So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Visa bilan avtomobil yutib oling” aksiyasi qoidalari

Aksiyalar

9 yanvar 2023

“Visa bilan avtomobil yutib oling” aksiyasi qoidalari

Aksiyalar

9 yanvar 2023

UMUMIY QOIDALAR

Amaldagi qoidalar shartnomaning barcha amaldagi shartlarini o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining (keyingi o‘rinlarda – “O‘zR FK”) 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Amaldagi qoidalar ishtirok etish shartlari, G‘oliblarni aniqlash va sovrinni taqdim etish tartibi, shuningdek tashkiliy va “Anglesey Food” mas’uloyati cheklangan jamiyat ko‘rinishidagi xorijiy kompaniya tomonidan tashkillashtirilgan “Visa bilan avtomobil yutib oling” aksiyasini (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya”) o‘tkazish shartlarini o‘z ichiga oladi.
Amaldagi aksiya “Visa” savdo belgisi ostidagi xizmatlarga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish va oshirish maqsadida o‘tkazilayotgan aksiya hisoblanadi. Aksiyada qatnashish orqali ishtirokchilar amaldagi qoidalarni to‘liq qabul qiladilar va rozilik beradilar.

1. Atama va ta’riflar
1.1. Aksiya – “Visa bilan avtomobil yutib oling” reklama aksiyasi.
1.2. Karta – O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan ishlab chiqarilgan va berilgan Visa Classic, Visa Gold, Visa Platinum, Visa Infinite, Visa Signature bank kartalari.
1.3. Aksiya tashkilotchisi - “Anglesey Food” mas’uloyati cheklangan jamiyat ko‘rinishidagi xorijiy kompaniya.
1.4. Aksiya hamkori - Visa International Service Association.
1.5. Aksiya o‘tkazilish muddati – amaldagi Qoidalarning 2.3. bandida ko‘rsatilgan muddat.
1.6. Qoidalar – “Visa bilan avtomobil yutib oling” reklama aksiyasining amaldagi qoidalari.
1.7. Sovrinlar (yoki Aksiya Sovrinlari) – amaldagi Qoidalarning 7-bandida ko‘rsatilgan har haftalik va asosiy sovrin.
1.8. Sayt – https://korzinka.uz/
1.9. Savdo nuqtasi – O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan, karta orqali komissiyasiz to‘lov qilish imkonini beruvchi UzCard, HUMO terminallari bilan ta’minlangan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, “Korzinka” DISKONT va “Smart” do‘konlarida doirasida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uyda joylashgan, franshiza asosida faoliyat yurituvchi “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno.
1.10. Ishtirokchi – amaldagi Qoidalarning 3.1. bandi talablariga javob beruvchi shaxs.
1.11. G‘olib – Sovrinni qo‘lga kiritgan Aksiya Ishtirokchisi.

2. Aksiya o‘tkazilish muddati va joyi:
2.1. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, “Korzinka” DISKONT va “Smart” do‘konlarida doirasida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uyda joylashgan, franshiza asosida faoliyat yurituvchi “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno.
2.2. Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar) Ishtirokchilarni xabardor qilish www.Korzinka.uz saytida
(keyingi o‘rinlarda – “Aksiya sayti”) amalga oshiriladi.
2.3. Aksiya o‘tkazilish muddati – 2023-yil 9-yanvardan 2023-yil 21-mart oxirigacha.
2.4. Aksiya g‘oliblarini aniqlash muddati: amaldagi Qoidalarning 6.1.4. va 6.1.5. bandlarida ko‘rsatilgan Sovrinlar o‘yini jadvaliga muvofiq 2023-yil 30-yanvardan 2023-yil 9-aprel oxirigacha.
2.5. Amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqtiga muvofiq belgilanadi.

