So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
Korzinka.uz karta dasturida yanada ko‘proq unumli takliflar!

Korzinka dasturi

25 yanvar 2021

Korzinka.uz karta dasturida yanada ko‘proq unumli takliflar!

Korzinka dasturi

25 yanvar 2021

Hurmatli iste'molchilar, 2021-yilning 1-mart sanasidan korzinka.uz karta dasturida quyidagi o‘zgarishlar kuchga kiradi:


1. Endi korzinka.uz DISKONT do‘konlarida ham 3%gacha retro bonuslarni hisobga yozish mumkin. korzinka.uz karta dasturi ishtirokchisi bir oyda (bir kalendar oyi) 1 000 000 so‘mdan ziyod summaga xarid amalga oshirgan bo‘lsa, oylik jami xaridlarning 1%ini qo‘shimcha retro bonus sifatida oladi. Retro bonus keyingi davr boshigacha bir marta o‘tkaziladi. Avval korzinka.uz DISKONT do‘konlaridagi xaridlar uchun retro bonuslar o‘tkazilmagan.


2. korzinka.uz kartasini ochish uchun xarid chekidagi summa 300 ming emas, 100 ming so‘mgacha tushirildi. korzinka.uz kartasi ochish uchun bor-yo‘g‘i 100 ming so‘mga xarid qilish yoki eko-sumka olib, 50 ming so‘mga xarid amalga oshirish zarur xolos.


3. Salom-bonuslarga ega bo‘lish. Mobil ilova yordamida korzinka.uz elektron kartasi ochilgan taqdirda dasturning yangi ishtirokchilari bonus-hisobiga bir martalik 5000 salom-bonus o‘tkaziladi.


4. Mobil ilova orqali bonuslarni sarflash chegarasi kengaytirildi. Endi bonuslarni yechish limiti 100 000 emas, balki 200 000 bonusgacha ko‘tarildi.


5. korzinka.uz kartasi endi FLO poyabzal va aksessuarlar do‘konlarida ham amal qiladi.


6. 1-martdan boshlab hisoblangan bonuslar 12 oylik yaroqlilik muddatiga ega bo‘ladi. 01.03.2021-yilgacha hisoblangan bonuslar 01.03.2022-yilgacha amal qiladi. 12 oydan so‘ng ular tiklashsiz sovrulib ketadi. Bonuslar kuyib ketishi to‘g‘risidagi ogohlantirish chek, mobil ilova yoki Telegram-bot orqali 90 kun oldin yuboriladi.


7. korzinka.uz kartalari yaroqlilik muddati kiritilishi. 12 oy davomida sarf-xarajat yoki tushum bo‘lmagan kartalar avtomatik ravishda qulflanadi. Mijoz koll-markazga murojaat qilib, korzinka.uz kartasini tiklashi mumkin bo‘ladi.


8. Shuningdek, bonuslar bilan xarid yoki uning bir qismi to‘langanida qo‘shimcha bonuslar yozilishi bekor qilinadi. Masalan, mijoz 100 ming so‘mlik xaridni amalga oshirdi, 70 ming so‘mni naqd pul/plastik kartada va 30 ming so‘mini esa korzinka.uz kartasidan to‘ladi. Bonuslar 70 ming so‘m uchun 700 bonus hisobida yoziladi.


korzinka.uz karta dasturi rivojlanishda davom etadi, do‘stlar, biz bilan ekanligingiz uchun rahmat!