So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Yandex Plus & Korzinka” REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH TARTIBI

Aksiyalar

30 oktyabr 2023

“Yandex Plus & Korzinka” REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH TARTIBI

Aksiyalar

30 oktyabr 2023

1. “Yandex Plus & Korzinka” REKLAMA AKSIYASI noma’lum odamlar doirasida Korzinka chakana savdo tarmog‘iga nisbatan ijobiy munosabat va iste’mol talabini oshirish, shuningdek savdo hajmini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Aksiya lotoreya, qimor hisoblanmaydi, Ishtirokchilardan aksiyada qatnashish uchun to‘lov talab etilmaydi.

 

2. AKSIYA TASHKILOTCHILARI HAQIDA MA’LUMOTLAR

2.1. Aksiya tashkilotchisi (keying o‘rinlarda – “Tashkilotchi”): “ANGLESEY FOOD” MCHJ XK, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan yuridik shaxs, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 120-uyda joylashgan, pochta indeksi: 100015.

 

3. AKSIYA O‘TKAZILISH MUDDATI

3.1. Aksiya o‘tkazilish muddati: 2023-yil 1-oktyabrdan 2023-yil 30-noyabrgacha (shu kunni ham hisobga olganda) (keying o‘rinlarda – “Aksiya muddati” yoki “Aksiya davri”).

3.2. Aksiya G‘oliblarini aniqlash muddati: 2023-yil 19-dekabr (shu kunni ham hisobga olganda), amaldagi Aksiya o‘tkazilish tartibi 9.2. bandida ko‘rsatilgan Sovrinlar o‘yinlarini o‘tkazish jadvaliga asosan.

3.3. Aksiya g‘oliblariga sovrinlarni taqdim etish muddati: 2024-yil 9-yanvargacha (shu kunni ham hisobga olganda).

3.4. Amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqtiga muvofiq belgilanadi.

 

4. HUDUDLAR, PROMO-SAYT VA MA’LUMOTLARNI YETKAZISH TARTIBI

4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, “Korzinka” DISKONT va “Smart” do‘konlarida doirasida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uyda joylashgan, franshiza asosida faoliyat yurituvchi “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno.

4.2. Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar) Ishtirokchilarni xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

1) Aksiya Tashkilotchisi rasmiy internet sahifasida https://korzinka.uz/ (yuqorida, shu yerda va keyingi o‘rinlarda – “Sayt”)

2) Tashkilotchi belgilagan boshqa yo‘llar orqali

3) Aksiya bo‘yicha savollar yuborish uchun elektron pochta: info@korzinka.uz.

4.3. Tashkilotchi istalgan vaqt Aksiya shartlarini o‘zgartirish va/yoki qo‘shimcha kiritish, muddatidan oldin tugatish, Aksiya haqida qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilish huquqiga ega. Aksiya ma’lumotlari va uning shartlarini o‘zgartirish va/yoki qo‘shimcha kiritirilishi Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi saytida e’lon qilingan taqdirdagina amal qiladi.

4.5. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma yoki boshqa turda muloqotga kirmaslik huquqini saqlab qoladi. Amaldagi Qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi, va munozarali vaziyatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.

 

5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

5.1. Aksiyada 18 yoshga toʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi va roʻyxatdan o‘tgan, o‘zini o‘zi boshqara oladigan jismoniy shaxslar, 9.1 bandda ko‘rsatilgan barcha hujjatlar mavjud bo‘lgan taqdirda ishtirok etishlari mumkin.

5.2. Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi:

• Tashkilotchi ishchilari;

• Aksiya Tashkilotchisi ishonchli vakillari;

• Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatda bo‘lgan va Aksiyani tashillashtirish va (yoki) o‘tkazish, aksiya mahsuloti savdosi bilan bog‘liq ishchi va uchinchi shaxs vakillari;

• Yuqoridagi shaxslarning yaqin qarindoshlari, to‘laqonli va to‘laqonli bo‘lmagan (umumiy otasi yoki onasi bo‘lgan) aka-uka va opa-singillari;

• Amaldagi Aksiya shartlarini bajarmagan shaxslar.

5.3. Aksiyada amaldagi Qoidalarning 7.1., va boshqa bandlariga mos kelmaydigan shaxslarning ishtirok etish fakti aniqlangan hollarda, Tashkilotchi ushbu shaxslarga Aksiyada ishtirok etishda va/yoki sovrinni olishda rad etish huquqiga ega.

