So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi xayriya aksiyasini qo‘llab-quvvatladi

Korzinka hayotidan

14 aprel 2023

“Korzinka” Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi xayriya aksiyasini qo‘llab-quvvatladi

Korzinka hayotidan

14 aprel 2023

2023-yil 14-aprel, Toshkent, O‘zbekiston – 100 nafar turli mahalla vakillariga zarur oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.


Muborak Ramazon oyida “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i mahalla va keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Toshkent shahar Sergeli tumani bo‘limi bilan hamkorlikda kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.


“Eski jaloyir”, “Bunyodobod”, “Yangi bunyodobod”, “Kuhna qumariq”, “Mehrigiyo” mahalla fuqarolar yig‘inining 100 nafar vakiliga bir qator zarur oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.


“Biz har doim xayriya loyihalarida ishtirok etishdan xursandmiz, chunki biz uchun odamlarni nafaqat do‘konlarda sifatli tovarlar bilan ta’minlash, balki qiyin ahvolga tushib qolganlarga zarur yordam ko‘rsatish orqali g‘amxo‘rlik qilish juda muhim”, dedi Korzinka supermarketlar tarmog'i bosh direktori Akmal Asadov.


Kompaniya Sergeli tumani hokimligi hamda mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limiga xayriya aksiyasini o‘tkazishda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiradi.


Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i matbuot xizmati

Doniyor Rasulov

Telefon: +998 78 140 14 14

E-mail:d.rasulov@korzinka.uz


Kompaniya haqida:

Korzinka— O‘zbekistonda chakana savdo yetakchisi. Kompaniya 1996-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda mamlakatimizning 10 ta hududidagi 106 ta do‘konni o‘z ichiga oladi: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari va “Korzinka Biznes” ulgurji do‘koni, shuningdek, Lebazar onlayn yetkazib berish xizmati.