3. Aksiya g‘oliblari:
3.1. Aksiyada O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan Visa kartasi bilan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, “Korzinka” DISKONT va “Smart” do‘konlarida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uyda joylashgan, franshiza asosida faoliyat yurituvchi “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno) to‘lov qilgan, voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qiluvchi O‘zR hududida yashash ruxsatnomasiga ega shaxslar Ishtirok etishlari mumkin.
3.2. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan, shuningdek Tashkilotchi va Aksiya hamkorining xodimlari va vakillari, oila a’zolari, shuningdek ularning ishonchli vakillari, Tashkilotchi bilan Aksiyani tashkillashtirish va o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomaviy aloqaga ega uchinchi shaxslar ishchilari va vakillarining Aksiyada ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
3.3. Amaldagi Qoidalarga muvofiq g‘olibni aniqlash jarayonida Qoidalarning 3.2. bandida ko‘rsatilgan shaxs g‘olib bo‘lganligi aniqlansa, Tashkilotchi o‘yinni qaytadan o‘tkazish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
3.4. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchilar Ommaviy ofertaning shartlarini to‘liq va hech qanday baxslarsiz qabul qilganligini anglatadi.

4. Aksiya Tashkilotchisi va Ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari:
4.1. Ishtirokchining huquqlari:
4.1.1. Aksiya o‘tkazilish shartlari va muddatlari haqida ma’lumot olish;
4.1.2. Aksiya Tashkilotchisi haqida ma’lumotlarni olish;
4.2. Ishtirokchining majburiyatlari:
4.2.1. Amaldagi Qoidalarga amal qilish, jumladan Aksiya bilan bog‘liq barcha amallarni amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan muddatlarda bajarish.
4.2.2. Tashkilotchi talabiga muvofiq, Sovrinni rasmiylashtirish uchun Ishtirokchining barcha talab etilgan hujjatlarini taqdim etish (passport nusxasi va JSHSHIR va b.).

Tashkilotchining huquqlari:
4.3.1. Istalgan vaqt Aksiya, Qoidalar shartlari va Aksiya o‘tkazilish muddatlariga bir tomonlama o‘zgartirish kiritish, shuningdek, Aksiyani muddatidan oldin yakunlash. Aksiya va uniong shartlari to‘g‘risidagi yangilangan (qo‘shimcha) ma’lumotlar Tashkilotchi tomonidan bunday o‘zgarish (yangilanish/qo‘shimcha) tasdiqlangan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida Aksiya saytida joylashtirilishi lozim.
4.3.2. Aksiya ishtirokchilari bilan yozma va boshqa turdagi aloqaga kirishmaslik. Amaldagi Qoidalarda nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
4.3.3. Ishtirokchilardan amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilgan holatlarda, shuningdek davlat organlariga taqdim etilishi lozim bo‘lgan ma’lumot va hujjatlarini so‘rash.
4.3.4. Aksiya g‘olibining har qanday sababga ko‘ra sovrinni olishdan bosh tortishi va/yoki rad etishi holatida, Aksiya sovrinlari umumiy sonini qisqartirish. Bunda keltirib o‘tilgan sovrinlar Aksiya yakunlangandan so‘ng taqdim etilmaydi va Tashkilotchining o‘z xohishiga ko‘ra foydalaniladi.
4.3.5. Ishtirokchi tomonidan amaldagi Qoidalarni buzganlik holati aniqlangan taqdirda, unga sovrinni taqdim etishda rad etishi.
4.4. Tashkilotchi majburiyatlari:
4.4.1. Amaldagi qoidalarga amal qilish, Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq amallarni amaldagi Qoidalarda belgilangan muddatlarda amalga oshirish.
4.4.2. Aksiyani amaldagi Qoidalarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash;
4.4.3. Aksiya Ishtirokchilariga Aksiya o‘tkazilish Qoidalari haqida xabar berilishini ta’minlash.

