So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
OMMAVIY OFERTA “CHERY ARRIZO 6 PRO SIZNI KUTMOQDA!” REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH TARTIBI

Aksiyalar

6 noyabr 2023

OMMAVIY OFERTA “CHERY ARRIZO 6 PRO SIZNI KUTMOQDA!” REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH TARTIBI

Aksiyalar

6 noyabr 2023

OMMAVIY OFERTA

CHERY ARRIZO 6 PRO SIZNI KUTMOQDA!

REKLAMA AKSIYASINI O‘TKAZISH TARTIBI

(KEYINGI O‘RINLARDA – “QOIDALAR”)

 

1. “Chery Arrizo 6 Pro sizni kutmoqda!” REKLAMA AKSIYASI noma’lum odamlar doirasida Korzinka chakana savdo tarmog‘iga nisbatan ijobiy munosabat va iste’mol talabini oshirish, shuningdek savdo hajmini oshirish maqsadida o‘tkaziladi. Aksiya lotoreya, qimor hisoblanmaydi, Ishtirokchilardan aksiyada qatnashish uchun to‘lov talab etilmaydi.

 

2. AKSIYA TASHKILOTCHISI HAQIDA MA’LUMOTLAR

2.1. Aksiya tashkilotchisi (keyingi o‘rinlarda – “Tashkilotchi”): “ANGLESEY FOOD” MCHJ XK, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tuzilgan yuridik shaxs, STIR: 202 099 756, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Kichik Halqa yo‘li ko‘chasi, 120-uyda joylashgan, pochta indeksi: 100015.

 

3. AKSIYA O‘TKAZILISH MUDDATI

3.1. Aksiya o‘tkazilish muddati: 2023-yil 6-noyabrdan 2023-yil 10-dekabrgacha (shu kunni ham hisobga olganda) (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya muddati” yoki “Aksiya davri”).

3.2. Aksiya shartlariga muvofiq xaridlar amalga oshirish muddati: 2023-yil 6-noyabrdan 2023-yil 10-dekabrgacha (shu kunni ham hisobga olganda).

3.3. Korzinka mobil ilovasidagi o‘yinda ishtirok etish muddati: 2023-yil 6-noyabrdan 2023-yil 10-dekabrgacha (shu kunni ham hisobga olganda).

3.4. Bosh sovrinni taqdim etish muddati: 2024-yil 31-yanvargacha (shu kunni ham hisobga olganda).

3.5. Amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddatlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri vaqtiga muvofiq belgilanadi.

 

4. HUDUDLAR, PROMO-SAYT VA MA’LUMOTLARNI YETKAZISH TARTIBI

4.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda - O‘zR) hududida Korzinka supermarketlar tarmog‘i, Korzinka DISKONT, Korzinka Mahalla va Smart do‘konlari doirasida o‘tkaziladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Yernazar Olako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri, Maftunkor ko‘chasi, 35-uyda joylashgan, franshiza asosida faoliyat yurituvchi “Korzinka” DISKONT supermarketlari bundan mustasno (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya o‘tkazilish hududi”). Shuningdek aksiya Korzinka Go yetkazish xizmati ilovasida ham amal qiladi.

4.2. Aksiyada ishtirok etish tartibi, Aksiya shartlari (shu jumladan, o‘zgartirish va qo‘shimchalar), Aksiya qoidalari to‘g‘risida Ishtirokchilarni xabardor qilish quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Aksiya Tashkilotchisining https://korzinka.uz/ rasmiy saytida (yuqorida, shu yerda va keyingi o‘rinlarda – “Sayt”)

2. https://korzinka.uz/app Korzinka mobil ilovasida (yuqorida, shu yerda va keyingi o‘rinlarda – “Mobil ilova”)

3. Tashkilotchi belgilagan boshqa yo‘llar orqali

4. Aksiya bo‘yicha savollar kelib tushganda elektron pochta orqali: info@korzinka.uz.

4.3. Tashkilotchi istalgan vaqt Aksiya shartlarini o‘zgartirish va/yoki qo‘shimcha kiritish, muddatidan oldin tugatish, Aksiya haqida qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilish huquqiga ega. Aksiya ma’lumotlari va uning shartlarini o‘zgartirish va/yoki qo‘shimcha kiritirilishi Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi saytida e’lon qilingan taqdirdagina amal qiladi.

