So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” BMT Global Kelishuvining O‘zbekistondagi birinchi a'zosi sifatida biznesni barqaror rivojlantirish forumini qo‘llab-quvvatlaydi

Korzinka hayotidan

24 sentyabr 2022

“Korzinka” BMT Global Kelishuvining O‘zbekistondagi birinchi a'zosi sifatida biznesni barqaror rivojlantirish forumini qo‘llab-quvvatlaydi

Korzinka hayotidan

24 sentyabr 2022

TOSHKENT, O'zbekiston – Birlashgan Millatlar Tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi BMT Global Kelishuvi va BMTning Barqaror rivojlanish bo'yicha biznes koalitsiyasining ta'sischi a'zolari — "Korzinka" supermarketlar tarmog‘i , Silverleafe va Artel Electronics bilan yaqin hamkorlikda O'zbekistonda biznes barqarorligini rivojlantirish mavzusida forum tashkil etmoqda. Tadbirning axborot hamkori: O‘zbekistondagi Amerika Savdo palatasi.

27 sentabr kuni Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo'lib o'tadigan forum atrof-muhit, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) amaliyotining ahamiyati, barqarorlik tamoyillari va BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) O'zbekistondagi xususiy sektorga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy vakili Roli Asthana xonim barqaror biznes amaliyotlariga oʻtish va targʻib qilish orqali BRMlarga erishishda xususiy sektorning muhim ahamiyatini yoritadi. Keyingi muhokamalar hukumat, xususiy sektor, xalqaro tashkilotlar, shuningdek, BMT Global Kelishuvining Turkiya, Gruziya, Shveytsariya va Lixtenshteyndagi mahalliy tarmoqlari mutaxassislarini birlashtiradi.

Forum ishtirokchilari O'zbekistondagi BMT Global Kelishuvining birinchi ishtirokchilari vakillari: "Korzinka" supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov, "Artel Electronics" kompaniyasining moliyaviy direktori Bektemir Murodov va "Silverleafe" kompaniyasining bosh direktori Dan Pattersondan shu sohada olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar. Ushbu uch kompaniya, shuningdek, BMTning barqaror rivojlanish boʻyicha biznes koalitsiyasining O‘zbekistondagi asoschisi hisoblanadi. BMTning Global Kelishuviga qoʻshilib, ular BMTning Global Kelishuvining mehnat, inson huquqlari va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha oʻnta tamoyilini targʻib qilishga ahd qilishdi.

Forum ESG amaliyotini joriy etishda Oʻzbekistondagi xususiy sektorni yanada ko’proq jalb qilishga moʻljallangan. Muhokamalar inson huquqlari va mehnat sharoitlari, atrof-muhit va biznesni modernizatsiyalash sohasidagi barqaror amaliyotlarni yoritib beradi. Turli sohalardan ma'ruzachilarni bir joyga yig'adigan forumda kompaniyalarga barqarorlik safarini boshlayotganda amaliy foyda keltirishi mumkin bo'lgan eng yaxshi amaliyotlar ham yoritiladi.

Mijozlar, xodimlar va investorlarning kompaniyalarga ESG sohasida boʻlgan talab va umidlari yildan yilga oshib borayotgani butun dunyo kompaniyalariga bosim oʻtkazmoqda. So‘nggi yillarda kuzatilgan pandemiya bilan bu holat yanada kuchaydi. Oʻzbekistondagi biznes jamiyati ham o’zgarishni boshlashi, yanada barqaror va adolatli dunyoga oʻz hissalarini qoʻshishi kutilmoqda.

Uzoq muddatli biznes muvaffaqiyati juda muhimdir, shu bilan birga xodimlar, jamoalar va butun sayyora ham xuddi shunday muhimlikka ega. Bu borada amaliy natijalarga erishish uchun bizga qo'shiling.
Tadbir gibrid formatda tashkil etiladi. Tadbir Hyatt mehmonxonasida 27 sentyabr 2022, 13:30-18:00 da (Toshkent mahalliy vaqt bilan) bo'ladi. Ishtirokchilardan tadbir oldidan ushbu havola yordamida onlayn ro'yxatdan o'tish so'raladi: Ro'yxatdan o'tish