So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
«Oreo-ni o‘zing xohlaganday mikslashtir» reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalari

Barcha

28 noyabr 2022

«Oreo-ni o‘zing xohlaganday mikslashtir» reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalari

Barcha

28 noyabr 2022

«OREO-NI O‘ZING XOHLAGANDAY MIKSLASHTIR» REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH QOIDALARI (KEYINCHALIK — «QOIDALAR»

1. «OREO-NI O‘ZING XOHLAGANDAY MIKSLASHTIR» REKLAMA AKSIYASI (keyinchalik – «Aksiya») Oreo® savdo belgisi ostidagi mahsulotlarga qiziqishni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash, ijobiy imidj va iste’molchilar talabini shakllantirish, shuningdek, ushbu mahsulotlarni sotishni ko‘paytirish maqsadida oldindan ma’lum bo‘lmagan shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladi. Aksiya lotereya, qimor hisoblanmaydi hamda Ishtirokchilardan qatnashish uchun badal to‘lash talab qilinmaydi.


2. AKSIYA BUYURTMACHISI, TASHKILOTCHISI, TEXNIK HAMKORI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOTLAR

2.1. Aksiya Buyurtmachisi: «Mondelez Rus» MChJ Rossiya (keyinchalik – «Buyurtmachi»), quyidagi manzilda joylashgan: Rossiya, 601123, Pokrov sh., Vladimir viloyati, Petushinsk tumani, Frans Shtolverk ko‘chasi, 10-uy. STIR: 3321020710.

2.2. Aksiya Tashkilotchisi: Aksiya Ijrochisi Buyurtmachining topshirig‘iga asosan harakat qiluvchi «Urban Media» MChSh (Урбан Медиа) yuridik shaxs boʻlib (keyinchalik – Tashkilotchi), Qozogʻiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, BIR 050840004119, QR, 050004, Olmaota, Jibek Joli keng ko‘chasi, 135-uy, «Jibek Joli» ATK, 2-blok, 10-qavat, 2104-son ofisda joylashgan.

2.4.  Aksiya Operatori: «Urban Media Alliance» (keyinchalik – «Operator»), quyidagi manzilda joylashgan: O‘zbekiston Respublikasi, 10000, Toshkent shahri, Bobur ko‘chasi, 77 uy, «Bobur77» BM, 1-qavat 116-xona, STIR 306708505. 

2.5. Aksiyaning Texnik hamkori (keyinchalik matnda- «Texnik hamkor»): «ANGLESEY FOOD» XK MChJ, yuridik shaxs bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, STIR 202 099 756, quyidagi manzilda joylashgan: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Turob To‘la ko‘chasi, 57 uy. Besh Yog‘och bozori atrofida.


3. AKSIYA O‘TKAZILISHI MUDDATI

3.1. Aksiya o‘tkazilishi muddati: 2022-yil 28-noyabrdan 2022-yil 30-dekabrgacha (o‘sha sanada ham) (keyingi  o‘rinlarda «Aksiya Muddati» yoki «Aksiya Davri», deb ham yuritiladi).

3.2. Aksiya mahsulotlarini sotib olish muddatlari: 2022-yil 28-noyabr soat 00:00 dan 2022-yil 25-dekabr soat 23:59 gacha (o‘sha sanada ham).

3.4. Aksiya G‘oliblarini aniqlash muddati: 2022-yil 5-dekabrdan 27-dekabrgacha (o‘sha sanada ham) Aksiya qoidalarining 9.2-bandida ko‘rsatilgan sovrin o‘yinlarini o‘tkazish Taqvimiga muvofiq.

3.5. Aksiya G‘oliblariga sovrinlarni topshirish muddati: 2022-yil 30-dekabrgacha (o‘sha sanada ham).

3.6. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqti bo‘yicha hisoblanadi.


4. HUDUD, PROMO-SAYT VA XABARDOR QILISH TARTIBI

4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi (keyinchalik – O‘R) barcha hududi bo‘yicha joylashgan «Korzinka» chakana savdo tarmog‘i do‘konlarida o‘tkaziladi:


«Korzinka» chakana savdo

 tarmog‘i (CHST) do‘koni nomi

Joylashuvi. manzil

1

Shtab

Toshkent sh., Uchtepa tumani, Beshqayrag‘och ko‘chasi, 102A uy

2

Boshliq

Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Boshliq mavzesi, Qushbegi ko‘chasi

3

Turkmenskiy

Toshkent sh., Y.X.Hojib ko‘chasi, 1A

4

Aeroport

Toshkent sh., Kichik Xalqa Yo‘li, 87A

5

Abay

Toshkent sh., Abay ko‘chasi, 13

6

Rakat

Toshkent sh., Abdullayev ko‘chasi, 9

7

Qoratosh

Toshkent sh., Qoratosh ko‘chasi, 2 uy

8

Mercato

Toshkent sh., Kichik Xalqa Yo‘li ko‘chasi, 57 uy

9

Sergeli

Toshkent sh., Lutfkor ko‘chasi

10

Azimov

Toshkent sh., Sodiq Azimov ko‘chasi, 81 uy

11

Yunusobod

Toshkent sh., Yunusobod 7, Quloqtepa ko‘chasi

12

TTZ

Toshkent sh., Yuzrabod ko‘chasi, 1А

13

Olmaliq

Olmaliq sh., Amir Temur ko‘chasi, 20

14

Qorasuv

Toshkent sh., Sh.Burxonov ko‘chasi, 23

15

Next

Toshkent sh., Bobur ko‘chasi, 6

16

Vega

Toshkent sh., Shota Rustaveli ko‘chasi, 150

17

Salom

Toshkent sh., Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 158A

18

DISKONT — Oloy

Toshkent sh., Amir Temur ko‘chasi, 40

19

Riyoziy

Toshkent sh., Riyoziy mavzesi, Oltintepa ko‘chasi, 7

20

Uchtepa

Toshkent sh., Foziltepa ko‘chasi, 93

21

Qo‘qon

Qo‘qon sh., Shoxruhobod ko‘chasi, 39

22

Buxoro-1

Buxoro sh., B.Naqshband ko‘chasi, 149

23

Andijon

Andijon sh., Amir Temur ko‘chasi, 62

24

Sayram

Toshkent sh., Yunusobod tumani, 19-daha, Yunus ota ko‘chasi, 15

25

Korzinka — Qo‘yliq

Toshkent sh., Qo‘yliq-1 mavzesi, Toshkent Xalqa yo‘li va Munis ko‘chalari kesishmasi

26

Bunyodkor

Toshkent sh., Chilonzor 6-daha, Bunyodkor va Cho‘pon ota ko‘chalari kesishmasi

27

Shedevr

Toshkent sh., M-4 mavzesi, Navoiy ko‘chasi, 11-B

28

Sebzor

Toshkent sh., M-17/18, 52-uy

29

Kamolon

Toshkent sh., Bunyodkor ko‘chasi, 4-A uy

30

A. Donish

Toshkent sh., Yunusobod tumani, 14-daha, A.Donish ko‘chasi, 62-uy

31

Beshqayrag‘och

Toshkent sh., Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 628

32

Al-Xorazmiy

Toshkent sh., Chilonzor tumani, Zargarlik va So‘galli ota ko‘chalari kesishmasi

33

DISKONT — Asaka

Asaka sh., J.Manguberdi ko‘chasi, 36

34

DISKONT — Urgut

Urgut sh., Navoiy chorrahasi, 4

35

Buxoro-2

Buxoro sh., Afrosiyob va Ibn Sino ko‘chalari kesishmasi.

