So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” “Challenge Samarkand” triatlon musobaqasini rasmiy hamkoriga aylandi

Barcha

15 sentyabr 2023

“Korzinka” “Challenge Samarkand” triatlon musobaqasini rasmiy hamkoriga aylandi

Barcha

15 sentyabr 2023

15.09.2023, Toshkent, Oʻzbekiston – 2023-yil 16-17-sentyabr kunlari Samarqand shahrida birinchi marta Challenge Samarkand triatlon poygasi boʻlib oʻtadi. “Korzinka” musobaqaning rasmiy hamkori sifatida ishtirok etadi.


“Korzinka”, O‘zbekistondagi eng yirik savdo tarmog‘i, ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda.


Kompaniya “Challenge Family” global seriyasi doirasida o‘tkazilayotgan O‘zbekistondagi triatlon bo‘yicha birinchi xalqaro musobaqa – “Challenge Samarkand”ning rasmiy hamkoriga aylandi.


16-17 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan poygalarda 2000 dan ortiq havaskor va professionallar ishtirok etadi.


Ular “Sprint” (suzish – 750 m, velosport – 19 km, yugurish – 5 km) va “Middle” (suzish – 1,9 km, velosport – 86 km, yugurish – 21,1 km) masofalari bosib o‘tadi.


Shuningdek, ayollar o‘rtasida 5 km masofaga va bolalar o‘rtasida 200 metrdan 1000 metrgacha yugurish musobaqalari o‘tkaziladi.


“Korzinka” poyga ishtirokchilari uchun start to‘plamlarida maxsus “Korzinka Runners” kartalarini taqdim etadi.


Bu kartalar musobaqa kunlarida ko‘proq keshbek va sog‘lom turmush tarzi mahsulotlarini xarid qilishda qo‘shimcha bonuslarni olishga imkon beradi.


Kompaniya, shuningdek, barcha musobaqa ishtirokchilari uchun oziq-ovqat va finish paketlarini taqdim etadi.



Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

"Korzinka" supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati
Doniyor Rasulov
Telefon: +998 78 140 14 14
E-mail: d.rasulov@korzinka.uz


Kompaniya haqida:


“Korzinka”1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 11 ta hududida 120 ta do‘kon kiradi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont”, “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo do‘koni va ikkita “dark store”ga ega bo‘lgan “Korzinka Go” onlayn-supermarketi.