4.4. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchilari bilan yozma yoki boshqa turda muloqotga kirmaslik huquqini saqlab qoladi. Amaldagi Qoidalar, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi va munozarali vaziyatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.

 

5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

5.1. Aksiya ishtirokchilariga (shu yerda, yuqorida va keyingi o‘rinlarda birgalikda – “Ishtirokchilar”, alohida esa – “Ishtirokchi”) 18 yoshga toʻlgan, o‘zini o‘zi boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan va O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi bo‘lgan, Tashkilotchi sodiqlik dasturida ro‘yxatdan o‘tgan va Korzinka chakana-savdo supermarketlari tarmog‘i, Korzinka DISKONT va Smart do‘konlari amaldagi/faol jismoniy yoki virtual (virtual Korzinka Plus kartasi Korzinka mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak) Korzinka kartasi egasi bo‘lgan, Amaldagi Qoidalarning barcha shartlarini bajargan va O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq Aksiyada ishtirok etish bo‘yicha cheklovlarga ega bo‘lmagan shaxslar aylanishlari mumkin.

5.2. Aksiyada Tashkilotchi sodiqlik dasturida ro‘yxatdan o‘tgan va Korzinka chakana-savdo supermarketlari tarmog‘i, Korzinka DISKONT, Korzinka Mahalla va Smart do‘konlari amaldagi/faol jismoniy yoki virtual (virtual Korzinka Plus kartasi Korzinka mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak) Korzinka kartasi egasi bo‘lgan, 9.1. bandga muvofiq barcha talab etiladigan hujjatlarga ega bo‘lgan, 18 (o‘n sakkiz) yoshga to‘lgan, o‘zini o‘zi boshqara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan va shu hududda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan shaxslar va O‘zR hududida yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarosi bo‘lgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin.

5.3. Aksiyada ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi:

• Tashkilotchi ishchilari;

• Aksiya Tashkilotchisi ishonchli vakillari;

• Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatda bo‘lgan va Aksiyani tashkillashtirish va (yoki) o‘tkazish, aksiya mahsuloti savdosi bilan bog‘liq ishchi va uchinchi shaxs vakillari;

• Yuqoridagi shaxslarning yaqin qarindoshlari, to‘laqonli va to‘laqonli bo‘lmagan (umumiy otasi yoki onasi bo‘lgan) aka-uka va opa-singillari;

• Amaldagi Aksiya shartlarini bajarmagan shaxslar.

5.4. Aksiyada Amaldagi Qoidalarning 7 bandi (“Aksiyada ishtirok etish shartlari va tartibi” bo‘limi) va Amaldagi Qoidalarning boshqa bandlariga mos kelmaydigan shaxslarning ishtirok etish fakti aniqlangan hollarda, Tashkilotchi ushbu shaxslarga Aksiyada ishtirok etishda va/yoki sovrinni olishda rad etish huquqiga ega.

 

6. AKSIYA SOVRINLAR JAMG‘ARMASI

6.1. Aksiya sovrinlar jamg‘armasi Tashkilotchi pul mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi, Lahzalik sovrinlar, shuningdek Asosiy sovrinni o‘z ichiga oladi.

Aksiya pullik sovrinlar umumiy soni cheklangan.