36

Chirchiq

Chirchiq sh., Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, 22-uy

37

Fayzobod

Toshkent sh., Fargʻona yoʻli va Yangi Qo‘yliq koʻchalari kesishmasi

38

Bekobod

Bekobod sh., Buyuk Ipak yo‘li va Sirdaryo ko‘chalari kesishmasi

39

DISKONT — Yangiyo‘l

Yangiyo‘l sh., Nurafshon tumani, Navro‘z TMQ, Olimjonov ko‘chasi

40

Zomin

Zomin tumani, Zomin p., «Korgon» mahalla qo‘mitasi

41

Buxoro-3

Buxoro sh., 5-mikrotuman

42

DISKONT — Angren

Angren sh., Navoiy ko‘chasi, 1

43

Sariko‘l

Toshkent sh., Mirobod tumani, Sariko‘l ko‘chasi, 13, 13-a

44

Sputnik

Toshkent sh., Sergeli tumani, 16-Sputnik mavzesi, Qo‘rg‘ontepa, 11

45

Aviasozlar

Toshkent sh., Aviasozlar va Birlashgan ko‘chalari kesishmasi

46

OAZIS

Toshkent sh., Uchtepa tumani, Farhod va Lutfiy ko‘chalari kesishmasi, 21А uy, OAZIS SM

47

Nazarbek

Zangi-Ota tumani, Nazarbek p., Nazarbek shoh ko‘chasi, 12-uy

48

G‘ijduvon

Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani, G‘ijduvon sh., Y. Hamadoniy ko‘chasi

49

DISKONT — Samarqand

Samarqand sh., Rudakiy ko‘chasi, 54-uy

50

Keles

Toshkent viloyati, Keles sh., «Oqibat» MFY, Keles yo‘li ko‘chasi

51

Elbek

Toshkent sh., Yashnobod tumani, Qorasuv ko‘chasi 36

52

Qo‘yliq markaz

Toshkent sh., Yashnobod tumani, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li

53

Beruniy

Toshkent sh., Olmazor tumani, Farobiy va Universitet ko‘chalari kesishmasida

54

Oltintepa

Toshkent sh., Yashnobod tumani

55

Bektemir

Toshkent sh., Bektemir tumani, Husayn Boyqaro ko‘chasi, 37A uy

56

Jarariq

Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Jarariq va Yoqub Ziyoyev ko‘chalari kesishmasida

57

DISKONT — Shahrixon

Andijon viloyati, Shahrixon tumani, Shahrixon sh., Shahrixon ko‘chasi

58

Navruz

Andijon sh., Mashrab ko‘chasi, Navruz KSMda joylashgan

59

Farg‘ona

Farg‘ona sh., Yuksalish ko‘chasi, 53-uy

60

Samarqand Dinamo

Samarqand sh., Mir Said Baraka ko‘chasi, 2-uy

61

Samarqand Atlas

Samarqand sh., Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 131-B uy

62

SAMPI

Toshkent sh., Yunusobod tumani, Bog‘ishamol ko‘chasi, 260-A, SAMPI BOZORI SKM

63

Setor

Toshkent sh., Yunusobod tumani 9-daha

64

Qorasaroy

Toshkent sh., Olmazor tumani, Qorasaroy mahallasi, 91-A uy

65

Ko‘hinur

Toshkent sh., Chilonzor tumani, 10-daha

66

Namangan

Namangan sh., Nurafshon mahallasi, 38

67

Ziyolilar

Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Ziyolilar va Sayram ko‘chalari kesishmasi

68

Navoiy

Navoiy viloyati, Navoiy sh., Karmana tumani, Eski Shahar

69

Motrid

Samarqand sh., Qorasuv mavzesi

70

Algoritm

Toshkent sh., Uchtepa tumani, Algoritm, 31-daha

71

Globus

Toshkent sh., Uchtepa tumani, Zargarlik ko‘chasi, 10A

72

Depo

Toshkent sh., Uchtepa tumani, Katta Qa’ni ko‘chasi, 3

73

Jizzax

Jizzax sh., Toshloq mahallasi, Sharof Rashidov ko‘chasi

74

Yangi Hayot

Toshkent sh., Yangihayot tumani, Shokirariq ko‘chasi

75

Samara

Toshkent sh., Yunusobod tumani, Yangi Yunusobod ko‘chasi, 7A-uy

76

Mashhadiy

Toshkent sh., Yashnobod tumani, Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi, 10-uy

77

Markaz-5

Toshkent sh., Markaz-5, Sharof Rashidov ko’chasi, 71-uy

78

Amore mio

Toshkent sh., Sodiq Azimov ko‘chasi, 51-uy

79

Qoraqamish 1/3

Toshkent sh., Qoraqamish 1/3, Sag‘bon ko‘chasi, 35-A-uy

80

Sofiya

Toshkent sh., Yunusobod tumani, Kichik xalqa yo‘li va Adham Rahmat ko‘chalari kesishmasi, 12-uy

81

Golden Life

Toshkent sh., Sergeli-5, Tursunzoda ko‘chasi, 14-uy

82

Olmaliq-2

Olmaliq sh., Ehtirom ko‘chasi 5

83

Lunacharskiy

Toshkent sh., Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi, 299-uy

84

Ipakchi

Toshkent sh., Shayxontohur tumani, Ipakchi ko‘chasi

85

Smart — Darxon

Toshkent sh., Mustaqillik chorrahasi, 86А

86

Smart — Rajabiy

Toshkent sh., Rajabiy ko‘chasi, 60

87

Smart — Drujba

Toshkent sh., Islom Karimov ko‘chasi, 8/1

88

Smart — MUM

Toshkent sh., Yakkachinor ko‘chasi, 3A

89

Smart — Markaz-1

Toshkent sh., Mirzo Ulugʻbek tumani, Markaz-1, Buyuk Ipak Yoʻli mavzesi


4.2. Ishtirokchilarni Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan, ularga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar), Aksiya qoidalari to‘g‘risida xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

1) Aksiyaning Texnik hamkori rasmiy veb-sahifasida https://korzinka.uz/ (yuqorida, bu yerda va keyinchalik – «Sayt»)

2) Operator, Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachining tanloviga ko‘ra boshqa usullar bilan.

3) Aksiya bo‘yicha savollar uchun elektron pochta manzili: mdlz.consumer@mdlz.com.

