So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
"Korzinka" yangi taqsimlash-tarqatuv markazini qurish uchun Xalqaro moliya korporatsiyasidan 25 million dollar moliya jalb qilmoqda

Korzinka hayotidan

28 noyabr 2023

"Korzinka" yangi taqsimlash-tarqatuv markazini qurish uchun Xalqaro moliya korporatsiyasidan 25 million dollar moliya jalb qilmoqda

Korzinka hayotidan

28 noyabr 2023

28.11.2023, Toshkent, O‘zbekiston — Loyiha ish oʻrni yaratish, fermer va yetkazib beruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlarini, ayniqsa, viloyatlarga yetkazish imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.


“Korzinka”, O‘zbekistondagi eng yirik savdo tarmog‘i, va Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) o‘rtasida 25 million dollargacha moliyalashtirish shartnomasi imzolandi.


Mablag‘lar joriy ehtiyojlar va tarmoqni rivojlantirish bo‘yicha keyingi rejalar uchun yangi taqsimlash-tarqatuv markazi (DC) qurilishiga yo‘naltiriladi.


Taqsimlash-tarqatuv markazining yana bir o‘ziga xos xususiyati uning “yashil tamoyillar” asosida qurilishidir. Jarayon chiqindilarni kamaytirish, ekologik toza materiallarni ishlatish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi.


Bugungi kunda "Korzinka" umumiy maydoni taxminan 30 ming kv.m bo‘lgan beshta tarqatish markazlariga ega. Yangi markaz eng yirigi bo‘ladi va 45 ming kv.m maydonni qamrab oladi.


Qurilish ishlarini boshlash 2024-yilga mo‘ljallangan. Birinchi bosqich yakuni esa 2025-yilga to‘g‘ri keladi.


Yangi taqsimlash-tarqatuv markazi Korzinkaga nima uchun zarur? 


Supermarketlar tarmog‘i faol o‘sishda va kengayishda davom etmoqda. Faqatgina 2023-yilning dastlabki to‘qqiz oyida kompaniya:


  • Korzinka Biznes birinchi ulgurji do'konini ochdi;

  • Korzinka Go onlayn supermarketini ishga tushirdi;

  • yangi formatdagi Korzinka Mahalla do‘konlarini ishga tushirdi;

  • 20dan ortiq doʻkon ochdi.


IFC bilan yangi kelishuv ushbu o‘sish yo‘nalishini davom ettiradi va mijozlar uchun tanlovni kengaytiradi. Bu, o‘z navbatida, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning muhim tarmoqlarini rag‘batlantiradi.


"Korzinka" ikkita nufuzli sertifikatga ega bo‘lishga intiladi


Kompaniya, shuningdek, Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib ikkita xalqaro sertifikatga ega bo‘lish uchun IFC bilan hamkorlik qiladi:


  1. EDGE (Excellence in Design for Greater Efficiencies).

  2. Gender EDGE (Economic Dividends for Gender Equality).


Sertifikatlardan birinchisi binoning qurilishi va undan foydalanishda uglerod izini va xarajatlarni kamaytirish hamda barqaror rivojlanish sari yana bir qadam tashlash imkonini beradi.


Sertifikatlardan ikkinchisi biznes uchun maksimal foyda keltiradigan kompaniyalarda ayollar va erkaklarga maqbul ish muhitini yaratishga yordam beradi.


“Qariyb 30 yil davomida mijozlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bizning ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib kelgan. IFC tomonidan moliyalashtirish bizga ushbu jarayonni takomillashtirish va murakkab tashqi sharoitda butun mamlakat bo‘ylab xizmatlar turlarini kengaytirish imkonini beradi. Shartnoma, shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish va teng ravishda, barcha xodimlarimiz uchun mehnat sharoitlarini yaxshilashga yordam beradi", — deb ta’kidladi “Korzinka” supermarketlar tarmogʻi asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.


“Rivojlangan oziq-ovqat chakana savdo sektori qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun barqaror bozorni ta’minlash orqali iqtisodiy rivojlanishga hissa qo‘shadi. IFC sarmoyalari mahalliy iste'molchilar uchun oziq-ovqat turlari va mavjudligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash va minglab barqaror ish o'rinlarini yaratish bilan birga sektorni mustahkamlashga yordam beradi”, — deb izoh berdi IFC Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori Vibke Shlomer.


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:


"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati


Doniyor Rasulov


Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: pr@korzinka.uz


Kompaniya haqida:

“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan, O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 12 ta hududida 135ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Korzinka Mahalla” va “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.


Hamkor haqida:

IFC, Jahon banki guruhining a’zosi, rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorga yo‘naltirilgan eng yirik global rivojlanish institutidir. IFC 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydi va rivojlanayotgan mamlakatlarda bozorlar va imkoniyatlar yaratish uchun kapital, tajriba va ta’sirdan foydalanadi.