6.2. Aksiya sovrinlari:

·        Korzinka savdo tarmog‘ining 10 000 so‘mlik virtual sovg‘a sertifikati – Butun aksiya muddati davomida 7 000 dona;

·        Korzinka savdo tarmog‘ining 15 000 so‘mlik virtual sovg‘a sertifikati – Butun aksiya muddati davomida 5 600 dona;

·        Korzinka savdo tarmog‘ining 25 000 so‘mlik virtual sovg‘a sertifikati – Butun aksiya muddati davomida 3 500 dona;

·        Korzinka savdo tarmog‘ining 50 000 so‘mlik virtual sovg‘a sertifikati – Butun aksiya muddati davomida 1 750 dona;

·        Korzinka savdo tarmog‘ining 100 000 so‘mlik virtual sovg‘a sertifikati – Butun aksiya muddati davomida 210 dona;

·         Korzinka Go mahsulotlar yetkazib berish onlayn xizmatidan bepul yetkazuv uchun promokod – butun Aksiya Muddati davomida 19 985 dona (promokod amal qilish muddati: 01.02.2024-yil oxirigacha);

·        Chery Arrizo 6 Pro avtomobili o‘yinida ishtirok etish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar – cheklanmagan miqdorda;

·      "Milky Way" shokolad batonchasini (21,5 g) olish uchun QR-kod – butun Aksiya Muddati davomida 10 000 dona (promokod amal qilish muddati: 15.12.2023-yil oxirigacha);

·        Chery Arrizo 6 pro avtomobili - Butun aksiya muddati davomida 1 (bir) dona;

6.3. Tashkilotchi Aksiya Sovrinlar jamg‘armasini, jumladan soni, turi va sovrinlarning boshqa jihatlarini o‘zgartirish, shuningdek Aksiyaga amaldagi Qoidalarda (Oferta)keltirib o‘tilmagan sovrinlarni qo‘shish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

6.4. Aksiya sovrinlari tashqi ko‘rinishi, o‘lchami, surati, qadoq rangi va boshqa jihatlari reklama materiallarida ko‘rsatilgan rasmlardan, yoki Ishtirokchilarning shaxsiy tasavvuridan farq qilishi mumkin.

6.5. Tashkilotchi tomonidan sovrin o‘rniga pul ekvivalenti berilmaydi, Boshqa sovringa almashtirib berilmaydi.

 

7. AKSIYADA ISHTIROK ETISH SHARTLARI VA TARTIBI

7.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Ishtirokchi Amaldagi Qoidalarning 3-bandida ko‘rsatilgan Aksiya o‘tkazilish davrida Amaldagi qoidalarning 3.2. bandida ko‘rsatilgan muddat ichida bir fiskal chekda 200 000 (ikki yuz ming) so‘m va undan yuqori summaga quyidagi yo‘llar orqali xarid amalga oshirishi kerak:

·        Amaldagi Qoidalarning 4.1. bandida ko‘rsatilgan Korzinka chakana savdo tarmog‘i, Korzinka DISKONT, Korzinka Mahalla, Smart istalgan istalgan jismoniy supermarketida, to‘lov vaqtida Korzinka mobil ilovasidagi QR-kod ko‘rinishidagi Korzinka chakana savdo tarmog‘ining jismoniy yoki virtual Korzinka kartasidan (keyingi o‘rinlarda – “Korzinka kartasi” va/yoki “Korzinka chakana savdo tarmog‘ining Korzinka kartasi”) foydalangan holda;

·        Korzinka Go Korzinkadan mahsulotlarni yetkazish xizmati mobil ilovasida, buyurtmani rasmiylashtirishdan avval foydalanuvchi profiliga Korzinka kartasini qo‘shgan holda.

7.2. Korzinka jismoniy supermarketlarida va Korzinka Go mobil ilovasida 200 000 (ikki yuz ming) so‘m va undan yuqori summaga xarid amalga oshirgan shaxslar, Aksiya shartlari va qoidalariga muvofiq yagona raqamga ro‘yxatdan o‘tkazilgan ilovadagi Korzinka kartasi raqamining bog‘langanligi sharti bilan, Avtomat tarzda aksiya ishtirokchisiga aylanadilar.

