So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” va Endokrinologiya markazi sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilishda hamkorlikni boshladi

Korzinka hayotidan

19 iyul 2022

“Korzinka” va Endokrinologiya markazi sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilishda hamkorlikni boshladi

Korzinka hayotidan

19 iyul 2022

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i va akademik Yolqin Xolmatovich To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya markazi O‘zbekiston aholisi orasida sog‘lom hayot tarzi va sog‘lom ovqatlanishni keng targ‘ib qilish maqsadida uzoq muddatli hamkorlikni yo'lga qo‘ydi. 2022-yil 19-iyul, seshanba kuni Endokrinologiya markazi direktori Feruz Fatxullayevich To‘rayev va “Anglesey Food” MCHJ XK bosh direktori o‘rinbosari Alisher Baxtiyorovich To‘rayev o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida tegishli memorandum imzolandi.

 

Hamkorlik doirasida “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ida Endokrinologiya markazi mutaxassislarining ekspert ko‘magi asosida sog‘lom turmush tarzi va sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib etishni kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, bu “Korzinka” maydonlarida Endokrinologiya markazi mutaxassislari tavsiyalaridan iborat axborot materiallarini tarqatishni o‘z ichiga oladi. Tez orada sog‘lom ovqatlanish to‘g‘risidagi animatsion roliklar seriyasi supermarketlarda joylashtirilgan ekranlarda mehmonlar uchun qulay talqinda efirga uzatila boshlaydi.

 

—   Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 1997-yildayoq noto‘g‘ri ovqatlanish sababli yuzaga keladigan kasalliklarini tan olgan va ular hozirgi kunda ham tibbiyotda sezilarli muammolar sirasiga kiradi. Ushbu kasalliklar inson hayoti sifati va barcha sohadagi faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatib, ko‘pincha o‘zi bilan qo‘shimcha kasalliklarni ham boshlab keladi. Bizning hamkorlarimiz bilan birgalikdagi ustuvor vazifalarimiz aholiga to‘g‘ri ovqatlanish to‘g‘risida axborot yetkazish, iste'molchilarga sog‘lom va to‘yimli mahsulotlar foydasiga tanlovlarni amalga oshirish imkoniyatini taklif etish orqali ushbu kasalliklarni oldini olish, shuningdek, aholi o’rtasida jismoniy faollikni oshirishni qo‘llab-quvvatlashdan iborat, — Endokrinologiya markazi direktori Feruz To‘rayev qayd etib o‘tdi.

 

—   Har kuni iste’mol mahsulotlarini xarid qilish uchun o‘n minglab mehmonlar supermarketlarimizga tashrif buyuradilar. Ularni sifatli mahsulotlar, birinchi o‘rinda sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bizning eng ustuvor yo‘nalishlarimizdan biri sanaladi. 2006-yilda biz O‘zbekistonda birinchi bo‘lib “sog‘lom ovqatlanish” toifasini joriy qilgan edik. Endilikda Endokrinologiya markazi ekspert ko‘magi asosida sog‘lom ovqatlanish to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlarni keng tarqatish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa, hozirgi zamonaviy olamda juda dolzarb hisoblanadi. Biz hamkorlarimizga qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz va samarali hamkorlikka umid qilamiz, — dedi “Anglesey Food” MCHJ XK sifat bo‘yicha bosh direktori o‘rinbosari Alisher To‘rayev.

 

Ta’kidlab o‘tish joiz, 2022-yil aprel oyidan boshlab “Korzinka” va Endokrinologiya markazi ijtimoiy tarmoqlarda turli oziq-ovqat mahsulotlarining foydali xususiyatlari to‘g‘risidagi hamkorlik nashrlari seriyasini yo‘lga tushirdi. Memorandumda qayd etib o‘tilgan rejalarning amalga oshirilishi hamkorlik ko‘lamini kengaytirish va tomonlar sherikchiligini yangi darajaga olib chiqishga imkon yaratadi.