So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinkadan yangi kitob bilan oila bag‘rida Dubayga” reklama aksiyasi qoidalari

Aksiyalar

10 dekabr 2023

“Korzinkadan yangi kitob bilan oila bag‘rida Dubayga” reklama aksiyasi qoidalari

Aksiyalar

10 dekabr 2023

“Korzinkadan yangi kitob bilan oila bag‘rida Dubayga”

reklama aksiyasi qoidalari

(keyingi orinlarda — “Qoidalar”)

 

1.    UMUMIY QOIDALAR

1.1. “Korzinkadan yangi kitob bilan oila bag‘rida Dubayga” nomli reklama aksiyasi (keyingi o‘rinlarda – Aksiya), “Anubis Maymunus va hayvonlarning arvohlari” tovar belgisi ostidagi mahsulotga mavhum davradagi shaxslar orasida qiziqish uyg‘otish va qo‘llab-quvvatlash, ijobiy imidj shakllantirish va iste’molchilar talabini oshirish, shuningdek, ushbu mahsulot savdo hajmini oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

1.2. Aksiya lotereya, garov o‘yini, totalizator, qimor yoki xatarlarga asoslangan o‘yin hisoblanmaydi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq o‘tkaziladi.

1.3. Haqiqiy Aksiyada ishtirok etish taklifi shaxslarning chegaralanmagan davrasiga qaratilgan.

 

2.    AKSIYANI OTKAZISH MUDDATI

2.1. Aksiyani o‘tkazish muddati: 2023-y. 10-dekabrdan 2024-y. 10-yanvar oxirigacha (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya Muddati”).

2.2. Aksiya mahsulotini xarid qilish muddati: 2023-y. 10-dekabr soat 00:01dan 2024-y. 10-yanvar 23:59gacha (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya Davri”).

2.3. Aksiya g‘oliblarini aniqlash muddati: 2024-yil 10-yanvardan 2024-yil 31-yanvar oxirigacha.

2.4. Aksiya g‘oliblariga sovrinlarni topshirish muddati: 2024-y. 05-fevral oxirigacha.

2.5. Haqiqiy Qoidalarda ko‘rsatilgan barcha muddat va vaqtlar O‘zbekiston Respublikasi Toshkent sh. vaqti bo‘yicha hisoblanadi.

 

3. HUDUD QAMROVI, PROMO-SAYT VA OGOHLANTIRISH TARTIBI

3.1. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda – O‘zR) hududida, O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, “Korzinka” DISKONT va “Smart” do‘konlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus sh., Yernazar Alako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz sh., Maftunkor ko‘chasi, 35-uy manzillarida joylashgan va franshiza bo‘yicha ishlayotgan “Korzinka” DISKONT supermarketlaridan mustasno o‘tkaziladi (keyingi o‘rinlarda – “Aksiyani o‘tkazish hududi”).

3.2. Ishtirokchilarni Aksiyada qatnashish tartibi, Aksiya qoidalari (shuningdek, undagi o‘zgarish, qo‘shimchalar) bo‘yicha ogohlantirish:

1) Aksiya rasmiy internet-sahifasi – https://maymunus.korzinka.uz/ (yuqorida, bu yerda va keyingi o‘rinlarda – “Sayt”)

2) Operator, Tashkilotchi va / yoki Buyurtmachi tanloviga ko‘ra boshqa usullar bilan amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

3) Aksiya bo‘yicha savollar uchun elektron pochta: info@korzinka.uz

3.3. Tashkilotchi istalgan vaqtda Aksiya qoidalarini o‘zgartirishi, uning o‘tkazilishini muddatidan avval to‘xtatishi, Aksiya to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotni e’lon qilish huquqiga ega. Aksiya va uning qoidalari to‘g‘risida yangilangan (qo‘shimcha) ma’lumot Saytda, Buyurtmachi tomonidan ushbu o‘zgarishlar (yangilanishlar) tasdiqlanganidan sanadan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida joylashtirilishi zarur.

3.4. Tashkilotchi Aksiya Ishtirokchilari bilan xat almashuv vositasida muhokamalarga kirmaslik yoki boshqa aloqa usullaridan foydalanmaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi. Haqiqiy Qoidalarda, O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan vaziyatlar va bahsli vaziyatlar yuzaga kelgan hollar bundan mustasno.

3.5. Tashkilotchi Aksiyani o‘tkazish va uning natijalari uchun to‘liq mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

 

4. AKSIYA MAHSULOTI

4.1. Aksiya “Qahramonlar davri” turkumidagi barcha kitoblar uchun amal qiladi (keyingi o’rinlarda – “Aksiya mahsuloti”):

Shtrix kod

Mahsulot nomi

9789943 696396

Anubis Maymunus (O‘z)

9788754 990501

Анубис Маймунус (Ru)

22113283

Plastikakl (O‘z)

9789934 577803

Пластикакл (Ru)

9789943 587946

Doktor Chixaxl (O‘z)

9789943 587977

Доктор Чихахл (Ru)

2.6.    

