So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida zilziladan jabr ko‘rganlar uchun gumanitar yordamga hissa qo‘shdi

Korzinka hayotidan

11 fevral 2023

“Korzinka” Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida zilziladan jabr ko‘rganlar uchun gumanitar yordamga hissa qo‘shdi

Korzinka hayotidan

11 fevral 2023

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i hamkorlarning tashabbusini qo‘llab-quvvatladi va Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida zilzila qurbonlariga insonparvarlik yordamiga hissa qo‘shdi.

Taniqli restoratorlar Ahmad Meliboyev va Bahriddin Chustiy oshpazlar jamoasi bilan birgalikda bir hafta davomida kuchli zilzila qurbonlariga yordam sifatida ovqat pishirib, bepul tarqatish uchun Turkiyaning Gaziantep va Hatay shaharlariga jo'nab ketishdi.

10-fevral kuni “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i va “Mehrli qo‘llar” fondi – "Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi" NNT ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatladilar va birgalikda oshpazlarimizga Toshkentdan Turkiyaga 14,25 tonna oziq-ovqat mahsulotlarini yubordilar.

1122.jpg

— Bir qator yaxshi insonlarning hissasi va ko‘magi bilan bir haftalik ro‘zg‘orlikni olib, O‘zbekiston xalqi nomidan beminnat xizmat qilish uchun oshpazlar va restoratorlar jamoasi bilan birgalikda Turkiya tomon yo‘l oldik. Maqsadimiz — shunday og‘ir davrda, davlatimiz va xalqimiz bilan bir tan-u, bir jon bo‘lib, qo‘ldan kelgancha yordam berish, dedi Bahriddin Chustiy.

Ushbu tashabbus O‘zbekiston hukumatining insonparvarlik yordami doirasida O‘zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi, Yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi, TUMED bitiruvchilari xalqaro uyushmasi, bir qator tadbirkorlar va volontyorlar ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Kompaniya jabrlanganlarning barchasiga hamdardlik bildiradi va shaharlar favqulodda vaziyatdan imkon qadar tezroq tiklanishiga umid qiladi.