5. Aksiyada ishtirok etish uchun talab etiladigan amallar:
5.1. Aksiyada qatynashish uchun Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasida joylashgan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, “Korzinka” DISKONT, va “Smart” do‘konlaridan birida (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uyda joylashgan, franshiza asosida faoliyat yurituvchi “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno) 150 000 (bir yuz ellik ming) so‘m va undan yuqori bo‘lgan summaga xarid amalga oshirish va O‘zRda chiqarilgan Visa kartasi bilan to‘lov qilishi kerak.
5.2. Aksiyada O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan Visa kartalari (yoki Visa logotipi bo‘lgan kartalar) orqali amalga oshirilgan hamda Hamkor qoida va shartnomalarga muvofiq o‘z mijozlariga avtorizatsiya, kliring va to‘lov xizmatlarini ko‘rsatadigan VisaNet tizimi orqali qayta ishlangan barcha pul o‘tkazmalari ishtirok etadi.
5.3. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchilar amaldagi Qoidalarga to‘liq rozilik beradilar.
5.4. Aksiyada ishtirok etish istagi bo‘lgan barcha ishtirokchilar Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha amallarni amaldagi Qoidalarda belgilangan tartib, joy va muddatlarda bajarishlari shart.
5.5. Tashkilotchi sovrinni makir yo‘li bilan olishni maqsad qilib qo‘ygan, firibgarlik harakatlarida gumon qilingan shaxslarni Aksiyada ishtirok etishlarini cheklash huquqiga ega.
5.6. Istalgan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i va “Smart” do‘konlaridan istalgan birida amaldagi Qoidalarning 6.1.4. va 6.1.5. bandlarida ko‘rsatilgan muddatlarda bir fiskal chekda 150 000 (bir yuz ellik ming) so‘m va undan yuqori summaga xarid qilingan va Visa kartasi bilan to‘lov qilingan Chek Aksiya Sovrinlari o‘yinida ishtirok etish uchun 1 (bir) dona ariza (keyingi o‘rinlarda – “Ariza”) deb qabul qilinadi.
“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i va “Smart” do‘konlaridan birida O‘zbekisaton Respublikasida chiqarilgan Visa kartasi bilan bir fiksal chekda 150 000 (bir yuz ellik ming) so‘m va undan yuqori summaga qilingan xarid cheki = Askiya sovrinlari o‘yinida ishtirok etish uchun 1 (bir) dona ariza.
5.7. Ishtirokchi 1 (bir) fiskal chekda 150 000 so‘m va undan yuqori summaga xarid amalga oshirgan bo‘lsa, ushbu chek uchun Ishtirokchiga 1 (bir) dona unikal kod (karta raqamining birinchi to‘rt raqami va oxirgi to‘rt raqami) birlashtiriladi va Aksiya sovrinlari o‘yinida ishtirok etish uchun 1 (bir) dona Ariza deb hisoblanadi.
5.8. Ishtirokchi tomonidan Visa kartasi orqali to‘langan fiskal cheklar soni cheklanmagan.
5.9. Ishtirokchi tomonidan Aksiya sovrinlari o‘yinida ishtirok etish uchun amaldagi Qoidalarning 6.1.4. va 6.1.5. bandlarida belgilangan muddatlarda qancha ko‘p ariza yuborilsa (har xil fiskal chekda qilingan xarid), Aksiya g‘olibi (Sovrin/Aksiya sovrinlari egasi)ga aylanish imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi.
5.10. Ishtirokchi Aksiya g‘olibi (Sovrin/Aksiya sovrinlari egasi)ga aylansa, G‘oliblikni qo‘lga kiritgan Ariza avtomatik tarzda bekor qilinadi. Aksiyaning keyingi o‘yinlarida ishtirok etish uchun Ishtirokchi savdo nuqtasida qayta xarid qilishi va amaldagi Qoidalarga muvofiq Karta orqali to‘lov qilishi kerak.
5.11 Aksiya bo‘yicha savol va murojaatlar uchun: info@korzinka.uz.


6. Sovrinni taqdim etish tartibi:
6.1. G‘olibni aniqlash tartibi:
6.1.1. Amaldagi Qoidalarning 5.1. va 5.2. bandlariga muvofiq barcha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan operatsiyalar Asosiy sovrin o‘yinida ishtirok etadi.
6.1.2. G‘olibni aniqlash tartib raqamlarni tasodifiy aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
6.1.3. G‘oliblar amaldagi Qoidalarning 8-bo‘limida ko‘rsatilgan shartlarni belgilangan muddatlarda (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya mahsulotini xarid qilish muddati) bajargan Ishtirokchilar orasida amaldagi Qoidalarning 6.1.4. va 6.1.5. bandlaridagi “Sovrinlar o‘yini jadvali”da ko‘rsatilgan muddatlarda Tashkilotchining quyidagi ijtimoiy platformasida jonli efirda amalga oshiriladi:
Instagram – Korzinkaning rasmiy sahifasi: https://www.instagram.com/korzinkauz/
Jonli efir o‘tkazilish aniq vaqti Tashkilotchining quyidagi ijtimoiy platformasida e’lon qilinadi:
Instagram – Korzinka rasmiy sahifasi: https://www.instagram.com/korzinkauz/

