So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
YTTBning Samarqanddagi yillik yig‘ilishining panel muhokamalaridan birida “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i misol tariqasida keltirildi

Korzinka hayotidan

18 may 2023

YTTBning Samarqanddagi yillik yig‘ilishining panel muhokamalaridan birida “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i misol tariqasida keltirildi

Korzinka hayotidan

18 may 2023

18.05.2023, Toshkent, Oʻzbekiston – 2020-yilda kompaniya YTTBdan 40 million AQSH dollari miqdorida investitsiyalarni jalb qigan edi.


Samarqandda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Dunyoning eng muhim voqealaridan biri har yili siyosatchilar, biznes rahbarlari va ekspertlarni yanada barqaror global iqtisodiyotni yaratish chora-tadbirlarini muhokama qilish uchun birlashtiradi.


2023-yilda kengash va biznes-forum barqarorlikka sarmoya kiritish — inqiroz davrida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va barqaror iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratildi.


Muhokama panellaridan biri YTTBning aksiyadorlik investori sifatidagi roliga qaratildi.


Panel ishtirokchilari YTTB kompaniyalarga sarmoya kiritishdan nimani kutayotgani, moliyalashtirish jarayoni va investitsiya qabul qilgan tomonlar bilan qanday ishlashini muhokama qildi.


Muhokama 2020-yilda YTTBdan 40 million dollar jalb etgan O‘zbekistondagi eng yirik chakana savdo tarmog‘i — “Korzinka” misoli haqida bo‘ldi.


Ushbu moliyaviy yordam tufayli kompaniya 2019-yildagi 47 ta doʻkondan 2023-yilda 110 ta doʻkongacha oʻsdi.


“YTTB bilan hamkorlik biz uchun yangi imkoniyatlarni ochib berdi va gap faqat pulda emas. Bu, birinchi navbatda, ekspertiza”,dedi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i asoschisi va Kuzatuv kengashi raisi Zafar Hoshimov.


Uning so'zlariga ko'ra, kelishuv biznesga yangicha qarash, kompaniyaning kuchli va zaif tomonlarini baholash imkonini berdi.


Hamkorlik natijasida samarali kengashni shakllantirish va strategiyani aniq belgilab olish imkoni yaratildi, bu yildan-yilga muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.


“YTTB bilan uch yillik hamkorlik biz uchun juda qiziqarli va hayajonli sayohat bo‘ldi. Ko'p jihatdan, biz allaqachon butunlay boshqa kompaniyamiz, lekin xuddi oldingidek qadriyatlarga egamiz", deb qayd etdi "Korzinka" asoschisi.


YTTBning to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar bo‘yicha direktori Tamas Nagy Korzinkada kompaniyaning eng yirik ish beruvchilardan biriga, balki mamlakatdagi eng yirik korxonalardan biriga aylanishi uchun katta imkoniyatlarni ko‘rishini aytdi.


"Bu biz uchun juda muhim, chunki YTTB birinchi navbatda ta'sir qiluvchi investordir", deb tushuntirdi Nagy.


Uning ta'kidlashicha, "Korzinka" mamlakatdagi eng yirik oziq-ovqat savdo tarmog’i hisoblanadi. Kompaniyani qo'llab-quvvatlash orqali YTTB butun bozorda sifat standartlarini oshirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.


"Atrof-muhitga ta'sir, uglerod chiqindilari va energiya samaradorligini yaxshi biladigan tarmoqni qurishda ishtirok etish orqali biz mamlakatdagi barcha boshqa kompaniyalarga o'rnak ko‘rsata olishimizga ishonamiz", dedi Tamas Nagy.


“Korzinka” Kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi Pol Folining ta’kidlashicha, YTTB investitsiyalari kompaniya biznesining ikki barobar o‘sishiga va yangi kanallarni, xususan, elektron tijorat va b2b savdo formatlarini ishga tushirishga yordam berdi.


Umuman olganda, muhokama ishtirokchilari YTTB bilan hamkorlik tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar, bundan kelib chiqadigan saboq va afzalliklarni muhokama qildilar.


Toʻliq muhokamani YTTBning rasmiy Youtube kanalida koʻrish mumkin.


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:


“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz


Kompaniya haqida:

Korzinka — O‘zbekistonda chakana savdo yetakchisi. Kompaniya 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mamlakatimizning 10 ta hududidagi 110 ta do‘konni o‘z ichiga oladi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari va “Korzinka Biznes” ulgurji do‘koni, shuningdek, Lebazar onlayn yetkazib berish xizmati.