi bilan o‘zi tanlagan sayohat narxi o‘rtasidagi farqni to‘laydi.

Agar Agentlik bilan kelishilgan sayohat narxi Sayohat uchun sertifikati summasidan kam bo‘lsa, qolgan summa qaytarilmaydi.

10.2.4. Sayohat uchun sertifikati summasi qismlarga bo‘linmaydi va bir martada ishlatilishi kerak.

10.2.5. Sayohat g‘olib tomonidan 2024-yil 1- fevral kuni amalga oshirilishi (tugatilishi) kerak. Sayohatni keyingi sanaga qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

10.3. Bosh sovrinni olish uchun G‘olib Operatordan bildirishnoma olgan kundan boshlab 2 (ikki) kalendar kundan kechiktirmay (ushbu Qoidalarning 9.8-bandi) Operatorga quyidagi hujjatlarni va o‘zi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shart:

10.3.1. Operatorning elektron pochta manziliga Operatoruz@urbanmedia.uz quyidagilarni jo‘natish orqali taqdim etiladi:

1) Familyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa);

2) G‘olibning Joriy yashash manzili haqidagi aniq va to‘liq ma’lumot.

10.3.2. Bosh sovrinni Operator vakilidan G‘olibga topshirish uchun G‘olib quyida keltirilgan hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishi kerak.

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-karta asl nusxasi, unda egasining shaxsiy identifikatsiya raqami (ID) ko‘rsatiladi, yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amal qilish muddati tugamagan biometrik pasporti bo‘lishi kerak.

- O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari uchun:

Chet el fuqarosining O‘zbekiston Respublikasida yashash ruxsatnomasini tasdiqlovchi amaldagi hujjatning asl nusxasi.

Chet el fuqarosida STIR bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini tasdiqlovchi hujjatda STIR ma’lumotlari qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladi.

2) Bosh sovrin g‘olibi va unga hamrohlik qiluvchi shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining amaldagi xorijga chiqish pasportlarining (xorijga chiqish pasporti) asl nusxalari.

Sayohat qilish sanasi pasportlarda kamida 2 bo‘sh sahifa bo‘lishi kerak.

G‘olib va unga hamrohlik qiluvchi shaxsning pasportlarining amal qilish muddati 30.06.2024 yildan oldin tugamasligi kerak.

3) “Korzinka” chakana savdo tarmog‘i Sodiqlik kartasi;

Operator yoki uning vakili O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID-kartasini (har ikki tomonini) yoki amal qilish muddati tugamagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti/yashash guvohnomasi (har ikki tomonini) va sodiqlik kartasini (har ikki tomonini) suratga oladi.

10.3.3. Bosh sovrinni Operator vakilidan G‘olibga topshirish uchun G‘olib shaxsan quyidagi hujjatlarni to‘ldirishi va imzolashi kerak:

1) G‘olibga Operator vakili tomonidan namunasi taqdim etiladigan Sovrinni topshirish dalolatnomasining (keyingi o‘rinlarda “Sovrinni topshirish dalolatnomasi” deb yuritiladi) asl nusxasi;

2) G‘olibga Operator vakili tomonidan namunasi taqdim etiladigan Shaxsga doir ma’lumotlarni berishga Rozilik (keyingi o‘rinlarda “Shaxsga doir ma’lumotlarni berishga Rozilik” deb yuritiladi) asl nusxasi.

10.3.4. Aksiya Buyurtmachisi va/yoki Tashkilotchisi va/yoki Operatori tomonidan qo‘shimcha ravishda so‘ralishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjatlar va ma’lumotlar.

10.4. Tashkilotchi Sovrin G‘olibidan Aksiyani to‘g‘ri amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan har qanday boshqa hujjatlar va/yoki ma’lumotlarni qo‘shimcha tarzda so‘rashga haqli.

10.5. Ushbu Qoidalarning shartlariga rioya qilmagan Aksiya G‘olibi Sovrinlarni (Haftalik, Bosh) olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bunday holda, Aksiya Buyurtmachisi bunday Sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi.

