So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” “Bukhara Night Race” marafoniga hamkorlik qiladi

Korzinka hayotidan

18 avgust 2023

“Korzinka” “Bukhara Night Race” marafoniga hamkorlik qiladi

Korzinka hayotidan

18 avgust 2023

18.08.2023-yil, Toshkent, O‘zbekiston — Supermarketlar tarmogʻi yugurish masofasi boʻylab barcha ishtirokchilar uchun oziq-ovqat punktlarini tashkil qiladi. 

 

“Korzinka”, O‘zbekistonning eng yirik savdo tarmog‘i, faol turmush tarzini targ‘ib qilishni qo‘llab-quvvatlaydi va sportni ommalashtirishda ishtirok etadi.

 

Mana bir necha yilki kompaniya “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya yugurish musobaqalarini rasmiy hamkor sifatida qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. 

 

Xayriya yugurish musobaqalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil qilingan.

 

Yugurish poygalari madaniyat va san’at ob’ektlarida inklyuzivlik muammolarga e’tiborni jalb etishga qaratilgan. 

 

Tadbirlardan tushgan mablag‘lar ushbu muammolarning yechimini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga sarflanadi.

 

2023-yil iyun oyida “Korzinka” “ZAAMIN ULTRA” marafoniniga homiylik qildi, avgust oyida esa “Bukhara Night Race” poygasini qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Supermarketlar tarmogʻi marafon masofasi boʻylab barcha ishtirokchilar uchun oziq-ovqat punktlarini tashkil qiladi. 

 

Bundan tashqari, marraga barcha yetib kelganlar uchun maxsus sovg’a to’plamlari tayyorlanadi. 

 

Xayriya poygasida ishtirok etish uchun 2023-yil 20 avgustgacha bu yerda roʻyxatdan oʻtish mumkin.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

 

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz

 

Kompaniya haqida:

 

“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 119 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.