 

4.2. Aksiya mahsuloti Ishtirokchi tomonidan Aksiya Qoidalarining 3.2. bandida ko‘rsatilgan muddatda “Korzinka” chakana savdo tarmog‘ida va / yoki Korzinka Go onlayn supermarketida xarid qilingan bo‘lishi kerak.

 

5. AKSIYA ISHTIROKCHILARI

5.1. Aksiyada 16 yosh va undan katta yoshdagi layoqatli jismoniy shaxlar: O‘zR va O‘zR hududida yashash huquqiga ega va O‘zR hududida yashayotgan chet davlatlar fuqarolari, Korzinka chakana savdo tarmog‘i Karta Dasturida ro‘yxatdan o‘tgan (keyingi o‘rinlarda – “Karta Dasturi”), amaldagi / faol Korzinka chakana savdo tarmog‘i Korzinka Plus kartasi egalari (keyingi o‘rinlarda – “Korzinka Plus kartasi”) ishtirok eta oladilar (yuqorida, bu yerda va keyingi o‘rinlarda ko‘plikda – “Ishtirokchilar”, alohida – “Ishtirokchi).

5.2. Butunlay layoqatsizlik hollarida 16dan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning Aksiyadagi ishtirokiga faqatgina ota-onalar, vasiylar, Qoidalarning haqiqiy bandida ko‘rsatilganidek, boshqa shaxslar ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

5.3. Quyidagi shaxslarning Aksiyada ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi:

• Tashkilotchi ishchilari;

• Tashkilotchi bilan affillangan deya tan olingan shaxslar;

• Tashkilotchi bilan fuqarolik-huquqiy va boshqa munosabatlarga ega va / yoki Aksiya tashkilotchiligi va (yoki) uni o‘tkazish bilan bog‘liq uchinchi shaxslarning ishchilari va vakillari;

• yuqorida sanab o‘tilgan shaxslarning yaqin qarindoshlari;

• fuqaroligi yo‘q shaxslar va O‘zR hududida yashash huquqiga ega bo‘lmagan boshqa davlatlar fuqarolari;

5.4. Haqiqiy Qoidalarning 5.1., 5.2., 5.5. bandlari va boshqa bo‘limlardagi qoidalarga mos kelmaydigan fuqarolarning Aksiyada ishtirok etgani oydinlashgan taqdirda, Tashkilotchi va / yoki Operator bunday shaxslarning Aksiyadagi ishtiroki va (yoki) sovrinni qabul qilishini rad etish huquqiga ega.

 

6. AKSIYA SOVRIN JAMGARMASI

6.1. Aksiya sovrin jamg‘armasi Tashkilotchi pul mablag‘lari hisobidan shakllantiriladi, o‘z ichiga Bosh sovrinni ham oladi (yuqorida, bu yerda va keyingi o‘rinlarda – “Aksiya sovrinlari”:

 

Bosh sovrin:

▪        “Tort kishiga Dubayga 55 000 000 som summaga tur” (keyingi o‘rinlarda – “Bosh sovrin”) butun Aksiya Muddatida 1 (bir) dona.

*Tort kishiga Dubayga 55 000 000 som summaga tur Aksiya Operatori tomonidan haqiqiy sertifikatni topshirish, ushbu turga ega bolish orqali Dubay shahriga tort kishi bilan 55 000 000 som summaga sayohat amalga oshirish uchun sertifikat hisoblanadi. Mazkur sertifikat faqatgina tort kishining Dubay shahriga sayohati uchun moljallangan bolib, boshqa istalgan maqsadda foydalanish uchun yaroqsiz hisoblanadi.

 

6.2. Butun Aksiya Muddati davomidagi sovrinlar miqdori chegaralangan va Qoidalarning haqiqiy bo‘limida ko‘rsatilgan miqdorni tashkil etadi.

6.3. Tashkilotchi Aksiya Sovrin jamg‘armasini, xususan, sovrinlarning miqdori, komplektatsiyasi, ko‘rinishi va boshqa jihatlarini o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Bu holda yangi sovrinlarning narxi almashtirilgan sovrinlarning narxiga mos kelishi kerak.

6.4. Aksiya sovrinlarining tashqi ko‘rinishi, ularning dizayni, rangi, qadoqlanishi yoki bezatilishi va boshqa jihatlari reklama materiallarida namoyish etilganidan, ishtirokchilarning shaxsiy kutilmalaridan farq qilishi mumkin.

6.5. Aksiya sovrini sifatida taqdim etilayotgan tovar (xizmat) uchun javobgarlikni ushbu tovar (xizmat) ishlab chiqaruvchisi (ta’minotchi) o‘z zimmasiga oladi.