10.6. Toshkent shahrida yashovchi Aksiyaning Haftalik va Bosh sovrini G‘oliblari Aksiya Sovrinlarini Operator joylashgan manzil bo‘yicha o‘zlari olib ketadilar.

Bunda G‘olibga Operator va uning vakili joylashgan manzili bo‘yicah qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Sovrinni qabul qilish manziliga borish bilan bog‘liq xarajatlar Tashkilotchi, Operator, Buyurtmachi tomonidan qoplanmaydi.

10.7. G‘oliblar Sovrinni/Sovrinlarni Operator tomonidan G‘olib xabardor qilingan (ushbu Qoidalarning 9.8-bandi) kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida, agar ma’lumotni aniqlashtirish / hujjatlarni qabul qilish zarur bo‘lsa - 10.1 va 10.3-bandlarda ko‘rsatilgan zarur ma’lumotlar (hujjatlar) G‘olibdan olingan kundan boshlab va bunday Aksiya G‘olibi tomonidan ushbu Qoidalarning barcha shartlarini bajarilgandan so‘ng, lekin 2023-yilning 25-noyabridan kechiktirmay olib ketilishi shart.

10.8. Aksiyaning Haftalik va Bosh sovrinlarini Toshkent shahridan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi shaharlarida yashovchi gʻoliblarga yetkazib berish, G‘olib tomonidan 10.1.1. va 10.3.1-bandiga muvofiq ko‘rsatilgan joriy yashash manzili bo‘yicha, Aksiyaning bunday Ishtirokchisi G‘olib deb e’tirof etilgan kundan boshlab 25 (yigirma besh) kun ichida, agar ma’lumotni aniqlashtirish/hujjatlarni olish zarur bo‘lsa, G‘olibdan zarur ma’lumotlar (hujjatlar) olingan kundan boshlab hamda Aksiya G‘olibi ushbu Qoidalarning 10.1. va 10.3-bandlaridagi barcha shartlar bajarilganidan keyin, lekin 2023-yilning 25-noyabridan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.

Sovrinlarni yetkazib berish bo‘yicha barcha xarajatlar Buyurtmachi tomonidan qoplanadi.

10.9. Buyurtmachi/Tashkilotchining sovrinlarni topshirish bo‘yicha majburiyatlari bajarilgan deb hisoblanadi:

§ G‘oliblarga Haftalik sovrinlar, shuningdek, Sayohat uchun sertifikat ko‘rinishidagi “Tailandga ikki kishilik sayohat” Bosh sovrini topshirilgan paytdan boshlab:

10.10. Haftalik va Bosh sovrinlarga egalik huquqi g‘oliblar tomonidan Sovrinni topshirish dalolatnomasi imzolagan kundan boshlab yuzaga keladi.

10.11. Aksiya sovrinini olish huquqi Aksiya g‘olibi tomonidan uchinchi shaxsga o‘tkazilmaydi.

10.12. Aksiya mukofotini olgan paytdan boshlab, tovarning tasodifan nobud bo‘lishi, yo‘qolishi, o‘g‘irlanishi yoki shikastlanishi xavfi go‘libga o‘tadi.

10.13. Aksiya Ishtirokchisi quyidagi hollarda, ushbu holatlar qachon ma’lum bo‘lganligidan qat’i nazar, hech qanday badalsiz, shu jumladan pul ko‘rinishidagi badalsiz tegishli sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi:

1) agar Aksiya Ishtirokchisi unga tegishli sovrin topshirilgunga qadar ushbu Qoidalarni buzgan deb topilsa;

2) agar Aksiya Ishtirokchisi og‘zaki yoki yozma ravishda elektron aloqa vositasi orqali sovrinni olishdan bosh tortganligini bildirsa;

3) Aksiya Ishtirokchisini aniqlashning iloji bo‘lmaganda;

4) bunday G‘olib bilan bog‘lanishdagi 3 (uch) marta muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin (Ushbu Qoidalarning 9.8-b.);

5) agar G‘olib o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini Aksiya Tashkilotchisi/Operatoriga taqdim etishdan (Ushbu Qoidalarning 10.1.3. va 10.3.3-b.) bosh tortsa;

6) G‘olib belgilangan muddatda ushbu Qoidalarning 10.1. va 10.4-bandlarida ko‘rsatilgan barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda.

