So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” yugurish ixlosmandlari uchun maxsus “Korzinka Runners” kartalarini taqdim etdi

Korzinka hayotidan

23 avgust 2023

“Korzinka” yugurish ixlosmandlari uchun maxsus “Korzinka Runners” kartalarini taqdim etdi

Korzinka hayotidan

23 avgust 2023

23.08.2023-yil, Toshkent, O‘zbekiston — Kartalarning birinchi partiyasi “Samarkand Marathon” musobaqalari ishtirokchilari uchun moʻljallangan. Ularning maxsus xususiyati poyga kunlarida va sog’lom turmush tarzi toifasidagi mahsulotlar uchun balandroq keshbek hajmidan iborat.

 

“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, maxsus “Korzinka Runners” kartalari chiqarilishini e‘lon qiladi.

 

“Korzinka Runners” kartalarining birinchi cheklangan sonli partiyasi Oʻzbekistoning yugurish musobaqalari ishtirokchilari uchun moʻljallangan boʻlib, “Bukhara Night Race” poygasining barcha ishtirokchilariga taqdim etiladi.

 

Ushbu kartalarning xususiyatlari quyidagilardan iborat:

 

  • “Sog’lom turmush tarzi” bo‘limi mahsulotlari uchun qo‘shimcha 2% keshbek;

  • marafondan 3 kun avval, u kun davomida va 3 kun keyinga 5% gacha keshbek (retro bonuslarni hisobga olgan holda).

 

“Mana to‘rt yildan buyon biz “Samarkand Marathon” xayriya yugurish musobaqalarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqdamiz va bu yil “Bukhara Night Race” uchun qo‘shimcha xususiyatlarga ega maxsus “Korzinka Runners” kartalarini chiqarishga qaror qildik. Menimcha, “Korzinka” va yuguruvchilarni ko‘p narsa birlashtiradi — mukammallikka intilish, doimiy rivojlanish va yanada yaxshiroq bo‘lish istagi. Yuguruvchilar kartaning seriya raqamlari 422 dan boshlanishiga alohida e’tibor berishsa ajab emas. Kelgusida biz bunday kartalar egalari uchun ko‘plab qo‘shimcha takliflarni rejalashtiryapmiz”, — deb izoh berdi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i marketing departamenti direktori Malik Karimov.

 

“Korzinka Runners” kartasi “Korzinka” mobil ilovasiga qo‘shilishi va oddiy “Korzinka Plus” kartasi sifatida ishlatilishi mumkin.

 

Qo‘shimcha keshbekdan balansga kiritilgan paytdan boshlab bir oy ichida foydalanish mumkin.



Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

 

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz

 

Kompaniya haqida:

 

“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 119 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.