So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
"Korzinka" bir necha yuz mahsulot narxini keskin pasaytirdi

Korzinka hayotidan

31 mart 2023

"Korzinka" bir necha yuz mahsulot narxini keskin pasaytirdi

Korzinka hayotidan

31 mart 2023

31.03.2023, Toshkent, Oʻzbekiston – Bu Prezident farmoni bilan tasdiqlangan bojxona imtiyozlari tufayli amalga oshdi.


“Korzinka”, O‘zbekistondagi eng yirik savdo tarmog‘i, import qilinadigan 231 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxini keskin pasaytirganini ma’lum qiladi.


“Bu yaqinlashib kelayotgan chegirmalarning birinchi to‘lqini xolos. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, narxlarning pasayishi bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan belgilangan toifalar ro‘yxatiga kiruvchi 1000 dan ortiq tovarlarga ta’sir qiladi”, dedi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining Tijoriy bo‘limi direktori Sherzod Mahmudov.


Bu yirik qadamga O‘zbekiston Prezidentining 23-mart kuni qabul qilingan farmoni asos bo‘ldi — yil oxirigacha mamlakatga 36 toifadagi tovarlarni olib kirishda nol bojxona stavkalari qo‘llaniladi. 


“Korzinka” bunga javoban narxlarni pasaytirishni e’lon qilgan O‘zbekistondagi birinchi kompaniya bo‘ldi.


“Bu imtiyozlar birinchi navbatda barcha iste’molchilar uchun ko‘zda tutilgan bo‘lib, biz ushbu yangilikni imkon qadar tezroq aholiga yetkazishga harakat qildik. Biz yangi mahsulot kelishini kutmasdan, bu aksiyani #InsonQadriUchun deb atagan holda, ushbu toifadagi tovarlar narxini pasaytirishga qaror qildik”, — deya izoh berdi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov.


Mahsulotlarning turiga qarab narxlar 10% dan 32% gacha pasaytirildi. To'liq ro'yxatni kompaniyaning maxsus onlayn katalogida topish mumkin.



Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:


“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 91 009 98 91

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz




Kompaniya haqida:


Korzinka — O‘zbekistonda chakana savdo yetakchisi. Kompaniya 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mamlakatimizning 10 ta hududidagi 107 ta do‘konni o‘z ichiga oladi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari va “Korzinka Biznes” ulgurji do‘koni, shuningdek, Lebazar onlayn yetkazib berish xizmati.