 

6. AKSIYA SOVRINLAR JAMG‘ARMASI

6.1. Aksiya sovrinlar jamg‘armasi Tashkilotchi pul mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi, o‘z ichiga Haftalik sovrinlar, Asosiy sovrin (shu yerda, yuqorida va keyingi o‘rinlarda – “Aksiya sovrinlari”)ni o‘z ichiga oladi.

Aksiya umumiy sovrinlar soni cheklangan.

6.2. Kafolatlangan sovrinlar:

- Yangi foydalanuvchilar uchun “Яндекс Плюс” oilaviy obunasi

6.3. Asosiy sovrin:

- Korzinkadagi xaridlar uchun 10 000 000 nominallik sertifikat – Butun Aksiya muddati davomida 5 (besh) dona.

6.4. Tashkilotchi Aksiya Sovrinlar jamg‘armasini, jumladan soni, to‘plami, turi va sovrinlarning boshqa jihatlarini o‘zgartirish, shuningdek Aksiyaga amaldagi Qoidalarda (Oferta)keltirib o‘tilmagan sovrinlarni qo‘shish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

6.5. Aksiya sovrinlari tashqi ko‘rinishi, o‘lchami, sur’ati, qadoq rangi va boshqa jihatlari reclama materiallarida ko‘rsatilgan rasmlardan, yoki Ishtirokchilarning shaxsiy tasavvuridan farq qilishi mumkin. Aksiyada taqdim etiladigan mahsulotlarning sifatliligi ishlab chiqaruvchi zimmasida.

6.6. Tashkilotchi tomonidan sovrin o‘rniga pul ekvivalenti berilmaydi, Boshqa sovringa almashtirib berilmaydi.

 

7. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

8.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi amaldagi Qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan Aksiya muddati davomida quyidagi amallar ketma-ketligini bajarishi lozim:

- 4.1. bandda keltirilgan chakana-savdo tarmog‘ining Korzinka, Korzinka DISKONT va Smart istalgan do‘konlarining cheklarida ko‘rsatilgan QR-kodni skanerlash

Сайт.png

- KORZINKAPLUS promokodini kiritish

- Ro‘yxatdan o‘tish

- Yandex Plus obunasiga ega bo‘lish*

- Avtomat tarzda Bosh sovrin o‘yini ishtirokchisiga aylanish

 

*Yandex Plus obunasi shartlari: 90 kunlik obuna bepul, keyinchalik oilaviy obuna avtouzaytirilishi – 24 999 so‘m / oyiga. Faqat Yandex Plus faol obunasiga ega bo‘lmaganlar uchun. Faollashtirish imkoniyati: 31.12.2023-yil oxirigacha.

7.2. Amaldagi Qoidalarning 7.1. bandida keltirilgan barcha shartlarni bajargan shaxs Avtomat tarzda aksiya ishtirokchisiga aylanadi.

 

8. AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASH

8.1. Butun aksiya o‘tkazilish muddati davomida Tashkilotchi tomonidan amaldagi Qoidalarning 8.2. bandida ko‘rsatilgan Aksiya sovrinlari o‘yinlari jadvali (keyingi o‘rinlarda – “Sovrinlar o‘yinlari jadvali”)ga muvofiq:

- 1 (bir) marta Asosiy sovrin o‘yini ( keyingi o‘rinlarda – “Asosiy o‘yin”) o‘tkaziladi.

8.2. Butun ro‘yxatdan o‘tish muddati davomida aksiya ishtirokchilari bazasiga Aksiya ishtirokchilari shaxsiy ma’lumotlari (FISH, telefon raqami) kiritiladi.

*Shaxsiy ma’lumotlar (FISH, telefon raqami) mavjud bo‘lmagan taqdirda, ishtirokchi sovrinlar o‘yiniga kiritilmaydi.

Asosiy sovrin g‘olibi quyida ko‘rsatilgan “Sovrinlar o‘yinlari jadvali”da ko‘rsatilgan muddatlarda amaldagi Qoidalarning 8 bo‘limida keltirib o‘tilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar orasida, Aksiya Tashkilotchisining https://instagram.com/korzinkauz?igshid=MzRlODBiNWFlZA== Instagram ijtimoiy tarmog‘ida random.org kompyuter dasturi yordamida random tarzda aniqlanadi. O‘yin natijalari Korzinka chakana-savdo tarmog‘ining rasmiy saytida, “Aksiya g‘oliblari” https://korzinka.uz/news bo‘limida e’lon qilinadi.