 

7. AKSIYADA ISHTIROK ETISH TARTIB-QOIDALARI

7.1. Aksiyada ishtirok etish uchun Qoidalarning 2.2. bandida ko‘rsatilgan muddatda quyidagi konklyudent (zarur) harakatlar ketma-ketligini bajarish lozim:

1) ushbu dasturning Korzinka mobil ilovasi va Saytda joylangan qoidalariga muvofiq, Korzinka Plus karta dasturida ro‘yxatdan o‘tilishi yoki ro‘yxatdan o‘tilgan bo‘lishi;

2) Haqiqiy Qoidalarning 5.1. bandida ko‘rsatilgan talablarga binoan, 2.2. bandida belgilangan davrda “Korzinka” chakana savdo tarmog‘ining istalgan do‘konida va / yoki Korzinka Go onlayn supermarketida 1 (bir) fiskal chekda Aksiya mahsulotidan 1 (bir) donadan kam bo‘lmagan miqdorda, Korzinka Plus kartasidan foydalanib, xarid amalga oshirilishi;

7.2. Ishtirokchi tomonidan xarid qilinadigan Aksiya mahsuloti miqdori chegaralanmagan;

7.3. Haqiqiy Qoidalarning 2.2. bandida (“Aksiyani o‘tkazish muddati” bo‘limi) belgilangan davrda xarid qilingan 1 (bir) donadan kam bo‘lmagan Aksiya mahsuloti ko‘rsatilgan 1 (bir) fiskal chek Qoidalarning “Aksiyani o‘tkazish muddati” va “Sovrinlar Miqdori va ko‘rinishi bo‘limlarining mos bandlariga muvofiq Sovrinlar yutuqli o‘yinida ishtirok etish uchun 1 (bir) Ariza (keyingi o‘rinlarda – “Ariza”) hisoblanadi.

7.4. Agar 1 (bir) fiskal chekda 1 (bir) donadan ko‘p Aksiya mahsuloti ko’rsatilgan bo‘lsa, ushbu fiskal chek Aksiya sovrinlari o‘yini uchun 1 (bir) Ariza sifatida qabul qilinadi.

7.5. Ishtirokchi tomonidan Qoidalarning 2.2. bandida belgilangan davrdagi Yutuqli o‘yinlarda ishtirok uchun qancha ko‘p Arizalar topshirilsa (Aksiya mahsuloti xarid qilinsa), uning Aksiya G‘olibi (Aksiya Sovrini / Sovrinlari sohibi) bo‘lish uchun shuncha ko‘p imkonlari bo‘ladi.

7.6. Aksiyada ishtirok etish uchun, aksiya mahsuloti ham 119 990 so‘m chakana narxda, ham Qoidalarning 8-bandida (“Virtual fishkalarni hisoblash mexanikasi” bo‘limi) belgilanganidek, Korzinka mobil ilovasida virtual fishkalar yig‘ish yo‘li bilan aksiya narxida (49 990 so‘m) xarid qilinishi mumkin.

 

8. VIRTUAL FISHKALARNI HISOBLASH MEXANIKASI

8.1. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i, “Korzinka” DISKONT va “Smart” do‘konlarida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus sh., Yernazar Alako‘z ko‘chasi, 162-uy va Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz sh., Maftunkor ko‘chasi, 35-uy manzillarida joylashgan va franshiza bo‘yicha ishlayotgan “Korzinka” DISKONT supermarketlari mustasno (keyingi o‘rinlarda – “Aksiyani o‘tkazish hududi”), chekdagi har 100 000 so‘m uchun 1 virtual fishkaga ega bo‘ling.

8.2. Korzinka mobil ilovasida 5 virtual fishka yig‘ing.

8.3. Kitobni bor-yo‘g‘i 49 990 so‘m (kitobning o‘z narxi – 119 990 so‘m) evaziga xarid qilish imkoniga ega bo‘ling.

8.4. Har 5 virtual fishka uchun ularni mobil ilovada yig‘gan Ishtirokchiga Korzinka mobil ilovasining “Aksiyalar” bo‘limidagi “Anubis Maymunus va hayvonlarning arvohlari” kitobi uchun chegirma promokodi ochiladi.

8.5. 500 000 (besh yuz ming) so‘mga xarid amalga oshirgan Aksiya Ishtirokchisi Korzinka mobil ilovasidagi “Aksiyalar” bo‘limida 5 virtual fishkaga ega bo‘ladi, shundan so‘ng, bir aksiya doirasidagi bir aksiya kitobi chegirma bilan xarid qilinadi.

8.6. Aksiya tovari (kitob) tugab qolgan taqdirda, Aksiya Ishtirokchisi tovarni, Aksiyaning barcha shartlarini bajargan taqdirda ham, tovar mavjud emasligi sababli chegirma bilan xarid qila olmaydi.

8.7. Aksiya tovarlarining (kitoblar) umumiy miqdori 10 000 (o‘n ming) kitobni tashkil etadi va ulardan 8 000 (sakkiz ming) donasi rus tilida, 2 000 (ikki ming) donasi o‘zbek tilida chop etilgan.

 

 

9. AKSIYA GOLIBLARINI ANIQLASH

9.1. Asosiy yutuqli o‘yinni o’tkazish Sanasida Tashkilotchi Yutuqli o‘yinlarning Bosh va Zaxira g‘oliblarini (keyingi o‘rinlarda – “Muqobil g‘olib”) aniqlaydi.

9.2. Asosiy yutuqli o’yin doirasida Bosh g’oliblarning soni bu o’yinlarda o’ynaladigan sovrinlarning soniga teng bo’lishi kerak.

