So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
«Korzinka» Navoiy va Qarshi shahrilarida yangi supermarketlarni ochdi

Barcha

29 iyul 2023

«Korzinka» Navoiy va Qarshi shahrilarida yangi supermarketlarni ochdi

Barcha

29 iyul 2023

29.07.2023, Toshkent, Oʻzbekiston — Supermarketlar tarmogʻi poytaxt tashqarisida ham kengayishda davom etmoqda.

 

«Korzinka», O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, bir kunda ikki shaharda – Qarshi va Navoiyda yangi supermarketlarni ochdi. 

 098A8315.jpg

Endlikda bu hududlarda ikkitadan «Korzinka» mavjud. Shu bilan kompaniya mamlakatning 11 ta hududida 117 do‘kon bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.

 photo_2023-07-29_19-01-04aaa.jpg

«Biz uchun mamlakatimizning barcha aholisiga xizmat va mahsulotlarni tanlash imkonini berish juda muhimdir. Sog‘lom va sifatli raqobat barchaga foyda keltirishiga qattiq ishonaman. Biz mijozlarimizga kundan kun yaqinlashayotganimizdan xursandmiz», — deb izoh berdi «Korzinka» supermarketlar tarmog‘i asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.

 098A8337.jpg

Yangi supermarketlar «small medium» formatida bo‘lib, Navoida 750 kv.m., Qarshida esa 896 kv.m. maydonni egallaydi. Hozirgi vaqtda ularda 8 000 dan ortiq mahsulotlar taqdim etilgan.

 photo_2023-07-29_18-57-aa.jpg

Yangi do‘konlarda bir necha yuz mahsulotlarga haftalik va kunlik chegirmalar taqdim etiladi. 

 

Bundan tashqari sovrinlar o‘yinlarida ishtirok etish va sodiqlik dasturining barcha afzalliklaridan foydalinish mumkun. 

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

 

«Korzinka» supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati
Doniyor Rasulov
Telefon: +998 78 140 14 14
E-mail: d.rasulov@korzinka.uz

 

Kompaniya haqida:

 

«Korzinka» – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 117 ta do‘kon kiradi: «Korzinka» supermarketlari, «Smart» uy yonidagi do‘konlari, «Korzinka Diskont», «Korzinka Biznes» B2B ulgurji savdo do’koni va ikkita «dark stor»ga ega bo’lgan «Korzinka Go» onlayn-supermarketi.