So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
Korzinkada «GoodMix» brendidan ikkita batonchik xaridi uchun "Hissiyotlarni aralashtir - sovrinlarni aralashtir" REKLAMA AKSIYALARINI O‘TKAZISH QOIDALARI

Aksiyalar

1 noyabr 2023

Korzinkada «GoodMix» brendidan ikkita batonchik xaridi uchun "Hissiyotlarni aralashtir - sovrinlarni aralashtir" REKLAMA AKSIYALARINI O‘TKAZISH QOIDALARI

Aksiyalar

1 noyabr 2023

Korzinkada «GoodMix» brendidan ikkita batonchik xaridi uchun "Hissiyotlarni aralashtir - sovrinlarni aralashtir"

REKLAMA AKSIYALARINI O‘TKAZISH QOIDALARI

(KEYINGI O‘RINLARDA — "QOIDALAR")

1. Korzinkada «GoodMix» brendidan ikkita batonchik xaridi uchun "Hissiyotlarni aralashtir - sovrinlarni aralashtir" (bundan buyon matnda "aksiya" deb yuritiladi) REKLAMA AKSIYASI qiziqishlarni yaratish va saqlab qolish, GoodMix savdo belgisi ostidagi mahsulotlarga ijobiy imidjni shakllantirish, shuningdek savdolar hajmini ko‘paytirish maqsadida noaniq shaxslar orasida o‘tkaziladi. Aksiya lotereya yoki qimor emas, Ishtirokchilardan ishtirok etish uchun haq to‘lashni talab qilmaydi.

2. AKSIYA TASHKILOTCHISI VA HAMKORI HAQIDA MA’LUMOT

2.1. Aksiya tashkilotchisi (keyingi o‘rinlarda – "Tashkilotchi"): "Nestle Food" MChJ XK          

2.2 Aksiyaning texnik hamkori "ANGLESEY FOOD" MChJ XK, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxs, STIR: 202 099 756, joylashgan manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo’li ko‘chasi, 120, pochta indeksi: 100015.

3. AKSIYANI O‘TKAZISH MUDDATI

3.1. Aksiyani o‘tkazish muddati: 2023-yil 1-noyabrdan 2023-yil 10-dekabrgacha (keyingi o‘rinlarda "Aksiya muddati" yoki "Aksiya davri" deb yuritiladi).

3.2. Aksiya mahsulotlarini sotib olish muddati: 2023 yil 01 oktyabrdan 2023 yil 10 dekabrgacha

3.3. Aksiya g‘oliblarini aniqlash muddati: mazkur Aksiya Qoidalarining 9.2.-bandida ko‘rsatilgan Sovrinlar yutuqli o‘yini jadvaliga muvofiq 2023-yil 08-noyabrdan 2023-yil 20-dekabrgacha.

3.4. Ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi vaqti bo‘yicha hisoblanadi.

4. HUDUDI, PROMO-SAYTI VA MA’LUMOT BERISH TARTIBI

4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi hududida (keyingi o‘rinlarda – O‘zR), O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan Korzinka, Korzinka DISKONT va Smart supermarketlar tarmog‘ida o‘tkaziladi, franshiza bo‘yicha ishlaydigan va quyidagi manzillarda joylashgan Korzinka DISKONT supermarketlari bundan mustasno: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uy (keyingi o‘rinlarda - "Aksiyani o‘tkazish hududi").

4.2. Ishtirokchilarning Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan ularni o‘zgartirish, qo‘shimcha qilish), Aksiya qoidalari to‘g‘risida xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

1) Aksiya Hamkorining rasmiy https://korzinka.uz/ internet-sahifasida (yuqorida, bu yerda va undan keyin - "Sayt")

2) Tashkilotchining tanlovi bo‘yicha boshqa usullarda.

3) Aksiya bo‘yicha savollar uchun elektron pochta: retail@mirelgroup.com

4.3. Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiya shartlarini o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish, uni muddatidan oldin to‘xtatish, Aksiya haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilish huquqiga ega. Aksiya va uning shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchining veb-saytida e’lon qilingan taqdirda mumkin.

4.4. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma muzokaralar yoki boshqa aloqalarga kirmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi, ushbu Qoidalarda, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan va nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.

5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

5.1. Aksiyada 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan va ro‘yxatdan o‘tgan, 9.1.-bandga muvofiq barcha talab qilinadigan hujjatlar mavjudligida Tashkilotchining Sodiqlik dasturida ro‘yxatdan o‘tgan va Korzinka, Korzinka DISKONT va Smart supermarketlar savdo va chakana savdo tarmog‘ining amaldagi/faol jismoniy yoki virtual (virtual sodiqlik kartasi Korzinka Plus ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak) Sodiqlik kartasi egasi bo‘lgan barcha layoqatga qodir jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin.

5.2. Aksiyada ishtirok etishga quyidagilar yo’l qo‘yilmaydi:

• Tashkilotchining xodimlari;

• Aksiya tashkilotchisi bilan aloqador deb topilgan shaxslar;

• Tashkilotchi bilan belgilangan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarga ega bo‘lgan hamda Aksiyani tashkil etish va (yoki) o‘tkazish, Aksiya mahsulotlarini sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlar va uchinchi shaxslarning vakillari;

• yaqin qarindoshlar, yuqoridagi shaxslarning to‘laqonli va to‘laqonli bo‘lmagan (umumiy otasi yoki onasi bo‘lgan) aka-uka va opa-singillari;

• ushbu Aksiya Qoidalari shartlarini bajarmagan shaxslar;

• O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi bo‘lmagan holda O‘zbekiston hududida yashovchi shaxslar.