7) ushbu Qoidalarning 10.8-bandida ko‘rsatilgan Sovrinni o‘z olib ketishi muddatlariga rioya qilmagan taqdirda.

10.14. Agar Buyurtmachi/Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra 2023-yil 25-noyabrigacha Aksiya G‘olibiga Sovrinni yuborish yoki u tomonidan Sovrinni qabul qilish imkoni bo‘lmasa, shu jumladan, boshqa va quyida keltirilgan holatlarda:

- G‘olib tomonidan elektron pochta manzilini o‘chirilishi yoki elektron pochta manziliga kirish huquqining yo‘qotilishi;

- G‘olib tomonidan elektron pochta manzilining noto‘g‘ri kiritilishi;

- kompyuter tizimlari, pochta serverlari, Internet-provayder tarmog‘idagi to‘xtalishlar, nosozliklar, xatolikar;

- internetdagi to‘xtalishlar, nosozliklar va xatolikar;

- internet, elektr energiyasining yetishmasligi/bloklanishi;

Aksiyaning bunday Sovrini talab qilinmagan deb topiladi, tegishli G‘olib tomonidan qayta talab qilinmaydi va Aksiya Buyurtmachisi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etiladi.

10.15. Aksiya ishtirokchilari butun Aksiya davrida o‘z mobil raqamlariga kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va matnli xabarlar orqali ulanishga imkoniyatni yaratishda javobgardir.

10.16. Yutilgan sovrinni Aksiyaning boshqa sovrinlari bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar o‘rniga ekvivalent miqdordagi pul to‘lanmaydi. Sovrinlar qaytarib berilishi mumkin emas.

10.17. Aksiya sovrinlari soni cheklangan va ushbu Qoidalarning 7-bo‘limida ko‘rsatilgan miqdorni tashkil qiladi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinlar berish majburiyatlari ushbu Qoidalarning 7.1.1. vq 7.1.2-bandlarida ko‘rsatilgan Sovrin jamg‘armasining umumiy miqdori bilan cheklanadi. Shu munosabat bilan, Aksiya Ishtirokchisi hech qanday badal, shu jumladan pul ko‘rinishidagi badalni talab qila olmaydi.

10.18. . O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasi 2-qismi 14-bandiga muvofiq, 30 kundan ortiq davom etgan ommaviy oferta bo‘yicha Aksiyada ishtirok etish doirasida sovrinni olgan Ishtirokchi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lamaydi. Aksiya Sovrinini olish, egalik qilish va tasarruf etish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi (yoki) boshqa davlatlar byudjetiga boshqa to‘lovlarni, yig‘imlarni, soliqlarni, komissiya va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash bevosita G‘olib tomonidan amalga oshiriladi.

10.19. Agar Haftalik va/yoki Bosh sovrinlar g‘olibi Qoidalarning 10.1 va 10.3-bandlariga muvofiq talab qilinadigan hujjatlar va ma’lumotlarni Operatorga taqdim etishni rad etsa yoki boshqa sabablatga ko‘ra zarur hujjatlarni (10.1. va 10.3.-bandlarga muvofiq) to‘liq taqdim etmasa, Tashkilotchi bunday g‘olibga Haftalik va/yoki Bosh sovrinni berishdan bosh tortishga, shuningdek, uni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishga haqli.