7.3. Korzinka Go mobil ilovasida profilga Korzinka kartasini qo‘shgan holda yoki Amaldagi Qoidalarning 4.1. bandida (“Hududlar, promo-sayt va ma’lumotlarni yetkazish tartibi” bo‘limi) ko‘rsatilgan Korzinka chakana savdo tarmog‘i, Korzinka DISKONT, Korzinka Mahalla va Smart istalgan jimoniy supermarketida to‘lov vaqtida Mobil ilovasi orqali jismoniy yoki virtual Korzinka kartasidan foydalangan holda Amaldagi Qoidalarning 3.2. bandida ko‘rsatilgan davr ichida Amaldagi Qoidalarning 7.1. bandiga muvofiq 200 000 (ikki yuz ming) so‘m va undan yuqori summaga xarid amalga oshirganlik uchun hisoblangan 1 (bir) dona urinish Aksiya tegishli Sovrinlar o‘yini Mobil ilovadagi mini-o‘yinida 1 (bir) marta ishtirok etish huquqini beradi.

7.4. 1 (bir) dona urinish 1 (bir) fiskal chekdagi har 200 000 (ikki yuz ming) so‘m uchun hisoblanadi. Chek summasi 400 000, 600 000 va undan yuqori bo‘lgan taqdirda, urinishlar soni summaga muvofiq ikki, uch va undan yuqori urinishlar soniga tenglashtiriladi.

*Oilaviy kartalardan biridan foydalanilganda, aksiyada faqat 200 000 so‘mdan boshlab xarid amalga oshirishda foydalanilgan karta ishtirok etadi.

7.5. Xaridor chekdagi summani ishtirok etishda ruxsat etilganidan kamayishiga olib keluvchi tovarlarni supermarketga qaytargan taqdirda, u aksiyada ishtirok etish imkoniyatini yo‘qotadi. Ishtirokchida shunday chek bo‘yicha yutib olingan sovrin mavjud bo‘lsa, ushbu sovrin bekor qilinadi va foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

7.6. Ishtirokchi amalga oshiradigan xaridlar soni cheklanmagan.

7.7. Amaldagi Qoidalarning 3.2. bandida (“Aksiya o‘tkazilish muddati” bo‘limi) ko‘rsatilgan davrga muvofiq Ishtirokchi tomonidan Aksiya Sovrinlar o‘yini mobil ilovadagi mini-o‘yinida ishtirok etish uchun qancha ko‘p urinishlar hisoblangan bo‘lsa (turli fiskal cheklar bilan xarid amalga oshirilgan), unda Aksiyaning nisbatan qimmatbaho sovrinlarini yutish imkoni shuncha ko‘p bo‘ladi.

7.8. To‘lov vaqtida mobil ilovasi orqali Korzinka Plus kartasidan foydalangan holda xaridor mobil ilova orqali Aksiyada ishtirok etishi to‘g‘risida push-bildirishnomasini oladi. Shuningdek, Tashkilotchi xohishiga ko‘ra xaridorni aksiyada ishtirok etishi to‘g‘risida xabardor qlish uchun Telegram-botda jo‘natmalar va Korzinka Plus kartasiga biriktirilgan raqamga SMS-xabarnomalardan foydalanilishi mumkin.

Agar Ishtirokchi mobil ilovada, SMS orqali yoki Telegram-botda bildirishnoma olmagan bo‘lsa, u Tashkilotchi mobil ilovasida ishtirok etishi va ishtirok etish uchun hisoblangan urinishlar tarixini mustaqil tekshirib ko‘rishi mumkin. Qo‘shimcha savollar paydo bo‘lganda, ishtirokchi +998 (78) 140-14-14 raqami orqali call-markaziga murojaat qilishi mumkin.

7.9. Tashkilotchi mobil ilovasidagi mini-o‘yinda Aksiya Sovrinlarining taqdim etilishi o‘yin interfeysida zaruriy amallarni bajargandan so‘ng shu lahzaning o‘zida amalga oshiriladi. Sovrin turi tasodifiy tartibda avtomat tarzda aniqlanadi. Aksiya davrida olingan barcha sovrinlar Mobil ilovada Aksiyalar sahifasida saqlanadi.

