So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka Biznes” birinchi ulgurji do‘konining ochilishi 15 fevral kuni bo‘lib o‘tadi

Barcha

6 fevral 2023

“Korzinka Biznes” birinchi ulgurji do‘konining ochilishi 15 fevral kuni bo‘lib o‘tadi

Barcha

6 fevral 2023

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i “Korzinka Biznes” brendi ostida yangi ulgurji savdo yo‘nalishini yo’lga qo‘ymoqda. Poytaxtning Sergeli tumanida birinchi B2B do‘konining ochilishi 2023-yil 15-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

 
Biz Korzinkada O‘zbekistondagi zamonaviy chakana savdoni rivojlantirish tarafdorimiz. Shuning uchun biz qulay va moslashuvchan yechimlar, eng maqbul narxlarni taklif qilish orqali kichik va o‘rta biznes rivojlanishiniga hissa qo‘shish niyatidamiz.

 
Korzinka Biznes - bu “Anglesey Food” kompaniyasining faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan ulgurji savdoga yo'naltirilgan maxsus yo‘nalishi. Biz kichik va o'rta biznes xaridorlari uchun qulay shart-sharoitlarni ta'minlashga intilamiz: narxlardan tortib, qulay xarid jarayoni va hujjatlarni rasmiylashtirishgacha.

 
Do'konda faqat naqdsiz to'lovlar qabul qilinadi. Biz oddiy va tushunarli hujjatlarni taqdim etamiz, bu esa tadbirkorlik subyektlariga soliq bo‘shliqlarisiz QQS hisob-kitobini qulay va shaffof tarzda olish imkonini berib, ularning raqobatbardoshligini oshiradi.

 
Korzinka Biznes kimlarga mos keladi?
•       Qayta sotish maqsadida tovarlarni xarid qilish uchun kichik chakana savdo shahobchalari, minimarketlar, maishiy xizmat ko'rsatish do'konlari egalariga;
•       Ovqat tayyorlash uchun tovarlardan foydalanadigan kafelar, restoranlar, mehmonxonalar, fast-food va boshqa umumiy ovqatlanish korxonalari egalari;
•       O‘quvchilarning ovqatlanishini tashkil etish maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa ta’lim muassasalari;
•       Ofis ehtiyojlari, xodimlar uchun sovg'alar, korporativ tadbirlar va o'z faoliyati davomida yuzaga keladigan boshqa ehtiyojlar uchun tovarlar sotib oladigan har qanday boshqa korxona va tashkilotlar.
Ushbu ulgurji do‘kon mijozlarining har biri o'z ehtiyojlari, imkoniyatlari va xususiyatlariga ega biznesdir. B2B yo'nalishidagi yangi ish formati biznesning o'zini ham, umuman zamonaviy chakana savdoni ham rivojlantirishni rag'batlantiradigan xaridlar uchun eng qulay yechimni topishga imkon beradi.

 
Biz barcha manfaatdor biznes vakillarini Korzinka Biznes ochilishiga taklif qilamiz va hamkorlikka tayyorligimizni bildiramiz. Do‘konning ochilish marosimi 2023-yil 15-fevral kuni quyidagi manzilida bo‘lib o‘tadi: Toshkent shahri, Sergeli tumani, Toshkent halqa avtomobil yo'li, 53-uy, mo‘ljal: Sergeli “O‘zgarish” o‘tkazma yo‘li.

 
Korzinka Biznesda xarid qilish uchun avval ro'yxatdan o'tish va klub kartasini olish zarur bo‘ladi. Roʻyxatdan oʻtish uchun Korzinka Biznes vakili bilan +998 (93) 123-1414 telefon raqami orqali yoki doʻkonning oʻzida joylashgan maʼlumot markazida bog‘lanish kerak. Hamkorlikning batafsil shartlari bilan biznes.korzinka.uz rasmiy saytida batafsil tanishish mumkin.


Korzinka Biznesning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga obuna bo'ling:
Telegram: t.me/korzinkabiz
Instagram: instagram.com/korzinkabiz
Facebook: facebook.com/korzinkabiz

Korzinka Biznes — Manfaatli hamkorlik