So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Yutuqli xaridlar” reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalari ommaviy ofertasi

Korzinka dasturi

18 sentyabr 2023

“Yutuqli xaridlar” reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalari ommaviy ofertasi

Korzinka dasturi

18 sentyabr 2023

“Yutuqli xaridlar” reklama aksiyasini otkazish qoidalari (keyingi orinlarda — “Qoidalar”) ommaviy ofertasi

 

1. “Yutuqli xaridlar” REKLAMA AKSIYASI (keyingi o‘rinlarda “Aksiya”) qiziqishni shakllantirish va qo‘llab-quvvatlash, Korzinka chakana savdo tarmog‘ining ijobiy imidjini shakllantirish, shuningdek, xaridlar ko‘lamini oshirish maqsadida shaxslarning belgilanmagan davrasida o‘tkaziladi. Aksiya lotereya, qimorbozlik o‘yini hisoblanmaydi, ishtirok uchun Ishtirokchidan to‘lov amalga oshirilishini nazarda tutmaydi.

2. AKSIYA TASHKILOTCHISI HAQIDA MA’LUMOTLAR

2.1. Aksiya tashkilotchisi (keyingi o‘rinlarda – “Tashkilotchi”): “ANGLESEY FOOD” MChJ XK, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs, STIR:: 202 099 756, quyidagi manzilda joylashgan: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li, 120-uy, pochta indeksi: 100015.

3. AKSIYANI O‘TKAZISH MUDDATI

3.1. Aksiyani o‘tkazish muddati: 2023-y. 18-sentyabrdan 2023-y. 18-oktyabr oxirigacha (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya Muddati” yoki “Aksiya Davri”).

3.2. Aksiya qoidalariga muvofiq, xaridlar amalga oshirish muddati: 2023-y. 18-sentyabrdan 2023-y. 18-oktyabr oxirigacha.

3.3. Mobil ilovadagi o‘yinda ishtirok etish muddati: 2023-y. 18-sentyabr 00:00dan 2023-y. 18-oktyabr 23:59gacha (oxirigacha).

3.4. Haqiqiy Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh. vaqtiga ko‘ra hisoblanadi.

4. HUDUD, PROMO-SAYT VA XABARDOR QILISH TARTIBI

4.1. Aksiya O‘zbekiston Respunlikasi (keyingi o‘rinlarda – O‘zR.) hududida, Korzinka Go yetkazuv mobil ilovasi, O‘zR. hududida joylashgan Korzinka supermarketlar tarmog‘i, Korzinka DISKONT (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Ernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uy manzillarida franshiza bo‘yicha ishlayotgan va joylashgan do‘konlarda tashqari) va Smart do‘konlarida (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya o‘tkaziladigan Hududlar”) o‘tkaziladi.

4.2. Ishtirokchilarni Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shuningdek, ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi), Aksiya qoidalaridan xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

1.      Aksiya Tashkilotchisining rasmiy internet-sahifasi – https://korzinka.uz/ da (yuqorida, shu yerda va keyingi o‘rinlarda – “Sayt”)

2.      Korzinka mobil ilovasi – https://korzinka.uz/app da (yuqorida, shu yerda va keyingi o‘rinlarda – “Mobil ilova”)

3.      Tashkilotchining tanloviga ko‘ra boshqa usullar bilan

4.      Aksiya bo‘yicha savollar uchun elektron pochta: info@korzinka.uz

4.3. Tashkilotchi Aksiya shartlarini istalgan vaqtda o‘zgartirish va / yoki unga qo‘shimchalar kiritish, uni muddatidan oldin to‘xtatish, Aksiya haqida qo‘shimcha ma’lumotni e’lon qilish huquqiga ega. Aksiya va uning shartlari bo‘yicha ma’lumot o‘zgartirilishi va / yoki unga qo‘shimchalar kiritilishi Tashkilotchi tasdig‘i bilan, ularning Tashkilotchi saytida e’lon qilinganida mumkindir.

