So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” Surxondaryo viloyatida ilk do‘konlarini ochmoqda. Bu kompaniya uchun 12-viloyat hisoblanadi

Korzinka hayotidan

28 oktyabr 2023

“Korzinka” Surxondaryo viloyatida ilk do‘konlarini ochmoqda. Bu kompaniya uchun 12-viloyat hisoblanadi

Korzinka hayotidan

28 oktyabr 2023

28.10.2023 yil, Toshkent, O‘zbekiston – Ushbu kengayish “Korzinka” mijozlarga yanada yaqinroq bo‘lishini ta’minlaydi va xarid qilish jarayoniga qo‘shimcha qulaylik yaratadi.


“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, Termiz shahrida o‘zining ilk do‘konlarini ochdi.


Surxondaryo viloyati kompaniya faoliyat yuritayotgan respublikaning 14 tadan 12-viloyati bo‘ladi.


Shu tariqa, 28-oktabr kuni Termiz shahrida birinchi do‘kon ochilgan bo‘lsa, ikkinchisi 3-noyabrda ishga tushirilishi kutilmoqda.


photo_2023-10-28_18-13-24.jpg


Geografik kengayish “Korzinka” rivojlanishining asosiy maqsadlaridan biridir, chunki bu butun mamlakat bo'ylab zamonaviy chakana savdo ulushini oshirishga imkon beradi.


Shuningdek, yangi hududga kirish har doim yangi ish o'rinlari yaratilishiga va mahalliy logistikaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.


Bundan tashqari, mahalliy fermerlar va yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imkoniyatlar ochiladi.


photo_2023-10-28_18-13-27.jpg


“Korzinka” O‘zbekiston bo‘ylab kengayishni davom ettirib, respublikadagi 14 ta viloyatining har birida do‘konlar faoliyatini ta’minlashni rejalashtirmoqda.


“Biz mamlakatimiz aholisi zamonaviy savdodan foydalanishi uchun kengroq imkoniyatlarni yaratishga intilamiz. Termiz shahrida supermarketlarning ochilishi bu boradagi yana bir qadam bo‘lib, Surxondaryo viloyati aholisiga tovarlarni xarid qilishda kengroq tanlov imkonini beradi. Bizning bu va boshqa viloyatlar uchun katta reja va takliflarimiz bor, shuning uchun "Korzinka" tobora yaqinlashishda davom etmoqda”, — deb ta’kidladi “Korzinka” supermarketlar tarmogʻi asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati
Doniyor Rasulov
Telefon: +998 78 140 14 14
E-mail: d.rasulov@korzinka.uz

Kompaniya haqida:

“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 12 ta hududida 127 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Korzinka Mahalla” va “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.