4.3. Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi istalgan vaqtda Aksiya shartlarini oʻzgartirishga, uni muddatidan oldin tugatishga, Aksiya haqida qoʻshimcha maʼlumotlarni eʼlon qilishga haqli. Aksiya va uning shartlari bo‘yicha yangilangan (qo‘shimcha) ma’lumotlar Buyurtmachi tomonidan bunday o‘zgartirish (yangilash) ma’qullangan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida Saytda joylashtiriladi.

4.4. Buyurtmachi, Tashkilotchi, Operator va Texnik hamkor Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, bundan ushbu Qoidalarda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan hollar va yuzaga keladigan nizoli vaziyatlar mustasno.

4.5. Tashkilotchi va Buyurtmachi Aksiyani o‘tkazish bo‘yicha to‘liq javobgardirlar.

4.6. «ANGLESEY FOOD» XK MChJ hamda «Korzinka» savdo tarmog‘i do‘konlari Aksiya bo‘yicha murojaat va shikoyatlarni qabul qilmaydi va Aksiyani o‘tkazish va uning natijalari bo‘yicha javobgar hisoblanmaydi.


5. AKSIYA MAHSULOTI

5.1. Aksiya Oreo® savdo belgisi ostidagi quyidagi mahsulotlarga (keyinchalik - «Aksiya mahsuloti») nisbatan o‘tkaziladi:


Mahsulot nomi

«Oreo» pechenyesi kakao va masalliqli, vanil ta’mi bilan, 95gr

«Oreo» pechenyesi kakao va masalliqli, qulupnay ta’mi bilan, 95gr

«Oreo» pechenyesi kakao va masalliqli, shokolad ta’mi bilan, 95gr

«Oreo» pechenyesi kakao va masalliqli, vanil ta’mi bilan, 228gr

«Oreo» pechenyesi kakao va masalliqli, qulupnay ta’mi bilan 228gr

«Oreo» pechenyesi kakao va masalliqli, shokolad ta’mi bilan, 228гр

«Oreo» pechenyesi kakao va masalliqli, vanil ta’mi bilan 154gr

«Oreo» pechenyesi kakao va masalliqli, qulubnay va chizkeyk ta’mi bilan 154gr

«Oreo» pechenyesi kakao va masalliqli, brauni ta’mi bilan 154gr



5.2. Aksiya mahsulotlari Ishtirokchi tomonidan Aksiya qoidalarining 3.2-bandida ko‘rsatilgan muddatda «Korzinka» chakana savdo tarmoqlarida, Aksiya qoidalarining 9.2-bandida ko‘rsatilgan Sovrin o‘yinlarini o‘tkazish Taqvimiga muvofiq sotib olinishi kerak («Aksiya mahsulotini sotib olish Muddati» bo‘limi).


6. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

6.1. Aksiyada 16 va undan yuqori yoshdagi muomala layoqatidagi jismoniy shaxslar, karta dasturida ro‘yxatdan o‘tgan va joriy/faol Korzinka kartasiga ega, O‘zbekiston Respublikasi hududida yashovchi O‘R fuqarolari va yashash guvohnomasiga ega chet el fuqarolari (yuqorida, bu yerda va keyinchalik birgalikda «Ishtirokchilar», alohida esa «Ishtirokchi», deb yuritiladi) ishtirok etishlari mumkin.

6.2. 16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning Aksiyada ishtirok etishiga faqat ota-onalarning, vasiylarning, Qoidalarning ushbu bandida ko‘rsatilgan boshqa shaxslarning roziligi bilan, ular to‘liq muomala layoqatiga ega bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

6.3. Quyidagilar Aksiyada ishtirok etishi mumkin emas:

• Buyurtmachi va (yoki) Tashkilotchi, Texnik hamkorning ishchilari;

• Aksiya Tashkilotchisi, Texnik hamkori va (yoki) Buyurtmachisi, Operatori bilan affillangan deb tan olingan shaxslar;

• Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi bilan fuqarolik va boshqa munosabatlarni o‘rnatgan hamda Aksiyani tashkil etish va (yoki) o‘tkazish, Buyurtmachi mahsulotini sotish bilan bog‘liq uchinchi shaxslarning xodimlari va vakillari;

• yuqoridagi shaxslarning yaqin qarindoshlari;

• fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lmagan chet el fuqarolari.

6.4. Agar ushbu Qoidalarning 6.1., 6.2., 6.3-bandlari va boshqa boʻlimlari shartlariga javob bermaydigan fuqarolarning Aksiyada ishtirok etish holati aniqlansa, Tashkilotchi bunday shaxslarni Aksiyada ishtirok etishini va (yoki) sovrin olishini rad etishga haqli.


7. AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

7.1. Aksiyaning Sovrin jamg‘armasi Buyurtmachining mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi va Haftalik va Asosiy sovrinlarni o‘z ichiga oladi (yuqorida, bu yerda va keyinchalik - «Aksiya sovrinlari»).

7.2. Haftalik sovrinlar:

- 200 000 (ikki yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati – butun Aksiya davrida 40 (qirq) dona;

- 300 000 (uch yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati – butun Aksiya davrida 20 (yigirma) dona;

- 500 000 (besh yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati – butun Aksiya davrida 12 (o‘n ikki) dona;

Bosch MUMS2EB02 oshxona mashinasi – butun Aksiya davrida 4 (to‘rt) dona;

Polaris PKM 1003 oshxona kombayni – butun Aksiya davrida 4 (to‘rt) dona;

BRAUN MQ5245WH blenderi – butun Aksiya davrida 4 (to‘rt) dona;

Tefal WD170D38 vafli ishlab chiqaruvchi – butun Aksiya davrida 4 (to‘rt) dona;

7.4.  Asosiy sovrinlar:

- «2 500 000 (ikki million besh yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati» (keyinchalik - «Asosiy sovrin»)

Asosiy sovrinlar miqdori – butun Aksiya davrida 3 (uch) dona.

7.5. Buyurtmachi Aksiyaning Sovrin jamg‘armasini o‘zgartirish, shu jumladan sovrinlar soni, komplektatsiyasi, turi va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunday holda, sovrinlar almashtirilganlari bilan mutanosib narxda bo‘lishi kerak.

7.6. Aksiya sovrinlarining tashqi ko‘rinishi, ularning o‘lchami, naqshi, o‘rami rangi va boshqa xususiyatlari reklama materiallarida taqdim etilgan rasmlarga hamda Ishtirokchilarning shaxsiy kutilmalariga to‘g‘ri kelmasligi mumkin. Aksiya sovrinlari sifati uchun javobgarlik ushbu tovarlarni ishlab chiqaruvchisi zimmasiga yuklanadi.


8. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi ushbu Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiya o‘tkazilish muddati ichida bilvosita quyidagi harakatlar ketma-ketligini bajarishi kerak:

8.1. Ushbu qoidalarning 5.1-bandida ko‘rsatilgan Aksiya mahsulotlaridan ushbu Qoidalarning 3.2-bandida keltirilgan muddat davomida, 4.1-bandda qayd etilgan istalgan «Korzinka» chakana savdo do‘konlarida «Smart» va «Korzinka» sodiqlik kartalarini qo‘llagan holda (keyinchalik - «Korzinka kartasi» va/yoki «Korzinka» chakana savdo tarmog‘i kartasi») yoki KorzinkaGO ilovasi orqali, 1 (bir) fiskal chekda kamida 2 (ikki) o‘ram xarid qilish;

8.1.1.  Ishtirokchi tomonidan sotib olinadigan Aksiya mahsulotlari soni cheklanmagan;

8.1.2. Chekdagi Aksiya mahsulotlari Aksiya qoidalarining 5.1-bandiga muvofiq nom bilan ko‘rsatilishi kerak;

8.2.  «Korzinka» chakana savdo tarmog‘i do‘konining kassiridan nazorat-kassa chekini olish (yuqorida, bu yerda va keyinchalik - «Fiskal chek» yoki «Chek»);

8.2.1. Aksiyada ishtirok etish uchun faqat ushbu Qoidalarning 3.2-bandiga muvofiq o‘z vaqtida sotib olingan Aksiya mahsulotlari cheklari qabul qilinadi.

8.2.2. «Korzinka» tarmog‘i do‘konlaridan bo‘lmagan cheklar Aksiyada ishtirok etish uchun qabul qilinmaydi.

8.4. Aksiyada ishtirok etish uchun nazorat-kassa mashinalari cheklarining shakli va mazmuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligining talablariga javob bermaydigan, Aksiya mahsulotlari belgisi mavjud bo‘lmagan fiskal cheklar qabul qilinmaydi.

8.5. Ushbu Qoidalarning 9.2-bandida ko‘rsatilgan tegishli muddatda («Aksiya mahsulotlarini xarid qilish muddati» bo‘limi) xarid qilingan, unda kamida 2 (ikki) dona Aksiya mahsuloti ko‘rsatilgan 1 (bitta) fiskal chek Qoidalarning 9.2-bandida qayd etilgan tegishli sovrin o‘yinlarida ishtirok etish («G‘oliblarni aniqlash sanasi» va «Sovrinlarning miqdori va turi» bo‘limlari) uchun topshirilgan 1 (bir) dona Ariza (keyinchalik - «Ariza») hisoblanadi.

2 (ikki) yoki undan ortiq Aksiya mahsuloti ko‘rsatilgan 1 (bir) fiskal chek = Aksiyaning sovrin o‘yinlarida ishtirok etish uchun 1 (bir) Ariza.

8.6. Agar 1 (bir) fiskal chekda 2 (ikki) birlikdan ortiq Aksiya mahsuloti ko‘rsatilgan bo‘lsa, ushbu fiskal chek Aksiyaning sovrin o‘yinlarida ishtirok etish uchun 1 (bitta) Ariza sifatida ko‘rib chiqiladi;

8.7. Ishtirokchi Qoidalarning 9.2-bandida ko‘rsatilgan tegishli muddatlarda («Aksiya mahsulotlarini xarid qilish muddati» bo‘limi) o‘yinda qatnashish uchun qancha ko‘p ariza topshirsa (Aksiya mahsulotlarini sotib olsa), uning Aksiya G‘olibi (Aksiya Sovrini/Sovrinlari egasi) bo‘lish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.

8.8. Agar Ishtirokchi Aksiyaning G‘olibi (har qanday Aksiya Sovrini/ Sovrinlarining egasi) bo‘lsa, Sovrin yutib olingan ariza avtomatik ravishda bekor qilinadi, keyinchalik, Aksiya qoidalari shartlariga muvofiq, Aksiyada qatnashish uchun Ishtirokchi mahsulotlarni qayta sotib olishi shart.


9. AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASH

9.1. Tashkilotchi tomonidan butun Aksiya Davrida:

- 4 (to‘rt) marta Haftalik sovrinlar o‘yini (keyinchalik - « Haftalik o‘yin») hamda

- 1 (bir) marta Asosiy sovrinlar o‘yini (keyinchalik - «Asosiy o‘yin»)

ushbu Qoidalarning 9.2-bandida belgilangan Aksiya sovrin o‘yinlari Taqvimiga (keyinchalik - «Sovrin o‘yinlari Taqvimi») muvofiq o‘tkaziladi.

9.2. Haftalik sovrinlar va Asosiy sovrinlar G‘oliblari quyida keltirilgan «Sovrin o‘yinlari Taqvimi»da ko‘rsatilgan tegishli davrlar (keyinchalik- «Aksiya mahsulotlarini xarid qilish muddati») davomida Qoidalarning 8-bo‘limida ko‘rsatilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar o‘rtasida kompyuter dasturi yordamida tasodifiy tarzda aniqlanadi:


Aksiya mahsulotlarini xarid qilish muddati

(Toshkent sh. vaqti bilan)

G‘oliblarni aniqlash sanasi (Toshkent sh. vaqti bilan)

Sovrinlar turi va miqdori

28.11.2022 y. soat 00:00 dan 04.12.2022 y. soat 23:59 gacha

05.12.2022 y.

Haftalik sovrin – 200 000 (ikki yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati – 10 dona

Haftalik sovrin – 300 000 (uch yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati –5 (besh) dona;

Haftalik sovrin – 500 000 (besh yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati – 3 (uch) dona;

Haftalik sovrin – Bosch MUMS2EB02 oshxona mashinasi – 1 (bir) dona;

Haftalik sovrin – Polaris PKM 1003 oshxona kombayni – 1 (bir) dona;

Haftalik sovrin – BRAUN MQ5245WH blenderi – 1 (bir) dona

Haftalik sovrin – Tefal WD170D38 vafli ishlab chiqaruvchi– 1 (bir) dona;

05.12.2022 y. soat 00:00 dan 11.12.2022 y. soat 23:59 gacha

12.12.2022 y.

Haftalik sovrin – 200 000 (ikki yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati – 10 dona

Haftalik sovrin – 300 000 (uch yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati –5 (besh) dona;

Haftalik sovrin – 500 000 (besh yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati – 3 (uch) dona;

Haftalik sovrin – Bosch MUMS2EB02 oshxona mashinasi – 1 (bir) dona;

Haftalik sovrin – Polaris PKM 1003 oshxona kombayni – 1 (bir) dona;

Haftalik sovrin – BRAUN MQ5245WH blenderi – 1 (bir) dona

Haftalik sovrin – Tefal WD170D38 vafli ishlab chiqaruvchi– 1 (bir) dona;

12.12.2022 y. soat 00:00 dan 18.12.2022 y. soat 23:59 gacha

19.12.2022 y.

Haftalik sovrin – 200 000 (ikki yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati – 10 dona

Haftalik sovrin – 300 000 (uch yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati –5 (besh) dona;

Haftalik sovrin – 500 000 (besh yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati – 3 (uch) dona;

Haftalik sovrin – Bosch MUMS2EB02 oshxona mashinasi – 1 (bir) dona;

Haftalik sovrin – Polaris PKM 1003 oshxona kombayni – 1 (bir) dona;

Haftalik sovrin – BRAUN MQ5245WH blenderi – 1 (bir) dona

Haftalik sovrin – Tefal WD170D38 vafli ishlab chiqaruvchi– 1 (bir) dona;

19.12.2022 y. soat 00:00 dan 25.12.2022 y. soat 23:59 gacha

26.12.2022 y.