 

Aksiya o‘tkazilish muddati

(Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

G‘oliblarni aniqlash sanasi (Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

Sovrinlar soni va turi

10.10.2023-yil soat 00:00 dan 30.11.2023-yil soat 23:59 gacha

19.10.2023-yil

Bosh sovrin – Korzinka supermarketlar tarmog‘i 10 000 000 (O‘n million) nominallik sovg‘a sertifikati - 5 (besh) dona

 

*Aksiya sovrinlari o‘yini Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarning yuzaga kelishi hollarida o‘zgartirilishi mumkin.

 

8.3. Asosiy sovrin o‘yini o‘tkaziladigan kun Tashkilotchi Asosiy G‘olib (keyingi o‘rinlarda - “Asosiy G‘olib” va/yoki “G‘olib”) va Zaxiradagi (Alternativ) g‘olib (keyingi o‘rinlarda – “Zaxiradagi g‘olib”)ni aniqlaydi. Asosiy g‘oliblar soni har bir o‘yin doirasida o‘ynalayotgan Sovrinlar soniga mos bo‘lishi kerak;

Har bir o‘yinda zaxiradagi g‘oliblar soni quyidagilarni tashkil etadi:

- Asosiy o‘yin – 5 (besh) nafar ishtirokchilar.

Tashkilotchi Asosiy g‘olib bilan bog‘lanish imkoniyati bo‘lmagan yoki Asosiy g‘olib tomonidan Aksiya shartlarining buzilishi yoki Asosiy g‘olibning Aksiya shartlariga boshqacha mos kelmasligi hollari uchun Zaxiradagi g‘oliblarni aniqlaydi.

Aksiya tashkilotchisi Zaxiradagi g‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan Ishtirokchilar ismini oshkor qilishga majbur emas.

8.4. G‘oliblar Aksiya Tashkilotchisining +998 78 888 14 14 telefon raqamidan 7.1. bandga muvofiq KORZINKAPLUS promokodini faollashtirishda biriktirilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilinishi orqali xabardor qilinadilar.

Asosiy g‘olib telefoni aloqadan tashqarida bo‘lsa, yoki Asosiy g‘olib Tashkilotchi tomonidan Asosiy g‘olib aniqlangan vaqtdan boshlab 48 soat ichida 3 marta qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, yoki Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan istalgan turdagi texnik muammolar yuzaga kelsa, shuningdek Asosiy g‘olib Tashkilotchi tomonidan shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik bermagan hollarda, Asosiy g‘olib hech qanday baxs va munozaralarsiz sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum etiladi, g‘olib Ariza esa Tashkilotchi tomonidan bekor qilinadi. Bunday hollarda Sovrin Zaxiradagi g‘olibga o‘tkaziladi.

8.5. 7.1. bandga muvofiq KORZINKAPLUS promokodini faollashtirishda ko‘rsatib o‘tilgan Ishtirokchining telefon raqami amaldagi Qoidalarning 3 bo‘limida ko‘rsatilgan Butun Aksiya o‘tkazilish muddati davomida Ishtirokchida saqlanishi kerak. Ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tkazgan telefon raqamining uchinchi shaxslarga berishi, ro‘yxatdan o‘tkazgan telefon raqamini o‘zgartirishi hollarida G‘olib sovrinni qo‘lga kiritish imkoniyatidan mahrum etiladi. Boshqa telefon raqam orqali qayta ro‘yxatdan o‘tishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

9. SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI/TARTIBI

9.1. G‘olib shaxsini tasdiqlovchi hujjat (amaldagi fuqarolik pasporti/ID)ning asl nusxasi taqdim etilib, hujjatdagi ma’lumotlarning Korzinka jismoniy kartasi yoki Korzinka ilovasida virtual kartani ro‘yxatdan o‘tkazishda ko‘rsatilgan ma’lumotlarga to‘liq mos kelishi, shuningdek Aksiyamahsuloti xarid qilingan Korzinka jismoniy yoki virtual kartasining taqdim etilgandagina G‘olib Sovrinni olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.G‘olib pasportida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), G‘olibning hozirda amaldagi doimiy (vaqtinchalik) istiqomat qilish manzilining to‘liq manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. G‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (amaldagi fuqatolik pasporti/ID-karta)da STIR va/yoki amalda istiqomat qilayotgan doimiy (vaqtinchalik) manzili haqida to‘liq ma’lumotlar bo‘lmasa, G‘olib STIR va amalda istiqomat qilayotgan doimiy (vaqtinchalik) manzili haqidagi ma’lumotnoma/tasdiqlovchi hujjatni alohida taqdim etadi.

