So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
Konstantin Nechaev “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining texnologiyalar bo‘yicha direktori etib tayinlandi

Korzinka hayotidan

29 sentyabr 2023

Konstantin Nechaev “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining texnologiyalar bo‘yicha direktori etib tayinlandi

Korzinka hayotidan

29 sentyabr 2023

28.09.2023, Toshkent, Oʻzbekiston — Ushbu strategik tayinlov “Korzinka”ning O'zbekiston chakana savdo sohasida innovatsiyalarga yetakchilik qilish uchun texnologik o'zgarishida muhim bosqich hisoblanadi.


“Korzinka”, Oʻzbekistondagi eng yirik chakana savdo tarmogʻi, Konstantin Nechaevning texnologiyalar bo‘yicha direktori etib tayinlanganini eʼlon qildi. 


Nechaev “Korzinka”ga 2022-yilning iyun oyida kompaniyaning “Lebazar” oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish xizmati bosh direktori sifatida qo‘shildi. 


Uning rahbarligida ushbu xizmat “Korzinka Go” onlayn-supermarketiga aylantirilib, “dark-stor”lar tarmog‘i ishga tushirilishi natijasida sezilarli o‘sishga erishdi. 


Nechaev texnologiyalar bo‘yicha direktor lavozimi bilan birga “Korzinka Go” bosh direktori sifatida ishlashni davom ettiradi.


Yangi lavozimda Nechaev “Korzinka”ning elektron tijorat, chakana savdo operatsiyalari va mijozlarning omnikanal tajribasida texnologiyadan foydalanish bo'yicha uzoq muddatli strategiyani amalga oshirish jarayonini boshqaradi. 


Asosiy tashabbuslar orasida zamonaviy IT vositalarini biznes jarayonlariga integratsiya qilish, uzluksiz omnikanal chakana savdo tajribasini taqdim etish, yangi raqamli mahsulotlar va xizmatlarning bozorga chiqish vaqtini tezlashtirish, katta ma’lumotlarga (“big data”) asoslangan qarorlar qabul qilish imkonini berish va samarali IT-infratuzilmasini saqlash kiradi.


Bu mijozlariga xizmat ko’rsatish samaradorligini sezilarli darajada oshirib, kompaniya xarajatlarini va investitsiyalarni qaytarish muddatini kamaytiradi.


Texnologik biznes sifatida “Korzinka” kompaniyaning barqaror va dinamik rivojlanishini ta'minlaydigan innovatsiyalarni izlash uchun barcha vositalardan foydalanishga intiladi.


“Men Konstantin bilan bir yil avval “Lebazar” xizmati uchun bosh direktor qidirayotganimizda tanishdim. Uning rahbarligida yetkazib berish xizmati hajmi uch barobar oshdi va ishonchli “Korzinka Go” onlayn platformasiga aylandi. Texnologiyalar bo‘yicha direktor sifatida u “Korzinka”ning texnologik innovatsiyalarini samaradorlikni keskin oshirish, mijozlarga xizmat ko'rsatishni yaxshilash va bizning doimiy kengayishimizni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shadi", — dedi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.


"Men ushbu ikki tomonlama rolni o'z zimmamga olganimdan va “Korzinka”ning raqamli kelajagini o‘zgarishlarning ushbu qiziqarli davrida shakllantirayotganimizdan juda xursandman. O‘zbekiston chakana savdo bozorining jadal rivojlanishining bir qismi bo‘lganimdan va “Korzinka” mijozlari uchun ajoyib tajriba yaratadigan texnologik mahsulotlarni yetkazib berayotganimdan xursandman. Mening asosiy e'tiborim “Korzinka”ni mintaqada va butun dunyo miqyosida chakana sotuvchilar uchun etalonga aylantirish bo‘yicha ulkan texnologik yo‘l xaritamizni amalga oshirishga qaratiladi", — dedi Nechaev. 


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz


Kompaniya haqida:


“Korzinka”1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 119 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.


Konstantin Nechaev haqida:


Konstantin Nechaev 1998-yilda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida menejment bo‘yicha bakalavr darajasini, 2000-yilda esa shu universitetda magistr darajasini olgan. 2017-yilda Stenford Oliy biznes maktabida fan magistri darajasini qo‘lga kiritgan.


Korzinkaga qo'shilishdan oldin Nechaev AVITO, M.Video, Leroy Merlin va Deloitte kabi yetakchi chakana savdo va texnologiya kompaniyalarida yuqori rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 


U yirik brendlar uchun strategik rivojlanish va raqamli transformatsiya tashabbuslarini boshqarish bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega.


Tajribali rahbar sifatida Nechaev elektron tijorat, omnikanal chakana savdo, IT strategiyasi va biznes operatsiyalari bo'yicha keng ko'lamli korporativ tashabbuslarni boshqargan.