So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“FIFA World Cup Qatar 2022” aksiyasi qoidalari

Aksiyalar

29 iyul 2022

“FIFA World Cup Qatar 2022” aksiyasi qoidalari

Aksiyalar

29 iyul 2022

UMUMIY QOIDALAR

Ushbu Qoidalar shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining (keyingi o‘rinlarda “O‘zR FK” deb yuritiladi) 367-moddasi va 369-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Ushbu qoidalar ishtirok etish shartlari, G‘oliblarni aniqlash va Sovrinlarni topshirish tartibi, shuningdek, “Anglesey Food” Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Xorijiy korxonasi tomonidan tashkil etilgan “FIFA World Cup Qatar 2022” Aksiyasini (keyingi o‘rinlarda “Aksiya” deb yuritiladi) tashkil etish va o‘tkazishning boshqa muhim shartlarini tavsiflaydi.

Ushbu aksiya “Visa” savdo belgisi ostidagi xizmatlarga qiziqishni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash uchun rag‘batlantiruvchi aksiya hisoblanadi. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchilar ushbu qoidalarni to‘liq qabul qiladilar va ularga rozilik bildiradilar.

1. Atamalar va ta’riflar

1.1. Aksiya – “FIFA World Cup Qatar 2022” reklama aksiyasi.

1.2. Karta – O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan chiqarilgan Visa Classic, Visa Gold, Visa Platinum, Visa Infinite va Visa Signature bank kartalari.

1.3. Aksiya tashkilotchisi – “Anglesey Food” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi Xorijiy korxonasi.

1.4. Aksiya hamkori – Visa International Service Association (Visa Xalqaro Xizmat Uyushmasi), shuningdek, Kunaev ko‘chasi, 77-uy, 8-qavat manzilida joylashgan Visa Global Holdings LLC kompaniyasining Olmaota filiali hisoblanadi. “Park View Tower” biznes markazi, Olmaota, 050000, Qozog‘iston, +7 727 3210640 (ichki 555)

1.5. Aksiya muddati – Qoidalarning 2.2-bandida ko‘rsatilgan muddat.

1.6. Qoidalar – “FIFA World Cup Qatar 2022” rag‘batlantiruvchi reklama aksiyasining amaldagi qoidalari.

1.7. Sovrinlar (yoki Aksiya sovrinlari) – Qoidalarning 7-bandida ko‘rsatilgan bosh sovrin.

1.8. Sayt – https://korzinka.uz/

1.9. Savdo nuqtasi – Karta orqali vositachilik haqisiz to‘lovlarni amalga oshirish mumkin bo‘lgan UzCard, HUMO terminali bilan jihozlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Korzinka” va “Smart” supermarketlar tarmog‘i, franchayzing asosida faoliyat yurituvchi va quyidagi manzillarda joylashgan “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri Ernazar Alakuz ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uy.  

1.10. Ishtirokchi – 3.1-band talablariga javob beradigan shaxslar.

1.11. G‘olib – Sovrinni qo‘lga kiritgan Aksiya ishtirokchisi.

 

2. Aksiyani o‘tkazish muddati va joyi:

2.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida (keyingi o‘rinlarda “O‘zR” deb yuritiladi), O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Korzinka” va “Smart” supermarketlar tarmog‘ida o‘tkaziladi, franchayzing asosida faoliyat yurituvchi va quyidagi manzillarda joylashgan “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri Ernazar Alakuz ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uy.

2.2. Ishtirokchilarni Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (jumladan, ularga kiritilgan o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar), qoidalar va Aksiya haqidagi boshqa ma’lumotlar to‘g‘risida xabardor qilish www.Korzinka.uz saytida (keyingi o‘rinlarda “Aksiya sayti” deb yuritiladi) amalga oshiriladi.