6.1.4. Sovrinlar o‘yini jadvali:


Aksiya mahsulotini xarid 

qilish muddati (Toshkent sh. vaqti bilan)

G‘oliblarni aniqlash

 vaqti (Toshkent sh. vaqti bilan)

Har haftalik sovrinlar 

soni va turi

9-yanvar 00:00 dan 

15-yanvar 23:59 oxirigacha

30.01.2023 – 05.02.2023

3 dona “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining 500 000 so‘mli sovg‘a sertifikati

16-yanvar 00:00 dan 

22-yanvar 23:59 oxirigacha

6.02.2023 – 12.02.2023

3 dona “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining 500 000 so‘mli sovg‘a sertifikati

23-yanvar 00:00 dan 

29-yanvar 23:59 oxirigacha 

13.02.2023 – 19.02.2023

3 dona “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining 500 000 so‘mli sovg‘a sertifikati

30-yanvar 00:00 dan 

5-fevral 23:59 oxirigacha 

20.02.2023 – 26.02.2023

3 dona “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining 500 000 so‘mli sovg‘a sertifikati

6-fevral 00:00 dan 

12-fevral 23:59 oxirigacha 

27.02.2023 – 05.03.2023

3 dona “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining 500 000 so‘mli sovg‘a sertifikati

13-fevral 00:00 dan 

19-fevral 23:59 oxirigacha

06.03.2023 – 12.03.2023

3 dona “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining 500 000 so‘mli sovg‘a sertifikati

20-fevral 00:00 dan 

26-fevral 23:59 oxirigacha 

13.03.2023 – 19.03.2023

3 dona “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining 500 000 so‘mli sovg‘a sertifikati

27-fevral 00:00 dan 

5-mart 23:59 oxirigacha

20.03.2023 – 26.03.2023

3 dona “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining 500 000 so‘mli sovg‘a sertifikati

6-mart 00:00 dan 

12-mart 23:59 oxirigacha

27.03.2023 – 02.04.2023

6 dona “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining 500 000 so‘mli sovg‘a sertifikati

13-mart 00:00 dan 

21-mart 23:59 oxirigacha

03.04.2023 – 09.04.2023

6 dona “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining 500 000 so‘mli sovg‘a sertifikati


    
*Aksiya sovrinlari o‘yini Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarning yuzaga kelishi hollarida o‘zgartirilishi mumkin.
6.1.5. Butun aksiya o‘tkazilish muddati davomida asosiy sovrin o‘yini:


Aksiya mahsulotini xarid qilish muddati (Toshkent sh. vaqti bilan)

G‘oliblarni aniqlash sanasi (Toshkent sh. vaqti bilan)

Har haftalik sovrinlar soni va turi

9-yanvar 00:00 dan 21-mart 23:59 oxirigacha

03.04.2023 – 09.04.2023

Tracker avtomobili


6.1.6. G‘olib jonli efirda aniqlanadi.
6.1.7. Aksiya tugashi bilan (21.03.23) tashkilotchi tomonidan tranzaksiyalarning to‘liq ro‘yxati tuziladi va uning asosida Bosh sovrin o‘yini bo‘lib o‘tadi. Avval g‘alaba qozonilgan tranzaksiyalar bilan Bosh sovrin o‘yinida qatnashib bo‘lmaydi.
6.2. Tovar qaytarilgan yoki xarid summasi 150 000 so‘mdan kamaytirilgan hollarda Ishtirokchi avtomatik tarzda amaldagi Aksiyada ishtirok etish huquqini yo‘qotadi.

