So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinkada” “Lola” ayollar klubi ochildi

Korzinka hayotidan

16 mart 2023

“Korzinkada” “Lola” ayollar klubi ochildi

Korzinka hayotidan

16 mart 2023

16.03.2023, Toshkent, Oʻzbekiston — Joriy yilning 10-mart sanasida “Lola” klubining dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, ushbu tadbirning asosiy maqsadlaridan biri ayollarning o‘zaro qiziqishlari, ijtimoiy  hamda shaxsiy muamolari asosida birlashtirishdir.

 

BTR_9589 копия.jpg

 

“Korzinka”, O‘zbekistondagi eng yirik savdo tarmog’i, gender tengligini faol qo‘llab quvvatlaydi.


Mana necha yildirki, “Korzinka” kompaniyasi ayollar uchun teng sharoitlar yaratish, rahbarlik lavozimlarida o‘larning liderlik xususiyatlarini namoyon qilishga yordam berish uchun tashabbuslarda qatnashib kelmoqda.


Ayni damda “Korzinka”da maxsus “Yulduz” dasturi amal qilmoqda. Ushbu dasturning maqsadi ayollarning shaxsiy va kasbiy salohiyatini oshirish uchun sharoit yaratishdir.


Yaqinda kompaniyada “Lola” ayollar klubi faoliyatiga start berildi. U ayollarni ijtimoiy va shaxsiy muammolarda manfaatlar birligi asosida birlashtiradi, ushbu klubda ayollar nafaqat ish mavzusida, balki umumiy mavzularni ham muhokama qilishadi.

 

BTR_9623 копия.jpg

 

“Lola” nomining tanlangani ham bejiz emas, chunki bu gul latofatlilik, yaratuvchanlik va go`zallik timsolidir.  


10 mart kuni ushbu klubning ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda “Korzinka” tarmog‘ining 45 nafar ayol hodimlari ishtirok etdi. O'zbekiston volontyorlari assotsiyatsiyasi direktori Shirin Obidova spiker sifatida o‘z nutqi bilan qatnashdi. 

 

BTR_9669 копия.jpg

 

Tadbirda yig‘ilganlar oila va ish o‘rtasidagi mutanosiblik kabi dolzarb mavzuni muhokama qilishdi va o‘zaro fikr almashishdi.


“Biz barcha faol bo‘lgan, doim rivojlanishga intilgan hamda o‘z hayotiy va kasbiy fikr va tajribasi bilan bo‘lishib va boshqa xodimlar rivojiga hissa qo‘shishda ishtirok etgan barcha  hodimlarimizga o‘z minnatdorchiligizmni bildiramiz”, — dedi Anna Bratanova, “Korzinka” savdo tarmoqlari HR-direktori.

 

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

 

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati 

                                                             

Doniyor Rasulov   

                                                                                                                 

Telefon: +998 78 140 14 14     

                                                                                           

 E-mail:d.rasulov@korzinka.uz

 

Kompaniya haqida:

 

"Korzinka" — O‘zbekistonda chakana savdo yetakchisi. Kompaniya 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mamlakatning 10 ta hududidagi 107 ta do‘konni o‘z ichiga oladi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Biznes” ulgurji do‘koni va “Lebazar” yetkazib berish xizmati.