10.20. Aksiyaning barcha sovrinlari g‘olib(lar)ga faqat Aksiya qoidalariga to‘g‘ri rioya qilgan holda beriladi. Ushbu Qoidalarning shartlariga rioya qilmagan g‘olib sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bunday holda, Buyurtmachi o‘z ixtiyoriga ko‘ra bunday sovrinni tasarruf etadi.

10.21. Aksiya sovrinlarini olishdan oldin ishtirokchi tomonidan Aksiyaning sovrinlari yoki ularni olish huquqi shartnoma predemt, to‘lov vositasi yoki garov hisoblangan har qanday harakatlar, operatsiyalar, kelishuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi,


 

11. ISHTIROKCHINING SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLARNI TO‘PLASH VA QAYTA ISHLASHGA ROZILIGI

11.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi Aksiya qoidalariga so‘zsiz roziligini tasdiqlaydi, shuningdek, quyidagi maqsadlarga erishish uchun Ishtirokchi shaxsga doir ma’lumotlarini (keyingi o'rinlarda “SHdM” va “Rozilik” deb yuritiladi) to‘plash va qayta ishlashga roziligining erkin, aniq, xabardor qilinganligi va ongli ifodasi hisoblanadi: Ishtirokchilarga sovrinlarni yuborish, yutuq haqida xabardor qilish, Buyurtmachining mahsulotlari va u tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar, reklama takliflari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek, marketing tahlilini o‘tkazish uchun,

statistik ma’lumotlarni tayyorlash, soliq majburiyatlarini amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq zarur bo‘lgan boshqa maqsadlarda.

11.2. Ishtirokchi quyidagi SHdM bo‘yicha rozilik beradi:

§ familiyasi, ismi, otasining ismi (shaxsni tasdiqlovchi hujjatda/yashash guvohnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa);

§ Tug‘ilgan sanasi;

§ shaxsiy identifikatsiya raqami (STIR);

§ aloqa ma’lumotlari (elektron pochta manzili, mobil telefon raqami, yashash va sovrinlarni yetkazib berish manzili);

§ Ishtirokchi tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etilgan har qanday boshqa ma'lumotlar.

11.3. Ishtirokchi SHdM bilan avtomatlashtirilgan qayta ishlash, avtomatlashtirilmagan ishlov berish (avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmasdan), SHdMni qayta ishlashning aralash usullari orqali amalga oshiriladigan quyidagi harakatlarga rozilik beradi: to‘plash, qayd etish, tizimlashtirish, yig‘ish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), shaxsga doir ma’lumotlarni to‘ldirish, foydalanish, olish, tarqatish, shaxssizlashtirish, blokirovkalash, o‘chirish va yo‘q qilish, xorijiy davlatlar hududida transchegaraviy o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini inobatga olgan holda, ishtirokchining SHdM bilan boshqa harakatlarni amalga oshirish.

11.4. Ishtirokchi, shuningdek, uning SHdM Qoidalarning 11.1-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun (maxfiylikni saqlash va ularni qayta ishlash jarayonida SHdM xavfsizligini ta’minlash sharoitida) quyidagi uchinchi shaxslarga, lekin ular bilan cheklanmagan holda, o‘tkazilishi mumkinligiga rozilik bildiradi: Texnik hamkor, Aksiya Tashkilotchi, Mondelēz International kompaniyalar guruhi a’zolari, Buyurtmachi nomidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlovchi boshqa shaxslar, shu jumladan transchegaraviy ma’lumotlarni uzatishda.

Rozilik Qoidalarning 11.1-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishilgunga qadar muddatga beriladi.

11.5. Ishtirokchi istalgan vaqtda consumercareeua@mdlz.com elektron pochta manziliga yozma xabar yuborish orqali ushbu rozilikni qaytarib olishga haqli.