9.2. G‘olib Aksiya sovrinlari o‘yinlari yakunlangan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida Sovrinni olib ketmasa, Tashkilotchi ushbu Sovrinni bekor qilish huquqiga ega.

9.3. G‘olib rasmiylashtirish/sovrinni olish vaqtida g‘olibning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan barcha hujjatlarni (rasmiylashtirish / Sovrinni olish uchun talab etiladigan) imzolashi, shuningdek Tashkilotchiga (rasmiylashtirish / Sovrinni olish uchun talab etiladigan) barcha talab etiladigan hujjatlarning nusxalari yoki aslini taqdim etishi talab etiladi.

9.4. Aksiya g‘olibining sovrinni olish vaqtida talab etiladigan hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik jihatdan talab etiladigan harakatlarni bajarishdan, jumladan talab etiladigan hujjatlarni, jumladan ammo shu bilan cheklanibgina qolmay, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortishi G‘olibning Sovrinni olishdan bosh tortganligiga tenglashtiriladi.

9.5. G‘olib amaldagi Qoidalardagi Sovrinni olish tartibida keltirib o‘tilgan barcha shart va talablarni bajarmaganligi taqdirda Tashkilotchilar G‘olibga sovrinni taqdim etishda rad javobini berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

9.6. Sovrin G‘olibga Aksiya sovrinlari o‘yinlari o‘tkazilgandan so‘ng, 7 (yetti) ish kunidan kech bo‘lmagan muddatda taqdim etiladi. Ish kunlari dushanbadan jumagacha, shu kunni ham hisobga olganda, bo‘lgan kunlar hisoblanadi. Sovrinlar dushanbadan juma kuni oxirigacha, soat 09:00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha (dam olish kunlari va O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan davlat bayramlari kunlaridan tashqari) taqdim etiladi.

9.7. Har haftalik sovrinlarni taqdim etish joyi va manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Askiya ko‘chasi, 25-50.

9.8. Asosiy sovrinni pul yoki boshqa ekvivalentga almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar almashtirib berilmaydi va qaytarib olinmaydi.

9.9. Amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilgan talablarni bajarmagan Aksiya g‘oliblari Sovrinni qo‘lga kiritish huquqidan mahrum etiladilar. Bunday hollarda Aksiya Tashkilotchisi ushbu Sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi.

9.10. Aksiya g‘olibi quyidagi holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu holatlarning qachon va qaysi vaqt yuzaga kelganligidan qat’iy nazar hech qanday, jumladan pul ko‘rinishidagi kompensatsiya to‘lovisiz sovrinni qo‘lga kiritish huquqidan mahrum etiladi:

9.10.1. Aksiya g‘olibi unga sovrinni taqdim etishdan oldin amaldagi Qoidalarni buzgan deb topilsa;

9.10.2. Aksiya g‘olibi yozma yoki og‘zaki tarzda elektron yoki boshqa aloqa vositalari yordamida sovrinni olishdan bosh tortishi / rad etishini ma’lum qilsa;

9.10.3. Aksiya g‘olibini identifikatsiya qilishning imkoniyati bo‘lmasa;

9.10.4. G‘olib bilan 48 soat ichida 3 (uch) marta bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan bo‘lsa;

9.10.5. G‘olib shaxsiy ma’lumotlarini Tashkilotchiga taqdim etishdan bosh tortsa;

9.10.6. G‘olib amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilgan ma’lumot va hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etishdan bosh tortsa.

9.11. Sovrin G‘olibga taqdim etilgan kundan boshlab ushbu sovrindan foydalanish huququqi to‘liq g‘olibga o‘tadi. Aksiya g‘olibi unga taqdim etilgan Aksiya sovrinidan foydalanish uchun harakatlarni mustaqil belgilaydi.