5.3. Ushbu Qoidalarning 7.1-bandidagi va ushbu Qoidalarning boshqa qismlaridagi shartlarga mos kelmaydigan shaxslar Aksiyada ishtirok etayotganligi fakti aniqlagan taqdirda, Tashkilotchisi bunday shaxslarga Aksiyada ishtirok etishni va/yoki sovrin olishni rad etishga haqli.

6. AKSIYANING SOVRIN JAMG‘ARMASI

6.1. Aksiyaning sovrin jamg‘armasi Tashkilotchining mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi, Haftalik sovrinlarni, Bosh sovrinni o‘z ichiga oladi (bu yerda, yuqorida va undan keyin – "Aksiya sovrinlari").

Aksiya sovrinlarining umumiy soni cheklangan.

6.2. Haftalik sovrinlar:

* Korzinka savdo tarmog‘ining 300 000 (uch yuz ming) nominalidagi sovg‘a sertifikati – butun Aksiya davomida jami 19 (o‘n to‘qqiz) dona;

* brend g‘ilofli AirPods 3 (uchinchi modeli) - butun Aksiya davomida atigi 18 (o‘n sakkiz) dona;

6.3. Bosh sovrin:

* IPhone 14 PRO Max – butun Aksiya davomida 1 (bitta) dona.

6.4 Tashkilotchi Aksiyaning Sovrin fondini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi, shu jumladan sovrinlar sonini, konfiguratsiyasini, turini va boshqa xususiyatlarini o‘zgartirish, shuningdek Aksiyaning ushbu qoidalarida (Ofertada) nazarda tutilmagan boshqa sovrinlarni Aksiyaga kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

6.5 Aksiya sovrinlarining tashqi ko‘rinishi, ularning hajmi, naqshlari, qadog‘ining rangi va boshqa xususiyatlari reklama materiallarida taqdim etilgan rasmlar va ishtirokchilarning shaxsiy umidlari bilan mos kelmasligi mumkin. Aksiya sovrinlari sifatida taqdim etiladigan tovarlar sifati uchun ushbu tovarlar ishlab chiqaruvchisi javobgar bo‘ladi.

6.6 Sovrinlarning pul ekvivalenti Tashkilotchi tomonidan berilmaydi, boshqa sovrinlar bilan almashtirilmaydi.

7. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

7.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi ushbu Qoidalarning 3-qismida ko‘rsatilgan quyidagi konkludent harakatlar ketma-ketligini Aksiya o‘tkaziladigan davr davomida bajarishi kerak:

Xarid qilish: Ushbu Qoidalarning 3.2-bandida ko‘rsatilgan davrda, ushbu Qoidalarning 4.1-bandida ko‘rsatilgan Korzinka, Korzinka DISKONT va Smart savdo va chakana savdo tarmog‘ining istalgan do‘konida Korzinka savdo va chakana savdo tarmog‘ining jismoniy Sodiqlik kartasi yoki Korzinka Plus ilovasida ro‘yxatga olingan Korzinka savdo va chakana savdo tarmog‘ining virtual sodiqlik kartasidan foydalanib (keyingi o‘rinlarda - "Sodiqlik kartasi" va/yoki "Korzinka savdo va chakana savdo tarmog‘ining Sodiqlik kartasi"), Aksiya mahsulotining 2 (ikkita) birligi ko‘rsatilgan 1 (bitta) fiskal chekda 2 (ikkita) va undan ortiq GoodMix batonchigini xarid qilish = Aksiya sovrinlari o‘yinida qatnashishga 1 (bitta) Ariza hisoblanadi, agar 1 (bitta) fiskal chekda 2 (ikkita)dan ortiq mahsulot birligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, unda har bir xarid qilingan 2 (ikkita) mahsulot ishtirok etish uchun 1 (bitta) ariza deb hisoblanadi.

Aksiyada ishtirok etadigan tovarlar:

Goodmix countline Caramel Duo 35x44g RU

Goodmix countline Peanut Duo 35x46g RU

Goodmix countline biscuits Duo 35x47g RU
GOODMIX Cntl Popcorn Duo 35x45g RU

GOODMIX Cntl Original 42x29g RU

7.2. Mazkur Qoidalardagi 7.1-bandning shartlariga muvofiq Korzinka Plus sodiqlik kartasidan foydalangan holda 2 (ikki) yoki undan ko‘p GoodMix batonchigini sotib olgan shaxs avtomatik tarzda Aksiya ishtirokchisiga aylanadi.*

* 1 (bitta) g‘alaba qozonish imkoniyatga ega bo‘lish uchun bitta chekda 2 (ikkita) GoodMix batonchigidan sotib olish kerak, har 2 (ikkita batonchik) g‘alaba qozonish uchun 1 (bitta) imkoniyat beradi.