 

8. AKSIYA SOVRINLARINI TAQSIMLASH VA BERISH

8.1. Askiya mobil ilovada mini-o‘yin formatida amalga oshiriladi. Mini-o‘yin Mobil ilovada tasodifiy tartibda hisoblanadigan lahzalik sovrinlarni o‘z ichiga oladi (shu yerda, yuqorida va keyingi o‘rinlarda – “Aksiya sovrinlari”). Aksiya pullik sovrinlar umumiy soni cheklangan.

8.2. Aksiya ishtirokchisi mini-o‘yinda oladigan lahzalik sovrin turi Mobil ilova ichki algoritmi yordamida, butun Aksiya davri limitlarini hisobga olgan holda tasodifiy tartibda aniqlanadi. Sovrin taqdim etilishi Ishtirokchi Mobil ilovadagi mini-o‘yinni yakunlashi bilanoq amalga oshiriladi.

8.3. Asosiy sovrin egasi quyidagi o‘yinlar jadvaliga muvofiq shartlarni bajargan Ishtirokchilar orasida random.org* onlayn xizmati yordamida random tarzda aniqlanadi va Korzinka chakana savdo tarmog‘ining YouTube, Instagram, Facebook rasmiy sahifalarida e’lon qilinadi:

 

Aksiya o‘tkazilish davri

(Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

Asosiy sovrin g‘olibini aniqlash sanasi (Toshkent shahri vaqti bo‘yicha)

Sovrin soni va turi

6.11.2023-yil soat 00:00 dan 10.12.2023-yil soat 23:59 gacha

15.12.2023-yil

Asosiy sovrin – Chery Arrizo 6 pro avtomobili – butun aksiya muddati davomida 1 dona

 

     *Yutuqli oʻyinni oʻtkazish va Asosiy gʻolibni aniqlash kunida Tashkilotchi Asosiy Gʻolib va Zaxira (Muqobil) Gʻolibini (keyingi oʻrinlarda – “Muqobil Gʻolib”) aniqlaydi.

Bosh sovrin oʻyini doirasida Muqobil gʻoliblar soni quyidagicha:

- Bosh sovrin oʻyini – 2 (ikki) ishtirokchi.

Tashkilotchi Asosiy Gʻolib tomonidan Aksiya qoidalari buzilgan taqdirda yoki Gʻolibning Aksiya qoidalariga mos kelmasligi hollarida Asosiy Gʻolibni ehtimoliy almashtirish uchun Muqobil gʻolibni aniqlaydi.

Aksiya tashkilotchisi bunday Zaxira (Muqobil) Gʻoliblar roʻyxatiga kiritilgan Ishtirokchining ismini ochiqlashga majbur emas.

 

 

 

9. SOVRINLARDAN FOYDALANISH SHARTLARI/TARTIBI

9.1. Qo‘lga kiritilgan sovrinlar Aksiyalar va promokodlar bo‘limida yoki Mobil ilovaning Aksiyalar sahifasida mavjud bo‘ladi. Virtual sovg‘a kartalari ko‘rinishidagi sovrinlardan foydalanish uchun kassada to‘lov oldidan mobil ilovadagi virtual sovg‘a kartasi QR-kodini skanerlash zarur. Sovg‘a vaucherlari amal qilish muddati: hisoblangan vaqtdan boshlab 30 kun. Korzinka GO mahsulotlarni yetkazish onlayn xizmatidan bepul foydalanish uchun promokod amal qilish muddati: 2024-yil 31-yanvargacha (shu kunni ham hisobga olganda).

9.2. Sovrin G‘olibga taqdim etilgan kundan boshlab ushbu sovringa egalik huquqi to‘liq g‘olibga o‘tadi. Aksiya g‘olibi unga taqdim etilgan Aksiya sovrinidan foydalanish uchun harakatlarni mustaqil belgilaydi.