4.4. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchilari bilan o‘zaro xat yozishmalari yoki boshqa aloqalarga kirmaslik huquqini saqlab qoladi. Istisno holatlar: bahsli vaziyatlar yuzaga kelganida haqiqiy Qoidalarda nazarda tutilgan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq vaziyatlar..

5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

5.1. Layoqatli jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qiluvchi va 18 yoshga (o‘n sakkiz yoshga) to‘lgan, Tashkilotchi Karta dasturida ro‘yxatdan o‘tgan va ishlayotgan / faol jismoniy yoki virtual (virtual karta Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi zarur) Korzinka Plus kartasi (Korzinka supermarketlar tarmog‘i, Korzinka DISKONT va Smart do‘konlarida amal qiluvchi) egasi hisoblangan, Aksiyaning haqiqiy Qoidalari shartlarini bajargan va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, Aksiyada ishtirok etish uchun cheklovlarga ega bo‘lmagan shaxslar Aksiya Ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.

5.2. Aksiyada O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy istiqomat qiluvchi va ro‘yxatdan o‘tgan, Tashkilotchi Karta dasturida ro‘yxatdan o‘tgan, Korzinka chakana savdo supermarketlari tarmog‘i, Korzinka DISKONT va Smart do‘konlariga tegishli ishlayotgan / faol jismoniy yoki virtual (virtual karta Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi zarur) karta va 9.1. bandga muvofiq, talab qilinadigan hujjatlarga ega, 18 yoshga to‘lgan, layoqatli jismoniy shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

5.3. Aksiyada quyidagi shaxslar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

●       Tashkilotchi xodimlari;

●       Aksiya Tashkilotchisi bilan affillangan (bog‘liq) shaxslar;

●       Tashkilotchi bilan belgilangan fuqaroviy-huquqiy va boshqa aloqalarga ega, Aksiyani tashkil etish yoki o‘tkazish, aksiya mahsulotlarini chiqarish bilan bog‘liq xodimlar va uchinchi shaxslar vakillari;

●       yuqorida sanab o‘tilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari, to‘liq va noto‘liq (bir ona yoki bir onaga ega) aka-uka va opa-singillari;

●       Aksiyaning haqiqiy Qoidalari shartlarini bajarmagan shaxslar;

5.4. В случае выявления факта участия в Акции лиц, не соответствующих условиям пункта 7 (раздел «Условия и порядок участия в Акции») настоящих Правил и иных разделов настоящих Правил, Организатор вправе отказать таким лицам в участии в Акции и/или получении приза.

6. AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

6.1. Aksiya sovrin jamg‘armasi Tashkilotchining pul mablag‘lari hisobiga shakllantiradi va Mobil ilovada (shu yerda, yuqorida va keyingi o‘rinlarda – “Aksiya Sovrinlari”) tasodifiy shaklda beriladigan lahzalik sovrinlarni o‘z ichiga oladi. Aksiyadagi pul sovrinlarining umumiy miqdori chegaralangan.

6.2. Aksiya sovrinlari:

●       Korzinka savdo tarmog‘ining 1 500 000 (bir yarim million) so‘m nominalli virtual sovg‘a Sertifikatlari – butun Aksiya Davri davomida jami 150 (bir yuz ellik) dona;

●       Korzinka savdo tarmog‘ining 15 000 (o‘n besh ming) so‘m nominalli virtual sovg‘a Sertifikatlari – butun Aksiya Davri davomida jami 15 000 (o‘n besh ming) dona;

●       Karta dasturi tug‘ilgan kuni munosabati bilan Tabriknoma – cheklanmagan miqdorda.

6.3. Tashkilotchi Aksiya Sovrin jamg‘armasini, shuningdek, sovrinlarning miqdori, ko‘rinishi va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirish hamda Aksiyaga haqiqiy Qoidalarda (Ofertada) nazarda tutilmagan boshqa Sovrinlarni qo‘shish huquqini saqlab qoladi.