7.3. Ishtirokchi tomonidan amalga oshiriladigan xaridlar soni cheklanmagan.

7.4. Qoidalarning ("Aksiya mahsulotini sotib olish davri" bo‘limi) 8.2-bandida ko‘rsatilgan tegishli davrlarda Ishtirokchi qancha ko‘p ariza topshirgan bo‘lsa (turli xil fiskal cheklar bo‘yicha xaridlar amalga oshirilgan bo‘lsa), uning Aksiya g‘olibi (Aksiya Sovrini/sovrinlari egasi) bo‘lish imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi .

7.5. Agar Ishtirokchi Aksiya g‘olibi bo‘lgan bo‘lsa (Aksiyaning har qanday Sovrini/Sovrinlari egasi), Sovrin yutilgan ariza avtomatik ravishda bekor qilinadi, keyinchalik Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi ushbu Aksiya qoidalari shartlariga muvofiq yana xaridni amalga oshirishi kerak bo‘ladi.

8. AKSIYA G‘OLIBLARINI ANIQLASH

8.1. Aksiyaning butun davri davomida Tashkilotchi tomonidan quyidagilar o‘tkaziladi:

mazkur Qoidalarning 8.3-bandida belgilangan Aksiya Sovrinlari yutuqli o‘yinining jadvaliga (keyingi o‘rinlarda - "Sovrinlar yutuqli o‘yini jadvali") muvofiq

- 6 (oltita) Haftalik Sovrinlar yutuqli o‘yini (keyingi o‘rinlarda – "Haftalik yutuqli o‘yin") va

- 1 (bitta) Bosh sovrin yutuqli o‘yini (keyingi o‘rinlarda - "Bosh sovrin yutuqli o‘yini").

8.2. Korzinka Plus sodiqlik kartalari raqamlari bazasiga ro‘yxatga kiritishning butun davri mobaynida Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlarini (familiyasi, ismi, otasining ismi va telefon raqami) o‘z ichiga olgan Aksiya Ishtirokchilarining sodiqlik kartalari raqamlari kiritiladi. Shaxsiy ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi va telefon raqami) bo‘lmagan taqdirda, Ishtirokchi Aksiya ishtirok etishiga yo’l qo‘yilmaydi.

8.3 Haftalik sovrinlarning G‘oliblari pastroqdagi "Sovrinlar yutuqli o‘yinining jadvali"da ko‘rsatilgan tegishli davrlarda (keyingi o‘rinlarda - "Mahsulotni sotib olish davri") ushbu Qoidalarning 7.1-bandida ko‘rsatilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar o‘rtasida https://randomus.ru/ kompyuter dasturi yordamida tasodifiy aniqlanadi ekran yozuvida, , Bosh sovrin G‘olibi esa pastroqdagi "Sovrinlar yutuqli o‘yinining jadvali"da ko‘rsatilgan tegishli davrlarda (keyingi o‘rinlarda - "Mahsulotni sotib olish davri") ushbu Qoidalarning 8-bandida ko‘rsatilgan shartlarni bajargan Ishtirokchilar o‘rtasida https://randomus.ru/ kompyuter dasturi yordamida tasodifiy aniqlanadi:

Mahsulotni sotib olish davri

(Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

G‘oliblarni aniqlash sanasi (Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

Sovrinlar soni va turi

01.11.2023 y. 00:00 dan 05.11.2023 y. 23:59 gacha

08.11.2023 y.
Kun davomida

Uch g‘olibning har biriga ikkita sovrin: Korzinka savdo tarmog‘ining 300,000 (uch yuz ming) nominalidagi sovg‘a sertifikati - jami 3 (uchta) va brend g‘ilofli AirPods 3 (uchinchi modeli) – jami 3 (uchta).

 06.11.2023 y. 00:00 dan 12.11.2023 y. 23:59 gacha

15.11.2023 y.
Kun davomida

Uch g‘olib uchun ikkita sovrinlardan miks: Korzinka savdo tarmog‘ining 300,000 (uch yuz ming) nominalidagi sovg‘a sertifikati - jami 3 (uchta) va brend g‘ilofli AirPods 3 (uchinchi modeli) – jami 3 (uchta).

13.11.2023 y. 00:00 dan 19.11.2023 y. 23:59 gacha

22.11.2023 y.
Kun davomida

Uch g‘olib uchun ikkita sovrinlardan miks: Korzinka savdo tarmog‘ining 300,000 (uch yuz ming) nominalidagi sovg‘a sertifikati - jami 3 (uchta) va brend g‘ilofli AirPods 3 (uchinchi modeli) – jami 3 (uchta).

20.11.2023 y. 00:00 dan 26.11.2023 y. 23:59 gacha

29.11.2023 y.
Kun davomida

Uch g‘olib uchun ikkita sovrinlardan miks: Korzinka savdo tarmog‘ining 300,000 (uch yuz ming) nominalidagi sovg‘a sertifikati - jami 3 (uchta) va brend g‘ilofli AirPods 3 (uchinchi modeli) – jami 3 (uchta).

27.11.2023 y. 00:00 dan 03.12.2023 y. 23:59 gacha


06.12.2023 y.
Kun davomida

Uch g‘olib uchun ikkita sovrinlardan miks: Korzinka savdo tarmog‘ining 300,000 (uch yuz ming) nominalidagi sovg‘a sertifikati - jami 3 (uchta) va brend g‘ilofli AirPods 3 (uchinchi modeli) – jami 3 (uchta).