9.3. Tashkilotchi internet-provayderlarning faoliyati, aloqa operatorlari va boshqa xizmatlarning istalgan turdagi xatoliklari natijasida elektron xabarlarning kelmasligi, kechikib kelishi, yo‘qotilganligi yoki zararlanganligi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

9.4. Aksiya ishtirokchilari butun Aksiya o‘tkazilishi davrida ularning mobil telefon raqamlari kirish qo‘ng‘iroqlari va kirish xabarlari qabul qilishini ta’minlash uchun javobgarlar.

9.5. Aksiya G‘olibi Aksiya Sovrinini olish huquqini uchinchi shaxsga taqdim eta olmaydi. Qo‘lga kiritilgan sovrinni boshqa sovringa almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinni pul ekvivalentiga almashtirish mumkin emas.

9.6. Aksiya sovrinlari soni cheklangan va amaldagi Qoidalarda ko‘rsatilgan raqamni tashkil etadi. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinni topshirish mas’uliyati amaldagi Qoidalarning 6.2. va 6.3. bandlarida ko‘rsatilgan Sovrinlar umumiy soni bilan cheklangan. Shu sababli Aksiya ishtirokchisi hech qanday kompensatsiya, jumladan, pul talab etishi mumkin emas.

 

10. XARAJATLAR. MAS’ULIYATNI CHEKLASH

10.1. Tashkilotchi quyidagilar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi:

10.1.1. Ishtirokchilarning Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinni olish bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmasligi (vaqtida bajarmasligi);

10.1.2. Ishtirokchilarning Aksiya Qoidalari va Aksiya o‘tkazish natijalari bilan tanishib chiqmaganligi;

10.1.3. Ishtirokchilar tomonidan turli sabablarga ko‘ra, jumladan pochta xizmati, aloqa tashkiloti xatoligi, Aksiya o‘tkazishda foydalanilayotgan internet tarmog‘i va/yoki aloqa kanallaridagi nosozlik va/yoki firibgarliklar natijasida xat, qo‘ng‘iroq va/yoki elektron xabarlarning kelib tushmasligi;

10.1.4. Aksiya Tashkilotchisi aybi bilan yuzaga kelmagan uyali aloqa operatorlari, Internet- provayderlarining istalgan turdagi texnik uzilishlari, nosozliklar, profilaktik ishlash va boshqalar;

10.1.5. Ishtirokchi tomonidan Aksiyada qatnashish va(yoki) Sovrinni olishi bilan bog‘liq xarajat va yo‘qotishlar;

10.1.6. Yengib bo‘lmas kuchlar (fors-major) holatlari yuzaga kelgan taqdirda, jumladan COVID-19 bilan bog‘liq favqulodda holat va/yoki sanitar-epidemiologik cheklov/taqiqlarning joriy etilishi;

10.2. Aksiya barcha ishtirokchilari Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va har qanday xarajatlarni mustaqil qoplaydilar (jumladan va shu bilan cheklanib qolmay, mobil aloqa operatorlar, Internet tarmog‘i xizmatlaridan foydalanganlik, Aksiya haqida istalgan ma’lumotni olish, aksiya mahsulotini xarid qilish va h.k. bilan bog‘liq xarajatlar).

10.3. Tashkilotchi Aksiya Sovrinlariga bo‘lgan huquq bo‘yicha hech qanday baxslar yuzasidan mas’uliyatni zimmasiga olmaydi. Har qanday holatda ham baxslar yuzasidan yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi va uning ustidan shikoyat qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tashkilotchi mobil telefon raqami, elektron manzil, Aksiya mahsuloti, Ishtirokchi noyob raqami, Korzinka Plus jismoniy yoki virtual kartasi, chekning u yoki bu shaxsga tegishliligi bo‘yicha baxs yuzaga kelganda ushbu baxsga kirishmaydi. Shu turdagi barcha baxslar o‘zaro tomonlar o‘rtasida mustaqil va o‘z hisoblaridan hal etiladi.