2.3. Aksiya o‘tkazish muddati – 2022-yilning 29-iyulidan 2022-yil 15-sentabrigacha.

 

3. Aksiya ishtirokchilari:

3.1. Aksiyada “Korzinka” va “Smart” tarmog‘ining savdo nuqtalarida (franchayzing asosida faoliyat yurituvchi va quyidagi manzillarda joylashgan “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri Ernazar Alakuz ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uy) O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan Visa karta orqali to‘lovlarni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining voyaga yetgan fuqarolari va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan shaxslar ishtirok etishi mumkin.

3.2. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan shaxslar, shuningdek, Aksiya Tashkilotchisi va Hamkori xodimlari va vakillari, ularning oila a’zolari, shuningdek, ular bilan bog‘liq bo‘lgan (affillangan) shaxslar, Tashkilotchi bilan shartnoma munosabatlarida bo‘lgan, Aksiyani tayyorlash, tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq uchinchi shaxslarning xodimlari va vakillari, Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

3.3. Agar ushbu Qoidalarga muvofiq Aksiya G‘oliblarini aniqlashda Qoidalarning 3.2-bandida ko‘rsatilgan shaxs G‘olib bo‘lganligi aniqlansa, Tashkilotchi ushbu Qoidalarga muvofiq sovrin o‘ynatishni qaytadan o‘tkazish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

3.4. Aksiyada ishtirok etish Ishtirokchi tomonidan ushbu Ommaviy oferta shartlarini to‘liq va so‘zsiz qabul qilishini anglatadi.

 

4.  Aksiya Tashkilotchisi va Ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari:

4.1.  Ishtirokchi quyidagi huquqlarga ega:

4.1.1. Aksiya muddatlari va shartlari haqida ma’lumot olish;

4.1.2. Aksiya Tashkilotchisi haqida ma’lumot olish;

4.2. Ishtirokchining majburiyatlari:

4.2.1. Ushbu Qoidalarga rioya qilish, shu jumladan Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha harakatlarni ushbu Qoidalarda belgilangan muddatlarda bajarish.

4.2.2. Tashkilotchining iltimosiga binoan sovrinni rasmiylashtirish uchun Ishtirokchining barcha shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni (pasport nusxasi, JShShIR, STIR) taqdim etish.  

4.3. Tashkilotchi quyidagi huquqlarga ega:

4.3.1. Istalgan vaqtda bir tomonlama tartibda Aksiya shartlariga, Aksiya Qoidalariga va mudatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek Tashkilotchi Aksiyani muddatidan oldin tugatishga haqli. Aksiya va uning shartlari bo‘yicha yangilangan (qo‘shimcha) ma’lumotlar Tashkilotchi tomonidan bunday o‘zgartirish (yangilash/qo‘shimcha) tasdiqlangan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida Aksiya saytida joylashtirilishi kerak.

4.3.2. Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirishmaslik, ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

4.3.3. Ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan hollarda Ishtirokchilardan zarur ma’lumotlar va hujjatlarni, shuningdek davlat organlariga taqdim etish uchun boshqa hujjatlarni so‘rash;

4.3.4. Aksiya g‘oliblari biron-bir sababga ko‘ra sovrinlarga da’vo qilmasa yoki olishdan bosh tortgan taqdirda, Aksiya Sovrinlari g‘oliblarining umumiy sonini kamaytirish. Bunda, ushbu Sovrinlar Aksiya tugaganidan keyin berilmaydi va Tashkilotchi tomonidan o‘z xohishiga ko‘ra foydalaniladi;

4.3.5. Ishtirokchi tomonidan ushbu Qoidalarga rioya qilmaslik fakti aniqlangan taqdirda, Aksiya Ishtirokchisiga Sovrinni berishni rad etish.

