So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga

"Korzinka" Employer Brand Award 2023 tanlovida "Ish beruvchi imidji" nominatsiyasida kumush mukofotni qo‘lga kiritdi

Korzinka hayotidan

17 oktyabr 2023

"Korzinka" Employer Brand Award 2023 tanlovida "Ish beruvchi imidji" nominatsiyasida kumush mukofotni qo‘lga kiritdi

Korzinka hayotidan

17 oktyabr 2023

17. 10.2023, Toshkent, O‘zbekiston"Odatdagidan yaxshi ish" loyihasi bilan jamoa kumush mukofotiga ega bo‘ldi. 

“Korzinka”, O‘zbekistondagi eng yirik savdo tarmog‘i, Employer Brand Award 2023 da “Ish beruvchi imiji” nominatsiyasida kumush mukofotga sazovor bo‘ldi.

Employer Brand Award & Summit (EMBRAS) — MDH, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida eng yaxshi ish beruvchi brendi loyihalari bo‘yicha xalqaro tanlov.

"Odatdagidan yaxshi ish" loyihasi bilan jamoa kumush mukofotiga ega bo‘ldi. 

Uning doirasida jamoa yetakchi kadrlarni jalb qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va kompaniyada ishlashning asosiy afzalliklarini kreativ namoyish etish bo‘yicha yangi strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Butun Korzinka jamoasini tabriklaymiz va loyihalarda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz.

Kompaniya haqida:

“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 124 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Korzinka Mahalla” va “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.