10.4. Tashkilotchi internet-provayder, uyali aloqa operatorlari faoliyati, pochta, yetkazib berish va boshqa xizmatlarning xatoliklari natijasida pochta va elektron jo‘natmalar yetib bormaganligi, kech yetib borganligi, yo‘qotilganligi yoki zararlanganligi uchun javobgar emas.

10.5. Tashkilotchi Sovrinni g‘olibga topshirgandan keyingi undan foydalanilishi, Aksiya g‘olibining har qanday sababga ko‘ra foydalanish imkoniyatining mavjud emasligi yuzasidan javobgar emas.

10.6. Yutib olingan Sovrindan faqat Ishtirokchi bo‘lgan shaxslar foydalanishiga yo‘l qo‘yiladi. Sovrin kelishuv yoki to‘lov vositasi sifatida qatnashadigan har qanday harakat, operatsiya, kelishuvlar amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

10.7. Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va amaldagi Qoidalarda keltirib o‘tilganlarni hisobga olgan holda, Aksiyada ishtirok etish uchun hujjatlarni soxtalashtirgan yoki soxtalashtirishdan foyda olgan, yoki Aksiya bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsni bezovta qilish, haqorat qilish, tahdid qilish yoki boshqa shaxslarga noqulayliklar keltirib chiqarish maqsadida to‘g‘ri kelmaydigan harakatlarni amalga oshirib, amaldagi Qoidalarni buzgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligini buzgan istalgan shaxsning ishtirok etish uchun arizalarini bekor qilishi, shuningdek amaldagi Aksiyada ishtirok etishni taqiqlash huquqiga ega.

10.8. Tashkilotchi istalgan vaqt Aksiyada firibgarlikni oldini olish maqsadida qo‘shimcha texnik cheklovlar o‘rnatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Biror ishtirokchi tomonidan amaldagi Qoidalarga zid ravishda, vijdonsizlik bilan harakatlar amalga oshirganligi aniqlangan taqdirda, ushbu Ishtirokchining g‘olibligi bekor qilinadi va aksiyadagi ishtirokini davom ettirishi taqiqlanadi.

10.9. Tashkilotchi Aksiyada vijdonan ishtirok etilishini Tashkilotchining mavjud texnik imkoniyatlari asosida, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidagi holatlar va amaldagi Qoidalarni hisobga olgan holda mustaqil baholaydi.

10.10. Tashkilotchi tabiiy ofatlar, yong‘in, suv toshqini, istalgan turdagi harbiy holatlar, blokada, pandemiya bilan bog‘liq karantin choralari kabi fors-major holatlari, Aksiya o‘tkazilayotgan hududda qonunchilikning o‘zgarishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda javobgar hisoblanmaydi.

 

11. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

11.1. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchi aniq va amaldagi (ishonchli) ma’lumotlarni taqdim etishga majbur, o‘z xohishi va qiziqishlariga ko‘ra Tashkilotchiga va uning ishonchli vakiliga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida, jumladan O‘zR 2019-yil 21-iyundagi O‘RQ-547-sonli “Shaxsiy ma’lumotlar haqida”gi qonuniga muvofiq Ishtirokchi taqdim etgan shaxsiy va boshqa ma’lumotlarni jamlash, qayta ishlash, uzatish, jumladan transchegaraviy, foydalanish, saqlashga rozilik beradi.

11.2. Aksiyada ishtirok etish va Aksiya doirasida sovrinni qo‘lga kiritish uchun Ishtirokchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda Tashkilotchiga amaldagi Oferta (Qoidalar)da keltirib o‘tilgan ma’lumotlar (jumladan shaxsiy ma’lumotlar)ni taqdim etishi shart.

11.3. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar, jumladan ammo shu bilan chegaralanib qolmay, shaxsiy ma’lumotlardan Tashkilotchining hech qanday to‘lovlarsiz, hech qanday hududiy, vaqt va foydalanish uslubida cheklovlarsiz O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga zid bo‘lmagan, jumladan Ishtirokchining ismi, familiyasi, rasmi, intervyu va u haqidagi boshqa materiallardan Sovrinni qo‘lga kiritgan taqdirda, shuningdek ma’lumot, xabar (jumladan, reklama turdagi) va h.k. uchun reklama/marketing, jumladan OAV (ismi va rasmi), istalgan bosmaxonalar, audio- va video-materiallar, OAV bilan intervyu marketing va/yoki istalgan boshqa reklama faoliyatida foydalanishiga rozilik beradi va bunday foydalanish hech qanday holatda Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi.