4.4. Tashkilotchining majburiyatlari:

4.4.1. Ushbu Qoidalarga rioya qilish, Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha harakatlarni ushbu Qoidalarda belgilangan muddatlarda bajarish;

4.4.2. Aksiyaning ushbu Qoidalarga muvofiq o‘tkazilishini ta’minlash;

4.4.3. Aksiya Hamkoridan sovrinni olgandan so‘ng, Aksiya g‘olibiga ushbu Qoidalarning 7-bandida nazarda tutilgan Sovrinni berish;

4.4.4. Aksiya Ishtirokchilarini Aksiyani o‘tkazilish Qoidalari to‘g‘risida xabardor qilinishini ta’minlash.

 

5. Aksiyada ishtirok etish uchun qadamlar:

5.1.  Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Korzinka” va “Smart” savdo tarmog‘ining istalgan do‘konida (franchayzing asosida faoliyat yurituvchi va quyidagi manzillarda joylashgan “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri Ernazar Alakuz ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uy) kamida 100 000 (yuz ming) so‘m miqdorida xaridni amalga oshirishi va ushbu xarid uchun to‘lovni O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan Visa Karta orqali amalga oshirishi kerak.

5.2.  Aksiyada O‘zbekistonda chiqarilgan va Hamkor o‘z mijozlariga o‘z qoidalari va shartnomalariga muvofiq avtorizatsiya, kliring va to‘lov xizmatlarini taqdim etuvchi VisaNet tizimi orqali qayta ishlanadigan Visa kartalari (yoki Visa logotipi bilan) bo‘yicha barcha tranzaksiyalar ishtirok etadi.

5.3.  Aksiyada ishtirok etish Aksiya Ishtirokchilarining ushbu Qoidalarga to‘liq roziligini bildiradi.

5.4.  Aksiyada ishtirok etish va sovrinni qo‘lga kiritish istagida bo‘lgan shaxslar Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha harakatlarni ushbu Qoidalarda belgilangan tartibda, joyida va muddatlarda bajarishlari shart.

5.5. Tashkilotchi maqsadlari Sovrinni asossiz ravishda olish bo‘lgan firibgarlik harakatlarini sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni Aksiyada ishtirok etishga ruxsat bermaslikka haqli.

 

 

6.  Bosh Sovrinni taqsimlash tartibi:

6.1. G‘oliblarni aniqlash tartibi:

6.1.1. Qoidalarning 5.1 va 5.2-bandlariga muvofiq barcha muvaffaqiyatli amalga oshirilgan amaliyotlar Bosh Sovrin o‘ynatishida ishtirok etadi.

6.1.2. G‘olibni aniqlash tartib raqamlarini tasodifiy aniqlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Aksiya Tashkilotchisi ushbu ma’lumotlarni Hamkor vakiliga sovrin o‘ynatishni o‘tkazish uchun taqdim etadi, Hamkor vakili esa sovrin o‘ynatishni Random.org xizmati yordamida o‘tkazadi.

6.1.3. G'olib 2022-yil 23-sentabrda (23.09.22) Tashkilotchining quyidagi ijtimoiy platformalarida jonli efir yo’li bilan aniqlanadi:

Youtube – Korzinka Promo kanali (https://www.youtube.com/channel/UC4jriXMKY_M-qhNXKl1gINw)

Facebook – Korzinka rasmiy sahifasi (https://www.facebook.com/korzinkauz)

Instagram – Korzinka rasmiy sahifasi https://www.instagram.com/korzinkauz/)

Efir o’tkaziladigan aniq vaqt Aksiya yakuniga yetgan kunda (15.09.22) Tashkilotchining barcha rasmiy ijtimoiy platformalarida e’lon qilinadi ( yuqorida ko’rsatilganlar platformalar, shuningdek Telegram kanallarda: https://t.me/korzinkauz va https://t.me/korzinkauzb).

6.1.4. G’olibni aniqlash taklif etilgan mustaqil moderator hamda Tashkilotchi tomonidan kuzatuvchilar ishtirokida layv (jonli) tartibda amalga oshiriladi.

