So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” Huawei AppGallery’da O‘zbekistonning birinchi supermarketlar tarmog‘i bo‘ldi

Korzinka hayotidan

13 iyun 2023

“Korzinka” Huawei AppGallery’da O‘zbekistonning birinchi supermarketlar tarmog‘i bo‘ldi

Korzinka hayotidan

13 iyun 2023

13.06.2023, Toshkent, Oʻzbekiston – Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda Huawei qurilmalaridan 500 000 dan ortiq odam foydalanadi.


“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, “Huawei AppGallery” do‘konida o’zining mobil ilovasini taqdim etdi.


“Android” va “iOS” qurilmalari uchun yaratilgan versiyalari kabi yangi ilovada ham barcha kerakli funksiyalar mavjud:


  • “Korzinka Plus” kartasini ochish va ulash,

  • onlayn-katalog,

  • vaucher balansini tekshirish,

  • xaridlarni to'lash uchun bank kartalarini ulash,

  • ZoodPay orqali muddatli to'lov evaziga xarid qilish,

  • qog‘ozli cheklarni chop etishni o‘chirish,

  • bank kartasi bilan “Korzinka” ilovasi orqali tovarlarni to'lashda Soliq qo'mitasidan keshbek avtomatik tarzda hisobga oʻtkazish imkoniyatlari.


“O‘zbekistonda Huawei qurilmalaridan 500 000 dan ortiq odam foydalanadi va biz AppGallery’da Korzinka ilovasini chop etish orqali ularga yangi imkoniyatlarni taqdim etishdan mamnummiz. Biz yanada yaxshiroq va yaqinroq bo’lish tamoyiliga amal qilgan holda, mobil ilovamizni hammaga foydali va qulay bo’lishi uchun bor kuchimizni ishga solamiz”, — deb izoh berdi Korzinka supermarketlar tarmog‘i marketing departamenti direktori Malik Karimov.


“Korzinka” O‘zbekistonning “Huawei” foydalanuvchilari uchun ilova ishlab chiqqan birinchi supermarket tarmog‘i bo‘ldi.


Mobil ilovasini havola orqali yuklab olish mumkin.


Qo'shimcha ma'lumot uchun:


"Korzinka" supermarketlar tarmog'i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz


Kompaniya haqida:


“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 10 ta hududida 113 ta do‘kon: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont” va “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo formatidagi, shuningdek, “Lebazar” onlayn yetkazib berish xizmati kiradi.


Platforma haqida:


AppGallery — Huawei qurilmalari uchun 2018-yilda dunyoga taqdim etilgan rasmiy ilovalarni tarqatish platformasi. Hozirda dunyodagi eng mashhur ilovalar do'konlari uchligiga kiradi.