04.11.2023 y. 00:00 dan 10.12.2023 y. 23:59 gacha

13.12.2023 y.
Kun davomida

Uch g‘olib uchun ikkita sovrinlardan miks: Korzinka savdo tarmog‘ining 300,000 (uch yuz ming) nominalidagi sovg‘a sertifikati - jami 3 (uchta) va brend g‘ilofli AirPods 3 (uchinchi modeli) – jami 3 (uchta).

01.11.2023 y. 00:00 dan 10.12.2023 y. 23:59 gacha

13.12.2023 y.
Kun davomida

Iphone 14 PRO Max - butun Aksiya davri uchun 1 (bitta) dona va Korzinka savdo tarmog‘ining 300 000 (uch yuz ming) nominalidagi Sovg‘a Sertifikati - jami 1 (bitta) dona;

* Aksiya Sovrinlari yutuqli o‘ynining jadvali Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan dam olish va bayram kunlarini hisobga olgan holda, shuningdek Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda tuzatilishi mumkin.

8.4. Haftalik va/yoki Asosiy o‘yinlarni o‘tkazish va G‘oliblarni aniqlash sanasida Tashkilotchi Asosiy G‘oliblarni (keyingi o‘rinlarda – "Asosiy G‘olib" va/yoki "G‘olib") va Zaxira (Muqobil) G‘oliblarni (keyingi o‘rinlarda – "Muqobil G‘olib") aniqlaydi. 

Har bir Yutuqli o‘yin doirasida Muqobil g‘oliblar soni quyidagilarni tashkil qiladi:

- Haftalik yutuqli o‘yin - 6 (olti) ishtirokchi;

- Asosiy yutuqli o‘yin - 2 (ikki) ishtirokchi.

Asosiy G‘olib bilan bog‘lanish imkoni bo‘lmagan yoki Asosiy G‘olib aksiya shartlarini buzgan yoki Asosiy G‘olib Aksiya shartlariga mos kelmagan holatlarda Tashkilotchi Asosiy G‘olibni almashtirish uchun Muqobil G‘oliblarni aniqlaydi.

Aksiya Tashkilotchisi bunday Zaxira (Muqobil) G‘oliblar ro‘yxatiga kiritilgan Ishtirokchilarning ismlarini oshkor qilishi shart emas.

8.5. Har bir Asosiy G‘olib Aksiya Tashkilotchisining +998 90 830 54 76 raqamidan telefon qo‘ng‘irog‘i orqali Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy sodiqlik kartasiga yoki Korzinka Plus virtual sodiqlik kartasiga biriktirilgan Asosiy G‘olibning telefon raqamiga xabardor qilinadi.

Agar Aksiya Asosiy G‘olibining telefoni kirish zonasidan tashqarida bo‘lsa yoki Aksiyaning Asosiy G‘olibi Tashkilotchi tomonidan aniqlangan kundan boshlab Asosiy G‘olib 48 soat ichida yoki Aksiya Tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan boshqa texnik sabablarga ko‘ra qo‘ng‘iroqqa javob bermasa, shuningdek Asosiy G‘olib Aksiya Tashkilotchisi tomonidan uning shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga rozilik bermasa, unda Asosiy G‘olib Aksiya Tashkilotchisining qaroriga e’tiroz bildirish imkoniyatisiz g‘alaba qozonish imkoniyatini yo’qotadi, Ishtirokchining g‘olib bo‘lgan arizasi esa Tashkilotchi tomonidan bekor qilinadi. Bunday holda, sovrin Muqobil G‘olibga qayta tayinlanadi. Agar Muqobil G‘olib bilan aloqa bo‘lmasa yoki Muqobil G‘olib Aksiya shartlarini buzsa yoki Muqobil G‘olib Aksiya shartlariga boshqa tarzda mos kelmasa, Sovrin keyingi Muqobil G‘olibga o‘tadi.

8.6. Korzinka savdo va chakana savdo tarmog‘ining jismoniy Sodiqlik kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan Korzinka Plus virtual sodiqlik kartasiga biriktirilgan Ishtirokchining mobil telefon raqami ushbu Qoidalarning 3-bo‘limida ko‘rsatilgan butun Aksiya muddati davomida Ishtirokchida saqlanib turishi kerak. Agar mobil telefon raqami bo‘lmasa, uchinchi shaxslarga berilgan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tgan mobil telefon raqami o‘zgartirilsa, G‘olib Aksiya Sovrinini olish huquqini yo’qotadi. Boshqa telefon raqami bilan qayta ro‘yxatdan o‘tishga yo’l qo‘yilmaydi.