6.1.5. Aksiya yakuniga yetgach (15.09.22), Tashkilotchi tomonidan ishtirokchilarning to’liq ro’yxati tuzilib chiqiladi va ushbu ro’yxat asosida 23.09.22 da g’olibni aniqlash uchun o’yin o’tkaziladi.

6.2. Mahsulot qaytarib berilgan va xarid summasini 100 000 so‘mdan kamaytirilgan hollarda Ishtirokchi avtomatik ravishda ushbu Aksiyada ishtirok etish huquqini yo‘qotadi.  

 

 

7. Aksiyaning sovrin jamg‘armasi:

7.1. Aksiyaning sovrin jamg‘armasi Aksiya Hamkori mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi. Ishtirokchilardan Aksiyada ishtirok etish uchun haq olinmaydi.

7.2.  Aksiyaning sovrin jamg‘armasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga ikki kishilik yo‘llanmani aks ettiruvchi Bosh sovrindan iborat (2 kishiga 1 to‘plam):

Ikki (2) kishilik to‘plamga quyidagilar kiradi:

¾    Toshkent shahri - Doha shahri - Toshkent shahri yo‘nalishi bo‘yicha 2 kishilik “Iqtisod” sinfli samolyot chiptalarini taqdim etish

¾    Mehmonxonada (5 yulduzli) 4 ta kecha

¾    Doha shahridagi aeroportiga/aeroportidan transfer

¾    Mehmonxonada har kuni nonushta

¾    Qatarda bo‘lib o‘tadigan FIFA 2022™ Jahon chempionati o‘yinida qatnashish

¾    Qatardagi FIFA 2022™ o‘yinlariga/o‘yinlaridan va rejalashtirilgan tadbirlarga transport

¾    Ichida to‘plam uchun 400 dollar mavjud bo‘lgan Visa prepaid kartasi (bir kishi va bir kecha uchun 50 dollar)

¾    G‘oliblar uchun maqtov/sovg‘a

¾    Visa Everywhere dam olish zonasiga kirish huquqi

¾    Mehmonxonada Visa Concierge xizmati

¾    Tibbiy xodimlar va xavfsizlik xizmati, zarur bo‘lsa

7.3. Bosh sovrinni o‘ynatishda ushbu Qoidalarning 5.1 va 5.2-bandlariga mos bo'lgan Aksiyaning butun davri davomida amalga oshirilgan barcha amaliyotlar ishtirok etadi.

7.4.  6.1.2., 6.1.3., 6.1.4. и 6.1.5 bandlarga asosan o’yin Random.org xizmati yordamida onlayn tartibda o’tkaziladi.

O’yin vaqtida Aksiya g’olibi hamda uch (3) nafar zaxiradagi g’oliblar aniqlanadilar.

7.5.  G’olib aniqlangan kundan ikki (2) ish kuni o’tgandan so’ng, Tashkilotchi telefon qo’ng’irog’i yordamida G’olib bilan aloqa o’rnatishga kirishadi. Agar g’olib 1 (bir) martada qo’ng’iroqqa javob bermasa, 15 (o’n besh) daqiqa ichida yana 2 (ikki) marta qo’ng’iroq amalga oshiriladi.

 Agarda G’olib 2- (ikkinchi) va 3- (uchinchi) qo’ng’iroqlarga ham javob bermasa, u Sovrinni qo’lga kiritish huquqidan mahrum bo’ladi. So’ngra, Tashkilotchi Sovrinni qo’lga kiritish huquqi o’tgan keyingi Zaxiradagi g’olib bilan aloqa o’rnatishga kirishadi. Xuddi shunday 15 daqiqa ichida 3 (uch) martadan ko’p bo’lmagan qo’ng’iroqlar amalga oshiriladi. Agarda Zaxiradagi g’olib ularning birontasiga ham javob bermasa, Sovrinni qo’lga kiritish huquqi keyingi Zaxiradagi g’olibga o’tadi, va Tashkilotchi xuddi shu yo’l bilan u bilan aloqa o’rnatishga kirishadi.

