So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” faqat kompaniyaning tasdiqlangan sahifalariga ishonishga chorlaydi

Korzinka hayotidan

27 iyun 2023

“Korzinka” faqat kompaniyaning tasdiqlangan sahifalariga ishonishga chorlaydi

Korzinka hayotidan

27 iyun 2023

26.06.2023, Toshkent, Oʻzbekiston — Barcha ishonchli maʼlumotlar faqatgina kompaniyaning rasmiy sahifalari va veb-sayti orqali eʼlon qilinadi.


“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, so’ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda firibgarlik holatlari ko‘payib borayotgani xabar qiladi.


Shu munosabat bilan kompaniya fuqarolarni norasmiy manbalar tomonidan telefon qo‘ng‘iroqlari va SMS orqali tarqatilayotgan ma’lumotlarga ishonmaslikka chaqiradi.


Noma’lum raqamdan qo’ng’iroq yoki SMS olingan va qo’ng’iroq qiluvchi o’zini “Korzinka”ning xodimi deb tanishtirgan xolatda, darhol ushbu ma'lumotni va aloqa telefon raqamini tekshirish zarur. 


“Korzinka” tomonidan ishlatiladigan rasmiy telefon raqamlar:


  • Korzinka: +998 78 140 1414, +998 78 888 1414

  • Korzinka Biznes: +998 78 777 1414

  • Korzinka Go: +998 71 200 1112



Aktsiyalar va lotereya sovrinlari haqidagi barcha ma’lumotlar "Korzinka"ning rasmiy veb-saytida va tasdiq bilan belgilangan ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarda joylashtiriladi. 


Eslatib o’tish kerak, “Korzinka” hech qachon shaxsiy to’lov kartasi ma’lumotlarini so’ramaydi, va kompaniya xodimlari o’z shaxsiy telefon raqamlari yordamida mijozlar bilan bog’lanmaydi.


"Korzinka" fuqarolarni ogoh bo’lishga va faqat rasmiy ma’lumotlarga ishonishni so’rab qoladi.


Qo'shimcha ma'lumot uchun:


"Korzinka" supermarketlar tarmog'i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz


Kompaniya haqida:


“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 115 ta do‘kon: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont” va “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo formatidagi, shuningdek, “Lebazar” onlayn yetkazib berish xizmati kiradi.