6.4. Aksiya sovrinlarning tashqi ko‘rinishi, ularning o‘lchami, rasmi, qadoq rangi va boshqa xususiyatlari reklama materiallarida taqdim etilgan suratlar va Ishtirokchilarning shaxsiy kutilmalari bilan mos kelmasligi mumkin.

6.5. Sovrinning pul ekvivalenti Tashkilotchi tomonidan berilmaydi, Sovrinlar boshqasi bilan almashtirilmaydi.

7. AKSIYADA ISHTIROK SHARTLARI VA TARTIBI

7.1. Aksiyada ishtirok etishi uchun Ishtirokchi haqiqiy Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan Aksiya o‘tkazish Davrida 1 (bir) fiskal chekda 50 000 (ellik ming) so‘m va ko‘proqqa haqiqiy Qoidalarning 3.2. bandida ko‘rsatilgan quyidagi usullarda xarid amalga oshirishi zarur:

●       Haqiqiy Qoidalarning 4.1. bandida belgilanganidek, Korzinka chakana savdo tarmog‘i supermarketi, Korzinka DISKONT va Smart do‘konlaridan istalgan birida Korzinka Mobil ilovasi orqali Korzinka chakana savdo tarmog‘ining jismoniy yoki virtual kartasidan (keyingi o‘rinlarda – “Korzinka Plus kartasi” va / yoki “Korzinka chakana savdo tarmog‘i kartasi”) QR-kod shaklida foydalanib;

●       Korzinkadan mahsulotlar yetkazuvi mobil ilovasi hisoblangan “Korzinka Go”da buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin foydalanuvchi profiliga Korzinka Plus kartasini qo‘shib.

7.2. Supermarketlarda va Korzinka Go mobil ilovasida 50 000 (ellik ming) so‘m va ko‘proqqa Aksiya shart va qoidalariga rioya qilib, Korzinka Plus kartasi bilan xarid amalga oshirgan shaxs avtomatik ravishda Aksiya ishtirokchisiga aylanadi.

7.3. Haqiqiy Qoidalarning 7.1. bandiga muvofiq 50 000 (ellik ming) so‘m va ko‘proq summaga haqiqiy Qoidalarning 3.2. bandida ko‘rsatilgan davrda (“Mahsulotni xarid qilish davri” bo‘limi) Korzinka Go mobil ilovasida profilga Korzinka Plus kartasini qo‘shish yoki haqiqiy Qoidalarning 4.1. bandida ko‘rsatilganidek (“Hududlar, promo-sayt va xabar berish tartibi” bo‘limi) Korzinka chakana savdo tarmog‘ining istalgan supermarketi, Korzinka DISKONT va Smart do‘konlaridan biri orqali xarid amalga oshirgani uchun Ishtirokchiga yozilgan 1 (bir) urinish Mobil ilovadagi mini o‘yindagi Aksiya Sovrinlari yutuqli o‘yinida ishtirok uchun 1 (bir) huquq beradi.

7.4. 1 (bir) fiskal chekdagi har 50 000 (ellik ming) so‘m uchun 1 (bir) urinish yoziladi. Chekdagi 100 000, 150 000 va ko‘proq summa uchun urinishlar soni ham ikki, uch va mos ravishda ko‘proqqa teng bo‘ladi.

*Oilaviy kartalardan biri ishlatilganida, aksiyada faqatgina 50 000 so‘mdan boshlab tovarlar xarid qilingan karta ishtirok etadi.

7.5. Ishtirok uchun imkon beradigan chek summasini pasaytiradigan tovar supermarketga qaytarilgan taqdirda xaridor aksiyada ishtirok etish huquqidan mosuvo bo‘ladi. Ishtirokchida ushbu chek bo‘yicha yutib bo‘lingan sovrin bo‘lsa, mazkur sovrin bekor qilinadi va foydalanish uchun yaroqsiz deb topiladi.