Haftalik sovrin – 200 000 (ikki yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati – 10 dona

Haftalik sovrin – 300 000 (uch yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati –5 (besh) dona;

Haftalik sovrin – 500 000 (besh yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati – 3 (uch) dona;

Haftalik sovrin – Bosch MUMS2EB02 oshxona mashinasi – 1 (bir) dona;

Haftalik sovrin – Polaris PKM 1003 oshxona kombayni – 1 (bir) dona;

Haftalik sovrin – BRAUN MQ5245WH blenderi – 1 (bir) dona

Haftalik sovrin – Tefal WD170D38 vafli ishlab chiqaruvchi– 1 (bir) dona;

28.11.2022 y. soat 00:00 dan 25.12.2022 y. soat 23:59 gacha

27.12.2022 y.

Asosiy sovrin – «2 500 000 (ikki million besh yuz ming) so‘m nominaldagi «Korzinka» savdo tarmog‘i Sertifikati» - 3 dona

* Aksiya Sovrin o‘yinlarini o‘tkazish Taqvimi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek Tashkilotchi, Buyurtmachiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.

9.3. Har qanday oʻyin, oʻtkaziladigan sanaga koʻra, Aksiyaning roʻyxatdan oʻtgan Ishtirokchilari soni oʻynaladigan Sovrinlar sonidan kamida 3 (uch) baravar koʻp boʻlgan taqdirdagina oʻtkaziladi.

9.4. Agar sovrinlar Gʻolibini aniqlash muddati tugagan boʻlsa va Haftalik oʻyin oʻtkaziladigan sanaga koʻra Roʻyxatdan oʻtgan Ishtirokchilar soni ushbu Aksiya qoidalarining 9.3-bandiga mos kelmasa, potensial Sovrin G‘oliblarini aniqlash keyingi Sovrin G‘oliblarini aniqlash davriga o‘tkaziladi va keyingi Sovrin G‘oliblarini aniqlash davrida taqsimlanadigan Sovrinlarning umumiy soniga oldingi davrda taqsimlanmagan Sovrinlar soni qo‘shiladi.

9.5. O‘yin o‘tkaziladigan sanada va G‘oliblarni aniqlashda Tashkilotchi Asosiy G‘oliblarni (keyinchalik - «Asosiy G‘olib» va/yoki «G‘olib») va Zaxira (Muqobil) G‘oliblarni (keyinchalik -  «Muqobil G‘olib») aniqlaydi. Har bir Oʻyinda Asosiy Gʻoliblar soni Sovrinlar Oʻyinida beriladigan sovrinlar soniga teng boʻlishi kerak;

Har bir o‘yinda Muqobil G‘oliblar soni quyidagilarni tashkil etadi:

- Haftalik o‘yin – 20 (yigirma) ishtirokchi;

- Asosiy o‘yin – 6 (olti) ishtirokchi.

Tashkilotchi Asosiy G‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilganda yoki G‘olib Aksiya shartlariga boshqa tarzda mos kelmagan taqdirda, Asosiy G‘olibni almashtirish uchun Muqobil G‘oliblarni aniqlaydi.

Aksiya Tashkilotchisi Zaxira (Muqobil) G‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan Ishtirokchilarning ismlarini oshkor qilishga majbur emas.

9.3. Har qanday oʻyin, oʻtkaziladigan sanaga koʻra, Aksiyaning roʻyxatdan oʻtgan Ishtirokchilari soni oʻynaladigan Sovrinlar sonidan kamida 4 (toʻrt) baravar koʻp boʻlgan taqdirdagina oʻtkaziladi.

9.4. Agar sovrinlar Gʻolibini aniqlash muddati tugagan boʻlsa va Haftalik oʻyin oʻtkaziladigan sanaga koʻra Roʻyxatdan oʻtgan Ishtirokchilar soni ushbu Aksiya qoidalarining 9.3-bandiga mos kelmasa, potensial Sovrin G‘oliblarini aniqlash keyingi Sovrin G‘oliblarini aniqlash davriga o‘tkaziladi va keyingi Sovrin G‘oliblarini aniqlash davrida taqsimlanadigan Sovrinlarning umumiy soniga oldingi davrda taqsimlanmagan Sovrinlar soni qo‘shiladi.

9.5. O‘yin o‘tkaziladigan sanada va G‘oliblarni aniqlashda Tashkilotchi Asosiy G‘oliblarni (keyinchalik - «Asosiy G‘olib» va/yoki «G‘olib») va Zaxira (Muqobil) G‘oliblarni (keyinchalik -  «Muqobil G‘olib») aniqlaydi. Har bir Oʻyinda Asosiy Gʻoliblar soni Sovrinlar Oʻyinida beriladigan sovrinlar soniga teng boʻlishi kerak;

Har bir o‘yinda Muqobil G‘oliblar soni quyidagilarni tashkil etadi:

- Haftalik o‘yin – 10 (o‘n) ishtirokchi;

- Asosiy o‘yin – 2 (ikki) ishtirokchi.

Tashkilotchi Asosiy G‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilganda yoki G‘olib Aksiya shartlariga boshqa tarzda mos kelmagan taqdirda, Asosiy G‘olibni almashtirish uchun Muqobil G‘oliblarni aniqlaydi.

Aksiya Tashkilotchisi Zaxira (Muqobil) G‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan Ishtirokchilarning ismlarini oshkor qilishga majbur emas.

9.6. Sovrin G‘oliblari aniqlangan kundan boshlab 1 (bir) ish kuni ichida Texnik hamkor G‘olibning «Korzinka» sodiqlik kartasida qayd etilgan telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Sovrin/Sovrinlarni yetkazib berishda ularni qaytadan ishlash maqsadida G‘olibning shaxsga doir ma’lumotlarini Aksiya Tashkilotchisiga taqdim etish uchun roziligini olish uchun G‘oliblar bilan bog‘lanadi. Agar Aksiya G‘olibining telefoni xizmat doirasidan tashqarida bo‘lsa, Aksiya G‘olibi 24 soat ichida qo‘ng‘iroqqa javob bermasa yoki Aksiyaning Texnik hamkoriga bog‘liq bo‘lmagan boshqa texnik sabablarga ko‘ra, shuningdek, agar G‘olib o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini Aksiya Tashkilotchisiga taqdim etishga rozi bo‘lmasa, G‘olib, Aksiya Tashkilotchisi qaroriga e’tiroz bildirish imkoniyatisiz, g‘alaba qozonish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi  va Sovrin Muqobil nomzodga qayta tayinlanadi. Muqobil Ishtirokchi bilan aloqa bo‘lmasa, Sovrin keyingi Muqobil Ishtirokchiga o‘tkaziladi.

