So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
So‘raganingizni topa olmadik, uzr

Lekin quyida siz uchun eng yaxshi takliflarimizni jamlaganmiz

Katalogga
“Korzinka” va Xalqaro moliya korporatsiyasi “Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari” mavzusida trening o‘tkazdi

Korzinka hayotidan

13 mart 2023

“Korzinka” va Xalqaro moliya korporatsiyasi “Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari” mavzusida trening o‘tkazdi

Korzinka hayotidan

13 mart 2023

12.03.2023, Toshkent, Oʻzbekiston — Korxona xodimlari oziq-ovqat xavfsizligi standartlari va normalari bilan tanishishga qaratilgan treningda ishtirok etdilar.

 

“Korzinka”, O’zbekistonning eng yirik savdo tarmog’i, va Jahon Banki guruhi a’zosi Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) 2023-yil fevral oyida qo’shma maslahat dasturini ishga tushirish bo’yicha kelishuv imzolashgan edi.


 photo_2023-03-09_10-12-08.jpg


Uning doirasida supermarketlar tarmog’i tomonidan 2023-yil fevralidan 2024-yil dekabrigacha mahsulotlarining sifat standartlarini yangi bosqichga olib chiqadigan qator ishlar rejalashtirilgan.

 

Birinchi bosqich esa “Korzinka” sifat nazorati bo’limi tomonidan “XMK” bilan hamkorlikda 9-11 mart kunlari bo’lib o’tgan “Oziq-ovqat xavfsizligi asoslari” treningi bo’ldi.

 

Unda do’konlarning operativ boshqaruvi, o‘quv markazi, savdo, mijozlarga xizmat ko’rsatish, STM hamda do‘konlarning ichki jarayonlarini monitoring qilish va baholash bo’limlari xodimlari ishtirok etdi.


 photo_2023-03-09_09-43-29.jpg


Qo'shimcha ma'lumot uchun:

 

"Korzinka" supermarketlar tarmog'i matbuot xizmati
Doniyor Rasulov
Telefon: +998 78 140 14 14
E-mail: d.rasulov@korzinka.uz

 

Kompaniya haqida:

 

“Korzinka” – 1996-yilda tashkil etilgan O‘zbekistondagi eng yirik va yetakchi supermarketlar tarmog‘i. Ayni paytda kompaniya tarkibiga mamlakatning 10 ta hududida 107 ta do‘kon: “Korzinka” supermarketlari, “Smart” uy yonidagi do‘konlari, “Korzinka Diskont” va “Korzinka Biznes” B2B ulgurji savdo formatidagi, shuningdek, “Lebazar” onlayn yetkazib berish xizmati kiradi.

 

Hamkor haqida:

 

IFC, Jahon banki guruhining a'zosi, rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorga yo‘naltirilgan eng yirik global rivojlanish institutidir. IFC 100 dan ortiq mamlakatlarda ishlaydi va rivojlanayotgan mamlakatlarda bozorlar va imkoniyatlar yaratish uchun kapital, tajriba va ta’sirdan foydalanadi.