7.6. Ishtirokchi tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar miqdori cheklanmagan.

7.7. Qoidalarning 3.2. bandida (“Aksiyani o‘tkazish muddati” bo‘limi) belgilangan davrda mobil ilovadagi mini o‘yinda Aksiya Sovrinlari yutuqli o‘yinida qatnashish uchun Ishtirokchiga qancha ko‘p urinishlar (turli fiskal cheklar bo‘yicha xaridlar amalgan oshirilganida) yozilgan bo‘lsa, uning qimmatbahoroq Aksiya Sovrinlari egasi bo‘lish uchun imkoniyatlari ham shunchalik ko‘payadi.

7.8. To‘lov vaqtida Mobil ilova orqali Korzinka Plus kartasidan foydalanib, xaridor Aksiyada ishtirok etayotgani haqida Mobil ilovadagi push-bildirgi vositasida xabar topadi. Shuningdek, Tashkilotchi ishtirok to‘g‘risida xaridorning raqamiga SMS-xabarnoma va Telegram-bot xabarlarini yuborishi mumkin.

Agar Ishtirokchi mobil ilovasi, SMS yoki Telegram-bot orqali bildirgi olmagan bo‘lsa, Tashkilotchi Mobil ilovasida ishtirok uchun urinishlar soni hisoblar tarixidan tekshirib olishi mumkin. Qo‘shimcha savollar yuzaga kelgan taqdirda, ishtirokchi +998 (78) 140-14-14 raqami orqali call-markazga murojaat qilishi mumkin.

7.9. Tashkilotchi Mobil ilovasidagi mini o‘yindagi Aksiya Sovrinlari taqdim etilishi lahzaning o‘zidayoq, o‘yin interfeysidagi kerakli harakatlar bajarilgani zahoti yuz beradi. Sovrin turi avtomatik ravishda tasodifiy tartibda aniqlanadi. Aksiya davomida qabul qilingan barcha Sovrinlar Mobil ilovaning Aksiyalar sahifasida saqlanadi.

8. AKSIYADA SOVRINLAR AJRATILISHI VA TAQDIM ETILISHI

8.1. Aksiya mobil ilovadagi mini o‘yin shaklida o‘tadi. Mini o‘yin o‘z ichiga lahzalik sovrinlarni (bu yerda, yuqorida va keyingi o‘rinlarda – “Aksiya sovrinlari”) oladi, ular tasodifiy tartibda Mobil ilovada beriladi. Aksiyadagi pulli sovrinlarning umumiy miqdori cheklangan.

8.2. Mini o‘yindagi aksiya ishtirokchisi oladigan lahzalik sovrin turini aniqlash butun Aksiya davomida o‘rnatilgan limitlarni hisobga olgan holda Mobil ilovadagi ichki algoritm orqali tasodifiy tartibda sodir bo‘ladi. Sovrinni taqdim etish Ishtirokchi tomonidan Mobil ilovadagi mini o‘yin yakunlangani zahoti ro‘y beradi.

9. SOVRINLARDAN FOYDALANISH SHARTLARI / TARTIBI

9.1. Olingan sovrinlarni Mobil ilovaning Aksiyalar va promokodlar bo‘limida yoki Aksiyalar sahifasidan topish mumkin. 15 000 (o‘n besh ming) va 1 500 000 (bir million besh yuz) so‘m nominaldagi virtual sovg‘a kartalari (vaucherlari) ko‘rinishidagi sovrinlardan foydalanish uchun kassada xarid uchun to‘lovni amalga oshirishdan oldin mobil ilovadagi virtual sovg‘a kartasi QR-kodini skanerlash zarur bo‘ladi. Sovg‘a vaucherlari amal qilish muddati: olinganidan boshlab 15 (o‘n besh) kun.

9.2. Sovrin taqdim etilgach, unga egalik huquqi Foydalanuvchiga o‘tadi. Aksiya G‘olibi unga yuborilgan Aksiya sovrinidan foydalanish bilan bog‘liq barcha choralarni o‘zi hal qiladi.

9.3. Tashkilotchi, internet provayderlari, aloqa operatorlari va istalgan boshqa xizmatlarning ishi natijasida elektron jo‘natmalar yetib bormagani yoki kech yetib borgani, yo‘qolgani yoki zarar yetgani uchun javobgar hisoblanmaydi.

