So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” va Xalqaro moliya korporatsiyasi “HACCP tizimining asosiy talablari” mavzusida trening o‘tkazdi

Korzinka hayotidan

16 oktyabr 2023

“Korzinka” va Xalqaro moliya korporatsiyasi “HACCP tizimining asosiy talablari” mavzusida trening o‘tkazdi

Korzinka hayotidan

16 oktyabr 2023

“Korzinka”, O‘zbekistondagi eng yirik savdo tarmog‘i, va Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) tomonidan mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shma loyiha doirasida navbatdagi trening o‘tkazildi.


Birinchi trening 9-11 mart kunlari bo‘lib o‘tdi va oziq-ovqat xavfsizligi asoslariga bag‘ishlangan edi.


3-5 oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan ikkinchi treningda kompaniyalarga mahsulot xavfsizligiga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan omillarni aniqlash imkonini beruvchi kontseptsiya – “Hazard Analysis Critical Control Point” (HACCP) ning asosiy talablariga bag‘ishlangan edi.


photo_2023-10-16_10-29-19.jpg


Ushbu turdagi tadbirlardan asosiy maqsad — tarmoq mijozlari xarid qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini doimiy ravishda yaxshilashdan iborat. U raqobatbardoshlikni va bozorda barqaror pozitsiyani saqlashning asosiy elementi sanalib, biznes yetakchiligi va muvaffaqiyati uchun asos yaratadi.


1992 yildan beri HACCP tamoyillari Evropa va AQShda tatbiq etilib, hukumat me’yoriy hujjatlariga kiritilgan. Mazkur jihat yakuniy mahsulot sifatiga ta'sir qiluvchi xavfli omillarning oldini olish, minimallashtirish va boshqarish imkonini beradi.

"Korzinka" HACCPga katta eʻtibor beradi, chunki u mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishda xavflarni sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.

photo_2023-10-16_10-29-23.jpg

Treningda supermarketlar, tarqatish markazlari, qadoqlash markazi va sovutish majmuasining 32 nafar xodimi ishtirok etdi.

Bunday tadbirlarning yakuniy maqsadi iste’molchilarning kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan va sotiladigan mahsulotlarga boʻlgan ishonchini oshirishdir.


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:


"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail: d.rasulov@korzinka.uz



Kompaniya haqida:


“Korzinka”1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 124 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Korzinka Mahalla” va “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.


Hamkor haqida:

ХМК, Jahon banki guruhining a’zosi, rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorga yo‘naltirilgan eng yirik global rivojlanish institutidir. IFC 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydi va rivojlanayotgan mamlakatlarda bozorlar va imkoniyatlar yaratish uchun kapital, tajriba va ta’sirdan foydalanadi.