So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
"Korzinka" YTTB va FAO bilan atrof-muhit himoyasi mavzusida uchrashuv o‘tkazdi

Korzinka hayotidan

16 mart 2023

"Korzinka" YTTB va FAO bilan atrof-muhit himoyasi mavzusida uchrashuv o‘tkazdi

Korzinka hayotidan

16 mart 2023

16.03.2023, Toshkent, Oʻzbekiston — Supermarketlar tarmog‘i chiqindilarni kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.

 

“Korzinka”, Oʻzbekistonning eng yirik savdo tarmogʻi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining (FAO) hamkorlik missiyasining yangi loyihasini qo‘llab-quvvatladi.

 IMG_3665.jpg

Uning maqsadi iqlimga mos qishloq xo‘jaligi-oziq-ovqat tizimlari uchun Milliy Aniq Hissani (NDC) amalga oshirish uchun yo‘l xaritasini ishlab chiqishdir (NDC – chiqindilarni kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish boʻyicha harakatlar rejasi).

 

Missiyaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda uglerod izlarini kamaytirish bo’yicha texnik maslahatlashuvlarni boshlash.

 IMG_3694.jpg

Bundan tashqari, qishloq-oziq-ovqat sektorining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish imkoniyatlari bo‘yicha davlat va xususiy sektor manfaatdor tomonlari bilan muhokamalarni davom ettirishdir.

 

Uchrashuv ishtirokchilari NDC tamoyillarini o‘z biznes jarayonlariga imkon qadar tezroq joriy etish bo‘yicha ishlarni boshlashga yordam beradigan investitsiya imkoniyatlarini muhokama qildilar.

 IMG_3698.jpg

“Korzinka” xorijiy tajriba va bilimlardan foydalangan holda mas’uliyatli va barqaror rivojlanishda davom etadi.

  

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

 

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati
Doniyor Rasulov
Telefon: +998 78 140 14 14
E-mail: d.rasulov@korzinka.uz

 

Kompaniya haqida:

 

“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 10 ta hududida 107 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.