9.4. Aksiya o‘tkaziladigan butun Davr davomida kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va matnli xabarlar uchun mobil telefon raqamlarining ishlashini ta’minlash mas’uliyati Aksiya Ishtirokchilariga yuklanadi.

9.5. Aksiya Sovrinini olish huquqi Aksiya G‘olibi tomonidan uchinchi shaxsga o‘tkazilishi mumkin emas. Yutib olingan sovrinning Aksiyadagi boshqa sovrinlarga almashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlarning pul shaklidagi ekvivalenti to‘lanishi amalga oshirilmaydi.

9.6. Aksiya sovrinlarining miqdori cheklangan va haqiqiy Qoidalarda belgilanganidek miqdorni tashkil etadi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinlarni berish bo‘yicha mas’uliyatlari haqiqiy Qoidalarning 6.2. va 6.3. bandlarida ko‘rsatilganidek, Sovrin jamg‘armasining umumiy hajmi bilan chegaralanadi. Shu sababli Aksiya Ishtirokchisi qandaydir miqdorda kompensatsiya (shuningdek, pul shaklidagi) talab qilishi mumkin emas.

 

10. XARAJATLAR. MAS’ULIYAT CHEKLANISHI

10.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun mas’uliyat olmaydi:

10.1.1. Ishtirokchilar tomonidan Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinlarni olish bilan bog‘liq mas’uliyatlarning bajarilmagani (o‘z vaqtida bajarilmagani);

10.1.2. Ishtirokchilarning Aksiya Qoidalari bilan tanishib chiqmaganligi, Aksiyani o‘tkazish natijalari bilan tanishib chiqmaganligi;

10.1.3. Ishtirokchilardan xatlar, qo‘ng‘iroqlar va / yoki elektron xabarlar olmaslik, shuningdek, pochta xizmati, aloqa tashkiloti xatosi bilan yuzaga kelgan texnik muammolar va / yoki Internet tarmog‘i va / yoki Aksiyani o‘tkazishda foydalaniladigan aloqa kanallarida qallobliklar;

10.1.4. Aloqa operatorlari, Internet provayderlar, Aksiya Tashkilotchisining aybi bilan bo‘lmagan istalgan texnik nosozliklar, muammolar, profilaktika ishlari va boshqalar;

10.1.5. Aksiya va (yoki) Sovrinni olishda Ishtirokchi tomonidan sarflangan istalgan xarajatlar va (yoki) zararlar.

10.1.6. Oldini olishning imkoni bo‘lmagan holatlar yuz bergan vaziyatlarda (fors-major), xususan, favqulodda vaziyat rejimi va / yoki COVID-19 bilan bog‘liq sanitar-epidemiologik cheklov / taqiqlar joriy qilinganda.

10.2. Aksiyaning barcha Ishtirokchilari o‘zlarining Aksiyadagi ishtiroki uchun sarflanadigan barcha va istalgan xarajatlarni (xususan, aloqa operatorlari, Internet tarmog‘i, Aksiya to‘g‘risida istalgan ma’lumotni olish, aksiya mahsulotini xarid qilish va boshqalar xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlarni) o‘zlari mustaqil to‘laydilar.

10.3. Tashkilotchi Aksiya sovrinlariga egalik huquqlari to‘g‘risidagi istalgan bahslarga mas’uliyatni olmaydi. Bahslarga oid istalgan vaziyatda so‘nggi qarorni Tashkilotchi qabul qiladi va mazkur qarorda shikoyatga o‘rin yo‘q.

Tashkilotchi mobil telefon raqami, elektron manzil, Aksiya mahsuloti, Ishtirokchining unikal kodi, jismoniy yoki virtual Korzinka Plus kartasi, boshqa bir shaxs chekining tegishliligi masalalarida ham bahslar yuzaga kelganida bahsga kirishmaydi. Bu kabi barcha bahslar munozarali tomonlarning o‘zi tomonidan mustaqil va o‘z hisoblaridan hal qilinadi.