Yutuqli o‘yin doirasidagi Muqobil g‘oliblarning soni quyidagicha:

– 1 (bir) Bosh g‘olib

– 2 (ikki) Muqobil g‘oliblar.

Muqobil g‘oliblar Bosh g‘olib tomonidan Aksiya shartlari buzilgan yoki uning Aksiya qoidalari bo‘yicha boshqa nomutanosibliklarga ega ekanligi hollarida ehtimoliy almashtirish maqsadida aniqlanadi.

9.3. Tashkilotchi Yutuqli o‘yinlarning Muqobil g‘oliblari ro‘yxatiga kiritilgan ishtirokchilarning ismlarini ochiqlashi shart emas.

9.4. Sovrin G‘oliblari aniqlangan sanadan boshlab 3 kun ichida Tashkilotchi G‘oliblar bilan ularning Korzinka Plus kartasiga biriktirilgan telefon raqamiga +99878 888-14-14 mobil raqamidan qo‘ng‘iroqni amalga oshirish usuli orqali sovrinni topshirish uchun zarur ma’lumotlarni aniqlash maqsadida bog‘lanadi. Aksiya G‘olibining telefoni xizmat doirasidan tashqarida bo‘lgan vaziyatda, yoki Aksiya G‘olibi 72 soat ichida qo‘ng‘iroqlarga javob bermasa, yoki Aksiya Tashkilotchisiga bog‘liq bo‘lmagan texnik xarakterga ega boshqa istalgan sabablar yuzaga kelib qolsa, G‘olib Aksiya Tashkilotchisining qarorini qayta muhokama qilish imkonisiz o‘zining g‘alaba imkoniyatini yo‘qotadi, Sovrin esa Muqobil nomzodga o‘tadi. Muqobil nomzod bilan aloqa mavjud bo‘lmagan taqdirda, Sovrin keyingi Muqobil nomzodga o‘tkaziladi va shu tartibda davom etadi.

9.5. Tashkilotchi, Operator yutuqli o‘yinlar g‘oliblari bilan ularning Korzinka Plus kartasiga biriktirilgan mobil telefon raqami yoki elektron pochtasi orqali bog‘lanish huquqiga ega.

9.6. Korzinka Plus kartasi ro‘yxatdan o‘tkazilayotganida Ishtirokchi tomonidan biriktirilgan mobil telefon raqami, haqiqiy Qoidalarning 2-bo‘limida belgilanganidek, butun Aksiya Muddati davomida Ishtirokchi tomonidan saqlanishi zarur. Mobil telefon raqamining uchinchi shaxslar tomonidan begonalashtirilishi, ro‘yxatdan o‘tkazilgan mobil telefon raqami va (yoki) elektron pochta manzillarining o‘zgartirilishi, elektron pochtaning o‘chirilishi va (yoki) bloklanishi G‘olibni (va / yoki Muqobil nomzodni) Aksiya Sovrinini olish huquqidan mahrum etadi.

 

 

10. SOVRINLARNI TOPSHIRISH TARTIB-QOIDALARI

 

10.1. Bosh sovrin – “To‘rt kishiga Dubayga 55 000 000 so‘m summaga tur” g‘olibga Sayohatga sertifikat shaklida (keyingi o‘rinlarda – “Sayohatga sertifikat”) taqdim etiladi, qo‘shimcha ravishda Tashkilotchi o‘zi bilan birga shartnoma munosabatlari asosida g‘olib va uning hamrohlarining Dubayga sayohatini bevosita amalga oshiradigan turizm agentligiga (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) bog‘lanish ma’lumotlarini g‘olibga ma’lum qiladi.

10.1.1. Sayohat uchun sertifikat g‘olib tomonidan 2024-yil 28-fevralgacha bo‘lgan davrda faollashtirilishi zarur.

10.1.2. Sayohat Sertifikatini faollashtirish uchun g‘olib Agentlik bilan sayohat xususiyatlarini (sanalar, sayohat kunlari soni, mehmonxona, ovqatlanish, aviaqatnov sana va vaqti, avialiniyalar va boshqalar) kelishib, shuningdek, sayohat tashkiliy masalalari bilan bog‘liq boshqa rasmiy jihatlarni hal qilib olishi zarur.

10.1.3. Agar Agentlik bilan kelishilgan sayohat narxi 55 000 000 (ellik besh million) so‘mdan oshib ketsa, g‘olib Sayohat sertifikati va u tomonidan tanlangan sayohat orasidagi farqli summani o‘z hisobidan qoplaydi.

Agar Agentlik bilan kelishilgan narx Sayohat sertifikati summasidan kamroq chiqsa, o‘rtadagi farq Tashkilotchi tomonidan to‘lab berilmaydi.

