So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
Korzinka Biznes jismoniy shaxslar uchun ulgurji savdo imkonini ochdi

Korzinka hayotidan

29 noyabr 2023

Korzinka Biznes jismoniy shaxslar uchun ulgurji savdo imkonini ochdi

Korzinka hayotidan

29 noyabr 2023

29.11.2023, Toshkent, O‘zbekiston – Kompaniyaning bu qadami nafaqat aholi uchun mahsulot va tovarlarni xarid qilish imkonini oshiradi, balki mamlakatdagi ulgurji savdo ulushini ham ko‘taradi. 


O‘zbekistondagi eng yirik chakana savdo tarmog‘i hisoblangan “Korzinka” Korzinka Biznes ulgurji savdo do‘konidagi xaridlar endi jismoniy shaxslar uchun ham ochiqligini e’lon qiladi. 2023-yil fevral oyida ochilganidan boshlab, Korzinka Biznes’da faqatgina yuridik shaxslar va alohida tadbirkorlar xarid amalga oshirishi mumkin edi.


O‘tgan bir necha oylik muddat davomida kompaniya manziliga ulgurji savdo imkoniyatini boshqa barcha uchun ham ochish so‘rovi bilan ko‘plab murojaatlar kelib tushdi. “Korzinka” ularning barchasini diqqat-e’tiborga olib, O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barchaga Korzinka Biznes’da ulgurji narxlarda katta hajmda shaxsiy va boshqa maqsadlarda xaridlar amalga oshirish imkoniyatini taqdim etishga qaror qildi.


Bu qadam aholi uchun sifatli mahsulot va tovarlarni xarid qilish imkoninigina bermay, mamlakatdagi rasmiy ulgurji savdo sohasi ulushini ham oshirishga zamin yaratadi.


Korzinka Biznes quyidagi maqsadlar uchun ayniqsa mos keladi:

  • kafe, restoran, mehmonxona, fastfud va ovqat tayyorlash uchun tovarlardan foydalanuvchi boshqa umumiy ovqatlanish korxonalari egalari;

  • o‘quvchilarni ovqatlantirishni tashkil etishlari uchun maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa ta’lim muassasalari;

  • ofis ehtiyojlari, xodimlarga sovg‘alar, korporativ tadbirlar o‘tkazish uchun tovarlar xarid qiluvchi kompaniya va tashkilotlar;

  • katta oilalar va butun hafta uchun mahsulot va tovarlarni oldindan xarid qilib qo‘yishni afzal biluvchilar;

  • to‘y yoki boshqa ommaviy bayramona tadbir o‘tkazmoqchi bo‘lganlar;

  • maqbul narxlarda tovar va mahsulotlarning katta partiyalari kerak bo‘lgan shaxslar.

  • kichik savdo nuqtalari, minimarketlar, uy yaqinidagi do‘konlar egalari, keyinchalik qayta sotish uchun tovar xarid qiluvchilar.


“Bugun biz rivojlanishimizning yangi bosqichi — jismoniy shaxslar uchun ulgurji xaridlar imkoni ochilishi haqida faxr bilan e’lon qilamiz. Bu imkon qadar ko‘proq odamlarning ehtiyojlarini qondirish yo‘lida “Korzinka” tomonidan yana bir katta qadam bo‘ldi. Ishonamizki, yurtimiz aholisi yangi imkoniyatlarni qadrlashadi va biz esa O‘zbekistonda xarid amalga oshirish jarayonini yanada qulay etishda sa’y-harakatlarimizni davom ettiramiz”, — deya ta’kidladi Korzinka Biznes yo‘nalishi rahbari Aleksandr Lyapustin.


Marketda turli tovarlarning qariyb 3,5 ming pozitsiyasi taqdim etilgan. Shuningdek, donalab xarid qilish imkoniyati ham nazarda tutilgan. Tovarning minimal miqdori, qoida bo‘yicha, artikuldan kelib chiqib, ikki birlikdan kam bo‘lmasligi kerak. Do‘kondagi har bir narxnomada tovarning xarid uchun ruxsat beriladigan miqdori va bir dona uchun narxi keltirilgan.


To‘lovni naqd yoki naqdsiz hisob-kitob usulida amalga oshirish mumkin. Do‘kon dushanbadan shanbagacha soat 08:00dan 22:00gacha ishlaydi. 


Korzinka Biznes’ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:


Telegram: t.me/korzinkabiz

Instagram: instagram.com/korzinkabiz

Facebook: fb.com/korzinkabiz


Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: pr@korzinka.uz


Kompaniya haqida

“Korzinka” — O‘zbekistondagi chakana savdo yetakchisi hisoblanadi. Kompaniyaga 1996-yilda asos solingan va hozirda mamlakatning 12 hududida 135 do‘konni: Korzinka supermarketlari, neighborhood stores shaklidagi Korzinka Mahalla do‘konlari, uy yonidagi Smart do‘konlari va Korzinka Biznes ulgurji savdo do‘konini, shuningdek, ikki darkstorga ega Korzinka Go onlayn-supermarket xizmatini qamrab oladi.