So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” tarmog’ida Humans VISA bank kartasi bilan xaridlar uchun 5% Keshbek qo’shib berish” Aksiyasi Qoidalari

Barcha

26 avgust 2022

“Korzinka” tarmog’ida Humans VISA bank kartasi bilan xaridlar uchun 5% Keshbek qo’shib berish” Aksiyasi Qoidalari

Barcha

26 avgust 2022

“Korzinka” tarmog’ida Humans VISA bank kartasi bilan xaridlar uchun 5% Keshbek qo’shib berish” Aksiyasi Qoidalari

   
“Korzinka” tarmog’ida Humans VISA bank kartasi bilan xaridlar uchun 5% Keshbek qo’shib berish” Aksiyasi (keyinchalik – Aksiya deb yuritiladi) “Humans” mas’uliyati cheklangan Jamiyati, manzili: 100047, O’zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mahtumquli ko’chasi, 2B-uy, INN 306624856 (Humans), tomonidan Humans Sodiqlik Dasturi doirasida o’tkazilmoqda.


1. Aksiya to’g’risida ma’lumot

1.1. Mazkur Qoidalar matnida katta harflar bilan yoziladigan soʻzlar atamalardir. Atamalarning taʼrifi agar mazkur qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, provayder tomonidan tasdiqlangan HUMANS aloqa xizmatlarini taqdim etish shartlarida va www.humans.uz saytida, shuningdek, tariflarning tavsiflarida keltirilgan. 

1.2. Aksiya ishtirokchilari – aloqa Xizmatlari ko’rsatish uchun Humans bilan Shartnoma tuzganlar, shuningdek Humans moliya xizmatlari ko;rsatish to’g’risida “Ravnaq-bank” AJ bilan bitim tuzganlar bo’lib, ular asosida Ishtirokchiga Humans VISA bank kartasi chiqarilgan va mazkur Qoidalarning 2-bobida qayd etib o’tilgan harakatlarni amalga oshirgan jismoniy shaxs mijozlardir.

1.3. Aksiya o’tkaziladigan hudud: O’zbekiston Respublikasi.

1.4. Aksiyaning o’tkazilish davri: 25.08.2022-yildan 31.12.2024-yilgacha

1.5. To’lov – Aksiyaning mazkur Qoidalari maqsadlarida To’lov deb Mijozning Humans VISA bank kartasidan foydlanib, Mahsulotlar to’lovi maqsadlari uchun Hamkor oldidagi pul majburiyatlarining ijrosi tushuniladi. Mazkur Aksiya maqsadlarida Hamkor do’konlarida oflayn amalga oshirilgan To’lovlargina hisobga olinadi.

1.6. Hamkor – “Korzinka” va “Smart” brendi ostida faoliyat yuritayotgan “Anglesey Food” MChJ do’konlaridir. Aksiyada: Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahri, Ernazar Alako’z, 162-uy hamda Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko’chasi, 35-uy manzillarda joylashgan “Korzinka” DIZKONT supermarketlari qatnashmaydi.

 

2. Aksiya ta’rifi

2.1. Aksiya o’tkazilishi Davrida va mazkur Qoidalarga amal qilishda Aksiya Ishtirokchilari Humans VISA bank kartasidan foydalangan holda Hamkordan xarid qilgan mahsulotlar uchun To’lovlari uchun to’lov qiymatidan 5% miqdorida Keshbek oladilar.

2.2. Aksiyada Humans sodiqlik Dasturining amaldagi qatnashchilari sanalgan va Humans sodiqlik Dasturida ishtiroki to’xtatilmagan yoki bekor qilinmagan Ishtirokchilar qatnashishi mumkin.

2.3. Bitta Ishtirokchiga qo’shib beriladigan Keshbekning maksimal miqdori cheklanmagan.

2.4. Kehsbek-hisobga Keshbek qo’shib berish har kuni Aksiya o’tayotgan davrda amalga oshadi.

2.5. Ishtirokchi olgan Keshbekni Humans sodiqlik Dasturi shartlariga qat’iy muvofiq holda sarflashi mumkin va Keshbekni pul bilan ololmaydi.

2.6. To’lov bekor qilinish holatida (Hamkordan Mahsulot xarid qilishni bekor qilsa) qo’shib berilgan Keshbek bekor qilinadi va Aksiya Ishtirokchisi Keshbek hisobidan ayirib tashlanadi.


3. Yakuniy qoidalar

3.1. Mazkur Qoidalar Humans Saytida e’lon qilinganidan paytdan boshlab kuchga kiradi. Humans bir tomonlama tartibda mazkur Qoidalarni o’zgartirish yoki tegishli ma’lumotni oldindan Saytda joylashtirish orqali Aksiyani bekor qilish huquqiga ega. Xabardor qilish sanasi tegishli ma’lumotlarning Saytda e’lon qilingan sanasidir. Saytda e’lon qilingan paytdan boshlab Qoidalar o’zgartirilgan va Aksiya bekor qilingan hisoblanadi.

3.2. Mijoz tarafidan Qoidalarning 2-bo’limida sanab o’tilgan harakatlari jismoniy shaxslarga qarata taklif sanalgan Qoidalarga to’liq va qat’iy roziligini anglatadi.

3.3. Mazkur Qoidalardan tashqaridagi holatlarda Humans sodiqlik Dasturi Qoidalariga ko’ra, amal qilinadi.