10.1.4. Sayohat uchun Sertifikat summasi qismlarga bo‘linmaydi, undan bir marta, bir vaqtning o‘zida foydalanish kerak.

10.1.5. Sarguzasht g‘olib tomonidan 2024-yilning “01”-iyun muddatigacha amalga oshirilishi (yakunlanishi) kerak. Sayohatni yanada keyinroq muddatga qoldirib o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

10.2. Bosh sovrinni olish uchun Golib Tashkilotchidan (haqiqiy Qoidalarning 10.8. bandi) xabarnoma olgan vaqtdan boshlab 2 (ikki) kalendar kunidan kech qolmasdan Tashkilotchiga o‘zi haqidagi quyidagi hujjat va ma’lumotlarni taqdim etishi kerak:

10.3.1. Tashkilotchining info@korzinka.uz elektron manzili vositasida quyidagilarni yuborishi zarur:

1) Familiya, ism, otasining ismi;

2) G‘olib ayni vaqtda yashaydigan to‘liq va aniq manzil.

10.3.2. Tashkilotchi vakili tomonidan G‘olibga Bosh sovrin berilayotganida, G‘olib quyidagi hujjatlarning aslini ko‘rsatishi zarur:

- Ozbekiston Respublikasi fuqarolari uchun:

O‘zR fuqarosi identifikatsion ID-kartasining asli, unda egasining individual identifikatsion raqami (ID) bo‘lishi zarur yoki O‘zR Fuqarosining amaldagi muddatli biometrik pasporti bo‘lishi kerak.

- OzR Yashash guvohnomasiga ega chet el fuqarolari uchun:

O‘zR hududida yashash guvohnomasini tasdiqlovchi amaldagi hujjatning asli.

Chet el fuqarosining O‘zRda yashash guvohnomasini tasdiqlovchi hujjatida STIR mavjud bo‘lmagan taqdirda STIR ma’lumotlari qo‘shimcha taqdim etiladi

2) Bosh sovrin g‘olibi va hamroh shaxsning O‘zR fuqarolarining xorijga chiqish pasporti amaldagi asl nusxalari.

Safar uchun pasportlarning kamida 2 sahifasi bo‘sh bo‘lishi kerak.

G‘olib va unga hamroh shaxsning pasportlari amal qilish muddati 30.06.2024-yildan erta yakunlanmasligi kerak.

3) “Korzinka” chakana savdo tarmog‘i kartasi;

Tashkilotchi yoki uning vakili O‘zR fuqarosining amal qilish muddati o‘tmagan identifikatsion ID-kartasini yoki O‘zR fuqarosining biometrik pasportini (ikki tomonlama), yashash guvohnomasi (ikki tomonlama), xorijga chiqish pasportlari va Korzinka Plus kartasini (ikki tomonlama) suratga tushirib oladi / nusxalaydi.

10.3.3. Tashkilotchi vakili tomonidan Bosh sovrin G‘olibga taqdim etilayotganda, G‘olib o‘z qo‘li bilan quyidagi hujjatlarni to‘ldirishi va imzolashi talab qilinadi:

1)     Sovrin topshirilgani haqida Dalolatnoma asli (keyingi o‘rinlarda – “Sovrin topshirilgani haqida Dalolatnoma”), shakl Tashkilotchi vakili tomonidan G‘olibga taqdim etiladi;

2) Shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishga Rozilik hujjati asli (keyingi o‘rinlarda – “Shaxsiy ma’lumotlarni berishga Rozilik”), shakl Tashkilotchi vakili tomonidan G‘olibga taqdim etiladi.

10.3.4. Buyurtmachi va (yoki) Tashkilotchi va (yoki) Aksiya Operatori tomonidan qo‘shimcha so‘ralishi mumkin bo‘lgan boshqa hujjat va ma’lumotlar.

10.4. Tashkilotchi sovrin Golibidan boshqa istalgan zarur hujjat va (yoki) ma’lumotlarni Aksiyani amalga oshirish maqsadlarida qoshimcha ravishda sorash huquqiga ega.

10.5. Aksiya G‘olibi haqiqiy Qoidalardagi shartlarni bajarmagan taqdirda, Sovrinni olish huquqini yo‘qotadi. Bunday vaziyatda Aksiya Buyurtmachisi o‘z xohishiga ko‘ra ushbu Sovrin bilan bog‘liq masalalarni hal qiladi.

10.6. Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi Aksiya Sovrini G‘olibi aksiya sovrinlarini Operatorning Toshkent shahrida joylashgan manzilidan o‘zi mustaqil olib ketishi kerak bo‘ladi.

Operator yoki Operator vakili joylashgan manzil G‘olibga qo‘shimcha ravishda ma’lum qilinadi.

Sovrinni olish joyigacha yetib olish xarajatlari Tashkilotchi tomonidan qoplab berilmaydi.

10.7. G‘olibga Tashkilotchi tomonidan xabar berilgan sanadan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida Sovrinni olib ketishi zarur (haqiqiy Qoidalarning 10.8. bandiga ko‘ra).

10.8. Buyurtmachi / Tashkilotchining sovrinlarni topshirish bo‘yicha mas’uliyati quyidagi harakatlar amalga oshirilgach, bajarilgan hisoblanadi:

▪    “To‘rt kishiga Dubayga tur” Bosh sovrini sayohatga Sertifikat ko‘rinishida topshirilganidan boshlab.