    

9.      SOVRINLARNI OLISH SHARTLARI/TARTIBI

9.1. Sovrin Tashkilotchining Toshkent shahridagi ofisida topshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududlaridan kelgan g‘oliblarga sovrinlar "Korzinka" savdo tarmog‘idagi supermarketlarda topshiriladi. Sovrinni topshirish G‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi (amaldagi fuqarolik pasporti/ID-karta) taqdim etilgandan so‘ng, Korzinka savdo va chakana savdo tarmog‘ining jismoniy Sodiqlik kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda G‘olib tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlar yoki Korzinka ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan virtual sodiqlik kartasida, shuningdek G‘olib tomonidan Aksiya mahsulotini xarid qilishda ishlatilgan Korzinka Plus jismoniy yoki virtual Sodiqlik kartasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘liq mos kelganda amalga oshiriladi. G‘olibning pasportida shaxsiy identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR), G‘olibning haqiqiy doimiy yashash joyining to‘liq va aniq manzili bo‘lishi kerak. G‘olibning shaxsini tasdiqlovchi hujjatda (amaldagi fuqarolik pasporti/ID-karta) G‘olibning shaxsiy identifikatsiya raqami (STIR), jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) va/yoki G‘olibning haqiqiy doimiy yashash joyining to‘liq va aniq manzili bo‘lmagan taqdirda, G‘olibning haqiqiy doimiy (vaqtinchalik) joyning to‘liq va aniq manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar va/yoki G‘olibning STIRi qo‘shimcha ravishda G‘olib tomonidan taqdim etiladi.

9.2. Agar G‘olib Aksiya sovrinlari o‘ynalgandan keyin 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida o‘z sovrinini olib ketmasa, Tashkilotchi ushbu sovrinni bekor qilishga haqli.

9.3. Sovrinni rasmiylashtirish/olishda G‘olib barcha kerakli hujjatlarni (sovrinni rasmiylashtirish/olish jarayoni bilan bog‘liq) imzolash majburiyatini oladi, unda G‘olibning xususiy ma’lumotlari va shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatiladi, shuningdek u Tashkilotchiga barcha kerakli hujjatlarning aslini va/yoki nusxalarini taqdim etish majburiyatini oladi (Sovrinni rasmiylashtirish/olish jarayoni bilan bog‘liq), unda G‘olibning xususiy ma’lumotlari va shaxsiy ma’lumotlari ko‘rsatiladi.

9.4. Aksiya G‘olibining zarur hujjatlarni imzolashdan va/yoki boshqa yuridik ahamiyatga molik harakatlarni amalga oshirishdan bosh tortishi, shu jumladan talab qilinadigan hujjatlarni taqdim etishdan bosh tortishi, shu jumladan sovrinlarni olishda shaxsiy ma’lumotlar bilan cheklanmagan holda, G‘olibning sovrinni olishdan bosh tortishi deb hisoblanadi.

9.5. Agar G‘olib ushbu Qoidalarning Sovrinlarni olish tartibida nazarda tutilgan barcha talab va shartlarni bajarmagan bo‘lsa, Tashkilotchilar G‘olibga sovrin berishni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladilar.

9.6. Sovrinlar Aksiya sovrinlari o‘ynalgandan keyin 30 (o‘ttiz) ish kunidan kechiktirmay beriladi. Ish kunlari dushanbadan jumagacha bo‘lgan kunlar hisoblanadi. Sovrinlar dushanbadan jumagacha soat 9:00 dan 13:00 gacha va 14:00 dan 18:00 gacha beriladi (O‘zbekiston Respublikasida belgilangan dam olish kunlari va davlat bayramlari bundan mustasno).

9.7. Haftalik sovrinlarni berish joyi va manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Mirobod tumani, Oybek ko‘chasi, «Atrium» biznes markazi

9.8. Haftalik sovrinlarni, Aksiyaning asosiy sovrinini pul yoki boshqa ekvivalentlar bilan almashtirishga yo’l qo‘yilmaydi. Sovrinlar almashtirilmaydi yoki qaytarilmaydi.

9.9. Ushbu Qoidalarning shartlarini bajarmagan Aksiya G‘olibi sovrinlarni olish huquqini yo’qotadi. Bunday holda, Aksiya Tashkilotchisi bunday sovrinni o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etadi.

9.10. Aksiya G‘olibi ushbu holatlar qaysi vaqtda ma’lum bo‘lishidan qat’i nazar, quyidagi hollarda hech qanday kompensatsiyasiz, shu jumladan pulsiz tegishli sovrinni olish huquqini yo’qotadi:

9.10.1. Agar Aksiya G‘olibi unga tegishli sovrin berilgunga qadar ushbu Qoidalarni buzgan deb topilsa;

9.10.2. Agar Aksiya G‘olibi og‘zaki yoki yozma ravishda elektron yoki boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda sovrinni olishdan bosh tortganligini e’lon qilsa;

9.10.3. Aksiya G‘olibini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda;

9.10.4. bunday G‘olib bilan bog‘lanish uchun 3 (uch) muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng;

9.10.5. G‘olib Tashkilotchiga shaxsiy ma’lumotlarini berishdan bosh tortgan taqdirda;

9.10.6. Agar Aksiya G‘olibi Aksiya mahsulotini sotib olishda ishlatilgan/qo‘llanilgan Korzinka savdo va chakana savdo tarmog‘ining ro‘yxatdan o‘tkazilgan jismoniy Sodiqlik kartasining yoki Korzinka ilovasidagi Korzinka savdo va chakana savdo tarmog‘i virtual Sodiqlik kartasining egasi bo‘lmasa;

9.10.7. G‘olib ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha kerakli ma’lumotlar va hujjatlarni belgilangan muddatlarda taqdim etishdan bosh tortgan taqdirda.

