So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” ZAAMIN ULTRA marafoniga homiylik va hamkorlik qildi

Korzinka hayotidan

19 iyun 2023

“Korzinka” ZAAMIN ULTRA marafoniga homiylik va hamkorlik qildi

Korzinka hayotidan

19 iyun 2023

19.06.2023, Toshkent, Oʻzbekiston – Supermarketlar tarmogʻi marafoning masofasi boʻylab barcha ishtirokchilar uchun oziq-ovqat punktlarini tashkil qildi. 


18-iyun kuni O‘zbekistonda Samarkand Marathon xayriya yugurish musobaqalari boshlandi, uni mamlakatning birinchi ZAAMIN ULTRA ultramarafoni ochdi.

DSCF6812.jpg

“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, o‘tgan yillardagi kabi tashabbusni qo‘llab-quvvatladi va yugurish musobaqalarining rasmiy hamkoriga aylandi. 


Supermarketlar tarmog'i marafoning masofasi bo'ylab barcha ishtirokchilar uchun oziq-ovqat punktlarini tashkil etdi. 

DSCF6865.jpg

Bundan tashqari, barcha yakunlo’vchilar uchun maxsus sovg'a paketlari tayyorlandi. 

DSCF7216.jpg

Yugurish musobaqasida 20 ta davlatdan 2000 ishtirokchi qatnashdi.


“Samarkand Marathon’i qo‘llab-quvvatlash Korzinka uchun yaxshi an’anaga aylangan, biz bu yil ham buni davom ettirishdan mamnunmiz. Sog‘lom va faol turmush tarzini targ‘ib qilish kompaniyaning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biridir, chunki u bizning qadriyatlarimizni ifodalaydi. Bundan tashqari, yugurish musobaqasida “Korzinka Team” vakili sifatida kompaniyaning 50 dan ortiq xodimi ishtirok etganidan ayniqsa xursandman”, — deb izoh berdi Korzinka supermarketlar tarmog‘i marketing departamenti direktori Malik Karimov.

DSCF4835.jpg

Qo'shimcha ma'lumot uchun:


"Korzinka" supermarketlar tarmog'i matbuot xizmati


Doniyor Rasulov


Telefon: +998 78 140 14 14


E-mail: d.rasulov@korzinka.uz


Kompaniya haqida:


“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 10 ta hududida 113 ta do‘kon: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont” va “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo formatidagi, shuningdek, “Lebazar” onlayn yetkazib berish xizmati kiradi.


Ultramarafon haqida:


ZAAMIN ULTRA 2019-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Samarkand Marathon xayriya yugurish musobaqalaridan biridir. Musobaqalar madaniyat va san’at ob’ektlarida inklyuzivlik muammosiga e’tibor qaratish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sport turizmini rivojlantirishga qaratilgan.