10.9. Sovrinni topshirish haqida Dalolatnoma g‘oliblar tomonidan imzolangach, Haftalik va Bosh sovrinlarga egalik huquqi paydo bo‘ladi.

10.10. Aksiya Sovrinini olish huquqi Aksiya G‘olibi tomonidan uchinchi shaxsga berilishi mumkin emas.

10.11. Aksiya sovrini olingach, g‘olib qabul qilingan sovrinning yo‘qolishi, qo‘ldan chiqarilishi, o‘marilishi yoki buzilishi xatarlarini o‘z zimmasiga oladi.

10.12.    Aksiya G‘olibi quyidagi vaziyatlar qachon oydinlashishidan qat’i nazar sovrinni olish huquqidan hech qanday kompensatsiya, shuningdek, pul mablag‘lari to‘lovisiz mahrum bo‘ladi:

1) agar Aksiya Ishtirokchisi unga sovrin topshirilgunga qadar haqiqiy Qoidalarni buzgan deb topilsa;

2) agar Aksiya Ishtirokchisi sovrinni olishdan bosh tortishini elektron aloqa vositalari orqali og‘zaki yoki yozma bildirsa;

3) Aksiya Ishtirokchisining shaxsiga oydinlik kiritishning imkoni bo‘lmagan vaziyatda;

4) G‘olib bilan bog‘lanishga 3 (uch) muvaffaqiyatsiz urinishdan so‘ng (haqiqiy Qoidalarning 10.8. bandi);

5) G‘olib tomonidan Aksiya Tashkilotchisi / Operatoriga o‘z shaxsiy ma’lumotlarini taqdim etishni rad qilgan holda (haqiqiy Qoidalarning 10.1.3. va 10.3.3. tagbandlari);

6) G‘olib tomonidan haqiqiy Qoidalarning 10.1. va 10.3. bandlarida keltirilgan barcha zarur ma’lumotlarni belgilangan muddatda taqdim etish rad etilgan holda;

7) haqiqiy Qoidalarning 10.6. bandida keltirilganidek, Sovrinni mustaqil olib ketish muddatlariga rioya qilinmagan holda.

10.13.    Sovrinni Aksiya G‘olibiga topshirish / qabul qilish imkoni Tashkilotchiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra amalga oshmagan holda, shu jumladan va bu bilan cheklanmay:

- G‘olib tomonidan elektron pochta manzili o‘chirilishi yoki elektron pochta manziliga ulanish imkoni yo‘qolishi;

- G‘olib noto‘g‘ri elektron pochta manzili ko‘rsatganda;

- kompyuter tizimlari, pochta serverlari, internet-provayder tarmog‘idagi nosozliklar, xatolar;

- Internet tarmog‘idagi nosozlik va xatolar;

- Internet aloqasi, elektr energiyasi yo‘qligi / bloklangani,

bunday Aksiya sovrini talab qilinmaydigan deb topiladi, G‘olib tomonidan qayta talab qilinmaydi va Aksiya Buyurtmachisi u bilan o‘z xohishiga ko‘ra yo‘l tutadi.

10.14. Aksiya ishtirokchilari o‘z mobil telefon raqamlarida kiruvchi qo‘ng‘iroqlar va matnli xabarlar kelishi uchun imkon yaratishni butun Aksiya o‘tkazilishi Davri davomida o‘z zimmasiga oladi.

10.15. Yutilgan sovrinni Aksiyaning boshqa sovrinlariga almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Sovrinlarning pul ekvivalentida to‘lanishi amalga oshirilmaydi. Sovrinlar qaytarib olinmaydi.

10.16. Aksiya sovrinlari miqdori cheklangan va u haqiqiy Qoidalarning 6-bo‘limida belgilangan. Tashkilotchining Ishtirokchilarga sovrinlarni topshirish bo’yicha mas’uliyatlari haqiqiy Qoidalarning 6.1.1. bandida ko‘rsatilganidek, umumiy Sovrin jamg‘armasi hajmi bilan cheklangan. Shu sababli Aksiya Ishtirokchisi qandaydir kompensatsiya, shuningdek, pul mablagi tolovini talab qilishi mumkin emas.

10.17.    Ommaviy oferta bo‘yicha 30 kundan ortiq davom etgan Aksiya doirasida sovrin olgan jismoniy shaxs O‘zR Soliq kodeksi 369-moddasi 2-qism 14-bandida belgilanganidek, jismoniy shaxslar daromadlari uchun soliq to‘lamaydi. Aksiya sovrinini olish, egalik qilish va boshqarish bilan aloqador yuzaga keladigan O‘zR (yoki) boshqa mamlakatlar byudjetiga tushuvchi boshqa to‘lovlar, yig‘imlar va boshqa qo‘shimcha to‘lovlar G‘olibning o‘zi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.

10.18. Agar Haftalik va / yoki Bosh sovrinlar G‘olibi Qoidalarning 10.1. va 10.3. bandlariga muvofiq hujjatlar va ma’lumotlarni Operatorga taqdim etishdan bosh tortsa yoki boshqa sabablarga ko‘ra taqdim etmagan holda, shuningdek, talab qilinayotgan hujjatlarning noto‘liq to‘plamini taqdim etsa, Tashkilotchi bunday g‘olibga Haftalik / Bosh sovrinlarni topshirmasligi, shuningdek, sovrinlar bilan o‘z ixtiyoriga ko‘ra yo‘l tutish huquqini saqlab qoladi.