Rozilik qaytarib olingan taqdirda Buyurtmachi SHdMni qayta ishlashni to‘xtatishi yoki bunday qayta ishlashning to‘xtatilishini ta’minlashi (agar shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash Buyurtmachi nomidan harakat qiladigan boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilsa) va qaytarib olish xati olingan kundan boshlab 30 (o'ttiz) kundan ortiq bo‘lmagan muddatda SHdMni yo'q qilishi yoki uning yo‘q qilinishini ta’minlash (agar shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash Buyurtmachi nomidan harakat qiladigan boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilsa) shart, bundan O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni yoki O‘zbekiston Respublikasining boshqa normativ-huquqiy hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha Buyurtmachining shaxsga doir ma’lumotlarni subyektining roziligisiz qayta ishlash huquqiga ega bo‘lgan holatlar mustasno.

11.6. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi aniq, joriy (ishonchli) shaxsga doir ma’lumotlarni taqdim etish majburiyatini oladi.

11.7. Aksiya Ishtirokchilarining shaxsga doir ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, xususan, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 21 iyundagi O‘RQ-547-son «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni talablariga muvofiq, Qoidalarning 11.1-bandida ko‘rsatilgan maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan muddatga maxfiylik shartlariga muvofiq saqlanadi va qayta ishlanadi va keyinchalik Buyurtmachi, shuningdek, u vakolat bergan shaxslar tomonidan o‘chirilish/yo‘q qilinishi kerak.

 

12. BOSHQA SHARTLAR

12.1 Tashkilotchi, Buyurtmachi, Operator, Axborot hamkori quyidagilar uchun javobgar bo‘lmaydi:

§ Ishtirokchilar tomonidan Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinlarni olish bilan bog‘liq majburiyatlarning bajarilmasligi (o‘z vaqtida bajarmasligi);

§ Ishtirokchilarni Aksiya qoidalari bilan, shuningdek, Aksiya natijalari bilan tanishtirmaslik;

§ Ishtirokchilardan xatlar, qo‘ng‘iroqlar va/yoki elektron xabarlar, shu jumladan pochta aloqasi, aloqa tashkilotlari aybi bilan, Aksiya davomida foydalanilgan Internet va/yoki aloqa kanallarida texnik nosozliklar va/yoki firibgarlik natijasida kelib tushmasligi;

§ Ishtirokchilardan Sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va/yoki ma’lumotlarni olmaslik (o‘z vaqtida olmaslik);

§ Ishtirokchilardan Aksiyani o‘tkazish va Sovrinlarni topshirish uchun zarur bo‘lgan shaxsga doir, aloqa va/yoki boshqa ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan, noto‘g‘ri ko‘rinishda olish;

§ Aksiya Operatori/Tashkilotchisining aybisiz yuzaga kelgan uyali aloqa operatorlari, Internet-provayderlarning texnik to‘xtalishlari, nosozliklari, profilaktika ishlari va hokazolar uchun;

§ Aksiyada ishtirok etish va (yoki) Sovrinni olish bilan bog‘liq Ishtirokchi tomonidan yetkazilgan har qanday xarajatlar va (yoki) zararlar uchun.

§ O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan yengib bo‘lmas kuch (fors-major) oqibatida.

§ g‘olib havo qatnovi bo‘yicha tegishli reysni o‘tkazib yuborgan yoki safarni amalga oshirishni imkonsiz qiladigan boshqa harakatlarni qilganda.

§ g‘olib va (yoki) unga hamrohlik qiluvchi shaxsning xorijga chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi pasporti yo‘qligi hamda pasport olishning imkoni bo‘lmaganligi uchun.

§ g‘olib va/yoki unga hamrohlik qiluvchi shaxsda O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqish yoki Tailand Qirolligi hududiga kirishda taqiqlar/cheklovlar mavjud bo‘lib, buning natijasida yutib olingan sovrindan foydalana olmaganlik uchun.

12.2 Aksiyaning barcha ishtirokchilari Aksiyada qatnashish bilan bog‘liq barcha va har qanday xarajatlarni (shu jumladan, lekin bu bilan cheklanmagan holda, Internetdan foydalanish, telefon (mobil) aloqasi uchun to‘lovlar, Aksiya haqida har qanday ma’lumot olish, Aksiya mahsulotlarni sotib olish va boshqalar bilan bog‘liq xarajatlar) mustaqil ravishda to‘laydilar.

