So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” “Bukhara Night Race” marafoniga hamkorlik qildi

Korzinka hayotidan

28 avgust 2023

“Korzinka” “Bukhara Night Race” marafoniga hamkorlik qildi

Korzinka hayotidan

28 avgust 2023

28.08.2023-yil, Toshkent, O‘zbekiston — Supermarketlar tarmogʻi “Korzinka Runners” deb nomlangan maxsus kartalar partiyasini chiqardi va barcha yuguruvchilar uchun sovg'a paketlari tayyorladi. 

 

“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, faol turmush tarzini targ‘ib qilishga va sportni ommalashtirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.

 

2023-yil iyun oyida O‘zbekistonda Samarkand Marathon xayriya yugurish musobaqalari boshlandi, uni mamlakatning birinchi ZAAMIN ULTRA ultramarafoni ochdi. 26-avgust kuni esa “Bukhara Night Race” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

 7D4A1694.jpg

Supermarketlar tarmogʻi o‘tgan yillardagi kabi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va yugurish musobaqalarining rasmiy hamkoriga aylandi. 

 

Barcha yuguruvchilar uchun maxsus sovg'a paketlari tayyorlandi.  

7D4A1643.jpg

An’anaga ko‘ra, “Korzinka” muxlislari va musiqachilari yo'l bo'ylab barcha ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatladi.


Kompaniya birinchi marta “Korzinka” kartalarining maxsus partiyasini chiqardi. “Korzinka Runners” kartalari Oʻzbekistoning yugurish musobaqalari ishtirokchilari uchun moʻljallangan boʻlib, “Bukhara Night Race” poygasining barcha ishtirokchilariga taqdim etildi.


Yugurish musobaqasida 21 ta davlatdan 1 607 ishtirokchi qatnashdi.

 7D4A1963.jpg

"Korzinka Team" jamoasi bilan kompaniyaning 70 nafar xodimlari musobaqada faol ishtirok etdi.


Xayriya yugurish musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan, 2023-yilda esa ulardan yig‘ilgan barcha mablag‘lar bolalar sport maydonchalari qurilishiga yo‘naltiriladi.

 

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

 

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz

 

Kompaniya haqida:

 

“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 120 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.

 

Jamg‘arma haqida:

 

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi milliy merosni tarqatish, tasviriy san’at va me’morchilik, adabiyot, teatr, musiqa va raqs sohalaridagi tashabbuslarni rivojlantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi. Bizning vazifamiz mamlakatimiz madaniyat muassasalarida inklyuziv va qulay muhit yaratish, muzeylar faoliyatini yangilashga ko‘maklashish, madaniy homiylikni rivojlantirish, san’at va madaniyat sohasida kasbiy tayyorgarlikni rivojlantirishdan iborat. Shuningdek, Fond O‘zbekistonda qator yirik arxitektura loyihalarini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqdi: Davlat san’at muzeyini rekonstruksiya qilish, Toshkentda zamonaviy san’at markazini tashkil etish, Respublika bolalar kutubxonasini rekonstruksiya qilish, knyaz Romanovning qarorgohi.