10.19. Aksiyadagi barcha sovrinlar g‘olib(-lar)ga faqatgina Aksiya Qoidalarini to‘g‘ri bajargan holdagina topshiriladi. Haqiqiy Qoidalar shartlarini bajarmagan G‘olib sovrinni olish huquqidan mahrum bo‘ladi. Bunday holda Buyurtmachi ushbu sovrin bilan o‘z ixtiyoriga ko‘ra yo‘l tutish huquqini saqlab qoladi.

10.20. Aksiya sovrinlarini olishdan avval ishtirokchi tomonidan Aksiya sovrinlari yoki ularni olish huquqiga nisbatan kelishuv ashyosi, to‘lov vositasi yoki garov ashyosi sifatida tuzilgan har qanday harakatlar, operatsiyalar, bitimlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

11. ISHTIROKCHINING SHAXSIY MA’LUMOTLARI YIGILISHI VA ISHLANISHIGA ROZILIGI

11.1. Aksiyada ishtirok dalolati Ishtirokchining Aksiya Qoidalariga so‘zsiz rozi ekanligini tasdiqlaydi, shuningdek, Ishtirokchining erkin, aniq, boxabar va ongli holda o‘z shaxsiy ma’lumotlari Buyurtmachi tomonidan ushbu maqsadlar: Ishtirokchilarga sovrinlarni yuborish, g‘alaba haqida xabarlar, Buyurtmachi mahsuloti, u o‘tkazadigan tadbirlar, reklama takliflari haqida ma’lumot berish, shuningdek, marketing tahlili o‘tkazish, statistik ma’lumot tayyorlash, soliq majburiyatlarini amalga oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqa maqsadlarga erishish uchun yig‘ilishi va ishlanishiga rozi ekanligi (keyingi o‘rinlarda – “ShM” va “Rozilik”) belgisi hisoblanadi.

11.2. Ishtirokchi ushbu ShMlarga nisbatan o‘z Roziligini taqdim etadi:

▪      familiya, ism, ota ismi (agar u shaxsni tasdiqlovchi hujjat / yashash guvohnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa);

▪      tug‘ilgan sana;

▪      individual identifikatsion raqam (IIR);

▪      bog‘lanish ma’lumotlari (elektron pochta manzili, mobil telefon raqami, yashash manzili);

▪      Ishtirokchi tomonidan beg‘araz taqdim etilgan istalgan boshqa ma’lumot.

11.3. Ishtirokchi avtomatlashtirilgan ishlash, avtomatlashtirilmagan ishlash (avtomatlashtirish vositalaridan foydalanmagan holda), ShMni ishlashning aralash usullari bilan amalga oshiriladigan ShM bilan bog‘liq ushbu harakatlarga nisbatan Rozilik bildiradi: shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ish, yozib olish, tizimlashtirish, jamg‘arish, saqlash, aniqlashtirish (yangilash, o‘zgartirish), qo‘shimchalar kiritish, foydalanish, ajratib olish, tarqatish, shaxssizlantirish, bloklash, o‘chirish va yo‘qotish, chet davlatlari hududiga transchegaraviy yo‘llash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq boshqa istalgan harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.

11.4. Aksiyada ishtirok etarkan, Ishtirokchi aniq, faol (ishonchli) shaxsiy ma’lumotlarni ko‘rsatishga majbur.

11.5. Aksiya Ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlari O‘zR qonunchiligi talablariga, xususan, O‘zR Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi 2019-yil 02-iyuldagi 257-son O‘RQga muvofiq Qoidalarning 11.1 bandida keltirilgan maqsadlarga erishish uchun zarur muddat davomida Buyurtmachi, shuningdek, uning vakolatli shaxslari tomonidan maxfiylik (konfidensiallik) shartlari asosida va keyinchalik olib tashlash / o‘chirish sharti bilan saqlanadi va ishlanadi.

 

 

 

 

 

12. YAKUNIY QOIDALAR

1.       Tashkilotchi quyidagilar uchun mas’uliyatni zimmasiga olmaydi:

▪          Ishtirokchi tomonidan Aksiyada ishtirok etish va (yoki) sovrinni olish bilan bog‘liq majburiyatlarning bajarilmasligi (o‘z vaqtida bajarilmasligi);

▪          Ishtirokchining Aksiya Qoidalari bilan tanishmaganligi, jumladan, Aksiya natijalari bilan tanishmaganligi;

▪          Ishtirokchidan xat, qo‘ng‘iroq va (yoki) elektron xabarlarni pochta xizmati, aloqa tashkiloti aybi bilan, shuningdek, Internet tarmog‘ida va / yoki Aksiya davomida ishtirokchi tomonidan foydalaniladigan aloqa kanallaridagi texnik muammolar va / yoki firibgarlik natijasida qabul qila olmaslik;

