So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” yangi narxnoma va cheklarni taqdim qildi. Endi ularda davlat tilida ham ma’lumot ko‘rsatiladi

Korzinka hayotidan

27 fevral 2023

“Korzinka” yangi narxnoma va cheklarni taqdim qildi. Endi ularda davlat tilida ham ma’lumot ko‘rsatiladi

Korzinka hayotidan

27 fevral 2023

23.02.2023-yil, Toshkent, O‘zbekiston — “Korzinka”, O‘zbekistondagi eng yirik chakana savdo tarmog‘i, narxnoma va cheklarning ikki tilli yangi talqinini yo‘lga qo‘ydi.


2016-yilning may oyidan boshlab “Korzinka”da barcha reklama va ma’lumotlar almashinuvi o‘zbek va rus tillarida amalga oshirilib kelinmoqda.


Biroq narxnoma va cheklarni davlat tiliga tarjima qilish uchun tizimda bir qancha murakkab o’zgarishlar talab etilganligi sababli ular birgina rus tilida qolavergan edi.


So‘nggi to‘rt oy davomida “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining turli departamentlaridan iborat jamoa ushbu keng ko‘lamli loyiha ustida tinimsiz ish olib bordilar. Jumladan:

  • tovarlar nomlari davlat tiliga tarjima qilindi;

  • dasturiy ta’minot tizimiga multitillik imkoniyati joriy qilindi;

  • narxnoma va cheklarning tashqi ko’rinishi yangilandi;

  • kompaniyaning ichki tizimida tovarlar nomlarini hisobga olish optimallashtirildi;

  • va ko‘plab boshqa yangiliklar kiritildi.


Amalga oshirilgan ishlar natijasida 24 000 dan ortiq tovar nomlari davlat tiliga tarjima qilindi.


photo_2023-02-23_15-17-04.jpg


Narxnomalarning dizayni ham tubdan o‘zgardi – endi raqamlar kattaroq ko‘rinadigan bo‘ldi. Natijada mehmonlar uchun navbatdagi qulayliklar yaratilib, narxlarning yanada osonroq o‘qilishiga erishildi.


Keshbek va chegirmalar uchun maxsus belgilar qo‘shildi.


Barcha matnlar 2021-yilda rebrending jarayonida Korzinka uchun maxsus ishlangan shriftlar bilan yozildi.


photo_2023-02-24_14-57-23.jpg

photo_2023-02-24_14-57-25 (2).jpg

photo_2023-02-24_14-57-34.jpg


Cheklarga yana bir til qo‘shilishi ularning o‘lchami yanada kattaroq bo‘lishiga emas, aksincha mutaxassislarimiz tomonidan amalga oshirilgan optimizatsiya ishlari natijasida cheklar uzunligi qisqartirildi, bu esa yiliga kamida 108 kilometr chek qog‘ozining tejalishiga imkoniyat yaratadi.


Bu “Korzinka”ning barqaror rivojlanish va atrof-muhitni asrab-avaylashga yo‘naltirilgan navbatdagi qadamidir.


photo_2023-02-24_14-57-30.jpg


Narxnomalardan tashqari vazni o‘lchab sotiladigan tovarlarning stikerlari ham yangilandi – endi ularda tovar haqida ma’lumot va ularning xususiyatlari ham keltirib o‘tiladi.


photo_2023-02-24_14-57-33.jpg


Yangilanishlar kompaniyamiz ichki tizimida ham o‘z aksini topdi. Dasturiy ta’minot tizimiga multitillilikni qo‘llab-quvvatlovchi imkoniyat qo‘shilib, tovarlar nomlarini davlat tilida olib borish jarayoni yo‘lga qo‘yildi.


Tez kunlarda yangilangan narxnomalar tarmog‘ning barcha 104 do‘konlarida o‘rnatilib, mehmonlarga xarid jarayonlarida qulayliklar yaratadi.


Mehmonlar qulayligi uchun “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining barcha do‘konlarida kommunikatsiya materiallari doim o‘zbek va rus tillarida olib borilishini eslatib o‘tamiz.


photo_2023-02-23_15-17-00.jpg

photo_2023-02-23_15-17-06.jpg

photo_2023-02-24_14-57-31.jpgphoto_2023-02-24_14-57-28 (2).jpg
photo_2023-02-24_14-57-32 (2).jpg

photo_2023-02-23_15-17-07.jpg

photo_2023-02-23_15-17-08.jpg