9.12. Aksiya sovrinlari o‘yinlari yakunlangan kundan boshlab 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida Aksiya g‘olibi tomonidan sovrinni yuborish/olishning imkoni bo‘lmagan, Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan, quyidagi ammo shu bilan chegaralanib qolmay, hollarda:

- 7.1. bandga muvofiq KORZINKAPLUS promokodini faollashtirishda Ishtirokchi/G‘olibga biriktirilgan mobil telefoni raqamiga bo‘lgan huquqi bekor bo‘lgan bo‘lsa;

- kompyuter tizimlari, pochta serverlari, internet-provayderlari tarmoqlarida uzilish, nosozlik va xatoliklar yuzaga kelganligi;

- internet, elektroquvvatning yo‘qligi/chegaralanganligi;

- aksiya g‘olibining pochta xizmatlari va( yoki) pochta manzillari mavjud saytlarning davlat hokimiyati tomonidan bloklanganligi, ularning ekstremistik va(yoki) terroristik deb topilganligi;

ushbu Aksiya g‘olibining sovrini da’vo qilinmaydi deb hisoblanadi va ushbu G‘olib tomonidan qayta da’vo qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi va Aksiya Tashkilotchisining o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etiladi.

9.13. Tashkilotchi internet-provayderlarning faoliyati pochta, kuryer va boshqa xizmatlarning istalgan turdagi xatoliklari natijasida pochta va elektron xabarlarning kelmasligi, kechikib kelishi, yo‘qotilganligi yoki zararlanganligi uchun javobgar hisoblanmaydi.

9.14. Aksiya ishtirokchilari butun Aksiya o‘tkazilishi davrida ularning mobil telefon raqamlari kirish qo‘ng‘iroqlari va kirish xabarlari qabul qilishini ta’minlash uchun javobgarlar.

9.15. Aksiya G‘olibi Aksiya Sovrinini olish huquqini uchinchi shaxsga taqdim eta olmaydi. Qo‘lga kiritilgan sovrinni boshqa sovringa almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinni pul ekvivalentiga almashtirish mumkin emas.

9.16. Aksiya sovrinlari soni cheklangan va amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan raqamni tashkil etadi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinni topshirish mas’uliyati amaldagi Qoidalarning 6.2. va 6.3. bandlarida ko‘rsatilgan Sovrinlar umumiy soni bilan cheklangan. Shu sababli Aksiya ishtirokchisi hech qanday kompensatsiya, jumladan pul talab etishi mumkin emas.

9.17. Aksiya sovrinini qo‘lga kiritgan g‘olibda yuzaga keladigan shaxsiy daromad solig‘i to‘lovi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qonunchiligiga muvofiq Tashkilotchi tomonidan o‘z hisobidan soliq agenti sifatida mustaqil to‘lab beriladi. Sovrinni qo‘lga kiritgan g‘oliblarni soliqqa tortish O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi talablari asosida amalga oshiriladi.

9.18. G‘olibda sovrinni qo‘lga kiritish, egalik qilish va foydalanish bilan bog‘liq yuzaga keladigan boshqa turdagi: O‘zbekiston Respublikasi g‘aznasiga yig‘im, komissiya va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar G‘olib tomonidan mustaqil to‘lanadi.

 

10. XARAJATLAR

10.1. Aksiya barcha ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va istalgan xarajatlarni mustaqil qoplaydilar (jumladan va shu bilan cheklanib qolmay, mobil aloqa operatorlar, Internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanganlik, Aksiya haqida istalgan ma’lumotni olish, aksiya mahsulotini xarid qilish va h.k. bilan bog‘liq xarajatlar).

 

11. MAS’ULIYATNI CHEKLASH

11.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi:

11.1.1. Ishtirokchilarning Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinni olish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmasligi (vaqtida bajarmasligi);

11.1.2. Ishtirokchilarning Aksiya Qoidalari va Aksiya o‘tkazish natijalari bilan tanishib chiqmaganligi;

11.1.3. Ishtirokchilar tomonidan turli sabablarga ko‘ra, jumladan pochta xizmati, aloqa tashkiloti xatoligi, Aksiya o‘tkazishda foydalanilayotgan internet tarmog‘i va/yoki aloqa kanallaridagi nosozlik va/yoki firibgarliklar natijasida xat, qo‘ng‘iroq va/yoki elektron xabarlarning kelib tushmasligi;