▪          Sovrinlarni olish uchun zarur ma’lumot va (yoki) dalillarni ishtirokchilardan olmaslik (o‘z vaqtida olmaslik);

▪          Ishtirokchidan Aksiyani o‘tkazish va sovrinlarni topshirish maqsadida zarur bog‘lanish va (yoki) boshqa ma’lumotlar, shaxsiy ma’lumotlarning noto‘liq va (yoki) noto‘g‘ri olinishi;

▪          Aksiya Tashkilotchisining aybi bilan yuzaga kelmagan har qanday texnik nosozliklar, nosozliklar, profilaktika ishlari va boshqa uyali aloqa operatorlari, Internet-provayderlar muammolari uchun;

▪          Ishtirokchining Aksiyada ishtirok etishi va (yoki) sovrin olishi bilan bog‘liq har qanday xarajatlari va (yoki) zararlari uchun.

▪          O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilanadigan, bartaraf etib bo‘lmas holatlar (fors-major) ro‘y bergan taqdirda.

▪          agar g‘olib aviaparvoz uchun reysga kech qolsa yoki safarni amalga oshirishni imkonsizlashtirgan boshqa harakatlarni amalga oshirgan bo‘lsa.

▪          g‘olib va (yoki) hamroh shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining amal qilish muddatiga ega xorijga chiqish pasporti va pasport olishga imkoniyat mavjud bo‘lmagan taqdirda.

▪          g‘olib va (yoki) hamroh shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga chiqish yoki Dubay shahri hududiga kirish taqiqlari / cheklovlari bo‘lganligi va natijada yutilgan sovrindan foydalanish imkoni bo‘lmagan taqdirda.

2.       Aksiyaning barcha ishtirokchilari aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq barcha va har qanday xarajatlarni mustaqil ravishda to‘laydilar (shu jumladan cheklovlarsiz, internetdan foydalanish, telefon (mobil) aloqa uchun to‘lov, aksiya to‘g‘risida har qanday ma’lumot olish, reklama mahsulotlarini sotib olish va boshqalar).

3.       Tashkilotchi aksiya sovrinlariga egalik huquqiga doir nizolar uchun javobgar emas. Bunday nizolar bo‘yicha yakuniy qaror Tashkilotchi tomonidan qabul qilinadi.

4.       Ishtirokchilar va Tashkilotchi o‘rtasidagi ushbu Aksiyaga oid barcha bahsli masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida tartibga solinadi. Agar bahsli masalalar muzokaralar yo'li bilan hal etilmagan bo‘lsa, nizo Tashkilotchining joylashgan manzilda ko‘rib chiqiladi (shartnomaviy yurisdiksiya). Ishtirokchilar aksiyada ishtirok etish orqali shartnomaviy yurisdiksiyaga rozilik bildiradilar.

5.       Aksiyada ishtirok etarkan, ishtirokchi quyidagilarni tasdiqlaydi:

1) Aksiyada ishtirok etishning barcha qoidalari va shartlari bilan tanishganlik va ularga rozilik.

2) Tashkilotchi ishtirokchi bilan bog‘liq materiallarni ommaviy axborot vositalariga, Internetga joylashtirishdan oldin ularni ishtirokchi bilan oldindan kelishmasdan tahrirlash huquqiga ega.

6.       Tashkilotchi, o‘z xohishiga ko‘ra, ishtirokchilarga sabablarni tushuntirmasdan va ular bilan yozishmalarga kirmasdan, aksiya ishtirokchilarining har qanday harakatlarini haqiqiy emas deb topish, shuningdek, aksiyada ishtirok etishni taqiqlash, tashkilotchi ishtirokchining qalbakilashtirilganligi, ma’lumotlarni soxtalashtirish yoki ma’lumotlarni soxtalashtirishdan istalgan bir manfaat ko‘rayotgani to‘g‘risida asosli shubha tug‘dirgan har qanday shaxsga mukofot olishni rad etish huquqiga ega.

7.       Aksiyada ishtirok etarkan, har bir ishtirokchi Aksiya Muddati davomida mobil telefon raqami, elektron pochta manziliga Tashkilotchining matnli xabarlari, yangiliklari va boshqa axboriy / reklama xabarlari (jo‘natmalari) kelishiga o‘z roziligini bildiradi. Ishtirokchi info@korzinka.uz elektron manziliga yozma xabar yo‘llab, istalgan vaqtda mazkur ma’lumotlarni olishdan bosh tortish huquqiga ega.

8.       Haqiqiy Qoidalarning noaniq talqin qilinishiga olib keladigan vaziyatlarda yakuniy qarorni Buyurtmachi O‘zR amaldagi qonunchiligi talablariga muvofiq hal qiladi.

9.       Haqiqiy qoidalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tuzilgan. Aksiya Qoidalarining o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi ziddiyatida Qoidalarning rus tilidagi matni ustunlikka ega bo‘ladi.

10.    Haqiqiy Qoidalarda nazarda tutilmagan barcha masalalarda Aksiya Tashkilotchisi va Ishtirokchilari O‘zR amaldagi qonunchiligiga rioya qiladilar.