7. Aksiyaning sovrinlar jamg‘armasi:
7.1. Aksiyaning sovrinlar jamg‘armasi Aksiya hamkori hisobidan shakllantiriladi. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchilardan to‘lov talab etilmaydi.
7.2. Aksiyaning sovrinlar jamg‘armasi Har haftalik sovrinlar va Asosiy sovrindan iborat. Ular:
“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i 500 000 (besh yuz ming) so‘mli sovg‘a sertifikati – butun Aksiya muddati davomida umumiy 36 (o‘ttiz olti) dona;
Asosiy sovrin : Tracker 2 avtomobili
7.3. Asosiy sovrin o‘yinida butun Aksiya o‘tkazilish davrida bajarilgan amaldagi Qoidalarning 5.1. va 5.2. bandlari talablariga javob beruvchi barcha operatsiyalar ishtirok etadilar.
7.4. O‘yin 6.1.2., 6.1.3., 6.1.4., 6.1.5. va 6.1.6. bandlarga muvofiq Random.org xizmatida onlayn tartibda amalga oshiriladi.
O‘yin vaqtida Aksiya G‘olibi va har bir sovrin uchun ikkita (2) zaxiradagi g‘oliblar aniqlanadi.
7.5. G‘olib aniqlangandan uch (3) ish kuni o‘tgandan so‘ng Tashkilotchi telefon qo‘ng‘irog‘i orqali G‘olib bilan aloqa o‘rnatishga kirishadi.
G‘olib bilan uch (3) ish kuni ichida bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, u Sovrinni qo‘lga kiritish huquqini yo‘qotadi. So‘ng Tashkilotchi Sovrinni olish huquqi o‘tadiagn keyingi Zaxiradagi g‘olib bilan bog‘lanishga kirishadi. Xuddi shunday holda Zaxiradagi g‘olib bilan aloqa o‘rnatishga kirishiladi. Agar zaxiradagi g‘olib hech qaysi qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, Sovrinni olish huquqi keyingi Zaxiradagi g‘olibga o‘tadiva Tashkilotchi u bilan yuqoridagi mexanikaga muvofiq bog‘lanishga kirishiladi.
7.5.1. Sovrinni taqdim etish sanasi va vaqti G‘olib bilan birgalikda aniqlanadi. G‘olib avtomatik tarzda unga sovrin taqdim etilish jarayonini sur’atga olish va ushbu sur’atlarni Tashkilotchining va u tomonidan ishga kiritilgan uchinchi shaxslarning barcha platformalarida joylashtirilishiga rozilik beradi.
7.6. Sovrinlar pul ko‘rinishida / almashtirib berilmaydi.
7.7. Sovrin ko‘rinishidagi qo‘shimcha foyda olganlik uchun G‘olibdan talab etiladigan jismoniy shaxlar foydasidan soliq ushlab qolinishi to‘lov majburiyatini (O‘zR SK 387-moddasi) agent sifatida Tashkilotchi yoki u tomonidan shartnoma asosida amaldagi Aksiyani o‘tkazish uchun jalb qilingan uchinchi shaxs oladi.