11.1.4. G‘oliblardan sovrinni olish uchun talab etiladigan hujjat va/yoki ma’lumotlarning kelib tushmasligi (vaqtida kelib tushmasligi);

11.1.5. Aksiyani o‘tkazish va Sovrinni taqdim etish uchun zaruriy kontakt va/yoki boshqa ma’lumotlarning noto‘liq va/yoki noto‘g‘ri taqdim etilishi;

11.1.6. Aksiya Tashkilotchisi aybi bilan yuzaga kelmagan, uyali aloqa operatorlari, Internet- provayderlarining istalgan turdagi texnik uzilishlari, nosozliklar, profilaktik ishlash va boshqalar;

11.1.7. Ishtirokchi tomonidan Aksiyada qatnashish va(yoki) Sovrinni olishi bilan bog‘liq xarajat va yo‘qotishlar;

11.1.8. Yengib bo‘lmas kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelgan taqdirda, jumladan COVID-19 bilan bog‘liq favqulodda holat va/yoki sanitar-epidemiologik cheklov/taqiqlarning joriy etilishi;

11.2. Tashkilotchi, Operator Aksiya sovriniga bo‘lgan huquq bo‘yicha hech qanday baxs va munozaralar bo‘yicha javobgar emas. Barcha vaziyatlarda so‘nggi qaror Tashkilotchi tomonidan qaror qabul qilinadi va bunday qaror ustidan shikoyatlar qabul qilinmaydi.

11.3. Tashkilotchi mobil telefon raqamining u yoki bu shaxsga tegishliligi yuzasidan baxsga kirishmaydi. Shu kabi baxslar baxs ikki tomoni o‘rtasida o‘zaro mustaqil va o‘z hisoblari evaziga hal qilinadi.

11.4. Tashkilotchi internet-provayder, uyali aloqa operatorlari faoliyati, pochta, yetkazib berish va boshqa xizmatlarning xatoliklari natijasida pochta va elektron jo‘natmalar yetib bormaganligi, kech yetib borganligi, yo‘qotilganligi yoki zararlanganligi uchun javobgar emas.

11.5. Tashkilotchi Sovrinni g‘olibga topshirgandan keyingi undan foydalanilishi, Aksiya g‘olibining istalgan sababga ko‘ra foydalanish imkoniyatining mavjud emasligi yuzasidan javobgar emas. Sovrin sifati va xizmat qilish kafolati (agar bu nazarda tutilgan bo‘lsa) yuzasidan mas’uliyat ishlab chiqaruvchi zimmasida.

11.6. Sovrindan faqatgina Ishtirokchilargina foydalanishlari mumkin. Sovrin kelishuv yoki to‘lov vositasiga aylantiriladigan vaziyatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

11.7. Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilganlarni hisobga olgan holda, Aksiyada ishtirok etish uchun hujjatlarni soxtalashtirgan yoki soxtalashtirishdan foyda olgan, yoki Aksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsni bezovta qilish, haqorat qilish, tahdid qilish yoki boshqa shaxslarga noqulayliklar keltirib chiqarish maqsadida to‘g‘ri kelmaydigan harakatlarni amalga oshirib, amaldagi Qoidalarni buzgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzgan istalgan shaxsning ishtirok etish uchun arizalarini bekor qilishi, shuningdek amaldagi Aksiyada ishtirok etishni taqiqlash huquqiga ega.

11.8. Tashkilotchi istalgan vaqt Aksiyada firibgarlikni oldini olish maqsadida qo‘shimcha texnik cheklovlar o‘rnatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Biror ishtirokchi tomonidan amaldagi Qoidalarga zid ravishda, vijdonsizlik bilan harakatlar amalga oshirganligi aniqlangan taqdirda, ushbu Ishtirokchining g‘olibligi bekor qilinadi va keyingi aksiya o‘yinlarida ishtirok etishi taqiqlanadi.

11.9. Tashkilotchi aksiyada vijdonan ishtirok etilishini mustaqil, o‘zida mavjud texnik imkoniyatlardan kelib chiqib va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va amaldagi Qoidalarga asosan baholaydi.

11.10. Tashkilotchi tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, istalgan turdagi harbiy holatlar, blokada, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari kabi fors-major holatlari, Aksiya o‘tkazilayotgan hududda qonunchilikning o‘zgarishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda javobgar hisoblanmaydi.

