So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” yangi “Korzinka Go” onlayn-supermarketini ishga tushirdi

Korzinka hayotidan

24 iyun 2023

“Korzinka” yangi “Korzinka Go” onlayn-supermarketini ishga tushirdi

Korzinka hayotidan

24 iyun 2023

24.06.2023, Toshkent, O'zbekiston — Onlayn-supermarket oziq-ovqat va uy-ro‘zg‘or buyumlarining keng assortimentini taqdim etadi va ikki soat ichida tez yetkazib beradi.


“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, yangi “Korzinka Go” onlayn supermarketi va yetkazib berish xizmati ishga tushirilganini e’lon qiladi.


Mahsulotlarni onlayn buyurtma qilish imkoniyati birinchi marta “Korzinka” da 2005 yilda, kompaniya nomini korzinka.uz’ga o’zgartirganda paydo bo’lgan — u O’zbekistondagi birinchi onlayn-supermarket edi. 2017-yilda yetkazib berish xizmati hamkor “Lebazar” kompaniyasiga topshirildi. 2022-yilda “Korzinka” bu kompaniyani sotib oldi va biznes modelni yangilash ishlarini boshladi.


"Mamlakatdagi chakana va onlayn savdo sohasida birinchi kompaniya sifatida biz mijozlarimizga “Korzinka Go”ni taqdim etishdan mamnunmiz. Bizning asosiy maqsadimiz - "odatdagidan yaxshi" tamoyiliga rioya qilgan holda, oziq-ovqat xaridini yanada qulay qilish. Bu maqsadga erishganimiz esa sinov va xatoliklar, ko'plab tajribalar natijasidir”, — deb izoh berdi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.


“Korzinka Go” xizmati oziq-ovqat va uy-ro’zg’or buyumlarining keng assortimentini taqdim etadi va ikki soat ichida ularni Toshkent shahrining barcha tumanlariga yetkazib beradi. O’rganishlar shuni ko'rsatadiki, servis ko'pincha bozorga yoki supermarketga mustaqil ravishda borishdan ko'ra tezroq.


Ilovada bir necha klik orqali buyurtma berish imkonini beruvchi qulay katalog va tezkor qidiruv mavjud. Mahsulotlarning batafsil tavsifi va ularning xususiyatlari tez orada taqdim etiladi.


Buyurtmani yaratgandan so'ng, ilovada buyurtma holati va xaritada real vaqt rejimida yetkazib berishni kuzatish imkoniyati taqdim etilgan.


“Korzinka Go” buyurtmalarni yetkazib berish jarayoniga alohida e'tibor beradi, ularning bajarilishi sifatini 100% ga yetkazishga intiladi: barcha do'konlar tarmog'ida bo'lgani kabi, o'z vaqtida, yaroqlilik muddati va saqlash shartlariga rioya qilgan holda yetkazib berish kompaniya uchun muhim.


Har qanday muammo yuzaga kelgan taqdirda, qo'llab-quvvatlash xizmati har doim uni hal qilishga yordam beradi.


Shu bilan birga, barcha “Korzinka Go” foydalanuvchilari to'liq himoyalangan: muammolar yuzaga kelganda, yetkazib berish bepul va past sifatli mahsulotni qaytarish mumkin.


Keshbek, oylik va choraklik retro bonuslar va qolgan sodiqlik dasturining barcha afzalliklari onlayn buyurtmalarga taalluqlidir. Buning uchun “Korzinka Go” profilidagi “Korzinka Plus” karta raqamini bog'lash kifoya.


“Korzinka Go”-dagi toifa bo'limlarining rasmlari Midjourney sun'iy intellekt dasturi yordamida yaratilgan.


Zahiralarni to'ldirish va yetkazib berish marshruti insonning minimal aralashuvi bilan algoritmlar asosida amalga oshiriladi.


“O‘zbekistonda hayot sur’ati tezlashmoqda, har doim ham do‘konga borishga vaqt topib bo‘lmaydi. Bugun biz mijozlarimizga bu vaqtni muhimroq va yoqimli narsalarga bo'shatish imkoniyatini berishdan mamnunmiz: oila bilan muloqot, dam olish yoki o'qish uchun. Raqamli tajribaning zamini eng yaxshi texnologiyalardan foydalanish, mijozlarning fikr-mulohazalariga e'tibor qaratish va har kuni sevib iste’mol qilinadigan mahsulotni yaratishga bag'ishlangan professionallar jamoasi orqali erishiladi”,dedi Konstantin Nechayev, “Korzinka Go” direktori.


Yangi xizmat bilan bir qatorda, “Korzinka” ikkita “darkstore”ni (do’kon-ombor) to’liq ishga tushirishini e’lon qiladi. Bunday format O‘zbekistonda ilk bor joriy qilinmoqda.

Do’kon-omborlar 15 ming turdagi tovarlarga mo‘ljallangan — bu mamlakatdagi eng yirik taklif hisoblanadi.


Dastlab xizmat Toshkent shahrida mavjud, keyin esa boshqa shaharlarda ham yo‘lga qo‘yiladi.

Ishga tushirish munosabati bilan “Korzinka Go” barcha foydalanuvchilariga birinchi buyurtma uchun 10% chegirma va uchta buyurtmani bepul yetkazib berishni taklif qiladi.

“Korzinka Go” mobil ilovasini ushbu havola orqali yuklab oling.


Qo’shimcha ma’lumot uchun:


“Korzinka” supermarketlar tarmog’i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz


Kompaniya haqida:


"Korzinka" — 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 115 ta do‘kon: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont” va “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo formatidagi do‘kon, shuningdek, 2 ta “darkstore”ga ega “Korzinka Go” onlayn-supermarketi kiradi.