8. Aksiya sovrinlarini olish shartlari
8.1. Sovrin G‘olib tomonidan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (amaldagi fuqarolik pasporti/ID-karta) asl nusxasi taqdim etilib, undagi ma’lumotlarning Visa kartadan foydalanganda ko‘rsatilgan G‘olib ma’lumotlari bilan to‘liq mos kelgandagina beriladi.
G‘olib pasportida soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR), G‘olibning hozirda amaldagi doimiy (vaqtinchalik) istiqomat qilish manzilining to‘liq manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. G‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjat (amaldagi fuqatolik pasporti/ID-karta)da STIR va/yoki amalda istiqomat qilayotgan doimiy (vaqtinchalik) manzili haqida to‘liq ma’lumotlar bo‘lmasa, G‘olib STIR va amalda istiqomat qilayotgan doimiy (vaqtinchalik) manzili haqidagi ma’lumotnoma/tasdiqlovchi hujjatni alohida taqdim etadi.
8.3. G‘olib rasmiylashtirish/sovrinni olish vaqtida g‘olibning shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatilgan barcha hujjatlarni (rasmiylashtirish / Sovrinni olish uchun talab etiladigan) imzolashi, shuningdek Tashkilotchiga (rasmiylashtirish / Sovrinni olish uchun talab etiladigan) barcha talab etiladigan hujjatlarning nusxalari va/yoki aslini taqdim etishi talab etiladi
8.5. Aksiya g‘olibining zaruriy hujjatlarni imzolashdan bosh tortishi va/yoki boshqa yuridik jihatdan zaruriy amallar, jumladan sovrinni olishda talab etilgan hujjatlar, jumladan ammo shu bilan chegaralanib qolmay, shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortish G‘olibning Sovrinni olishdan bosh tortgan deya baholanadi.
8.6. Tashkilotchi amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan Sovrinni olish tartibi bilan bog‘liq barcha talab va shartlar G‘olib tomonidan bajarilmagan taqdirda, Tashkilotchi unga Sovrinni taqdim etishda rad javobini berish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
8.7. Aksiya G‘oliblariga Sovrinni taqdim etish muddati: 2023yil 31-may oxirigacha.
8.8. Har haftalik sovrinlarni taqdim etish joyi va manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 120-uy.
Asosiy sovrinni taqdim etish joyi va manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 120-uy.
8.9. Har haftalik sovrin va Asosiy sovrinni pul yoki boshqa ko‘rinishdagi ekvivalent bilan almashtirib berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlar almashtirib berilmaydi va qaytarib olinmaydi.
8.10. Amaldagi Qoidalardagi shartlarni bajarmagan Aksiya G‘olibi Sovrinni olish huquqidan mahrum etiladi. Bunday hollarda Aksiya Tashkilotchisi ushbu Sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi.
8.11. Aksiya g‘olibi quyidagi holatlar yuzaga kelgan taqdirda, ushbu holatlarning qachon va qaysi vaqt yuzaga kelganligidan qat’iy nazar hech qanday, jumladan pul ko‘rinishidagi kompensatsiya to‘lovisiz sovrinni qo‘lga kiritish huquqidan mahrum etiladi:
8.11.1. Aksiya g‘olibi unga sovrinni taqdim etishdan oldin amaldagi Qoidalarni buzgan deb topilsa;
8.11.2. Aksiya g‘olibi yozma yoki og‘zaki tarzda electron yoki boshqa aloqa vositalari yordamida sovrinni olishdan bosh tortishi / rad etishini ma’lum qilsa;
8.11.3. Aksiya g‘olibini identifikatsiya qilishning imkoniyati bo‘lmasa;
8.11.4. G‘olib bilan 3 (uch) marta bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan bo‘lsa;
8.11.5. G‘olib shaxsiy ma’lumotlarini Tashkilotchiga taqdim etishdan bosh tortsa;
8.11.6. Korzinka savdo nuqtasida xarid qilishda foydalanilgan Visa kartasi G‘olibga tegishli bo‘lmasa;
8.11.6. G‘olib amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilgan ma’lumot va hujjatlarni belgilangan muddatda taqdim etishdan bosh tortsa.
8.12. Sovrin G‘olibga taqdim etilgan kundan boshlab ushbu sovrindan foydalanish huquqi to‘liq g‘olibga o‘tadi. Aksiya g‘olibi unga taqdim etilgan Aksiya sovrinidan foydalanish uchun amallarni mustaqil belgilaydi.
8.13. Tashkilotchi internet-provayderlarning faoliyati pochta, kuryer va boshqa xizmatlarning istalgan turdagi xatoliklari natijasida pochta va elektron xabarlarning kelmasligi, kechikib kelishi, yo‘qotilganligi yoki zararlanganligi uchun javobgar hisoblanmaydi.
8.14. Aksiya ishtirokchilari butun Aksiya o‘tkazilishi davrida ularning mobil telefon raqamlari kirish qo‘ngiroqlari va kirish xabarlari qabul qilishini ta’minlash uchun javobgarlar.
8.15. Aksiya Sovrinini olish huquqi Aksiya g‘olibi tomonidan uchinchi shaxsga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yutib olingan sovrin Aksiyaning boshqa sovrinlariga almashtirib berilmaydi. Sovrinlar pul ko‘rinishida to‘lab berilmaydi.
8.16. Aksiya sovrinlari soni cheklangan va amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan raqamni tashkil etadi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinni topshirish mas’uliyati amaldagi Qoidalarning 7.2. va 7.3. bandlarida ko‘rsatilgan Sovrinlar umumiy soni bilan cheklangan, Shu sababli Aksiya ishtirokchisi hech qanday kompensatsiya, jumladan pul talab etishi mumkin emas.