10.4. Tashkilotchi internet provayderlar, aloqa operatorlari, istalgan pochta, yetkazuv yoki boshqa xizmatlarning xatolari natijasida sodir bo‘lgan pochta va elektron jo‘natmalarning yetib bormaganligi yoki kech yetib borgani, yo‘qolgani yoki zarar yetgani uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

10.5. Tashkilotchi taqdim etilgan Sovg‘aning olib bo‘lingach, Aksiya G‘olibi tomonidan qanday ishlatilishi, Aksiya G‘olibi tomonidan istalgan sabablarga ko‘ra Sovrindan foydalana olmasligi ehtimoli bilan bog‘liq javobgarlikni ham o‘z zimmasiga olmaydi.

10.6. Olingan Sovrindan faqatgina Ishtirokchi hisoblangan shaxslar foydalanishiga yo‘l qo‘yiladi. Sovrin garov yoki to‘lov vositasi predmeti sifatida qatnashadigan istalgan harakatlar, operatsiyalar, kelishuvlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

10.7. Tashkilotchi, O‘zbeksiton Respublikasining amaldagi qonunchiligi va haqiqiy Qoidalarga rioya qilgan holda, o‘z xohishiga ko‘ra, Aksiyada ishtirok etish haqidagi hujjatlar soxtalashtirilgan yoki ularning soxtalashtirilishidan foyda olgan yoki haqiqiy Qoidalar buzilgan (haqiqiy Aksiya bilan bog‘liq shaxslarni bezovta qilishdan to‘xtamaslik, haqorat qilish) yoki O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablarini buzgan taqdirda ishtirok uchun barcha arizalarni yaroqsiz deb topishi, istalgan shaxsning Aksiyada ishtirokini o‘z xohishiga ko‘ra taqiqlash huquqini saqlab qoladi.

10.8. Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiyada firibgarlikka to‘siq bo‘luvchi qo‘shimcha texnik cheklovlarni tatbiq qilish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Qaysidir bir Ishtirokchi tomonidan g‘arazli harakatlarga bo‘lgan istalgan urinish aniqlangan hollarda, uning yutug‘i bekor qilinadi, Ishtirokchining o‘zi esa Aksiyadan ishtirok etishdan chetlatiladi.

10.9. Tashkilotchi Aksiyadagi ishtirokning beg‘arazligi bahosini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi shartlariga va haqiqiy Qoidalarga muvofiq, o‘zidagi texnik imkoniyatlar asosida mustaqil amalga oshiradi.

10.10. Tashkilotchi, tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, istalgan turdagi harbiy harakatlar, qamallar, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari kabi fors-major holatlar, Aksiya o‘tkaziladigan hududda amal qiladigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilganidek, o‘zi tomonidan nazoratga olib bo‘lmas boshqa vaziyatlar yuzaga kelganida javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

 

11. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

11.1. Aksiyada ishtirok etarkan, Ishtirokchi aniq va faol (ishonchli) ma’lumotlarni ko‘rsatish majburiyatini oladi. Shuningdek, u o‘z ixtiyori va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, O‘zR. qonunchiligida, xususan, 2019-yil 21-iyunda qabul qilingan “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi 547-sonli O‘RQ va haqiqiy Qoidalarda nazarda tutilgan vaziyat va hajmlarda Tashkilotchi va vakolatli shaxsga Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy va boshqa ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, yuborish (transchegaraviy ham), foydalanish, saqlashga ruxsat beradi.

11.2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida Sovrinni olish uchun Ishtirokchi Tashkilotchiga O‘zR. amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda, haqiqiy Ofertada (Qoidalar) ko‘rsatilgan ma’lumotni (shuningdek, o‘z shaxsiy ma’lumotlarini) taqdim etishi zarur.