9.7. G‘oliblardan o‘z shaxsga doir ma’lumotlarini Aksiya Tashkilotchisiga taqdim etishda roziligini olgandan so‘ng, Texnik hamkor G‘oliblarning shaxsga doir ma’lumotlarini Tashkilotchiga yetkazadi, so‘ngra Tashkilotchi operatori sovrinni taqdim etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bilish uchun 3 (uch) ish kuni ichida G‘oliblar bilan bog‘lanadi. Agar Aksiya Gʻolibining telefoni xizmat doirasidan tashqarida boʻlsa, Aksiya Gʻolibi 72 soat ichida qoʻngʻiroqqa javob bermasa yoki Aksiya Tashkilotchisiga bogʻliq boʻlmagan boshqa texnik sabablar yuzaga kelsa, Gʻolib, Aksiya Tashkilotchisining qaroriga eʼtiroz bildirish imkoniyatisiz, gʻalaba qozonish imkoniyatidan mahrum bo‘ladi va Sovrin muqobil arizachiga qayta tayinlanadi. Muqobil Ishtirokchi bilan aloqa bog‘lashning iloji bo‘lmasa, Sovrin keyingi Muqobil Ishtirokchiga o‘tkaziladi.

9.8. «Korzinka» chakana savdo tarmog‘ining sodiqlik kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda Ishtirokchi tomonidan qayd etilgan telefon raqami ushbu Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiyaning butun muddati davomida saqlanishi kerak. Mobil telefon raqami uchinchi shaxslarga o‘tkazilganda, ro‘yxatdan o‘tgan mobil telefon raqami o‘zgartirilganda, G‘olib (va/yoki Muqobil nomzod) Aksiya Sovrinini olish huquqini yo‘qotadi. Boshqa telefon raqami bilan qayta ro‘yxatdan o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi.

9.9. 1 (bir) ishtirokchi ushbu Qoidalarning 8.7., 9.2-bandida ko‘rsatilgan shartlar va talablarni hisobga olgan holda haftalik o‘yinlarda qayta-qayta ishtirok etishi mumkin, ammo 1 (bir) Ishtirokchi 1 (bir) Haftalik o‘yin davomida 1 (bitta) dan ortiq bo‘lmagan Sovrinni va butun Aksiya davrida ko‘pi bilan 4 (to‘rt) dona Haftalik o‘yin Sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin.

9.10. 1 (bir) ishtirokchi butun Aksiya davrida ko‘pi bilan 1 (bir) dona Asosiy o‘yin Sovrinini qo‘lga kiritishi mumkin.


10. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI/TARTIBI

10.1.       Haftalik va/yoki Asosiy Sovrinni olish uchun G‘olib Texnik hamkorga Aksiya qoidalarining 9.6-bandi shartlariga muvofiq shaxsga doir ma’lumotlarni Aksiya tashkilotchisiga taqdim etilishiga roziligini bildirishi kerak.

10.2. Haftalik (yoki) Asosiy Sovrinni Sovrinni olish uchun G‘olib Tashkilotchidan bildirishnoma olgan kundan boshlab 3 (uch) kalendar kundan kechiktirmay (ushbu Qoidalarning 9.7-bandi) Tashkilotchining elektron pochta manziliga Operatoruz@urbanmedia.uz (Tashkilotchiga jo‘natishi) quyidagi hujjatlarni va (yoki) o‘zi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishi kerak:

10.2.1. G‘olibning familyasi, ismi, otasining ismi (agar mavjud bo‘lsa);

10.2.2. G‘olibning Joriy yashash manzili haqidagi aniq va to‘liq ma’lumot;

10.2.3. Amaldagi pasportining 2 (ikki) tomonlama nusxasi.

G‘olibning pasportida individual identifikatsiya raqami (IIR) bo‘lishi kerak.

10.2.4. Chet el fuqarosida IIR bo‘lmasa, O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini tasdiqlovchi hujjatda IIR ma’lumotlari qo‘shimcha ravishda ko‘rsatiladi;

10.2.5. G‘olib tomonidan imzolangan Sovrinni topshirish dalolatnomasi fotosurati/skanerlangan nusxasi, Sovrinni topshirish dalolatnomasining imzolangan asl nusxasini sovrin yutib olingandan keyin kuryerga topshirish yo‘li bilan taqdim etish;

10.2.6. G‘olib tomonidan imzolangan shaxsga doir ma’lumotlarni Tashkilotchiga topshirishga Rozilikning fotosurati/skanerlangan nusxasini, keyinchalik Rozilikning imzolangan asl nusxasini G‘olib tomonidan Sovrin olinayotganda kuryerga topshirish yo‘li bilan taqdim etish.

10.3. Ushbu Qoidalarning shartlariga rioya qilmagan Aksiya G‘olibi Sovrinlarni (Haftalik va (yoki) Asosiy) olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bunday holda, Aksiya Buyurtmachisi bunday Sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi.

10.4. Agar ma’lumotni aniqlashtirish/hujjatlarni olish zarur bo’lsa, G‘olibdan zarur ma’lumotlar (hujjatlar) olingan kundan boshlab hamda Aksiya G‘olibi ushbu Qoidalarning barcha shartlarini bajargan bo‘lsa, Aksiyaning Haftalik /Asosiy Sovrinlari G‘olibga ushbu Qoidalarning 10.2.2-bandiga muvofiq u tomonidan ko‘rsatilgan joriy yashash manzili bo‘yicha kuryerlik xizmati (Tashkilotchining tanloviga ko‘ra) orqali, Tashkilotchi hisobidan Aksiyaning bunday Ishtirokchisi G‘olib deb e’tirof etilgan kundan boshlab 15 (o‘n besh) kun ichida yuboriladi.

10.5. Aksiya Ishtirokchisi quyidagi hollarda, ushbu holatlar qachon ma’lum bo‘lganligidan qat’i nazar, hech qanday badalsiz, shu jumladan pul ko‘rinishidagi badalsiz tegishli sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi:

10.5.1. agar Aksiya Ishtirokchisi unga tegishli sovrin topshirilgunga qadar ushbu Qoidalarni buzgan deb topilsa;

10.5.2. agar Aksiya Ishtirokchisi og‘zaki yoki yozma ravishda elektron aloqa vositasi orqali sovrinni olishdan bosh tortganligini bildirsa;

10.5.3. Aksiya Ishtirokchisini aniqlashning iloji bo‘lmaganda;

10.5.4. bunday G‘olib bilan bog‘lanishdagi 3 (uch) marta muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin;

10.5.5. agar G‘olib o‘zining shaxsga doir ma’lumotlarini Tashkilotchiga taqdim etishdan bosh tortsa;

10.5.6. G‘olib belgilangan muddatda ushbu Qoidalarning 10.2-bandda ko‘rsatilgan barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda.

10.6.    Buyurtmachi/Tashkilotchining sovrinlarni topshirish majburiyatlari tegishli sovrinlar jo‘natish uchun taqdim etilgan paytdan boshlab bajarilgan hisoblanadi. Buyurtmachi/Tashkilotchi kuryerlik xizmatining harakatlari/harakatsizligi uchun javobgar emas.