7.5.1. Sovrinni topshirish sanasi va vaqti G’olib bilan birgalikda aniqlanadi. G’olib avtomatik tarzda Sovrinni G’olibga topshirish jarayonini suratga olishga va ushbu suratlarni Tashkilotchining istalgan ijtimoiy tarmoqlarida, shuningdek Tashkilotchi tomonidan jalb qilingan Uchinchi shaxslar platformalarida joylashtirilishiga o’z roziligini beradi.

7.6. Hamkor o‘z xohishiga ko‘ra Saytdagi Sovrinlar sonini o‘zgartirishga, shuningdek ushbu Qoidalar shartlariga o‘zgartirishlar kiritish orqali Sovrinlar nomini o‘zgartirishga haqli.

7.7. Sovrinlar pul ekvivalentida berilmaydi/almashtirilmaydi.

7.8. G‘olibning nomidan va topshirig‘i bo‘yicha Sovrin shaklida boshqa daromad olganligi uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash majburiyatlarini (O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 387-moddasi), agent sifatida faoliyat yurituvchi Tashkilotchi yoki Tashkilotchi va yuridik shaxs o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnoma bo‘yicha ushbu Aksiyani o‘tkazish uchun Tashkilotchi tomonidan jalb qilingan boshqa yuridik shaxs o‘z zimmasiga oladi.

7.9. Tashkilotchi G’olibga Sovrin sayohati uchun zaruriy viza ruxsatnomalarini olishi uchun javobgarlikni olmaydi va bu masalada hech qanday amaliy yordam ko’rsatmaydi.

 

8. Aksiya Sovrinlarini olish shartlari

8.1. 7-bandda ko‘rsatilgan Sovrinlarni olish shartlari, tartibi va shartlari:

8.1.1. Tashkilotchilar Bosh Sovrin g‘oliblari bilan bog‘lanib, 7-bandda ko‘rsatilgan Bosh Sovrin to‘plamini topshiradilar.

8.1.2. Sovrin tegishli Ishtirokchi tomonidan qabul qilingan va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi imzolagangan paytidan boshlab topshirilgan hisoblanadi.

8.1.3. Aksiya Tashkilotchisi Sovrinlarni Ishtirokchiga topshirish usulini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Sovrin faqat Ishtirokchining shaxsiy foydalanishi uchun ishlatilishi mumkin.

8.1.4. Qoidalarning 7-bandida nazarda tutilgan Sovrinni olish uchun G‘olib Aksiyada g‘alaba qozonganligi to‘g‘risidagi xabarni olgan kundan boshlab 7 (yetti) kalendar kun ichida Tashkilotchiga quyidagi hujjatlarni elektron pochta orqali taqdim etishi kerak:

¾  Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning - Pasport (ID karta) yoki O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi (ikkala tomoni) - skanerlangan nusxasi

¾  G‘olibning haqiqiy yashash manzili.

 

9. Tashkilotchi, Aksiya Hamkori quyidagilar uchun javobgar bo‘lmaydi:

9.1. Aksiya Sovrinlarini olish uchun zarur bo‘lgan pochta jo‘natmalarini, ma’lumotlarni/hujjatlarni Ishtirokchilarning o‘z aybi bilan yoki aloqa tashkilotlari, kuryerlik va pochta xizmatlarining aybi bilan yoki Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra olinmaganligi/o‘z vaqtida olinmaganligi;

9.2. Aksiya Ishtirokchilari tomonidan ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan majburiyatlarning bajarilmasligi (o‘z vaqtida bajarilmasligi) yoki Aksiya Ishtirokchilarining Saytdagi Aksiya haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishning imkoni yo‘qligi;