12.3 Aksiya Tashkilotchisi, Operatori va (yoki) Buyurtmachisi Aksiya sovrinlariga bo‘lgan huquq bilan bog‘liq nizolar uchun javobgar emas. Bunday nizolar bo‘yicha yakuniy qaror Buyurtmachi tomonidan qabul qilinadi.

12.4 Na Tashkilotchi, na Buyurtmachi, na Axborot Hamkori va na Operator uyali telefon raqami, elektron pochta manzili, Aksiya mahsulotlari, Korzinka Plus sodiqlik kartasi yoki u yoki bu shaxsga yutuq chekiga egalik qilish to‘g‘risida nizo yuzaga kelgan taqdirda aralashadi. Bunday barcha nizolar nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida mustaqil ravishda va o‘z mablag‘lari hisobidan hal etiladi.

12.5 Ishtirokchilar va Tashkilotchi, Buyurtmachi oʻrtasida ushbu Aksiya boʻyicha barcha kelishmovchiliklar Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bo‘yicha tartibga solinadi. Agar kelishmovchiliklarni muzokaralar yo‘li bilan hal etilmagan bo‘lsa, nizo Tashkilotchi joylashgan joyda (shartnomaviy yurisdiksiya) ko‘rib chiqiladi. Ishtirokchilar Aksiyada qatnashish orqali shartnomaviy yurisdiksiyaga rozilik bildiradilar.

12.6 Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi shu orqali quyidagilarni tasdiqlaydi:

1) Aksiyada ishtirok etishning barcha Qoidalari va shartlari bilan tanishganligi va ularga roziligini.

2) Buyurtmachi, Tashkilotchi, Operator va/yoki Axborot hamkori ishtirokchiga tegishli materiallarni ishtirokchining oldindan roziligisiz OAVda yoki Internetda joylashtirishdan oldin ularni tahrir qilishga haqli.

12.7 Aksiya Buyurtmachisi, Tashkilotchisi, Operatori va/yoki Axborot hamkori o‘z xohishiga ko‘ra, Ishtirokchilarga sabablarini tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalar olin bormasdan Aksiya Ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topishga, shuningdek, Aksiyada ularning keyingi ishtirok etishni taqiqlash, Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi yoki ma’lumotlarning har qanday soxtalashtirilishdan foyda olishga harakati bo‘yicha Buyurtmachida, Tashkilotchida va Axborot hamkorida asosli shubhalar mavjud bo‘lgan har qanday shaxsga Sovrinni topshirmaslikka haqli.

12.8 Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi amal qilish muddati cheklamagan holda, Buyurtmachidan, Tashkilotchidan, Operatordan, Axborot hamkoridan, ularning ishonchli vakillaridan kelgusida uning mobil telefon raqamiga, elektron pochta manziliga matnli xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (pochta jo‘natmalarini) olishga rozilik beradi. Ishtirokchi istalgan vaqtda consumercareeua@mdlz.com elektron pochta manziliga tegishli yozma xabar yuborish orqali yuqorida qayd etilgan ma’lumotlarni olishni rad etishga haqli.

12.9 Ushbu Qoidalarni bir xil talqin qilish bo‘yicha norozilik yuzaga kelganda, yakuniy qaror Buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq qabul qilinadi.

12.10 Ushbu Qoidalar rus, ingliz va oʻzbek tillarida tuzilgan. Aksiya qoidalarining rus, ingliz va o‘zbek tillaridagi matnlari o‘rtasida qarama-qarshiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoidalarning rus tilidagi matniga ustunlik beriladi.

12.11 Ushbu Qoidalarda nazarda tutilmagan boshqa barcha holatlar bo‘yicha Aksiya Tashkilotchisi, Buyurtmachisi, Operatori, Axborot hamkori va Ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya qiladilar.