So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
Tabiatga g‘amxo‘rlik bilan: Korzinka “Plastikakl kim?” nomli bolalar kitobini taqdim etadi.

Barcha

19 dekabr 2022

Tabiatga g‘amxo‘rlik bilan: Korzinka “Plastikakl kim?” nomli bolalar kitobini taqdim etadi.

Barcha

19 dekabr 2022

Korzinka supermarketlar tarmog‘i uch yil davomida oilaviy kitob mutolaa qilish an’anasini faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Brend har yili bolalar va ularning ota-onalari uchun qiziqarli va yangidan yangi takliflar berishga intiladi. 2022-yilda Korzinka yangi bosqichga ko‘tarildi hamda o‘zbek xalq yozuvchisi va kinorejissyori Madina Mo‘minova bilan hamkorlik natijasi – "Plastikakl kim?» kitobini taqdim etdi. Yorqin dizaynli dengiz hayoti haqidagi maroqli hikoya bolajonlar tarbiyasidagi to‘g‘ri yo‘nalishni belgilashga qaratilgan.

Yangi kitobdagi voqealar ketma-ketligi okeanni ifloslanishdan halos etish g‘oyasiga asoslangan. Bosh qahramonlar — suv osti dunyosining jasur aholisini asosiy dushmanga qarshi hayajonli kurash mashaqqati kutmoqda. Delfincha Doni, toshbaqavoy Che va dengiz toychog‘i Luppi Lu ularning jonajon oshiyonini plastik chiqindilar uyumiga aylantirgan general Plastikaklga qarshi jangga kirishadilar.

"Plastikakl kim?" kitobi bolalarda o‘z sayyoramizga g‘amxo‘rlik qilish tuyg‘usini uyg‘otish maqsadida yaratilgan, loyihaning amalga oshirilishi esa unib kelayotgan yosh avlod rivojiga qaratilgan Korzinka maqsadini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi. Axir, tabiatni asrash va turmush-tarzimizning sifati biz ota-onalarga va farzandlarimiz qalbiga jo qilayotgan qadriyatlarimizga bog‘liq.


Kitob muallifi – Madina Mo‘minova, bir qator mualliflik shou-loyihalari, bolalar spektakllari va ssenariylari bilan tanilgan. Kichkina qahramonlar haqida hikoya yozish g‘oyasi muallifda bolalar bilan ishlash jarayonida paydo bo‘lgan. "Yangi avlod odatdagidan erkin, jasur va samimiydir. Bugungi kun yoshlari dunyo muammolariga hamdard bo‘lishga qodir. Aynan shuning uchun bolalarga sayyoramizning qiyinchiliklari haqida aytib berish muhim. Ishonchim komilki, ular bizning umumiy uyimizni vayronagarchiliklardan himoya qilishga tayyor",- deya Madina Boburovna o‘z fikrlari bilan bo‘lishadi.

An'anaga ko‘ra siz kitobni Korzinka tarmog‘ining supermarketlarida 119 990 so‘m evaziga xarid qilishingiz mumkin. Ammo, bu hali hammasi emas! Korzinka maxsus aksiyani yo‘lga qo‘ydi, uning doirasida siz yangi kitobni super narxda — bor-yo‘g‘i 49 990 so‘m evaziga olishingiz mumkin.

 

Kitobni qanday qilib super narxda sotib olishim mumkin?

Aksiyada ishtirok etish uchun siz 5 dona maxsus fishkalarni to‘plashingiz va ularni aksiya bukletida jamlashingiz kerak. Siz fishkalarni jismoniy yoki Korzinka mobil ilovasidagi virtual bukletda to‘plashingiz mumkin.

Jismoniy fishka chekdagi har 100 000 so‘m va hamkorlarimiz – 365 kun yoki "Из Корзинки" savdo belgilaridan xarid qilingan mahsulot uchun taqdim etiladi.

Korzinka mobil ilovasida Korzinka kartangizdan foydalangan holda siz qo‘shimcha virtual fishka olishingiz mumkin.

Mobil ilovada fishkalarni to‘plash orqali siz bitta qo‘shimcha fishka olasiz. Barcha ishtirokchilarga fishkalarni mobil ilovada to‘plashni tavsiya etamiz – chunki bu ekologik toza va fishkalar har doim qo‘l ostingizda bo‘ladi.

Bukletdagi har beshta aksiya fishkalari uchun siz kitobni xarid qilishda chegirmaga ega bo‘lasiz va uni unumli narxda olishingiz mumkin bo‘ladi.


Aksiya shartlari bilan saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.

Fishkalar taqdim etilishi 2022 yil 19-dekabrdan boshlanadi. Aksiya doirasidagi kitoblar soni cheklangan.