So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
Korzinka va Xalqaro moliya korporatsiyasi mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida yangi loyiha bo‘yicha kelishuv imzoladi

Korzinka hayotidan

28 fevral 2023

Korzinka va Xalqaro moliya korporatsiyasi mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida yangi loyiha bo‘yicha kelishuv imzoladi

Korzinka hayotidan

28 fevral 2023

28.02.2023, Toshkent, O‘zbekiston — “Korzinka” va Xalqaro moliya korporatsiyasi o‘rtasida mahsulot sifati standartlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan bitim imzolandi.


“Korzinka”, O‘zbekistondagi eng yirik supermarketlar tarmog‘i va Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) o‘rtasida qo‘shma maslahat dasturini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi.


Ushbu kelishuv doirasida 2023-yil fevralidan 2024-yil dekabrigacha quyidagilar rejalashtirilgan:


  • Tovarlarni tarqatish markazlari uchun FSSC 22000 oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

  • Tarqatish markazlari xodimlariga oziq-ovqat xavfsizligi standarti talablari bo‘yicha ta’lim berish;

  • IS0 9001 va IS0 22000 xalqaro standartlarini supermarketlarda joriy etish bo‘yicha maslahatlar;

  • Yetkazib beruvchilarning oziq-ovqat xavfsizligi dasturi;

  • 365 kun va "Из Корзинки" o‘z savdo belgili tovarlarning sifati va xavfsizligini ta'minlash jarayonlarini tashkil etish bo'yicha maslahatlar.


“Biz sifat standartlarini ta’minlashga qaratilgan hamkorligimizdan mamnunmiz. Ushbu dastur IFC bilan ko‘p tomonlama va strategik hamkorligimizning tarkibiy qismlaridan biridir”,deya izoh berdi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i bosh direktorining sifat bo‘yicha o‘rinbosari Alisher To‘rayev.


Bu “Korzinka” va Xalqaro moliya korporatsiyasining ikkinchi qo'shma loyihasidir — 2016-yilda IFC ishtirokida ISO 9001 va ISO 22000 xalqaro standartlari sinov do'konlarida joriy etilgan bo'lib, ularning muvofiqligi Shveytsariyaning SGS sertifikatlashtirish organi tomonidan tasdiqlangan.


Qo‘shimcha ma'lumot uchun:


"Korzinka" supermarketlar tarmog'i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 91 009 98 91

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz



Kompaniya haqida:


Korzinka – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatimizning 10 ta hududida 106 ta do‘kon: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont” va “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo formatidagi, shuningdek, “Lebazar” onlayn yetkazib berish xizmati kiradi.


Hamkor haqida:


IFC, Jahon banki guruhining a'zosi, rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorga yo‘naltirilgan eng yirik global rivojlanish institutidir. IFC 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydi va rivojlanayotgan mamlakatlarda bozorlar va imkoniyatlar yaratish uchun kapital, tajriba va ta’sirdan foydalanadi.


2022-moliya yilida IFC rivojlanayotgan mamlakatlardagi xususiy kompaniyalar va moliya institutlariga rekord darajadagi 32,8 milliard dollar ajratdi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotlar global, yomonlashib borayotgan inqiroz oqibatlari bilan kurashayotgan bir paytda xususiy sektorning imkoniyatlari orqali haddan tashqari qashshoqlikka barham berish va umumiy farovonlikni oshirishga yo‘naltirilgan.


IFC Oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat yoʻqotilishining oldini olish boʻyicha global platformasi kompaniyalarga oziq-ovqat xavfsizligini baholash, xodimlarni oʻqitish va xalqaro sertifikatlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish orqali oziq-ovqat xavfsizligi xalqaro standartlari va barqaror biznes modellarini joriy etishda yordam beradi.


Qo'shimcha ma'lumot: www.ifc.org