So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” Guliston shahrida o’zining ilk supermarketini ochdi

Korzinka hayotidan

24 iyun 2023

“Korzinka” Guliston shahrida o’zining ilk supermarketini ochdi

Korzinka hayotidan

24 iyun 2023

24.06.2023, Toshkent, Oʻzbekiston — Supermarketlar tarmogʻi Sirdaryo viloyatida eng birinchi “Korzinka”ni ochdi. 


“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, Sirdaryo viloyatidagi Guliston shahrida o’zining ilk supermarketni ishga tushirdi. 

098A6654.jpg

Endlikda kompaniya mamlakatning 11 ta hududida 115 do’kon bilan faoliyat ko’rsatmoqda.

098A6693.jpg

“Bizning asosiy maqsadimiz har doim imkon qadar ko’proq mijozlarga yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarni taqdim etish va O’zbekistonda riteyl savdo segmentini rivojlantirish bo’lgan. Biz bu yo’nalishda sekin-asta va ishonch biland qadam tashlashni davom etamiz”, — deb izoh berdi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.


Yangi supermarket “small medium” formatda bo’lib, 806 kv.m. maydoni egaladi. Hozirgi vaqtda unda 7 000 dan ortiq mahsulotlar taqdim etilgan.

098A6686.jpg

“Bugungi ochilish Sirdaryo viloyati uchun yangilik va qulaylik yaratish yo’lidagi yana bitta qadamdir. Umid qilamizki, bu qadam boshlang’ichdir va viloyatdagi bunday “Korzinkalar” soni yanada ko’payib boradi”, — deb izoh berdi Sirdaryo viloyati xokimi Akmaljon Maxmudaliyev.


Shuningdek “Korzinka” mijozlari joriy “BYD Song” avtomobili lotereyasida ishtirok etish mumkun. 

098A6733.jpg

Undan tashqari haftalik mahsulot chegirmalari taqdim etilgan, 300 dan ortig’i esa kunlik chegirma toifasiga kiritilgan.

098A6725.jpg

“Aholimiz turmush tarzi kundan kunga yaxshilanib borayotganidan va “Korzinka” kabi zamonaviy yechimlar paydo bo'layotganidan cheksiz xursandmiz. Bu hamkorlikdan umidimiz katta va bundan keyin ham xalqimizga beminnat xizmat ko’rsatamiz”, — deb izoh berdi “Saxovat” ko'ngilochar savdo markazi rahbari Hilola Obidova.


Qo'shimcha ma'lumot uchun:


"Korzinka" supermarketlar tarmog'i matbuot xizmati


Doniyor Rasulov


Telefon: +998 78 140 14 14


E-mail: d.rasulov@korzinka.uz


Kompaniya haqida:


“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 115 ta do‘kon: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont” va “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo formatidagi, shuningdek, “Lebazar” onlayn yetkazib berish xizmati kiradi.