11.3. Aksiyada ishtirok etarkan, har bir Ishtirokchi o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotdan, Sovrin olingan taqdirda va hudud, vaqt va foydalanish usuli (va bunday foydalanuv Tashkilotchi tomonidan hech bir shaklda qoplab berilmaydi) bo‘yicha hech qanday cheklovlarsiz, Tashkilotchining O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan marketing va / yoki istalgan boshqa reklama faoliyati, xususan, uning ism, familiya, fotosuratlari, u haqidagi intervyu yoki boshqa materiallardan reklama / marketing maqsadida, shuningdek, OAV, istalgan bosma, audio va videomateriallar, OAV bilan intervyuda e’lon qilish (ism va fotosuratlar) huquqiga egaligini, foydalanishga roziligini tasdiqlaydi.

11.4. Aksiyada ishtirok etarkan, Aksiya G‘olibi Tashkilotchi va vakolatli shaxsga o‘z shaxsiy ma’lumotlaridan, jumladan, fotosuratlar, intervyu, telefon raqami, e-mail va (yoki) Tashkilotchining reklama va (yoki) marketing maqsadlaridagi materiallarida, xususan: Tashkilotchi va vakolatli shaxsga Ishtirokchi ma’lumotlari va materiallarini OAV, istalgan bosma nashrlar, Internet tarmog‘ida hudud, vaqt va foydalanish usulidagi cheklovlarsiz e’lon qilishga huquq beradi; va bunday foydalanuv Aksiya Tashkilotchisi tomonidan Ishtirokchiga hech qanday shaklda qoplab berilmaydi (to‘lanmaydi).

11.5. Aksiyada ishtirok etarkan, har bir Ishtirokchi amal qilish muddati bo‘yicha cheklovlarsiz, kelajakda uning mobil telefon raqami, e-mail manziliga Tashkilotchi va vakolatli shaxs tomonidan yuboriladigan SMS-xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot / reklama xabarlarini olishga rozilik bildiradi.

 

12. BOSHQA SHARTLAR

12.1. Aksiyada ishtirok etarkan, Ishtirokchi Aksiyani o‘tkazishning barcha Qoidalari va unda ishtirok etish shartlarini bilan tanishib chiqqani hamda so‘zsiz rozi ekanligini tasdiqlaydi.

12.2. Aksiyani o‘tkazish Qoidalari Tashkilotchi tomonidan Aksiya o‘tkaziladigan butun muddat davomida o‘zgartirilishi va / yoki unga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Aksiya Tashkilotchisi Aksiya shartlari, Aksiyani o‘tkazish Qoidalari va muddatiga istalgan vaqtda bir tomonlama o‘zgartish kiritish, shuningdek, Aksiyani muddatidan avval to‘xtatish huquqini saqlab qoladi. Reklama Aksiyasini o‘tkazish qoidalariga o‘zgartish va / yoki qo‘shimchalar kiritilishi Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkiliotchi saytida e’lon qilinganidan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.

12.3. Aksiya Tashkilotchisi, o‘z xohishiga ko‘ra, Ishtirokchilarga sabablarini tushuntirmay va ular bilan yozishmalarga kirishmay, Aksiya Ishtirokchilarining istalgan harakatlarini yaroqsiz deb topishi, shuningdek, Aksiyada ishtirokini taqiqlashi, Tashkilotchi Ishtirokchi tomonidan ma’lumotlar soxtalashtirilgani yoki istalgan ma’lumotlar soxtalashtirilishidan foyda olayotgani borasida asosli shubhalarga ega bo‘lsa, istalgan shaxs oladigan Sovrinni bekor qilishi mumkin.

12.4. Haqiqiy qoidalar bilan tartibga solinmagan har qanday bahsli masalalarni va / yoki masalalarni noaniq talqin qilishga imkon beradigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq yakuniy qaror qabul qiladi.

12.5. Haqiqiy Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlarda Tashkilotchi va Ishtirokchi / Aksiya G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bo‘yicha ish olib boradi.

12.6. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek, bahslarning hal etilish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.

12.7. Haqiqiy Ommaviy ofertaning amal qilish muddati – Aksiya o‘tkaziladigan davr yakunlangunicha.