9.11. Sovringa egalik qilish huquqi G‘olibga bunday sovrin topshirilgan paytdan boshlab beriladi, Aksiya g‘olibi unga berilgan Aksiya sovrinidan keyingi foydalanish bilan bog‘liq barcha choralarni mustaqil ravishda amalga oshiradi.

9.12. Aksiya o‘yinlari tugagandan keyin 30 (o‘ttiz) ish kuni ichida Sovrinni Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra va ular bilan cheklanmasdan Aksiya G‘olibiga yuborish/qabul qilish imkoni bo‘lmasa:

- G‘olib tomonidan elektron pochta manzili o‘chirib tashlanganda yoki elektron pochta manziliga kirish imkoni yo’qotilganda;

- G‘olib noto‘g‘ri elektron pochta manzilini ko‘rsatganda;

-Korzinka savdo va chakana savdo tarmog‘ining jismoniy sodiqlik kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda yoki Korzinka ilovasida Korzinka savdo va chakana savdo tarmog‘ining virtual Sodiqlik kartasini ro‘yxatdan o‘tkazishda Ishtirokchi/G‘olibga biriktirilgan mobil telefon raqamiga bo‘lgan huquq yo’qotilganda;

-kompyuter tizimlari, pochta serverlari, internet-provayder tarmog‘idagi nosozliklar, muammolar, xatolarda;

- Internet tarmog‘idagi nosozliklar, xatolar va muammolarda;

- Internet, elektr energiyasining yo‘qligi/bloklanishida;

- davlat hokimiyati organlari tomonidan Aksiya G‘olibining pochta manzillari ko‘rsatilgan pochta xizmatlari va(yoki) saytlarni blokirovka qilishda, ularni ekstremistik va (yoki) terroristik deb tan olishda;

bunday Aksiya sovrini talab qilinmagan deb tan olinadi va tegishli G‘olib tomonidan qayta talab qilinmaydi va Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra foydalanadi.

9.13. Tashkilotchi internet-provayderlar, aloqa operatorlarining ishi, pochta, kuryer yoki boshqa xizmatlarning xatolari natijasida pochta va elektron jo‘natmalar kechikib borishi yoki bormaganligi, yo’qotilganligi yoki shikastlanganligi uchun javob bermaydi.

9.14. Aksiya Ishtirokchilariga Aksiya davomida kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va kiruvchi matnli xabarlar uchun mobil telefon raqamlari erishimli bo‘lishini ta’minlash javobgarligi yuklatiladi.

9.15. Aksiya sovrinini olish huquqi Aksiya G‘olibi tomonidan uchinchi shaxsga berilishi mumkin emas. Yutib olingan sovrinni Aksiyaning boshqa sovrinlari bilan almashtirishga yo’l qo‘yilmaydi. Sovrinlarning pul ekvivalenti to‘lamaydi.

9.16. Aksiya sovrinlarining soni cheklangan va ushbu Qoidalarda ko‘rsatilgan miqdorni tashkil etadi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinlarni berish majburiyatlari ushbu Qoidalarning 6.2 va 6.3-bandida ko‘rsatilgan sovrin jamg‘armasining umumiy hajmi bilan cheklangan. Shu tufayli Aksiya Ishtirokchisi hech qanday kompensatsiya, shu jumladan pul kompensatsiyasini talab qila olmaydi.

9.17. Aksiya sovrinlarini olish munosabati bilan G‘oliblarda yuzaga keladigan shaxsiy daromad solig‘ini to‘lash Tashkilotchi tomonidan o‘z hisobidan va O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda soliq agenti sifatida amalga oshiriladi. Sovrinni olgan G‘oliblarga soliqqa tortish O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

9.18. Aksiya sovrinini olish, unga egalik qilish va tasarruf etish munosabati bilan G‘olibda yuzaga keladigan boshqa to‘lovlarni amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasi byudjetiga yig‘imlar, komissiyalar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash G‘olib tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

10. XARAJATLAR. JAVOBGARLIKNI CHEKLASH

10.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun javobgar emas:

10.1.1. Ishtirokchilar Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinlarni olish bilan bog‘liq vazifalarni bajarmaganliklari (o‘z vaqtida bajarmaganliklari);

10.1.2. Ishtirokchilarning Aksiya qoidalari bilan tanishmaganliklari, shuningdek Aksiya natijalari bilan tanishmaganliklari;

10.1.3. Aksiyani o‘tkazishda ishlatiladigan Internet va/yoki aloqa kanallaridagi texnik muammolar va/yoki firibgarliklar natijasida, shu jumladan pochta xizmati, aloqa tashkilotlarining aybi bo‘yicha Ishtirokchilardan elektron pochta xabarlari, qo‘ng‘iroqlar va/yoki elektron pochta xabarlarini olmaslik;

10.1.4. G‘oliblardan Sovrinlarni olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va/yoki ma’lumotlarni olmaslik (o‘z vaqtida olmaslik) ;

10.1.5. Ishtirokchilardan Aksiyani o‘tkazish va sovrinlarni topshirish uchun zarur bo‘lgan to‘liq bo‘lmagan va/yoki noto‘g‘ri aloqa va/yoki boshqa ma’lumotlarni, shaxsiy ma’lumotlarni olish;