10.7.    Sovringa egalik huquqi G‘olibga bunday sovrin topshirilgan paytdan boshlab o‘tadi, Aksiya G‘olibi o‘ziga tegishli Aksiya yutug‘ini tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq barcha choralarni mustaqil ravishda amalga oshiradi.

10.8.    Agar Buyurtmachi/Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra 2022-yil 30-dekabrgacha Aksiya G‘olibiga Sovrinni yuborish yoki u tomonidan Sovrinni qabul qilish imkoni bo‘lmasa, shu jumladan, boshqa va quyida keltirilgan holatlarda:

- G‘olib tomonidan elektron pochta manzilini o‘chirilishi yoki elektron pochta manziliga kirish huquqining yo‘qotilishi;

- G‘olib tomonidan elektron pochta manzilining noto‘g‘ri kiritilishi;

- kompyuter tizimlari , pochta serverlari, Internet-provayder tarmog‘idagi to‘xtalishlar, nosozliklar, xatolikar;

- internetdagi to‘xtalishlar, nosozliklar va xatolikar;

- internet, elektr energiyasining yetishmasligi/bloklanishi;

- Aksiya G‘olibining pochta manzillari ko‘rsatilgan pochta aloqasi xizmatlari va (yoki) saytlarni davlat organlari tomonidan bloklanishi, ularni ekstremistik va (yoki) terroristik deb topilishi Aksiyaning bunday Sovrini talab qilinmagan deb topiladi, tegishli G‘olib tomonidan qayta talab qilinmaydi va Aksiya Buyurtmachisi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etiladi.

10.9. Aksiya ishtirokchilari butun Aksiya davrida o‘z mobil raqamlariga kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va matnli xabarlar orqali ulanishga imkoniyatni yaratishda javobgardir.

10.10. Aksiya Sovrinini olish huquqi Aksiya G‘olibi tomonidan uchinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin emas.

10.11. Yutilgan sovrinni Aksiyaning boshqa sovrinlari bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi (ushbu Qoidalarning 7.5. bandi bundan mustasno). Sovrinlar o‘rniga ekvivalent miqdordagi pul to‘lanmaydi. Haftalik va (yoki) Asosiy sovrinlari pul yoki boshqa muqobil  vositalarga almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar qaytarib berilishi mumkin emas.

10.12.  Aksiya sovrinlari soni cheklangan va ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan miqdorni tashkil qiladi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinlar berish majburiyatlari ushbu Qoidalarning 7.2-bandi, 7.3-bandi va 7.4-bandida ko‘rsatilgan Sovrin jamg‘armasining umumiy miqdori bilan cheklanadi. Shu munosabat bilan, Aksiya Ishtirokchisi hech qanday badal, shu jumladan pul ko‘rinishidagi badalni talab qila olmaydi.

10.13. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasi 2-qismi 14-bandiga muvofiq, 15 kundan ortiq davom etgan ommaviy oferta bo‘yicha Aksiyada ishtirok etish doirasida sovrinni olgan Ishtirokchi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lamaydi. Aksiya sovrinlarini olish munosabati bilan G‘oliblar yuzaga keladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash Aksiya Operatori tomonidan soliq agenti sifatida O‘zbekiston Respublikasining soliq qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

10.14. Aksiya Sovrinini olish, egalik qilish va tasarruf etish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi (yoki) boshqa davlatlar byudjetiga boshqa to‘lovlarni, yig‘imlarni, soliqlarni, komissiya va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash bevosita G‘olib tomonidan amalga oshiriladi.


11. XARAJATLAR. JAVOBGARLIKNING CHEKLANISHI

11.1. Tashkilotchi ham, Buyurtmachi ham, Texnik hamkor ham quyidagilar uchun javobgar emas:

11.1.1. Ishtirokchilar tomonidan Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinlarni olish bilan bog‘liq majburiyatlarning bajarilmasligi (o‘z vaqtida bajarmasligi);

11.1.2. Ishtirokchilarni Aksiya qoidalari bilan, shuningdek, Aksiya natijalari bilan tanishtirmaslik;

11.1.3. Ishtirokchilardan xatlar, qo‘ng‘iroqlar va/yoki elektron xabarlar, shu jumladan pochta aloqasi, aloqa tashkilotlari aybi bilan, Aksiya davomida foydalanilgan Internet va/yoki aloqa kanallarida texnik nosozliklar va/yoki firibgarlik natijasida kelib tushmasligi;

11.1.4. Ishtirokchilardan Sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va/yoki ma’lumotlarni olmaslik (o‘z vaqtida olmaslik);

 

11.1.5. Ishtirokchilardan Aksiyani o‘tkazish va Sovrinlarni topshirish uchun zarur bo‘lgan shaxsga doir, aloqa va/yoki boshqa ma’lumotlar to‘liq bo‘lmagan, noto‘g‘ri ko‘rinishda olish;

11.1.6. Aksiya Tashkilotchisining aybisiz yuzaga kelgan uyali aloqa operatorlari, Internet-provayderlarning texnik to‘xtalishlari, nosozliklari, profilaktika ishlari va hokazolar uchun;

11.1.7. Aksiyada ishtirok etish va (yoki) Sovrinni olish bilan bog‘liq Ishtirokchi tomonidan yetkazilgan har qanday xarajatlar va (yoki) zararlar uchun.

11.1.8. yengib bo‘lmas kuch oqibatida (fors-major), shu jumladan COVID-19 tufayli favqulodda holat va/yoki sanitariya-epidemiologik cheklovlar/taqiqlar joriy etilganda.

11.2. Aksiyaning barcha Ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha har qanday xarajatlarni (shu jumladan, Internetdan foydalanish, Aksiya haqida har qanday ma’lumotni olish, Aksiya mahsulotini sotib olish va boshqalar bilan bog‘liq xarajatlarni) mustaqil ravishda to‘laydilar.

11.3. Aksiya Tashkilotchisi va (yoki) Buyurtmachisi va Texnik hamkori Aksiya sovrinlariga bo‘lgan huquq bilan bog‘liq har qanday nizolar uchun javobgar emas. Qanday holat bo‘lmasin, nizolar bo‘yicha yakuniy qaror Buyurtmachi tomonidan qabul qilinadi va bunday qaror bo‘yicha shikoyat bildirib bo‘lmaydi.

11.4. Egalik, mobil telefon raqami, elektron pochta manzili, Aksiya mahsuloti, chek bo‘yicha uchinchi shaxslar bilan nizolar yuzaga kelsa, na Tashkilotchi, na Buyurtmachi va na Texnik hamkor ularni hal qilishda ishtirok etadi. Bunday barcha nizolar nizolashayotgan tomonlar o‘rtasida mustaqil ravishda va o‘z mablag‘lari hisobidan hal qilinadi.