9.3.  Aksiya Ishtirokchilari ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlarida ko‘rsatgan ma’lumotlar, aloqa va boshqa ma’lumotlarning to‘g‘riligi, aniqligi va ishonchliligi, va shu munosabat bilan ular ko‘rsatgan aloqa raqamlari bo‘yicha, shu jumladan sovrinlarni berish maqsadlarida, jumladan Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablarga ko‘ra Aksiya Ishtirokchilari bilan bog‘lanishning imkoni yo‘qligi;

9.4. Sovrinlar Aksiya Ishtirokchilari tomonidan talab qilinmagan yoki ularni olishdan bosh tortgan taqdirda, shuningdek Tashkilotchi, Buyurtmachi va Aksiya Hamkoriga bog‘liq bo‘lmagan boshqa sabablar ko‘ra Aksiya Ishtirokchilari tomonidan Sovrinlar olinmaganligi;

9.5.  Agar Maxfiylik xabarnomasida belgilangan va amaldagi Qoidalarning ajralmas bo‘lagi hisoblangan tartibda shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga rozilik berishdan voz kechishi natijasida ularni yo‘q qilinishi oqibatida Aksiya bilan bog‘liq amallarning ular tomonidan bajarilmasligi;

9.6. Ishtirokchilarning Aksiyadagi ishtiroki bilan bog‘liq hayoti, sog‘lig‘i, ma’naviy va/yoki ruhiy jarohatlari;

9.7. Ishtirokchi tomonidan Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq har qanday xarajatlar va (yoki) zararlar;

9.8. Aksiya Tashkilotchisi va Hamkoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar va qarzdorlik, deportatsiya, viza olish, viza rejimini buzish, Ishtirokchining O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning yo‘qligi va boshqa migratsiya holatlari bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishga cheklovlar.

9.9. Yengib bo‘lmas kuch holatlari (fors-major) yuzaga kelganda, shu jumladan favqulodda holat rejimi va/yoki COVID-19 bilan bog‘liq sanitariya-epidemiologik cheklovlar/taqiqlar joriy etilganda.

 

10. Aksiyaning boshqa shartlari:

10.1. Ishtirokchilar Aksiya haqida to‘liq maʼlumotni uning o‘tkazish Davri davomida https://korzinka.uz/ saytidan olishlari mumkin.

10.2. Tashkilotchi Aksiya o‘tkazish Davrida ushbu Qoidalarga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bunda, ushbu Qoidalarga kiritilgan har qanday o‘zgartirishlar haqidagi ma’lumotlar Saytda joylashtiriladi.

10.3.  Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi ushbu Qoidalar bilan to‘liq tanishganligini va ularga roziligini tasdiqlaydi, shu jumladan, lekin ular bilan cheklanmasdan, quyidagilarga o‘zining roziligini tasdiqlaydi:

10.3.1. Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga;

10.3.2. Tashkilotchidan yoki vakolatli uchinchi shaxslardan ushbu Aksiyani o‘tkazish bilan bog‘liq axborot SMS-xabarlarini olishga;

10.3.3. Bosh sovrin g‘oliblarini suratga olishdan olingan foto va videomateriallarni O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday usulda, shu jumladan tijorat maqsadlarida, qo‘shimcha haq to‘lamagan holda qayta ishlash, keyinchalik foydalanish va tarqatishga.

10.3.4. Ushbu Ommaviy oferta bilan tartibga solinmagan barcha masalalar bo‘yicha, shuningdek nizolarni hal qilishda, tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar. Agar tomonlar tomonidan sudgacha bo‘lgan da’vo tartibida nizo hal etishning iloji bo‘lmasa, u O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq Toshkent shahar sudining tegishli sudida hal qilinishi kerak.

 

 

Aksiya bo‘yicha barcha yangiliklar faqat “Korzinka”ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida va kompaniyaning saytida e’lon qilinadi:

 

Facebook: fb.com/korzinkauz/

Instagram: instagram.com/korzinkauz/

Telegram rus tilida: t.me/korzinkauz

Telegram o‘zbek tilida: t.me/korzinkauzb

Ma’lumot uchun telefon: 78 140 1414