So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” qog‘oz cheklar o‘rniga virtual cheklardan foydalanish imkonini taqdim etdi

Barcha

17 mart 2023

“Korzinka” qog‘oz cheklar o‘rniga virtual cheklardan foydalanish imkonini taqdim etdi

Barcha

17 mart 2023

17.03.2023, Toshkent, O‘zbekiston — Korzinka mobil ilovasida kassada qog‘ozli cheklarni chop etishni o‘chirish imkoniyati paydo bo‘ldi.


“Korzinka”, O‘zbekistondagi eng yirik savdo tarmog‘i, o‘z mijozlariga qog‘oz cheklar o‘rniga virtual cheklardan foydalanish imkonini taqdim etdi.


Buning uchun Korzinka ilovasi sozlamalariga kirib “Kassada chek olish" surilma tugmasini o‘chirish kerak. 


Shundan so‘ng, Korzinka ilovasidan foydalanilgan keyingi kezda xaridorlar faqat virtual chek olishi mumkin bo‘ladi. 


Xarid to‘g‘risidagi batafsil ma'lumot Korzinka kartasi tarixida saqlanib qoladi. Mobil ilovada o‘chirilmaguncha, qog‘oz chekni chop etilgan holda olish imkoni avvalgidek ishlayveradi.


Shuningdek, xaridorlar istalgan vaqtda “Kassada chek olish” surilma tugmasidan imkoniyatni yoqib olishlari mumkin.


Qog‘ozli cheklar sonining qisqartirilishiga harakat — so‘nggi yillarda butunjahonda ommalashib borayotgan holdir


Buning bir qator sabablari mavjud:

  1. toksik (zaxarli) moddalar bilan chop etilgani uchun cheklar zararlidir; 

  2. cheklar qayta ishlanishi qiyin bo‘lgan termoqog‘ozdan tayyorlanadi; 

  3. cheklar ishlab chiqarilayotganda ko‘plab tabiiy resurslar isrof bo‘ladi.


Qog‘oz cheklarning qisqartirilishi chiqindilar hajmining pasayishi va xaridorlar vaqtining tejalishiga zamin yaratadi.


“Biz “Korzinka”da O‘zbekistondagi qayta ishlanmaydigan chiqindilar hajmini qisqartirishga va xaridlar uchun maksimal qulay sharoitlarni yaratishga harakat qilamiz. Umid qilamizki, mehmonlarimiz yangi imkoniyatdan faol foydalanadilar va atrof-muhitga nisbatan e'tiborli bo‘lish, g‘amxo‘rlik qilish madaniyatini birga shakllantirishimizda o‘z hissalarini qo‘shadilar”, — deya ta'kidladi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i marketing direktori Malik Karimov.


Izoh:


Yangi imkoniyatdan foydalanish uchun ilovani Google Play va App Store'dagi mavjud eng so‘nggi talqingacha yangilash zarur.


Korzinka ilovasida karta qo‘shilgan bo‘lishi kerak — sozlama mijoz aloqa vositasi ilovasidagi Korzinka kartasi yordamida amalga oshirilgan xaridlar uchun amal qiladi. 


Agar karta bir necha vositalarda qo‘shilgan, “Kassada chek olish” funksiyasi bir vositada (akkauntda) o‘chirilgan bo‘lsa, boshqa vositalardan turli foydalanuvchilar tomonidan foydalanilganda, ularda chek chiqishi davom etadi.


Korzinka ilovasi orqali karta bilan to‘lovda chek haqidagi ma'lumot Davlat soliq qo‘mitasiga jo‘natiladi, xaridorlar esa avtomatik ravishda xarid summasidan 1% miqdorda keshbek oladilar. 


Yangi funksiyaning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 943-son qarori bo‘ldi.


Qo‘shimcha ma'lumot uchun:


"Korzinka" supermarketlar tarmog'i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 91 009 98 91

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz



Kompaniya haqida:

Korzinka – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatimizning 10 ta hududida 107 ta do‘kon: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont” va “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo formatidagi, shuningdek, “Lebazar” onlayn yetkazib berish xizmati kiradi.