9. Tashkilotchi quyidagilar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi:
9.1. Aksiya sovrinini olishda zaruriy pochta jo‘natmalari, ma’lumotlar/hujjatlarning Ishtirokchining o‘zi, yoki aloqa tashkilotlari, yetkazib berish va pochta xizmatlari yoki boshqa – Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yetib kelmasligi/o‘z vaqtida yetib kelmasligi/olmasliklari/o‘z vaqtida olmasliklari;
9.2. Aksiya ishtirokchilarining amaldagi Qoidalarda keltirilgan shartlarni bajarmasliklari yoki Aksiya ishtirokchilarining Saytda Aksiya haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqishga imkoniyatlarining mavjud emasligi;
9.3. Aksiya ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tishda ko‘rsatib o‘tgan aloqa va boshqa ma’lumotlarning to‘g‘riligi, aniqliligi va ishonchliligi, va shu ma’lumotlarga ko‘ra Aksiya Ishtirokchilari bilan ko‘rsatib o‘tilgan aloqa ma’lumotlari bo‘yicha yoki Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra, jumladan sovrinni taqdim etish maqsadida bog‘lanish imkonining mavjud emasligi;
9.4. Aksiya ishtirokchisi tomonidan, ularning Sovrinni olishda rad etishi yoki bosh tortishi, shuningdek Tashkilotchi, Aksiya buyurtmachisiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra Aksiya sovrinining olinmasligi;
9.5. Ishtirokchi tomonidan amaldagi Qoidalarning ajralmas qismi bo‘lgan Maxfiylik xabarnomasida belgilangan tartibda ularning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik berish bilan bog‘liq holatda Ishtirokchi tomonidan uning shaxsiy ma’lumotlari o‘chirib yuborilgan holda Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq amallarning bajarilmasligi;
9.6. Ishtirokchilarning aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq hayot, salomatlik, ahloqiy va/yoki ruhiy jarohati;
9.7. Ishtirokchi tomonidan Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq istalgan turdagi xarajat va (yoki) yo‘qotishlari;
9.9. Yengib bo‘lmas kuchlar (fors-major), jumladan COVID-19 bilan bog‘liq favqulodda holat va/yoki sanitar -epidemiologik cheklov/taqiqlarning o‘rnatilishi.


10. Aksiyaning boshqa shartlari:
10.1. Aksiya haqidagi to‘liq ma’lumot bilan Ishtirokchilar Aksiya o‘tkazilayotgan muddat ichida Saytda tanishib chiqishlari mumkin https://korzinka.uz/
10.2. Tashkilotchi Aksiya o‘tkazilish muddati ichida amaldagi Qoidalarga o‘zgartirish kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda amaldagi Qoidalardagi barcha o‘zgarishlar Saytga joylashtiriladi. 10.3. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi o‘zining amaldagi Qoidalar bilan to‘liq tanishib chiqqanligi va roziligini bildiradi. Jumladan, ammo shu bilan chegaralanib qolmay: 10.3.1. o‘zining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga; 10.3.2. tashkilotchi yoki vakolatli uchinchi shaxslardan amaldagi Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq SMS-xabarlar olishga; 10.3.3. asosiy Sovrinni G‘olibga topshirish foto- va video-lavhalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida taqiqlanmagan barcha yo‘llar bilan, jumladan savdo maqsadlarida qo‘shimcha to‘lovlarsiz, qayta ishlash, keyinchalik foydalanish va tarqatishga. 10.3.4. amaldagi ommaviy ofertada tartibga solinmagan barcha masalalar, shuningdek baxslarni hal etishda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga ko‘ra yo‘l tutadilar. Tomonlar tomonidan baxs yuzaga kelgan holda, uni sudgacha hal etishning imkoni bo‘lmasa, ushbu da’vo O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq Toshkent shahrining tegishli sudida ko‘rib chiqiladi.

Aksiya haqidagi barcha yangiliklar faqat ijtimoiy tarmoqlardagi “Korzinka” rasmiy sahifalarida va kompaniya saytida e’olon qilinadi:

Facebook: fb.com/korzinkauz/
Instagram: instagram.com/korzinkauz/
Telegram (rus tilida): t.me/korzinkauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/korzinkauzb

Murojaat uchun: 78 140 1414