11.4. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlari, jumladan ammo shu bilan chegaralanib qolmay, rasmlar, intervyu, telefon raqam, e-mail va (yoki) o‘zi haqidagi boshqa ma’lumotlardan Tashkilotchining hech qanday to‘lovlarsiz, hech qanday hududiy, vaqt va foydalanish uslubida cheklovlarsiz reklama va (yoki) marketing maqsadlarida foydalanish, Ishtirokchining shaxsiy ma’lumotlari va materiallarini OAV, istalgan bosmaxonalar, Internet tarmog‘ida foydalanish huquqini beradi va bunday foydalanish hech qanday holatda Tashkilotchi tomonidan qoplanmaydi (to‘lov amalga oshirilmaydi).

11.5. Aksiyada ishtirok etish orqali har bir Ishtirokchi o‘zining mobil telefon raqami, e-mailga Tashkilotchi va uning ishonchli vakili tomonidan muddatlarda cheklovlarsiz SMS xabarlar, yangilik va boshqa ma’lumot/reklama xabarlari (yubormalar) yuborilishiga rozilik beradi.

 

12. BOSHQA SHARTLAR

12.1. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi o‘zining amaldagi Qoidalar bilan to‘liq tanishib chiqqanligi va to‘liq, hech qanday baxs va munozaralarsiz Aksiya o‘tkazilish qoidalari va ishtirok etish shartlari bilan o‘z roziligini bildiradi.

12.2. Ishtirokchi kartasi olingan vaqtda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan bo‘lsa va shaxsiy ma'lumotlar (F.I.Sh., telefon raqami) haqida ma'lumotga ega bo‘lmasa, u sovrinlar o‘yiniga qo‘yilmaydi.

12.3. Aksiya o‘tkazilish qoidalari butun aksiya o‘tkazilishi muddati davomida Tashkilotchi tomonidan o‘zgartirilishi va /yoki to‘ldirilishi mumkin. Tashkilotchi istalgan vaqt bir tomonlama Aksiya shartlari, qoidalari va muddatlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek Aksiyani muddatidan oldin yakunlash huquqini o‘zida saqlab qoladi. Reklama aksiyasini o‘tkazish qoidalariga kiritiladigan o‘zgartirish va/yoki qo‘shimchalar Tashkilotchi tomonidan tasdiqlangan va Tashkilotchi saytida e’lon qilingan taqdirda amal qiladi.

12.4. Aksiya Tashkilotchisi o‘z xohishiga ko‘ra, unda Ishtirokchi ma’lumotlarni soxtalashtirishi va istalgan soxtalashtirilgan ma’lumotlardan foyda olayotganligi haqida asosli shubxa-guman paydo bo‘lgan taqdirda, Ishtirokchilarga sababini tushuntirmay va ular bilan yozishmagan holda, Aksiya Ishtirokchilarining istalgan harakatlarini haqiqiy emas deb topishi, shuningdek Aksiyada ishtirok etishda davom etishni taqiqlashi, istalgan shaxsga Sovrinni olishda rad etishi mumkin.

12.5. Amaldagi Qoidalarning bir tomonlama talqin qilinishida muammolar, tushunmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, so‘nggi qaror Tashkilotchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq qabul qilinadi.

12.6. Amaldagi Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha holatlar Tashkilotchi va Aksiya Ishtirokchilari/G‘oliblari O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq harakat qiladilar.

12.7. Tomonlar mas’uliyati, shuningdek baxslarni hal qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.

12.8. Amaldagi Ommaviy oferta amal qilish muddati – Aksiya o‘tkazish muddati yakunlanguncha.