So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
"Korzinka" Hindistondan muzlatilgan halol go‘sht yetkazib berishni boshladi

Korzinka hayotidan

21 noyabr 2023

"Korzinka" Hindistondan muzlatilgan halol go‘sht yetkazib berishni boshladi

Korzinka hayotidan

21 noyabr 2023

21.11.2023, Toshkent, O‘zbekiston supermarketlar rastalarida, Hindistondan keltirilgan Halol sertifikatiga ega muzlatilgan go‘sht mahsulotlari paydo bo‘ldi.


“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik supermarketlar tarmog‘i, muzlatilgan go‘sht importi bo‘yicha ochiq shartnoma tuzdi.


Dastlabki import oktyabr oyi yakunidan amalga oshirilishni boshladi. Ushbu mahsulotlar “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining barcha filiallarida mavjud.


“Kamil” – halol go‘sht hisoblanadi


Supermarketlar tarmog‘i doim assortimentini kengaytirish hamda arzon va qulay narxlarni mijozlari uchun taqdim etish yo‘llarini izlab topishga intiladi.


Shu maqsadda kompaniya O‘zbekiston hududiga go‘shtini import qilish masalasini ko‘rib chiqishni boshladi. Bunda mahsulotlari barcha sifat talablariga mos ishlab chiqaruvchini topish muhim sanaladi. Tanlov Halol sertifikatiga ega Kamil brendi foydasiga amalga oshirildi.


Yangi yetkazib beruvchi kompaniya bilan hamkorlik,  “Korzinka” uchun assortimentini kengaytirish va go‘shtga bo‘lgan talabni sifatli va unumli narxda qondirish imkoniyatini yaratadi.


Hindiston – dunyodagi eng yirik go‘sht yetkazib beruvchilaridan 


Ichki bozordagi past talabga ko‘ra, 2000-yillardan buyon Hindiston tez muddatda go‘sht eksportini boshqa davlatlarga amalga oshiradi.


Chorvachilik qishloq xo‘jaligining asosiy tarmog‘i boʻlib, Hindiston, dunyodagi eng ko‘p qoramol soniga ega mamlakat hisoblanadi.


Ushbu omillar, shuningdek, mahsulotning yuqori sifati, Hindistonga Dunyo bo‘yicha go‘sht yetkazib berish hajmining 20%ini egallash imkonini bergan.


Asosiy mijozlaridan deb nafaqat AQSH va Yevropa davlatlari balki BAA, Misr va Malayziyani ham ta’kidilashimiz mumkin.


Muzlatilgan go‘shtning afzalliklari


Mol go‘shti O‘zbekistonga muzlatilgan tarzda yetkaziladi va “Korzinka” ning muzlatgichlarida saqlanadi.


“Kamil” go‘shtlarini shok usulida muzlatish texnologiyasi tufayli uni eritish jarayonida go‘sht o‘z foydali xususiyatlaridan ajralmaydi, ta’mi va sofligini saqlab qoladi. Shuningdek, mikrobiologik ko‘rsatkichlarini barqaror saqlaydi hamda mutlaqo xavfsiz hisoblanib, massasini yo‘qotmaydi.


Muzlatilgan go‘shtning yana bir afzalliklaridan biri – uni 1 yilgacha saqlash imkoni mavjudligidir.


Shu sababdan, endi, nafaqat unumli narxdagi sovutilgan balki muzlatilgan go‘sht mahsulotlarini ham harid qilishingiz mumkin.


“Biz “Korzinka”da yurtimiz aholisi uchun kundalik xarid tovarlarini sotib olishda, iloji boricha ko‘proq tanlov imkoniyatini taqdim etishga intilamiz.


Shu maqsadda assortimentimizni mijozlarimiz talablaridan kelib chiqqan holda muntazam ravishda yangilaymiz va yetkazib beruvchilar geografiyasini ham kengaytirib bormoqdamiz.


O‘zbekistonliklar uchun mavjud bo‘lgan “Kamil” go‘shti mijozlarimiz uchun qilayotgan harakatlarimiz mevasi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.


Hamkorlik o‘rnatishdan avval bizning talablarimiz — Halal, ISO va HACCP standartlariga javob berish darajasini o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rib amin bo‘lish maqsadida biz, shaxsan borib, Hindiston ishlab chiqarish jarayoni va salohiyati bilan yaqindan tanishdik.


Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha qat'iy nazorat va yetkazib beruvchilarni sinchkovlik bilan tanlash “Korzinka”ning odatdagidan yaxshiroq bo‘lishiga yordam beradi”, — deya izoh berdi Tijoriy departament direktori Sherzod Mahmudov.


Qo‘shimcha ma’lumot  uchun:

“Korzinka” supermarketlar tarmogining matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: pr@korzinka.uz


Kompaniya haqida:


Korzinka O‘zbekistonning chakana savdo sohasidagi yetakchi kompaniyalardan hisoblanadi. Kompaniya 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, ayni paytda mamlakatning 12 ta hududida 134 ta do‘koni faoliyat yuritadi: Korzinka supermarketlari, Korzinka Mahalla do‘konlari, Smart do‘konlari hamda Korzinka Biznes ulgurji do‘koni, shuningdek, Korzinka Go onlayn supermarketlar xizmati va Korzinka Go mahsulotlarni saqlash uchun ikkita do‘kon omborlari.