 

12. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

12.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi aniq va amaldagi (ishonchli) ma’lumotlarni taqdim etishga majbur, o‘z xohishi va qiziqishlariga ko‘ra Tashkilotchiga va uning ishonchli vakiliga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, jumladan O‘zR 2019-yil 21-iyundagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsiy ma’lumotlar haqida”gi qonuniga muvofiq Ishtirokchi taqdim etgan shaxsiy va boshqa ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish, jumladan transchegaraviy, foydalanish, saqlashga rozilik beradi.

12.2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida sovrinni qo‘lga kiritish uchun Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda Tashkilotchiga amaldagi Oferta (Qoidalar)da keltirib o‘tilgan ma’lumotlar (jumladan shaxsiy ma’lumotlar)ni taqdim etishi shart.

12.3. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, jumladan ammo shu bilan chegaralanib qolmay, shaxsiy ma’lumotlardan Tashkilotchining hech qanday to‘lovlarsiz, hech qanday hududiy, vaqt va foydalanish uslubida cheklovlarsiz O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan, jumladan Ishtirokchining ismi, familiyasi, rasmi, intervyu va u haqidagi boshqa materiallardan Sovrinni qo‘lga kiritgan taqdirda, shuningdek ma’lumot, xabar (jumladan, reklama turdagi) va h.k. uchun reklama/marketing, jumladan OAV (ismi va rasmi), istalgan bosmaxonalar, audio- va video-materiallar, OAV bilan intervyu marketing va/yoki istalgan boshqa reklama faoliyatida foydalanishiga rozilik beradi va bunday foydalanish hech qanday holatda Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi.

12.4. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlari, jumladan ammo shu bilan chegaralanib qolmay, rasmlar, intervyu, telefon raqam, e-mail va (yoki) o‘zi haqidagi boshqa ma’lumotlardan Tashkilotchining hech qanday to‘lovlarsiz, hech qanday hududiy, vaqt va foydalanish uslubida cheklovlarsiz reklama va (yoki) marketing maqsadlarida foydalanish, Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari va materiallarini OAV, istalgan bosmaxonalar, Internet tarmog‘ida foydalanish huquqini beradi va bunday foydalanish hech qanday holatda Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi.

12.5. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining mobil telefon raqami, e-mailga Tashkilotchi va uning ishonchli vakili tomonidan muddatlarda cheklovlarsiz SMS xabarlar, yangilik va boshqa ma’lumot/reklama xabarlari (yuborilgan) yuborilishiga rozilik beradi.

 

13. BOSHQA SHARTLAR

13.1. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi o‘zining amaldagi Qoidalar bilan to‘liq tanishib chiqqanligi va to‘liq, hech qanday baxs va munozaralarsiz Aksiya o‘tkazilish qoidalari va ishtirok etish shartlari bilan o‘z roziligini bildiradi.

13.2. Aksiya o‘tkazilish qoidalari butun aksiya o‘tkazilishi muddati davomida Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi va /yoki qo‘shimcha kiritilishi mumkin. Tashkilotchi istalgan vaqt bir tomonlama Aksiya shartlari, qoidalari va muddatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek Aksiyani muddatidan oldin yakunlash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalariga kiritiladigan o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi saytida e’lon qilingan taqdirda amal qiladi.

13.3. Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra, unda Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi va istalgan soxtalashtirilgan ma’lumotlardan foyda olayotganligi haqida shubxa-guman paydo bo‘lgan taqdirda, Ishtirokchilarga sababini tushuntirmay va ular bilan yozishmagan holda, Aksiya Ishtirokchilarining istalgan harakatlarini haqiqiy emas deb topishi, shuningdek Aksiyada ishtirok etishda davom etishni taqiqlashi, istalgan shaxsga Sovrinni olishda rad etishi mumkin.

13.6. Amaldagi Qoidalarning bir tomonlama talqin qilinishida muammolar, tushunmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, so‘nggi qaror Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq qabul qilinadi.

13.4. Amaldagi Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlar Tashkilotchi va Aksiya Ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq harakat qiladilar.

13.5. Tomonlar mas’uliyati, shuningdek baxslarni hal qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

13.9. Amaldagi Ommaviy oferta amal qilish muddati – Aksiya o‘tkazish muddati yakunlanguncha.