12. SHAXSGA DOIR MA‘LUMOTLAR

12.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan, xususan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 21 iyundagi O‘RQ-547-son «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni va ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda va hajmda aniq va haqiqiy (ishonchli) ma’lumotlarni ko‘rsatishga, shuningdek, o‘z xohishiga ko‘ra va o‘z manfaatlarini ko‘zlab Tashkilotchi, Buyurtmachi va Texnik hamkorning  ishonchli vakillariga taqdim etilgan shaxsga doir va boshqa ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, uzatish, shu jumladan transchegaraviy, foydalanish, saqlashga roziligini bildiradi.

Aksiya ishtirokchilarining shaxsga doir ma’lumotlari ularga uchinchi shaxslarning kirishini cheklaydigan darajada ishonchi himoyalangan bo‘lishi kerak.

12.2. Aksiya G‘olibi Aksiyada ishtirok etish orqali Tashkilotchi, Buyurtmachi va ularning ishonchli vakillariga o‘zining shaxsga doir ma’lumotlari, oldindan yozma roziligi bilan, fotosuratlari, intervyulari, telefon raqamlari, e-mail va (yoki) u haqidagi boshqa materiallardan Buyurtmachining reklama va marketing maqsadlarida foydalanishi uchun rozilik beradi, bundan tashqari, quyidagilar ham shular sirasiga kiradi: Buyurtmachi, Tashkilotchi va ularning ishonchi vakillariga Ishtirokchining ma’lumotlari va materiallarini hudud, vaqt va foydalanish usullari bo‘yicha cheklovlarsiz ommaviy axborot vositalarida, istalgan bosma nashrlarda e’lon qilish huquqi beriladi; bunday foydalanish uchun Aksiya Tashkilotchisi yoki Buyurtmachisi tomonidan Ishtirokchiga hech qanday tarzda to‘lov amalga oshirilmaydi (qoplanmaydi).

12.3. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi amal qilish muddati cheklamagan holda Buyurtmachi, Tashkilotchi va ularning ishonchli vakillari tomonidan SMS xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (pochta jo‘natmalarini) kelgusida o‘z mobil telefoni raqamiga, e-mail manziliga qabul qilinishiga roziligini beradi.

12.4. Ishtirokchi istalgan vaqtda oreo.promo2022@gmail.com elektron pochta manziliga yozma xabar yuborish orqali ushbu ma’lumotni olishni rad etishga haqli.

12.5. Ishtirokchilar Aksiya o‘tkazilishi maqsadida ular tomonidan ixtiyoriy ravishda taqdim etilgan shaxsga doir va boshqa ma’lumotlar Tashkilotchi, Texnik hamkor va/yoki Operator tomonidan qayta ishlanishiga, shuningdek, ularning ishonchli vakillari tomonidan ma‘lumotlarni qayta ishlashning avtomatlashtirilgan vositalaridan foydalangan holda qayta ishlanishiga rozilik beradilar.

12.6. Ishtirokchi istalgan vaqtda Qoidalarning 12.2-bandida ko‘rsatilgan roziligini bekor qilishga haqli. Ishtirokchi, Tashkilotchi, Buyurtmachi va ularning ishonchli vakillari tomonidan rozilikni bekor qilish to‘g‘risida bildirishnoma olingan kundan boshlab bunday Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishni to‘xtatish va shaxsga doir ma’lumotlarni yo‘q qilish o‘n ish kunidan oshmasligi kerak. Shu bilan birga, Ishtirokchining Aksiyada kelgusida ishtirok etishiga va Aksiya Sovrinlarini olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

12.7. Shaxsga doir va boshqa ma’lumotlarni qayta ishlash, yig‘ish, uzatish, shu jumladan transchegaraviy, foydalanish, saqlashga Aksiya Ishtirokchisi tomonidan rozilik Aksiya boshlangan kundan boshlanadi va 20.01.2023-yilgacha bo‘lgan davr uchun taqdim etiladi. Aksiya Ishtirokchilarining shaxsga doir va boshqa ma’lumotlari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq maxfiylik asosida Qoidalarning ushbu bandida ko‘rsatilgan muddat tugagunga qadar saqlanadi va qayta ishlanadi, shundan so‘ng Ishtirokchilarning ma’lumotlari Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi tomonidan yo‘q qilinishi kerak.


13. BOSHQA SHARTLAR

13.1. Aksiyada ishtirok etish orqali:

13.1.1. Ishtirokchi Aksiyada qatnashish uchun barcha Qoidalar va shartlar bilan tanishganligini hamda ularga to‘liq va so‘zsiz roziligini tasdiqlaydi.

13.1.2. G‘olib Tashkilotchi va (yoki) Buyurtmachi tomonidan unga haq to‘lamasdan, «Oreo» tovar belgisi Aksiyasini reklama qilish va (yoki) e’lon qilish maqsadida uning surati, intervyulari va o‘zi ishtirokidagi boshqa foto va boshqa materiallardan foydalanishga o‘z roziligini bildiradi.

Ishtirokchi Tashkilotchiga bunday materiallardan ommaviy reklama yoki Aksiya (shuningdek ) va uning natijalarini, shuningdek «Oreo» savdo belgisi ostida, e’lon qilish maqsadida efirga uzatish, ommaviy namoyish qilish va boshqa mutlaq bo‘lmagan mualliflik huquqlaridan foydalanish huquqini beradi.

13.1.3. Tashkilotchi Ishtirokchiga tegishli materiallarni ommaviy axborot vositalarida, Saytda, Internetda joylashtirishdan oldin Ishtirokchi bilan oldindan yozma kelishilgan holda tahrir qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

13.2. Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra, Ishtirokchilarga sabablarini tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalar olin bormasdan Aksiya Ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topishga, shuningdek, Aksiyada ularning keyingi ishtirok etishni taqiqlash, Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi yoki ma’lumotlarning har qanday soxtalashtirilishdan foyda olishga harakati bo‘yicha Tashkilotchida asosli shubhalar mavjud bo‘lgan har qanday shaxsga Sovrinni topshirmaslikka haqli.

13.3. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi amal qilish muddati cheklamagan holda, Buyurtmachidan, ularning ishonchli vakillaridan kelgusida uning mobil telefon raqamiga, elektron pochta manziliga matnli xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (pochta jo‘natmalarini) olishga rozilik beradi.

Ishtirokchi istalgan vaqtda mdlz.consumer@mdlz.com elektron pochta manziliga tegishli yozma xabar yuborish orqali yuqdorida qayd etilgan ma’lumotlarni olishni rad etishga haqli.

13.4. Ushbu Qoidalarni bir xil talqin qilish bo‘yicha norozilik yuzaga kelganda, har qanday nizoli masalalar va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan boshqa masalalar bo‘yicha yakuniy qaror Buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq qabul qilinadi. Barcha da’vo va shikoyatlar Buyurtmachi tomonidan qabul qilinadi.

13.5. Ushbu Qoidalarda nazarda
tutilmagan boshqa barcha holatlar bo‘yicha Aksiya
Tashkilotchisi/Buyurtmachisi/Texnik hamkori va Ishtirokchilar O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.