10.1.6. Uyali aloqa operatorlari, internet-provayderlarining Aksiya Tashkilotchisining aybi bo‘lmagan holda yuzaga kelgan har qanday texnik nosozliklari, muammolari, profilaktika ishlari va boshqalar;

10.1.7. Ishtirokchining Aksiyada ishtirok etish va (yoki) Sovrin olish bilan bog‘liq har qanday xarajatlari va (yoki) zararlari;

10.1.8. yengilmas kuch holatlari yuzaga kelganda (fors-major), shu jumladan COVID-19 tufayli favqulodda holat va/yoki sanitariya-epidemiologik cheklovlar/taqiqlar joriy etilishi;

10.1.9 Aksiyaning barcha Ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va har qanday xarajatlarni mustaqil ravishda to‘laydilar (shu jumladan cheklovlarsiz, uyali aloqa operatorlari xizmatlaridan foydalanish , Internet, aksiya haqida har qanday ma’lumot olish, Aksiya mahsulotini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar va boshqalar);

10.1.10 Tashkilotchi Aksiya Sovrinlariga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi har qanday nizolar bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi. Qanday bo‘lmasin, nizolar bo‘yicha yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi va bunday qaror ustidan shikoyat qilinmaydi.

Uyali telefon raqami, elektron pochta manzili, Aksiya mahsuloti, Korzinka Plus jismoniy yoki virtual sodiqlik kartasi, chek u yoki bu shaxsga tegishligi yuzasidan Tashkilotchi nizoga kirishmaydi. Bunday nizolarning barchasi nizo taraflari o‘rtasida mustaqil ravishda va o‘z mablag‘lari hisobidan hal qilinadi.

11. Tashkilotchi internet-provayderlar, aloqa operatorlarining ishi, pochta, kuryer yoki boshqa xizmatlarning xatolari natijasida pochta va elektron jo‘natmalar kechikib borishi yoki bormaganligi, yo’qotilganligi yoki shikastlanganligi uchun javob bermaydi.

11.1. Aksiya G‘olibi taqdim etilgan Sovrinni olgandan keyin undan keyingi foydalanishi va Aksiya G‘olibi va/yoki biron sababga ko‘ra taqdim etilgan Sovrindan foydalana olmaganligi uchun Tashkilotchi javobgar bo‘lmaydi. Sovrinning sifati va ularning kafolatli xizmati uchun (agar taqdim etilsa) ularning ishlab chiqaruvchisi javobgar bo‘ladi.

11.2. Olingan sovrindan faqat Ishtirokchi bo‘lgan shaxslar foydalanishi mumkin. Sovrin bitim predmeti yoki to‘lov vositasi bo‘ladigan har qanday harakatlar, operatsiyalar, bitimlarga yo’l qo‘yilmaydi.

11.3. Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalarni hisobga olgan holda, ishtirok etish uchun barcha arizalarni haqiqiy emas deb topishi, shuningdek, Aksiyada ishtirok etish to‘g‘risidagi hujjatlarni qalbakilashtirgan yoki qalbakilashtirishdan foyda ko‘rayotgan, yoki mazkur Aksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday boshqa shaxsni bezovta qilish, haqorat qilish, tahdid qilish yoki tashvishlantirish niyatida ushbu Qoidalarni buzgan holda harakat qilayotgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablarini buzayotgan har qanday shaxsga ushbu Aksiyada ishtirok etishni taqiqlashi mumkin.

11.4. Tashkilotchi har qanday vaqtda Aksiyadagi firibgarlikka to‘sqinlik qiladigan qo‘shimcha texnik cheklovlarni joriy etish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Agar biron bir Ishtirokchining nohaq xatti-harakatlarga urinishi aniqlansa, uning yutug‘i bekor qilinadi va Ishtirokchining o‘zi Aksiyada ishtirok etishdan chetlashtiriladi.

11.5. Tashkilotchi Tashkilotchida mavjud bo‘lgan texnik imkoniyatlar asosida hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va ushbu Qoidalarni hisobga olgan holda Aksiyada ishtirok etishning vijdonliligini mustaqil ravishda baholaydi.

11.6. Tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, har qanday tabiatdagi harbiy harakatlar, blokadalar, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari, aksiya hududida amaldagi qonunchilikdagi jiddiy o‘zgarishlar, Tashkilotchi tomonidan nazorat qilinmaydigan boshqa holatlar kabi fors-major holatlari yuzaga kelgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda Tashkilotchi javobgar bo‘lmaydi.

12. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

12.1. Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchi aniq va dolzarb (ishonchli) ma’lumotlarni ko‘rsatish majburiyatini oladi, shuningdek o‘z xohishi bilan va o‘z manfaatlari yo’lida harakat qilib, Tashkilotchi va u vakolat bergan shaxsga, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida, xususan, 2019 yil 21 iyundagi 547-sonli O‘zR Qonunida va mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan hajmda, Ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan shaxsiy ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni yig‘ish, ishlov berish, uzatish, shu jumladan transchegaraviy uzatish, foydalanish, saqlashga rozilik beradi. .

12.2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida sovrin olish uchun Ishtirokchi Tashkilotchiga ushbu Oferta (Qoidalar) bilan belgilangan ma’lumotlarni (shu jumladan shaxsiy ma’lumotlarini) O‘zR amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda taqdim etishi shart.

12.3. Aksiyada ishtirok etib, har bir Ishtirokchi Tashkilotchi u taqdim etgan axborotdan, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlardan, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan marketing va/yoki boshqa har qanday reklama faoliyatidan foydalanishiga, xususan, reklama/marketing maqsadida uning ismi, familiyasi, fotosurati, intervyusi yoki u haqidagi boshqa materiallardan foydalanishiga, shu jumladan, Sovrinni olgan taqdirda ommaviy axborot vositalarida, har qanday bosma, audio va video materiallarda nashr etish (nomi va fotosurati) hamda axborot, xabar (jumladan, reklama ko‘rinishidagi) yuborish uchun hududi, vaqti va foydalanish usuli bo‘yicha hech qanday cheklovlarsiz nashr etishiga o‘z roziligini bildiradi va bunday foydalanish Tashkilotchi tomonidan hech qanday tarzda qoplanmaydi.

12.4. Aksiyada ishtirok etib, Aksiya G‘olibi Tashkilotchiga va u vakolat bergan shaxsga Tashkilotchining reklama va(yoki) marketing maqsadlari uchun uning shaxsiy ma’lumotlaridan, shu jumladan fotosuratlari, intervyulari, telefon raqamlari, elektron pochta va (yoki) u haqidagi boshqa materiallaridan foydalanish huquqini beradi, xususan, ular bilan cheklanmagan holda: Tashkilotchi va u vakolat bergan shaxsga Ishtirokchining ma’lumotlari va materiallarini ommaviy axborot vositalarida, har qanday bosma nashrlarda, internetda, hududi, vaqti va foydalanish usulida hech qanday cheklovlarsiz nashr etish huquqi beriladi; va bunday foydalanish Aksiya tashkilotchisi tomonidan Ishtirokchiga hech qanday tarzda qoplanmaydi (to‘lanmaydi).

12.5. Aksiyada ishtirok etib, har bir Ishtirokchi kelajakda Tashkilotchi va u vakolat bergan shaxsdan uning mobil telefon raqamiga, elektron pochtasiga SMS-xabarlar, yangiliklar va boshqa axborot/reklama xabarlarini (pochta jo‘natmalari) amal qilish muddatini cheklamagan holda olishga rozilik beradi.

13. BOSHQA SHARTLAR

13.1. Aksiyada ishtirok etish uchun ariza sifatida tashkilotchi Korzinka GO onlayn yetkazib berish xizmati orqali amalga oshirilgan xaridlarni ham qabul qiladi va qayd etadi. Buning uchun shaxsiy kabinetda sodiqlik kartasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan telefon raqami bog‘langan bo‘lishi kerak.

13.1.2 Aksiyada ishtirok etish uchun ariza sifatida Tashkilotchi tomonidan Zoodpay muddatli to‘lov servisi orqali, Korzinkaning sovg‘a kartochkalari orqali to‘langan cheklar hamda Korzinka Plus sodiqlik kartasida to‘plangan bonuslar bilan to‘plangan cheklar qabul qilinmaydi.

13.2. Aksiyada ishtirok etib, Ishtirokchi Aksiyada ishtirok etishning barcha Qoidalari va shartlari bilan tanishganligini va ularga to‘liq va shartsiz/so‘zsiz roziligini tasdiqlaydi.

13.3. Aksiya qoidalari Aksiyani o‘tkazish muddati davomida Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi va/yoki to‘ldirilishi mumkin. Aksiya Tashkilotchisi istalgan vaqtda Aksiya shartlari, Aksiyani o‘tkazish qoidalari va muddatlariga bir tomonlama o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi, shuningdek Tashkilotchi Aksiya o‘tkazilishini muddatidan oldin tugatish huquqiga ega. Reklama Aksiyasini o‘tkazish qoidalarini o‘zgartirish va/yoki to‘ldirish Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchining saytida e’lon qilingan taqdirda amalga oshirilishi mumkin.

13.4. Aksiya Tashkilotchisi, o‘z xohishiga ko‘ra, Ishtirokchilarga sabablarni tushuntirmasdan yoki ular bilan yozishmalarga kirmasdan, Aksiya Ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topishi, shuningdek, Ishtirokchi ma’lumotlarni qalbakilashtirayotganligiga yoki har qanday ma’lumotlarni qalbakilashtirishdan foyda olayotganligiga Tashkilotchida asosli shubha paydo bo‘lgan taqdirda, Tashkilotchi har qanday shaxsga Aksiyada ishtirok etishni taqiqlash, Sovrin olishni rad etish huquqiga ega.

13.5. Ushbu Qoidalarni, har qanday bahsli masalalarni va/yoki ushbu Qoidalar bilan tartibga solinmagan masalalarni noaniq talqin qilishga imkon beradigan vaziyat yuzaga kelgan taqdirda, Tashkilotchi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq yakuniy qaror qabul qiladi.

13.6. Mazkur Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha narsalarda Aksiya Tashkilotchisi va Ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga amal qiladilar.

13.7. Tomonlarning javobgarlik choralari, shuningdek nizolarni hal etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq belgilanadi.

13.8. Ushbu Ommaviy ofertaning amal qilish muddati - Aksiya muddati tugagunga qadar.